Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari Reja Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat



Yüklə 203,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü203,65 Kb.
#144581
  1   2   3
15-ma\'ruza Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari



15
-
 Mavzu:Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari 
Reja 
1.Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat.
2.Soliq siyosatini amalga oshirishda fiskal-moliya, hokimiyat va boshqa 
organlarining roli.
3.О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari. Soliq 
siyosatining asosiy yо‘nalishlari. 
4. Mustaqillik yillarida soliq siyosati. 
5. Iqtisodiy islohotlar sharoitida soliq siyosatining yо‘nalishlari. Soliq 
siyosatini takomillashtirishda soliq tо‘lovchilarning fikr-mulohazalarini 
inobatga olish, jamoat fikrini о‘rganish, milliy manfaatlar ustuvorligini 
ta’minlash. Soliq siyosatini erkinlashtirish. Soliq tо‘lovchilar madaniyatini 
yuksaltirish chora-tadbirlari. 
6.О‘zbekiston 
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi qabul qilishning zaruriyati va huquqiy asoslari. О‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 
yil 
29 iyundagi 
“О‘zbekiston 
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tо‘g‘risida”gi 
PF-5468-sonli Farmonining mazmun-mohiyati.
7.О‘zbekiston 
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi asosiy yо‘nalishlari doirasida joriy etiladigan huquqiy meyorlar. 
О‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi 
qabul qilinishidan kutiladigan ijobiy natijalar. 
 
Mavzu:Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari 
O`zbekiston Respublikasi soliq siyosati-asosan Mustaqillikning dastlabki 
kunlaridan boshlab amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31 
avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to'g`risida»gi 
Qonunda «Shu kundan e'tiboran O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqil soliq 
siyosatini olib boradi», deb ko`rsatilgan. Davlatning soliq siyosatining asosiy 
yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ko`rsatib o`tilgan. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliq sohasida bir qancha qonunlar 
qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiylari O`zbekiston Respublikasining 
«Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlari to`g`risida va 
«O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fijqaroligi 
bo`lmaganlarning solig`i to'g`risida»gi qonunlari va ularga kiritilgan o`zgarishlar, 
to`ldirishlar edi. Soliqlarning huquqiy asosi 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 
«O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» bo`ldi. Soliq kodeksining qabul 
qilinishi soliq siyosatining izchilligi va yaxlitligini ta'minlashda muhim ahamiyatga 
ega bo`ladi. Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab 
qo`ygan chora-tadbirlari yig`indisi tushuniladi. Soliq bo`yicha ishlarni tashkil qilish 
ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati davlatning moliya 
siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir. Soliq siyosati nima? Soliq 
siyosati-davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlarni ijrosini ta'minlash 
hamda uni tashkil qilish-dagi chora-tadbirlari, sa'yi harakatlari yig`indisidir. 
Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o`z mustaqil soliq siyosatiga ega bo`la 


oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib 
chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va 
rivojlanishiga har tomonlama faol ta'sir ko`rsatish mumkin. Soliqlar pul 
munosabatlari bo`lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati 
ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq siyosatining chet el fajribasi Chet el tajribasi soliq siyosati toiiq va 
to`g`ri amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi kerakligini 
ko`rsatadi. Soliq munosabatlari puxta o`rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqa-rilishi 
lozim. Aks holda bunday siyosat muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada 
Olmoniyadagi soliq siyosatini ishlab chiqish tajribasidan o`rgansa arziydi. U yerda 
har bir yangi soliqni joriy etishdan awal uning loyihasini tayyorlash soliq sohasida 
ishlovchi olimlarga 5-6 oy muddatga topshirilar ekan. Hamma izlanuvchilarga ish 
natijasidan qat'i nazar mualliflik haqini awaldan to`lab qo`yiladi. Tayyorlangan soliq 
loyihalarini ko`rib chiqish va eng yaxshisini tanlab olish uchun 3—5 kishidan iborat 
ekspertlar ishlaydi. Ular soliq loyihasini tanlab olib parlamentga muhokama va 
tasdiqlashga topshiradilar. Qaysi olimning loyihasi parlamentga qo`yilsa o`sha olim 
uni bundestagda ham himoya qiladi. Bu soliq loyihasi shu olimning nomi bilan 
qonun sifatida qabul qilinadi. Jahon soliq siyosati tajribasida soliq solishning 
quyidagi yo`nalishlariga katta e'tibor beriladi:
1. Har xil mulk shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlarning xo`jalik 
yuritishiga iqtisodiy mumkin darajada qulay sharoit yaratish, ularning har 
tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.
2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarini bajarish uchun davlatga zarur 
bo`lgan moliyaviy manbalarni ta'minlab berish. 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil 
qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta'minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam 
berish. 
4. Aholi turmush darajasini zaruriy me'yorda saqlab turish imkonini izlash va 
ta'minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan ko`tarib 
turish. Bunda «iste'mol savatchasi» ma'lumotlaridan foydalanish. Soliqlardan 
komplcks foydalanish xalq xo`jaligini tarmoqlarini qayta ko`rishga, xo`jaliklar va 
aholining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulni qadrsizlanish 
jarayonini (inflatsiya) jilovlab turishga imkon bcradi. Pul qadrsizlanishiga qarshi 
choralar ko`rish daromadlarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga 
oshiriladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatning roli Soliq davlat yashashining 
moliyaviy manbayi bo`lganligidan soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy 
tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o`z qo`lidagi butun 
kuchni, idoralarni jalb qilib uni ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq 
qo`mitasi, Moliya vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq 
siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish 
va rivojlanish tarixi chuqur o`rganiladi. Yangi kiritilayotgan soliqlaming ilmiy 
asoslanganligi tekshiriladi. Amaliyotchi yirik mutaxassislar fikrini eshitib, erkin 
bahslashuvlar o`tkazib, so`ng bir qarorga kelishi zarur. Hech qachon faqat biron soha 
mutaxassislari taklifini ic/da olib, ularga qarab qaror qilishi to`g`ri bo`lmaydi. 


Chunki har sohaning vakili o`z sohasining vazifalaridan kelib chiqib taklif qilishi 
mumkin. Umumdavlat manfaatlarini to`liq ilgaridan ko`ra olmasligi mumkin. 
Ma'lum qarorga kelingandan so`ng soliq siyosati loyihasi qaror chiqaruvchi organ 
tasdig`iga berilsa maqsadga muvofiq, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga mos keladi. 
Tasdiqlangan soliq siyosatining keng jamoatchilikka ommaviy axborotlar orqali 
ma'lum qilish zarur. Shunday siyosatning ijrosini ham strategik jihatdan, ham taktik 
jihatdan ta'minlashni yana davlat tashkil qiladi. Buning uchun o`zining tegishli 
idoralarini ishga soladi. Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to`liq 
hayotga tadbiq qiIishning tashkilotchisi va boshqaruvchisidir. Davlatning faol soliq 
siyosati yuritishi bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o`tish va uning 
munosabatlarini rivojlantirishning muhim omilidir. Shunday qilib, soliq siyosati 
orqali davlat respublika iqtisodiyotini har tomonlama barqarorlashtirish va 
rivojlantirishga faol ta'sir ko`rsatadi. Soliq siyosati ana shu tamoyillardan kelib 
chiqmoqda, soliq sohasidagi chora tadbirlami amalga oshirmoqda. Hoziigi kunda 
soliq siyosati ikki yo`nalishga qaratilgan. Birinchi yo`nalish. Korxona va 
tashkilotlaiga nisbatan soliq siyosati. Bu ycrda cng avvalo, korxonalarning bozor 
iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish zarur. Ya'ni ular tovar va 
xizmatlarga erkin baho bclgilaydilar, moliyaviy mustaqillikka egadirlar. Shularni 
hisobga olib soliq siyosati yo`nalishini belgilash lozim bo`ladi. Bu yerda budjetga 
to`lovlar faqat demokratik, ya'ni Oliy Majlisning tasdiqlab bergan soliqlar bo`lishi 
zarurligini aytish lozim. Ikkinchi yo`nalish. Aholining xilma-xil guruhlariga 
nisbatan soliq siyosatida xilma-xil yondoshishdir. Nochor, kam ta'minlanganlaiga 
iloji boricha ko`proq soliqdan yengilliklar berish va kam mehnat bilan ko`p daromad 
oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilaiga nisbatan ko`p progressiyali soliq 
stavkalarini qo`llash maqsadga muvofiq. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi 
ishlab chiqilgan bo`lishi zarur. Soliq strategiyasi deganda uzoq yillaiga (10-15) 
mo`ljallangan soliq munosabatlaridagi asosiy yo`nalishlar, chora-tadbirlar majmuasi 
tushuniladi. Uning negizida puxta ilmiy asosda ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasi 
yotadi. Soliq taktikasi deganda esa soliq strategiyasida mo`ljallangan ustuvor 
yo`nalishlarni E`tiborga olib ham bir yil yoki muayyan davr ichida amalga oshirish 
uslublari yoki tadbir choralar tushuniladi. Qoida bo`yicha soliq strategiyasi uzoq 
yillar o`zgarmasdan amal qiladi. Taktika esa har bir muayyan davrda o`zgarib turadi. 
Lekin umumiy yo`nalishdan chiqib kelmaydi, umumiy strategiyaning ijrosini 
ta'minlab borishga erishiladi. Taktikada uchraydigan o`zgarishlar hayotning 
obyektiv taqozosidan kelib chiqqan bo`ladi. Soliq siyosatini faollashtirish 
maqsadida soliqlar harakati chegarasini kengaytirish, ularni chuqur tahlil qilib 
borish va ilmiy xulosalar asosida yangi soliqlar joriy etish talab etiladi. Bunda 
quyidagilarga e'tiborni qaratmoq lozim. 
1. Soliq sohasidagi tarixda bo`lgan davlatlar xatolari takrorlanmasligi uchun 
soliq solish tarixini puxta o`rganish lozim bo`ladi.
2. Soliq solish va undirish ishlarini arzonga tushirishni unutmaslik kerak. 
3. Soliq obyekti aniq, ixcham bo`lishi va soliqni hisoblash uchun 
to`lovchilarga va soliqni tekshirish idoralariga oson va qulay bo`lishi zarur. 
4. Budjetga soliqlarni to`liq va o`z vaqtida tushishini rag`batlantirish 
maqsadida byudjetga ko`p salmoqli soliq to`lovchilarga soliqdan ma'lum hissasini 


qoldirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday chora-tadbirlar yig`indisi soliqlar 
orqali bozor iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatini kengaytiradi va unga 
muvaffaqiyatli o`tishga zamin tayyorlaydi. 
Ma’lumki, sо‘nggi paytlarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, 
xususan, soliq sohasini takomillashtirish borasida keng kо‘lamli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Shu bois respublikamizda soliq ma’muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirish, soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarning yig‘iluvchanligini 
oshirish, soliq tо‘lovchilarga yaratilgan qulaylik hamda imtiyozlar, davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan kо‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar, sohada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga doir vazifalar keng muhokama 
markazida bо‘lmoqda.
Muloqotsiz munosabat о‘rnatish maydoni 2017 - 2021 yillarda О‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar 
strategiyasida boshqa sohalar qatorida soliq solish bazasini kengaytirish orqali soliq 
ma’muriyatchiligini soddalashtirish va soliq yukini kamaytirish masalalariga ham 
alohida ahamiyat qaratilgan. Prezidentimizning joriy yil 18 iyuldagi “Soliq 
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
tо‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni esa 
mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni 
yaratishni ta’minlashda yangi davrni boshlab beruvchi muhim hujjat bо‘ldi.
Unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning ettita muhim 
yо‘nalishi belgilab berildi. Bugungi kunda hayotimizga chuqur kirib kelayotgan 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji sohamizni zamon talabiga 
hamohang ravishda takomillashtirish, bu borada mavjud imkoniyatlardan yanada 
kengroq foydalanishni taqozo etmoqda.
Qolaversa, harakatlar strategiyasida kо‘rsatib о‘tilgan vazifalar ham tizim 
faoliyatini tanqidiy qayta kо‘rib chiqishni talab qiladi. Xususan, Farmonda 
belgilanganidek, interaktiv xizmatlar bо‘yicha hali amalga oshirilishi kerak bо‘lgan 
ishlar kо‘p. Bundan tashqari, byudjet hamda daromadlarni shakllantirish yuzasidan 
hayotga tatbiq etilayotgan dasturlarni doimiy ravishda moliyaviy ta’minlab borish 
uchun soliq solinadigan bazani tо‘liq qamrab olish, yangi shakllarni qо‘llash kabi 
tadbirlarni jonlantirish ishlari olib borilmoqda.
Soliq madaniyatini yuksaltirish jiddiy masalalardan biridir, chunki har bir 
soliq tо‘lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bо‘lsin, nima uchun soliq 
tо‘layotganini bilishi lozim. Bundan о‘zi ham manfaatdor ekanligini anglab etishi 
kerak. Shu ma’noda, Farmon bilan soliq organlari va soliq tо‘lovchilar о‘rtasida 
muloqotsiz munosabat о‘rnatish masalasi о‘rtaga qо‘yilgani ham ayni muddaodir. 
Zero, bu mazkur jarayonga inson omili aralashuvini kamaytirish barobarida, unga 
unum bag‘ishlaydi. Bunga, albatta, Farmonda qayd etilganidek, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini izchil qо‘llash orqali erishiladi. 

Yüklə 203,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə