Mavzu: O’rta osiyoning shayboniylar, ashtarxonylar va xiva xonligi ( XVII-XVIII) asrlar davridagi tarixiy geografiyasi reja



Yüklə 29,13 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü29,13 Kb.
#156128
mo\'minjon


MAVZU: O’RTA OSIYONING SHAYBONIYLAR, ASHTARXONYLAR VA XIVA XONLIGI ( XVII-XVIII) ASRLAR DAVRIDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI
Reja:

  1. O'rta Osiyo xonliklarining siyosiy tarixiga tavsif.

  2. Xonliklarning ma'muriy-hududiy chegaralari.

  3. Xonliklarning aholisi va iqtisodiy geografiyasi.

Dashti Qipchoqdan bostirib kelgan Shayboniyxon boshliq qo'shinlar qariyb 10 yil (1501-1510 yillar) ichida Sirdaryodan Markaziy Afg'onistongacha bo'lgan hududlarni, jumladan temuriylarning Movarounnahr va Xurosondagi barcha mulklarini qo'lga kiritdilar. 1510 yili Shayboniyxon Eron shohi Ismoil I bilan bo'lgan jangda yengilib, qatl qilindi. Xuroson Ismoil I qo'liga o'tdi.


Movarounnahrni shayboniy avdodlari o'z qo'llarida saqlab qoldilar. Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko'chkun-chixon (1510-1531 yillar) va Abu Sa'id (1531-1533 yillar) davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o'rtasida nizo kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqdi va Turkiston yeriari parchalandi. O'zaro urushlarga birmuncha barham bergan Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo'lgan bo'lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o'zbek davlatining oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirdi.
Shayboniylar o'rtasidagi o'zaro urushlar natijasida Mova­rounnahr ikkiga bo'linib, mustaqil Xiva xonligi ajralib chiqdi. Shayboniylardan Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557-1598 yillar) Movarounnahrda feodal tarqoqliklarga barham berilib, oltin va kumush tangalar zarb qilindi, karvonsaroylar, sug'orish inshoot-lari (Abdullaxon bandi) qurildi. Buxoro mamlakat markaziga aylandi. Abdullaxon II vafotidan keyin taxtni egallagan shayboniylarning so'ngi vakili Abdulmo'min feodal zodagonlar tomonidan o'ldirildi.
Shayboniylardan keyin Buxoro taxtini egallagan sulola — ashtarxoniylar (kelib chiqishi Astraxandan bo'lganligi uchun) yoki joniylar (sulola asoschisi Jonibek sulton nomidan olingan) hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr hisoblanadi. Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq (1601-1756 yillar) davr mobaynida o'z qo'llarida saqlab kelgan ashtarxoniylar davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi, o'zaro urushlar nihoyatda avj oldi. Abdullaxon II ning sa'y-harakati bilan barpo etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi. Markaziy hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi, hududiy yaxlitlikni ta'minlay olmaganligi sababli XVII asr boshlaridayoq Xurosonning katta qismi qo'ldan boy berildi. Xorazmda mustaqil Xiva xonligi barpo etildi. XVIII asr boshiga kelib esa xonlikning shimoliy chegaralarida Qo'qon xonligiga asos solindi.
Ashtarxoniylar davlati tizimi o'z tuzilishi, mohiyatiga ko'ra shayboniylar davlat tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig'i bo'lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog'liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbada qo'shib o'qilar edi. Lekin amalda ko'pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari qo'lida to'plangan bo'lsa, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila viloyat hokimlari ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo'lib, davlat tizimining beqarorligiga, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarga olib kelar edi.
Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo'lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo'lib, «markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi keskin qisqarib, XVII asr boshlariga tegishli manbalarda xonlikka bo'ysunuvchi oltita viloyat - Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O'ratepa, Shahrisabz va G'uzor viloyatlari tilga olinadi, xolos. Keyinchalik Imomqulixon tomonidan Hisor, Toshkent, Turkiston, Farg'ona, Bak viloyatlari qayta bo'ysundirilgan bo'lsada, Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar (Hirot va boshqa hududlar) va Xoiazm butunlay Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi. Xonlikka bo'ysunuvchi viloyatlar o'rtasidagi aniq ma'muriy chegaialar haqida ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Ko'pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz amalda yarim mustaqil boshqarilib, Buxoroga nomigagina tobe hisoblanardi. Viloyatlar xuddi shayboniylar davridagidek tumanlarga va boshqa ma'muriy birliklarga bo'lingan.
Xorazm xonlari (Abulg'ozixon, Anushaxon) Buxoro va Samarqand atroflarini tez-tez talab turdilar. Eron va Hindiston hukmdorlari Movarounnahr ichki ishlariga aralasha boshladilar. Ubaydullaxon davrida (1701-1711 yillar) feodal tarqoqlik kuchayishidan foydalangan Mahmudbiy otaliq (qatag'on urug'idan) 1706 yili Balxda hokimiyatni qo'lga oldi. Ubaydullaxon o'ldirilgach, uning o'rniga taxtga o'tirgan Abulfayzxon (1711-1747 yillar) nomigagina xon bo'lib, aslida hokimiyat bir guruh nufuzli amirlar qo'lida edi. 1740 yili Abulfayzxon davlati Eron shohi Nodirshohga qaram bo'lib qoldi. 1747 yili Abulfayzxon saroy fitnachilari tomonidan o'ldirildi. Abulfayzxonning taxtga o'tqazilgan 9 yashar o'g'li Abdulmo'min ham bir yildan keyin o'ldirildi. Uning o'rniga ukasi Ubaydullo nomigagina xon bo'lib, aslida davlat ishlari mang'it urug'i boshlig'i, otaliq Muhammad Rahim qo'liga o'tdi. Muhammad Rahim davlat boshliqlari va ruhoniylarni ko'ndirib, 1753 yili Buxoro taxtini egalladi. Shundan boshlab Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti o'tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir xil bo'lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeini kuchaytirish, shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o'zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi. 1515 yilda oliy hukmdor Ko'chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo'ldi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etib, markaziy hokimiyatning kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi. Pul islohotini bosqichma-bosqich o'tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullarni otasi nomidan (1560-1583 yillar) chiqarganda mamlakatda bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan bo'lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarda (1583-1598) asosan Buxoroda markazlashgan pul zarb qilishni yo'lga qo'ydi; Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba'zan Bak, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga ruxsat bergan.
Iqtisodiy hayotda sun'iy sug'orish asosiy rol o'ynaganligi sababli shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha e'tibor berildi. 1502 yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv ayirg'ich, 1556-1585 yillarda Qashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Murg'ob va Vaxsh daryolaridan chiqarilgan kanallar, suv ayirg'ich va suv omborlari buning yaqqol misoli bo'la oladi.
Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo'jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik bo'lib, yer asosiy boylik hisoblangan. Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarli o'zgarishlar yuz bermadi. Dashti Qipchoqdan kelgan o'zbeklar yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo'lib, ular Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelganlari yo'q, balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar hamda unga moslashdilar.
Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulki xolis (xususiy yerlar), vaqf (diniy mahkamalarga qarashli yerlar) va qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar kabi asosiy turlari bo'lib, ular iqto, suyurg'ol, tanho va jog`ir ko'rinishida bo'lgan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiy-ma'muriy amaldorlarga va din arboblariga beriladigan bunday yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Ular ham amaldorga ham davlatga soliq to'laganlar. Shayboniylar davrida chorvachilik va hunarmandchilik ancha rivojlangan bo'lib, ular yetishtiigan mahsulot ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Hindiston, Eron, Rossiya kabi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan.
Ashtarxoniylar davrida tashqi savdo aloqalari rivojlandi. Xususan, Rossiyaning turli savdo shaharlari, (Astraxan, Oftnburg, Sibirdagi shaharlar) Hindiston, Eron, Qoshg'ar, Turkiya bilan savdo-sotiq olib borildi. Tashqi bozorga, asosan, turli qishloq xo'jalik mahsulotlari chiqarilardi. Bu davida paxta, teri, jun, turli matolarning asosiy xaridori sifatida Rossiya katta ahamiyatga ega bo'la boshladi. Rossiyaga, shuningdek, Hindistonda tayyorlanadigan mahsulotlarni olib borishda ham O'rta Osiyolik savdogarlar muhim rol o'ynar edilar. Rossiyadan O'rta Osiyoga olib kelinadigan mahsulotlaiga talab ancha kattaligi bois, Buxorolik savdogarlar bu yerda ko'pgina imtiyozlarga ega edilar. Manbalarda ta'kidlanishicha, Buxoro savdogarlarining Sibir shaharlarida doimiy faoliyat ko'rsatuvchi o'z savdo rastalari bo'lib, ular bu shaharlarda nafaqat savdogar, balki bilimdon va o'qimishli kishi sifatida.ham katta mavqega ega bo'lishgan.
Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o'rtasida garchi o'zaro nizolar bo'lib turganligiga qaramasdan, ikki o'rtadagi iqtisodiy savdo aloqalari to'xtab qolmaganligini ham aytib o'tish lozim.
Buxoro taxtiga mang'it urug'idan bo'lgan Muhammad Rahim otaliq o'tirgan (1753 yil)dan keyin ham feodal tarqoqlik tugamadi. Xiva xoni o'zini mustaqil deb e'lon qildi. XVIII asr boshlarida o'zbeklarning ming urug' boshliqlari Qo'qon xonligini tashkil etdilar. Shahrisabz, Hisor, Badaxshon hokimlari Buxoro amiriga bo'ysunmay qo'ydilar. Faqat amir Shomurod davrida (1785-1800 yillar) hokimiyat bir muncha mustahkamlandi. Amir Nasrullo davrida (1826-1860 yillar) amirlik hududiga Amudaryo bo'ylari, janubijsharqida Surxondaryogacha bo'lgan yeriar, Marv va Balx kirar edi. 1842 yili Qo'qon xonligi ham qisqa muddatda zabt etildi.
1512-yili Xiva xonligiga o'zbeklar xoni Elbarsxon tomonidan asos solingan edi. Xonlikning poytaxti dastlab Vazir, keyinchalik Urganch va Xiva bo'lgan. Buxoro amirligi tomonidan bir necha bor bosib olingan Xiva xonligi XVIII asr o'rtalarida yana mustaqillikni qo'lga kiritdi. 1763 yilgi taxt uchun davom etgan kurashlardan so'ng o'zbek urug'laridan bo'lgan qo'ng'irot inoqlari taxtni egalladilar. Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825 yillar) Xiva xonligi to'la birlashtirildi, qo'shni mayda bekliklar, Oral bo'yi qabilalari qo'shib olindi.
Qo'qon xonligiga ming urug'idan chiqqan Shohruhbiy 1710 yili asos solgan bo'lib, Norbo'tabiy davrida (1769-1800 yillar) Chust, Namangan, Xo'jand bekliklari bo'ysundirildi. Olimxon davrida (1800-1809 yillar) Toshkent, Chimkent, Sayram bekliklari bosib olindi. Muhammad Alixon (1822-1842 yillar) 1826 yili xitoylarga qarshi qo zg olon ко targan Sharqiy Turkiston aholisiga yordam berib, Oqsuv, Qoshg'ar, Yorkent va Xo'tan viloyatlarini qo'lga kiritdi.
1842 yili Qo'qonga bostirib kelgan Buxoro amiii Nasrullo Muhammad Alixon va uning qarindoshlarini qatl ettirdi. Shundan keyin Qo'qon xonligida taxt uchun kurashlar boshlandi. 1845 yili taxtga o'tirgan Xudoyorxon ruslar bostirib kelgandan keyin, ular bnan bitim tuzib, Rossiya vassaliga aylandi. Bunga qarshi Farg'ona vodiysi aholisi qo'zg'olon ko'tardi. 1876 yili chor Rossiyasi harbiylari qo'zg'olonni bostirdilar va bahonada Qo'qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligiga qo'shib yuborildi.
XIX asrga kelib, Buxoro amkligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so'l qirg'og'idan boshlanib, Sirdaryogacha cho'-zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog'laridan, g'arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo'lgan hududni egallab turardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joy-lashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisob-lanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnihon, Panjdaryolarivodiysidajoylasligan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg'ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi.
Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng mashhur shahar sifatida e'tirof etilgan Buxoroi sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G'uzor, Termiz, Sher-obod, Hisor, Dushanbe, Ko'lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjuy shaharlari uchun Buxoro amirligi va Xiva xonligi o'rtasida, Jizzax, O'ratepa va Xo'jand shaharlari uchun
Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi o'rtasida tez-tez urushlar boiar, bu shaharlar qo'ldan-qo'lga o'tib turardi.
Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', G'uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjo'y, Hisor, Ko'lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho'g'non-Ro'shon, Qo'rg'ontepa, Qabodiyon Kalif, Bo'rdalik, Qobog'U va Xorazm bekliklaridan iborat edi. Bekliklar mahalliy qabila boshliqlari, katta mulk egalari tomonidan boshqarilgan.
Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo'yiladigan hokimlar - beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma'murlar xizmat qilgan. Manbalar, amirlikda mahalliy ma'murlar soni 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soUq va to'lovlar hisobiga tirikchilik qilganlar. Xiva xonligi janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo'ygan edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Ko'hna Urganch, Xazorasp, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. O'rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo'lgan Xiva shahri 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bo'lgan. Shahar ikki qism — Ichan qal'a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal'a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal'ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan qal'a qurilib, devor bilan o'rab olingan. Dishan qal'ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar. Ma'muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko'hna-Urganch, Qo'shko'prik, Pitnak, G'azovot, Kat, Shohabbos, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo'jayli, Shumanay, Qo'ng'irot kabi beklik va viloyatlarga bo'lingan. Xonlik tarkibida Beshariq va Qiyotqo'ng'irot noibliklari ham bo'lgan. Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Век va noiblar huzurida ulaiga xizmat qiluvchi ko'pdan-ko'p mansabdorlar bo'lgan.
XIX asrning birinchi yaimida Qo'qon xonligi hududiy jihatdan O'rta Osiyodagi yirik davlat edi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g'arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo'lgan. Qo'qon xonligi bilan Rossiya o'rtasida Mirzacho'l va Muyunqul cho'Uari yastanib yotgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko'lob, Darvoz, Sho'g'non singari tog'li o'lkalarni o'z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to'qnashuvlar bo'lib turgan.
Qo'qon xonligining hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o'laroq, sersuv daryolar, so'lim vodiylar, serhosil yerlarga boy edi Xonlikning markaziy shaharlari Qo'qon, Marg'ilon, O'zgan, Andijon, Namangan Farg'ona vodiysida joylashgan edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, Suzak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qo'qon xonligi tasarrufida edi.
Qo'qon xonligi 15 beklik, ya'ni harbiy okrugga bo'lingan bo'lib, ularning yarmidan ko'piga xonning o'g'illari yoki yaqin qarindoshlari hokimlik qilganlar. Hokimlar o'z hududidagi harbiy kuchlar qo'mondoni hamda fuqaro boshqaruvining boshlig'i ham edilar. Ular o'z tasarrufidagi qo'shinni o'zlari moddiy jihatdan ta'minlaganlar. Hokimlar harbiy yurishlar oldidan xonning birinchi da'vati bilan o'z qo'shinlari bilan belgiiangan joyga yetib kelishlari shart edi. Qo'qon xoni zaruriyat tug'ilganda oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo'lgan 60 mingtacha sipohni yig'a olardi.
Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma'muraning kanorasida voqe bo'lubtur. Sharqi Qoshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog'lar, shimolida agarchi burun shahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangi kim, kutublarda Tarozkent bitirlar, mo'g'ul va o'zbek jihatdin bu tarixda buzulubtur, aslo ma'mura qolmabdur. Muxtasar viloyattur, oshhq va mevasi farovon. Girdogirdi tog' voqe bo'lubtur. G'arbiy tarafidakim, Samarqand va Xo'jandbo'lg'ay, tog' yo'qtur. Ushbu jonibtin o'zga hech jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayhun daryosikim, Xo'jand suyig'a mashhurdur, sharq va shimoliy tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar, Xo'jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shohruxiyag'a mashhurdur, o'tub yana shimolg'a mayl qilib, Turkiston soru bomr. Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumg'a singar, hech daryg'a qotilmas.
Yetti рога qasabasi bor; beshi Sayhun suyining janub tarafida, ikki shimoli jonibida. Janubiy tarafidagi qasabalar bir Andijon-durkim, vasatta voqe bo'lubtur, Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun malialida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijon-liing noshpotisidan yaxshiroq noshpoti bo'lmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ngra mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qquz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qal'aning girdo-girdi xandaqning tosh yoni sangrezalik shohroh tushubtur. Qal'aning girdo-girdi tamom mahallottur. Bu mahalla bila qal'ag'a fosila ushbu xandaq yoqasi-dog'i shohruhtur. Ovi qushi dog'i ko'p bo'lur, qirg'ovuli behad semiz bo'lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg'ovulni uskunasini to'rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahar va bozorisida turki bilmas kishi yo'qtur. Elining lafzi qalarh bila rosttur.
...Yana bir O'sh qasabasidur. Andijonning sharqi janubiy tarafidur, sharqqa moyil. Andijondin to'rt yig'och yo'ldur. Havosi xo'p va oqar suyi farovondur. Bahori bisyor yaxshi bo'lur. O'shning fazilatida xeyli ahodis vorid bo'lubtur. Qo'rg'onning sharqijanubiybirmavzuntog' tushubtur, Baroko'hg'a mavsum.
...Yana bir Marg'inondur. Arnjonning g'arbidadur, Andijondin yetti yig'och yo'ldur. Yaxshi qasaba voqe bo'lubtur, pur ne'mat: anori va o'rugi asru ko'p xo'p bo'lur. Bir jins anor bo'lur, «dona kalon» derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig'idin andak choshni bor. Samnon anorlarig'a tarjeh qilsa bo'lur. Yana bir jins o'rukbo'lurkim, donasini olib, ichiga mag'z sohb quruturlar, «subhoniy» derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta bo'lur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu sho'r eldur. Jangaraliq rasmi Movarounnahrda shoye'dur, Samarqand va Buxoroda nomdor jangaralar aksar Marg'inoniydur. Sohibi «Hidoya» Marg'inonning Rushdon othq kentidindur.
Yana bir Isfaradur, ko'hpoyada voqe bo'lubtur. Oqar suvlari, safoliq bog'chalari bor. Marg'inonning g'arbijanubidadur. Marg'inon bila Isfara orasi to'qquz yig'och yo'ldur. Musmir daraxtisi bisyordur, vale bog'chalarida aksar bodom daraxtidur. Eli tamom sort va ko'hiydur. Isfaraning bir shar'isida janub sort pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, «Sangi oyina» derlar, uzunlig'i taxminan o'n qari bo'lg'ay, balandlig'i ba'zi yeri kishi bo'yi, pastlig'i, ba'zi yeri kishining belicha bo'lg'ay, oynadek har nima mun'akis bo'lur.
Isfara viloyati to'rt bo'luk ko'hpoyadur: bir Isfara, yana bir Vorux, yana bir So'x, yana bir Hushyor. Muhammad Shayboniyxon Sulton Mahmudxon bila Olachaxong'a shikast berib, Toshkand va Shohruxiyani olg'on mahalda, ushbu So'x bila Hushyor ko'hpoyalarig'a kelib, bir yilga yovuq tanqislik bila o'tkarib, Kobul azimati qildim.
Yana bir Xo'janddur. Andijondin g'arb sorig'a yigirma besh yig'och yo'ldur. Xo'janddin Samarqand ham yigirma besh yig'och yo'ldur, qadim shaharlardindur. Shayx Muslihiddin va Xoja Kamol Xb'jandtindurlar.
Mevasi farovon va bisyor yaxshi bo'lur. Anori yaxshiliqqa mashhurdur. Nechukkim, «sebi Samarqand» derlar va «anori Xo'jand» derlar. Vale bu tarixda Marg'inon anori ko'p ortuqdur.
Qo'rg'oni baland yerda voqe bo'lubtur. Sayhun suyi shimol jonibidin oqar. Qo'rg'ondin daryo bir o'q otimi bo'lg'ay. Qo'rg'on bila daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur. Munug'il otaliq, derlarkim, bu tog'da feruza koni va ba'zi konlar topilur. Bu tog'da bisyor yilon bor.
...Yanabir Kosondur. Axsining shimohda tushubtur. Kichikroq qasabadur. Nechukkim Andijon suyi O'shdin kelur, Axsi suyi Kosondin kelur. Yaxshi havoliq yerdur. Safoliq bog'chalari bor.
XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 million atrofida aholi istiqomat qilar edi. Aholining katta qismi amirlikning sersuv vohalarida yashar, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho'llari deyarli kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxondaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari — Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin kishi istiqomat qilardi.
Aholi etnik jihatdan ko'pgina qavm-urug'lardan iborat bo'lib, ularning qariyb 57 foizi o'zbeklar edi. O'zbeklar bir qancha elatlardan tashkil topgan bo'lib, ular orasida mang'it, saroy, qo'ng'irot, jabg'u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko'pchilikni tashkil etardi. Ular, asosan, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda istiqomat qilar edilar.
Qo'qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo'lib, unda taxminan 3 millioncha kishi istiqomat qilgan. Xonlikning poytaxti Qo'qonda 80 ming, Toshkent shahrida 60 ming aholi yashagan. Qo'qon xonligi aholisining ko'pchilik qismi о 'zbek, shuningdek, tojik, qirg'iz, qozoq, uyg'ur, qoraqalpoqfordan iborat edi. Bular bilan yonma-yon yahudiy, tatar, hind va boshqa elatlarning vakiUari ham istiqomat qilganlar.
Xiva xonligida aholining ko'pchilik qismini o'zbeklar tashkil qilib, ulardan eng kuchli va ko'p sonlilari qo'ng'irot, nayman, qiyot, uyg'ur, nukuz, qang'li, xitoy, qipchoq qabilalari edi. O'zbek qabilalari, asosan, Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bo'ylarida joylashgan. Aholining anchagina qismini (taxminan to'rtdan birini) turkmanlar tashkil etgan. Turkmanlar qadimgi o'g'izlarning avlodlari bo'lib, forscha so'zlashuvchi mahalliy xalqlar va o'zbeklar bilan qorishib ketgan edi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy qirg'oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqal-poqlarning asosiy mashg'uloti edi.
Buxoro amirligida aholining aksariyat qismi dehqonchilik, chorvachiUk bilan shug'ullangan. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bug'doy, sholi, joxori ekilib, bog' va poliz mahsulotlari ham yetishtirilgan. Chorvachilikda qo 'ychilik, qorako 7 yetishtirish; hunarmandchilikda gilamdo'zlik, o'ymakorlik, zardo'zlik, tegirmonchilik, ko'nchilik, to'quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo'zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng rivojlangan.
Amiriikning iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg'unlik hollari mayjud edi, aholining tunnushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming уillаr davomida o'zgarmay kelmoqda edi. Shuningdek, aholiga solinadigan soliq va jarimalar haddan tashqari ko'p edi. Aholining sotib olish qobiliyati pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi. Hunarmandlar ozgina daromadga ham qanoat qilardi, ustaxonalarni kengaytirishga mablag' topolmasdi.
Qo'qon xonligida 1803 yilda bunyod etilgan Xon va Zarbak, 1819 yildagi Yangiariq kanallari vodiyda sug'orish ishlarining unumini ancha oshirdi.
Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I hukmronligi davrida o'tkazilgan soliq islohoti, bojxonaning joriy etilishi, oltin pul chiqarilishi xo'jalik ishlariga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. O'z vaqtida yig'ib olingan soliqlar xonlik xazinasi, daromadini oshirdi. Xonlikda sun'iy sug'orish borasida oldingi asrlarga qaraganda ko'p ish qilingan.
Shuni ta'kidlash o'rinliki, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O'rta Osiyo jahon bozondan ajralib qolgan, bu yerda yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi.
Xiva mulklarini Kaspiy dengizi tomonidan turkmanlar bilan Eron hududlari, keyin Buxoro va qisman jung'or mulklari qoraqalpoqlar, oroffiklar va qirg'iz-qaysoqlar bilan chegaradosh yerlar o'rab turadi. Buxoro, Balx va Badaxshondan Orenburgga yo'l olgan savdo karvonlari Xiva mulklarini chetlab o'tolmaydilar. Shuning uchun ham Orenburg tijoratida Xiva shahri asosiy markaz hisoblanadi. Xiva xoni va o'zbeklariga hurmatsizlik qilish yaxshi emas. Chunki ular ushbu savdo munosabatlariga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishlari mumkin. Bir so'z bilan aytganda, bu savdoning rivoji ular bilan munosabatlarga bog'hq. Rossiya fuqaroligi ostida bo'lgan qirg'iz-qaysoq dasht xalqi (ular orqali Orenburgga va Orenburgdan kelayotgan savdo karvonlari Xiva mulklari orqali ham o'tishi lozim) tinchgina yashayotganligi va xivaliklar tomonidan ularga hech qanday zarar yetkazilmayotganligi, Orenburg guberniyasi bilan chegaradosh bo'lganligi bois ham u yerlar haqida muhim bo'lgan keng tafsilotlarni berish lozim.
...Mahalliy xalqlar hamma xivaliklarni Urgenech deb ataydilar va ularni qadimiyliklari uchun izzat qiladilar. Shuning uchun ham Xiva karvonlari Buxoro yoki boshqa davlatda bojxona to'lovini to'lamaydilar. Ammo o'zlari har qanday karvondan to'lov undiradilar. Haqiqiy xivaliklar ko'pchilikni tashkil etmasalar-da, o'zbeklar, turkmanlar va orolliklar evaziga Xiva xonligi katta kuchni tashkil etadi. Hozirgacha ham turkmanlar va orolliklar ko'p hollarda xonga o'z xohishi bilan xizmat qiladilar. Aytishlaricha, u xalqlar bilan birgalikda Xiva harbiy kuchlari 20 mingdan 30 mingacha to'plangan, ammo hozir uncha kuch to'plash mushkul. Ba'zi hollarda xivaliklar qiig'iz-qaysoqlarning birlashgan kuchidan cho'chiydilar va agar qirg'iz (qozoq)lar birlashib, ularga qarshi chiqsa, xivaliklar qiyin ahvolda qolishini kuzatish mumkin. Xullas, Xiva Orenburgdan janubda 12-15 kunlik karvon yo'li masofasida joylashgan.
Qirg'iz-qaysoq cho'li (dasht) orqali qulay yo'l, chunki yo'l bo'ylab o't-o'lan va suv bor. Sirdaryodan tashqari bironta katta kechuv yo'q. Biroq qirg'iz-qaysoqlar ehtiyot bo'lishlari kerak. Ular o'zlarining odatlariga ko'ra o'g'irlik qilishdan toymaydilar va otlarni olib qochadilar. Xiva shahri Orol dengiziga quyiladigan Uludaryodan chiqarilgan kanallar bo'yida joylashgan. Shuning uchun Orol dengizidan bu shahar yaqiniga borish mumkin. Xiva to'rtburchak shaklidagi loydan qad ko'targan mudofaa devorlariga ega. Burchaklarida va xavfli joylarida qorovullar uchun maxsus joy qilingan. Unda 3 ming yoki undan ortiqroq uylar bo'lib, bir qator qilib loydan qurilgan. Uylarning hovlisi yo'q. Ko'chalari bir tekis. Chorva uchun aholi xutor (ruscha) — shahar tashqarisidagi dala hovliga egadirlar. Ular ham loydan qurilgan. Shaharda barcha ko'chalar tor. Abulxayrxonga Orenburg komissiyasidan xizmatga yuborilgan injener ofiserlardan bin bu shahar uchun loyiha ishlab chiqqan edi. U loyiha hozirda Orenburg guberniyasi devonxonasining tashqi ishlar bo'limida saqlanmoqda.
Xiva mulklarida Xivadan tashqari 11 ta yirik shahar mayjud. Orenburg tomonda ulardan Gurnok, Vazirkent, Shavak, Kazabat shaharlari va Xivaning qarama-qarshi tomonida Urganch, Adarus, Betnak va Oqsaroy joylashgan. Ulardan tashqari yana turli aholi maskanlari va ko'pgina qishloqlar mayjud. Yuqoridagi shaharlarda hukmdor Xiva beklari yoki shahzodalari emas, shaharlar vakillaridir. Biroq ular hammasi Xiva xoniga bo'ysunadilar. Xon Xiva shahrida shohona hayot kechiradi. U xalqni o'ziga bo'ysundirgani bilan xivaliklarda qadimdan bir odat borki, agar ular xondan jabr ko'rsalar unga fitna uyushtirib, o'ldirib yuboradilar va bir necha yillardan so'ng boshqa sulola vakillaridan o'zlariga xon tayinlaydilar.
Hozirda ularda qirg'iz-qaysoq Botir Sultonning o'g'li Xaipxon, avval esa Abulxayrxorming o'g'li Nuralixon edi. Abulxayr ham Xivada xon bo'lgan, keyin qirg'iz-qaysoqlarga xon bo'lgandan so'ng u yerga o'g'li Nurali tayinlanadi. 1740 yilda Eron shohi Nodir qo'shin bilan Xivaga bostirib keladi va qarshiliksiz shaharni egallaydi, ammo Nodirshoh o'limi bilan xivaliklar u qoldirgan askarlarni mamlakatdan haydab chiqarib, ozod bo'ladilar.
Xivaliklar don mahsulotlarini ko'p ekadilar. Ularda g'alla, tariq, sorochino bug'doyi, paxta va tamaki o'sadi. Ipak ko'p bo'lmasada, biroq har qalay o'zlarida yetishtiriladi. Eron va Buxoro bilan savdo qiladi. Meva va sabzavot, uzum yetarlicha yetishtiriladi. Ot va chorva kam boqishadi, chunki ularda yaylovlar kam, shuning uchun otlarni qirg'iz va qora-qalpoqlardan sotib oladilar. Amudaryo yoki Uludaryo bo'ylab quyi tomon yurilsa orolliklar, yuqoriga Buxoro va boshqa yerlarga boriladi. Xiva mulklarining Orol dengizi yonida joylashgan tog'larida oltinga boy kon mayjud deyishadi. Ammo undan foydalanish uchun hech kimga ruxsat berilmagan.

Yüklə 29,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə