Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari Reja Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat



Yüklə 203,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü203,65 Kb.
#144581
1   2   3
15-ma\'ruza Soliq siyosati va uning asosiy yо‘nalishlari

Terminal bо‘lishi shart, lekin...
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 
fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik 
kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari 
tо‘g‘risida”gi qarorida joriy yilning 1 martidan boshlab chakana savdo hamda 
xizmat kо‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar aholidan tо‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qiluvchi 
hisob - kitob terminallari о‘rnatmasdan faoliyatini amalga oshirishga haqli emasligi 
belgilab qо‘yilgan edi. Unga kо‘ra, naqd yoki plastik kartochka orqali hisob - kitob 
qilish shakliga qarab, narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki kamaytirsa, eng kam ish 
haqining о‘ttiz barobari, nazorat-kassa mashinalari va terminallarni ishlatish 
majburiy bо‘lgani holda, ularni ishlatmaslik, xuddi shuningdek, kvitansiyalar, 
talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlarni 
realizatsiya qilganlik hamda xizmatlar kо‘rsatganlik uchun eng kam ish haqining 
о‘ttiz barobaridan ellik barobarigacha, plastik kartochkalar asosida tо‘lovlarni qabul 
qilishni rad etganlik esa eng kam ish haqining yuz barobari miqdorida jarima 
solinishiga sabab bо‘lishi qayd etilgan. 
Biroq hamma joyda ham bunga tо‘liq amal qilayotgan tadbirkorlarni 
uchratavermaymiz. Xо‘sh, buning sababi nimada? Davlat soliq qо‘mitasi 
mutasaddilarining fikricha, bunga amal qilmagan har bir ishbilarmonga tegishli 
chora kо‘riladi. Lekin ayrim holatlar inobatga olinadi.


Masalan, belgilangan muddat ichida terminal xarid etish uchun murojaat 
qilingan va boshqa ishonchli sabablar bо‘lgan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining aytishicha
mamlakatimizda terminallar etishmovchiligi mavjud. Chunki uni ishlab chiqaruvchi 
mahalliy korxonalar kam. Su bois terminallar xorijdan keltirilmoqda. Bugungi 
kunda ushbu yо‘nalishda ma’lum ishlar amalga oshirilayotir. Terminallar ehtiyoji 
bor tadbirkorlik sub’ektlariga banklar orqali etkazib berilmoqda, uning tegishli 
zaxirasini yaratish choralari kо‘rilayapti. 
Nazorat savollari 
1. Soliq siyosati nima? 
2. Soliq siyosatining chet el tajribasi? 
3. Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatni roli nimadan iborat?
4. Hozirgi sharoitda soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari nimadan iborat? 
5. Soliq mexanzmi nima? 
6. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi va moliyaviy tartibga solish nimadan 
iborat? 

Yüklə 203,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə