Mavzu: Tosh materiallarini maydalash mashinalari. Tayanch so’zlar



Yüklə 8,5 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,5 Kb.
#182218
лекци Tosh materiallarni maydalash mashinalari маруза (1)


Mavzu:Tosh materiallarini maydalash mashinalari.
 
Tayanch so’zlar: tosh, perferator, maydalash, tosh maydalash mashinalari, ezish, urish, jag’li, konusli, g’ildirakli tosh maydaligichlar, saralash, maydalash, saralovchi zavodlar, qurilma. 
Reja:
Tosh materiallarni qayta ishlash mashinalar.
Tosh materiallarni maydalash usullari.
Tosh maydalash mashinalari va ularning turlari.
Maydalovchi saralovchi qurilma va zavodlar.
Yo'l qurilishidagi har xil turdagi yo'l ustki qatlamlari uchun zarur bo’lgan tosh materiallarini ko’p qismi tosh konlari - Karerlarni ochiq usulda qazish yo'li bilan olinadi.
Yer massivda joylashgan qurilish toshlarini olish ishlariga, portlovchi modda o’rnatiladigan shpura va burg’ali quduqlarni kovlash, tosh turlarini portlatish, bir o’lchamlilarini maydalash, Karerdan portlatib olingan tosh jinslarini transportga yuklash va tashish kabilar kiradi. Karerlardagi burg’ali kavlash ishlarini bajarish pnevmatik perforatorlar (kavlovchi bolg’alar) va burg’alab toblaydigan stanoklar yordamida amalga oshiriladi.
Kavlovchi bolg’alarni chuqurligi 5-7 mm va diametri 74 mm gacha bo’lgan shpura, stanoklar chuqurligi 10-300 m va diametri 75 mm dan katta bo’lgan quduklar kavlash uchun ishlatiladi. Tosh Karerlarini quduqlar kavlashda odat bo’yicha 30 m gacha burg’alanadi. Kavlash quyidagi operatsiyalardan iborat: turlarni buzish, uni bo’laklarini katta massivdan ajratish va buzib olingan bo’laklarni quduqdan olish.
Ponasimon asbob qisqa vaqt ichida beriladigan kuch-urish yordamida quduqni o’qi bo’ylab yo’naltiriladi. Urilgandan so’ng asbob biroz ko’tarilib, ma’lum burchakka buriladi va urilayotgan yerni yangi joyiga uriladi. Asta-sekin urish natijasida tosh jinsi sinib ochiq tomonga ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan tosh jinsi quduqdan olinadi.
Ishlatilish sharoiti va o’rnatilish turi bo’yicha qo’lda ishlatiladigan, teleskopik va ustunlik perforatorlar bo’ladi. Perforator silindrdan iborat bo’lib, unda xavo tarqatuvchi qurilma orqali beriladigan siqilgan xavo yordamida porshen-bolg’a xarakat qiladi. Ishchi yurish oxirida porshen-bolg’a parmani dum qismiga kelib uriladi. Xavo tarqatuvchi qurilma klapanli yoki zolotnikli bo’ladi.
Perforator ko’rsatkichlarini asosiy xisobi.
Ishchi jarayonni asosiy tavsifi va perforatorlarni qo’llanilish soxasi quvvat bo’lib, bir marotaba urish energiyasi va vaqt birligidagi urilishlarni takrorlanishi orkali aniqlanadi.
Perforator quvvati, (kVt)
V=An/1000,
 
bu yerda A - porshenni ishchi yurishida rivojlanadigan kinetik energiya, Dj, A = mv2/2;
n- porshen urishi takrorlanishi, n = 30-40 Gts.
SHartli ravishda, ishchi yurish vaqti tn ni erkin yurish vaqti te ga aniqlanishi mumkin.
n=1(tn - tn) = 1/ (2 t)
Porshenni tekis tezlanuvchan xarakatida tezlanishi, m/s2.
a = r/m = PpD2,
 
r - porshenga ta’sir qiluvchi kuch, N;
R-havoni bosimi, Pa;
D-porshen diametri, m).
Tenglamaga a ni qiymatini qo’yib, porshen urish takrorlanishi (Gts) aylanish uchun tenglama olinadi:
Toshmaydalagichlar ish tartibi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: jag’li, bunda material ezish, yorish va qisman ishqalab sindirish ikki plita - jag orasida, ularni vaqti-vaqti bilan yaqinlashish yordamida maydalanadi; konusli bunda material ezish, sindirish va qisman ishqalab sindirish yordamida ikkita konusli yuza oralig’ida, bittasi ikkinchisiga nisbatan ekstsentrik xarakat qilish xisobiga uzluksiz maydalanadi; slindrik g’ildirakli material ikkita qarama-qarshi aylanayotgan silindr gildiraklar orasida ezish xisobiga maydalanadi; urib ishlaydigan, ular o’z navbatida bolg’ali va rotorli bo’ladilar;
bolg’ali tosh maydalagichlarda material, asosan sharnirga o’rnatilgan bolg’alarni urish kuchi xisobiga maydalanadi.
rotorli tosh maydalagichlarda rotorga mustaxkam o’rnatilgan uruvchi - vallarni urish xisobiga maydalanadi, xamda materialni qaytaruvchi plitalarga va o’zaro urilish xisobiga maydalashga erishiladi.
jagli tosh maydalagichlar yirik va o’rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag’li tosh maydalagich ishlash tartibi quyidagilardan iborat. Pona ko’rinishiga ega bo’lgan maydalash kamerasiga maydalanishi zarur bo’lgan material tushiriladi.
Maydalash kamerasi 2 ta yuzadan iborat, uni bittasi ko’p xolatda qo’zg’almas, ikkinchisi qo’zg’aluvchan bo’ladi.
a-konstruktiv sxema; b-kinematik sxema; v-materialni tishli tirqishidan tushish sxemasi; g-jag’li maydalagichning unumdorligini aniqlash uchun sxema.
1-korpus; 2,3-qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas jag’; 4-maydalovchi; 5-o’q; 6-maxavik; 7-eksentrik val; 8-shatun; 9-sovutish qurulma; 10-prujina; 11-tortqi; 12,13-tirgaklar.
Tog’ jinslarni qayta ishlashni barcha bosqichlarida konusli tosh maydalagichlar ishlatiladi. Belgilanishiga qarab ular yirik maydalagichlar (KYM), o’rta (KUM) va mayda (KMM) larga bo’linadilar. KYM maydalagichlari qabul teshigini kengligi bilan tavsiflanadilar va tur o’lchamlariga qarab 400-1200 mm gacha tog’ jinsi bo’laklarini qabul qila oladilar. CHikarish teshigi 74-270 mm bo’lib, unumdorligi 150-2300 m3/soat ga teng. KUM tosh maydalagichlari o’lchami 60-300 mm bo’lgan bo’laklarni qabul qiladi, chiqarshi tirkishini o’lchami 12-60mm, unumdorligi 12-580 m3/soat. KMM tosh maydalagichlari o’lcham 35-100 mm bo’lgan bo’lakchalarni qabul qiladi; chiqarish tirqishini o’lchami 3-15 mm, 12-220 m3/soat.
Konusli maydalagich.
a-yirik maydalagich; b-o’rta va mayda maydalagich; v-konussimon maydalagichlarni maydalach kameralarining profillari.
Valikli tosh maydalagichlarni ishchi qismi bo’lib, silindr ko’rinishidagi aylanuvchi g’ildiraklar hisblanadi. Material yuqoridan beriladi va aylanuvchi g’ildiraklar orasidagi yoki g’ildirak bilan maydalash kamerasini qo’zgalmas segmenti orasiga ortilib maydalanadi. G’ildirakli tosh maydalagichlarda o’rtacha mustaxkamlikdagi (sq150 mPa gacha) materiallarni mayda va o’rtacha maydalash uchun silliq va taram-taram g’iladiraklar va yumshoq (s q80 Mpa gacha) materiallarni tishli g’iladiraklar maydalash uchun ishlatilanadi. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha g’ildirakli tosh maydalagichlar bir, ikki va to’rt g’ildirakli bo’ladilar. Oxirgi xolatda bir juft gildiraklar ikkinchisini ustida joylashadi.
Valikli maydalagich.
a-konstruktsiyasi; b-maydalagich sxemasi.
1-stanina; 2,4 - valiklar; 3,6 – podshipniklar; 5-tayanch.

E’tiboringiz uchun raxmat

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 8,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə