Mavzu: Madaniyat sohasini byudjetdan moliyalashtirish



Yüklə 134,08 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü134,08 Kb.
#167653
  1   2   3   4   5   6   7
madaniyat sanat



Mavzu: Madaniyat sohasini byudjetdan moliyalashtirish.
Reja………………………………………………………………………………2

Kirish…………………………………………………………………………….3


  1. Madaniyat sohasi, uni byudjetdan moliyalashtirish tizimini tashkil etish, moliyalashtirish printsiplari…………………………………………………… 6


  2. О‘zbekistonda madaniyat sohasini byudjetdan moliyalashtirish joriy holati tahlili…………………………………………………………………………….18


  3. Rivojlangan davlatlarda madaniyat sohasini byudjetdan moliyalashtirish tajribasini va O’zbekiston madaniyati ………………………………………………………32


Xulosa……………………………………………………………………………50


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati………………………………………………52
Foydalanilgan internet saytlari………………………………………………….. 54

Madaniyat  — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek madaniyat), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat madaniyat, badiiy madaniyat, turmush madaniyat)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda Madaniyat atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.
Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Yevropada Madaniyat deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi "kultura" soʻzi ham shundan olingan).
Soʻnggi davrlarida Madaniyat tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi. Fan-texnika taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar madaniyatning yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini topdi.
Madaniyatning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda madaniyatning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy madaniyatida ikki madaniyati borligi haqidagi lenincha qarash "hukmron ekspluatatorlik" madaniyatiga "progressiv demokratik" va "sotsialistik" madaniyati elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan "madaniy inqilob" natijasida koʻpgina xalqlar madaniyatiining ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi. Madaniyati — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof madaniyat boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalarini emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab madaniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatga boʻlinadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong, maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat oʻz madaniyat tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan madaniyat tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganini, eski madaniyat yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, madaniyat sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy MADANIYATga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda "yagona umummadaniyat"ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb madaniyat iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy madaniyatning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi.
Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda madaniyatni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.



  1. Yüklə 134,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə