Mavzu;Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlar yaratish va tahrirlash



Yüklə 24,43 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#157548
  1   2
dildora


Mavzu;Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlar yaratish va tahrirlash .

Reja
1.Matn muharriri dasturlari .


2.Offic Word dasturining rivojlanish bosqichi .
3. Matn bilan ishlovchi dasturlari

Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo


Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:
· ma'lumotlarni kiritish;
· xatolarni tuzatish;
· belgilar , so`zlar, satrlar, abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash;
· matnni biror "qolipga solish", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to'g'rilash,
satrlar orasidagi masofani o`zgartirish;
· matnni diskda saqlash;
· matnni diskdan o'qish;
· chop etish.
Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi.
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari xosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda xosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladiMatn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam katta axamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo.Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.Matn protsessori yordamida xosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi.Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga xar doim ham erishib bo'lmaydi Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz.Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi.Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta`sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin.
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada, ma`nosini tushunib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba`zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida "o'qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa xam, deyarli bir xil ma`noni va aynan bir xil vazifani bajaradi
Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan. 1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi. Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi. MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin.

Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə