Mavzu: Shok va koma holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya. Reja



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə1/3
tarix14.03.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#102467
  1   2   3
1Shok va koma holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya


Mavzu: Shok va koma holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya.
Reja:

  1. Shok haqida tushuncha.

  2. Vrach kelguncha tez yordam choralari.

  3. Intensiv terapiya.

Shok haqida tushuncha
Shok (frans. sos — zarba)— odam hayotiga xavf tug'diruvchi holat; haddan tashqari kuchli ta'sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, mos kelmaydigan qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli ro'y beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, ba'zan o'zining og'ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, o'rnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin bo'ladi). Keyinchalik es-hushi joyida bo'lsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq bo'lib qoladi. Og'riqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi pasayadi, terisi muzdek bo'lib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna bo'ladi, ba'zan qayt qiladi.
SHOK - O'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining bir ko'rinishi bo'lib, kuchli ekzogen va endogen ta'sirlarga nisbatan organizmning ximoya va javob reaksiyasi xisoblanadi. Shokning zamonaviy tasnifi
1.GIPOVALEMIK SHOK - Gemoragik shok - Travmatik shok - Kuyish shoki - O'tkir degidratsion shok
2.QAYTA TAQSIMLANUVCHI SHOK - Anafilaktik shok - Infeksion toksik shok - Neyrogen shok
3.KARDIOGEN SHOK - Chin kardiogen shok - Reflektor kardiogen shok - Aritmik kardiogen shok - Areaktiv kardiogen shok
4.Obstruktiv shok - O'pka arteriyasi trombo emboliyas - Zo'riqish pnevmotoraksi
Shok xolatining umumiy klinikasi - Shokning sindromal diagnozi bemorlarda o'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligining quyidagi belgilari bo'lganda qo'yiladi.
- Teri rangining oqish-sianotik yoki marmar tusga kirishi va sovuq ter yoqishqoq ter bilan qoplanganligi
- Tirnoq yostiqchasida kapilyar qon oqimining sekinlashuvi yoki to'xtashi
- Xushning xiralashuvi
- Dispnoe, oligouriya, arterial va puls bosimining pasayishi
Shok fazalari Eriktil faza - bu fazada bemor agressiv, o'lim vaximasi bosgan, dodlagan, es-hushi noaniq, og'riqdan baqiradi.
Torpid faza - shokning bu fazasida bemor bexush holatda bo'ladi
SHOK INDEKSI Shok indeksi bu pulsning sistolik bosimga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Ya'ni bemorning pulsi soni uning arterial qon bosimining sistolik ko'rsatkichiga bo'linadi. Puls - 60 Qon bosimi 120/70 120:60=2 shunday. Shok indeksi bemordagi shokning og'irlik darajasiga aniqlik kiritadi GEMORRAGIK SHOK haqida qisqacha
GEMORRAGIK SHOK Gemorragik shok - Gemorragik shok asosida o'tkir qon yo'qotish yotadi. Masalan, bachadondan tashqaridagi homiladorlikdagi qon ketish, o'z joniga qasd qilishdagi venoz tomirlarini kesib yuborish, baxtsiz xodisalar, ichki qon ketishlar. Qon yo'qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi, teri va shilliq qavatlarning rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi qo'shiladi. Arterial qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat hisoblanadi. Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to'xtashidan o'lim yuz berishi mumkin. Belgilari: Bezovtalik, bemor rangining oqarishi, puls tezlashgan 82-90 martagacha, qon bosimi 80/40 gacha va undan ham past, oligouriya, anuriya. Stupor xolati yuzaga keladi.

Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə