Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari Reja Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat


Interaktiv xizmatlardan foydalanish qamrovi qanday?



Yüklə 203,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü203,65 Kb.
#144581
1   2   3
15-ma\'ruza Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari

Interaktiv xizmatlardan foydalanish qamrovi qanday? 
Darhaqiqat, 
zamonaviy axborot texnologiyalari о‘zaro muloqotsiz tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri aloqalarni 
о‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. Davlat soliq tizimida ushbu yо‘nalishdagi 
ishlarga 2005 yildan boshlab jiddiy e’tibor qaratilib, tо‘rt bosqichli jarayon amalga 


oshirilmoqda. Jumladan, dastlab, soliq tо‘lovchilarga 9 ta interaktiv xizmat taklif 
etilgan bо‘lsa, hozirgi kunga kelib, ularning soni 35 tani tashkil qilmoqda.
Ayni paytda 345 mingta yuridik shaxsning davlat soliq organi saytida о‘z 
“Shaxsiy kabineti” mavjud. Tadbirkor hamda ishbilarmonlarning elektron raqamli 
imzodan foydalanish imkoniyati ham tobora oshib borayotir. Bundan tashqari
qо‘mitaning “mobilь ilova”si orqali ham 15 ta xizmat jismoniy shaxslar e’tiboriga 
havola qilinayotir.
Soliq tо‘lovchilarga qulaylik tug‘dirish, muloqotsiz nazorat tizimini yaratish 
maqsadida 53 ta vazirlik va idora bilan 112 turdagi ma’lumotlar almashinuvi yо‘lga 
qо‘yilgan. 
Umuman, soliq organlari hamda soliq tо‘lovchilar о‘rtasida 44 ta holatda 
muloqot vujudga keladi. Tizimda ayni paytgacha shuning 35 tasi interaktiv asosda 
amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining Farmoni esa ushbu ishlarni tо‘rtinchi 
bosqichga kо‘tarib, barcha xizmatni zamonaviy usulda kо‘rsatish uchun mustahkam 
poydevor yaratishi bilan ahamiyatlidir. 
Ta’til - rivojlanish uchun imkoniyat demak. 
Prezidentimiz Farmonida ayrim 
sub’ektlarga soliq ta’tillari berilishi ham qayd etilgan.
Endilikda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga tо‘qnash kelgan halol soliq 
tо‘lovchilar - xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin. Albatta, bu о‘z ishini sidqidildan bajarib, 
xalqimiz manfaatlari yо‘lidagi ezgu maqsadli loyihalarni rо‘yobga chiqarishga bel 
bog‘lagan ishbilarmonlar uchun juda foydalidir. Lekin о‘tkazilgan kameral nazorat 
natijalari bо‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq tо‘lovchilar tomonidan 
asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar hamda boshqa majburiy tо‘lovlar 
summalari sud tartibida undiriladi. 

Yüklə 203,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə