Sanoat pechlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Sanoat pechlari

Sanoat pechlari

Reja:

1. Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida umumiy ma’lumot


2. O‘txona qurilmalari

3. Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari.

4.Tortish – puflash qurilmalari

5. Qozon agregatining issiqlik balansi



1. Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida umumiy ma’lumot


Sanoat pechlarida yonish mahsulotlari – gazlar issiqlik tashuvchi vazifasini bajaradi. Ularning issiqligi energetik maqsadlarda emas, balki, texnologik maqsadlarda ishlatiladi.


Pechlar maishiy va sanoat pechlariga bo‘linadi. Sanoat pechlarining asosiy vazifasi – materiallar va buyumlarga termik ishlov (materiallarni qizdirish va eritish, kulolchilik buyumlarini pishirish, non yopish, quritish va sh.k.) berishdir. Ular yuqori temperaturali jarayonlar kechadigan qurilmalar qatoriga kiradi. Masalan, metallarni marten pechlarida eritish uchun 1800-2000 S temperatura zarur bo‘ladi.
Temirchilik pechlarida po‘latlar 1300 – 1500 S temperaturada qizdiriladi, o‘tga chidamli materiallar esa, 1500 – 1800S temperaturalarda pishiriladi. Pechlar ishlab chiqarishning ko‘p sohalarida (metallurgiya, mashinasozlik, oziq – ovqat va kimyo sanoati, qurilish materiallari va boshqalar) keng ko‘lamda ishlatiladi. Sanoat pechlarida asosiy issiqlik manbai – organik yoqilg‘idir. Elektr pechlari ham hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda sanoat pechlarining umumiy qabul qilingan aniq bir tasnifi yo‘q. Masalan, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Texnologik vazifasiga ko‘ra:

Eritish pechlari – bularda metallar, minerallar, shisha va shu kabilar (domna va marten pechlari, rangli metallar eritish pechlari va shu kabilar) eritiladi;
Qizdirish pechlari – bularda metallarga ishlov berishdan oldin ular qizdiriladi (temirchilik pechlari), termik pechlar –bularda materiallarga termik ishlov berish maqsadida ular qizdiriladi;
kuydirish (pishirish) pechlari – bularda turli hil materiallar (sopol, oxak, tsement) kuydiriladi;
quritish pechlari - bularda materiallardan namlik chiqarib yuboriladi, bo‘yalgan buyumlar quritiladi.


  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə