Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyalari



Yüklə 79 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü79 Kb.
#142452
  1   2
Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyal


Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyalari
Microsoft Word’da hujjatni ochish, yopish, yangi hujjat yaratish, oxirgi amalni bekor qilish, chop etish va boshqalar kabi amallarni bajarish uchun ko‘plab tugmalar kombinatsiyalari mavjud. Keling, ulardan eng keng tarqalganini ko‘rib chiqaylik.


Ctrl+N

Yangi hujjat yaratish

Ctrl+O

Mavjud hujjatni ochish

Ctrl+S

Hujjatni saqlash

F12

Сохранить как dialog oynasini ochish

Ctrl+W

Hujjatni saqlash

Ctrl+Z

Oxirgi amalni bekor qilish

Ctrl+Y

Oxirgi amalni yana amalga oshirish

Alt+Ctrl+S

Hujjatning turli qismlarini mustaqil ravishda ko‘rsatadigan ikkita oynaga bo‘lish. Ushbu kombinatsiya orqali bekor qilish ham mumkin

Ctrl+Alt+O

Hujjat tuzilishi (struktura) ni ko‘rish

Ctrl+Alt+N

O‘qish rejimiga o‘tish

Ctrl+F2

Ko‘rish va chop etish

F1

Ma’lumotnomani ochish

Alt+H

«Что вы хотите сделать» ga o‘tish

F9

Joriy bo‘limdagi kodlar maydonini yangilash

Ctrl+F

Hujjat bo‘ylab qidirish

F7

Orfografik tekshiruvni ishga tushirish

Shift+F7

Tezaurusni ochish. Agar so‘z tanlangan bo’lsa ushbu kombinatsiya o‘sha so’zni bazadan izlaydi

Alt yoki F10

Tugmalardagi ko‘rsatmalarni yoqish/o‘chirish

Ctrl+F1

Лентa’ni ko‘rsatish yoki yashirish

Ctrl+H

Найти и заменить’ni ochish

Alt+A

Файл vkladka menyusini ochish

Alt+Z

Главная vkladkasiga o‘tish

Alt+',2

Вставка vkladkasiga o‘tish

Alt+L

Дизайн vkladkasiga o‘tish

Alt+',3

Макет vkladkasiga o‘tish

Alt+R

Ссылки vkladkasiga o‘tish

Alt+K

Рассылки vkladkasiga o‘tish

Alt+B

Рецензирование vkladkasiga o‘tish

Alt+J

Вид vkladkasiga o‘tish

Ctrl+sichqoncha g‘ildiragi (sich.
g‘il) ni aylantirish

Hujjatdagi masshtab o‘lchamini oshirish va kamaytirish


Hujjat bo‘ylab harakatlanish


Hujjatda osongina harakat qilish uchun klav. komb.dan foydalanishingiz ham mumkin. Agar siz ko‘p sahifali katta hujjat bilan ishlayotgan bo‘lsangiz bu vaqtni tejaydi; shuningdek, so‘zlar va jumlalar o‘rtasida osongina harakatlanishingizga yordam beradi.



Chap/o‘ng tugmalari

Kursorni bir belgi chapga yoki o‘ngga siljitish

Ctrl+chap/o‘ng tugmalari

Bir so‘zni chapga yoki o‘ngga siljitish

Yuqori/past tugmalari

Bir qator yuqoriga yoki pastga siljitish

Ctrl+yuqori/past tugmalari

Bir xatboshini yuqoriga yoki pastga siljitish

End

Joriy qatorning oxiriga o‘tish

Ctrl+End

Hujjatning oxiriga o‘tish

Home

Joriy qatorning boshiga o‘tish

Ctrl+Home

Hujjatning boshiga o‘tish

Page Up/Page Down

Bir ekranni yuqoriga yoki pastga siljitish

Ctrl+Page Up/Page Down

Oldingi yoki keyingi koʻrilayotgan elementga oʻtish (qidirgandan keyin)

Alt+Ctrl+Page Up/Page Down

Joriy oynani yuqoriga yoki pastga siljitish



F5 yoki Ctrl+G

Muayyan sahifaga, bo‘limga, xatcho‘pga va shunga o‘xshash narsalarga tezda o‘tish uchun “Перейти”
yorlig‘ida “Найти и заменить” dialog oynasini ochish



Shift+F5

Kursor qo'yilgan oxirgi uchta pozitsiyani aylantirish. Agar siz hujjatni endigina ochgan bo‘lsangiz, Shift+F5 tugmachalari sizni ushbu hujjatni yopishdan oldin tahrir
qilgan oxirgi nuqtaga olib boradi



Matnni belgilash


Oldingi bo‘limdan ko‘rib o‘tganimizdek turli tomonlarga yo‘nalgan tugmalari kursorni harakatlantirish uchun ishlatiladi va Ctrl tugmasi bu harakatlarni o‘zgartirish uchun ko‘mak beradi. Ushbu klaviatura yorliqlarining ko‘pini o‘zgartirish uchun Shift tugmasidan foydalanish matnni turli usullar bilan tanlash imkonini beradi.



Shift+chap/o‘ng tugmalari

Joriy belgilanishni bir belgi chap yoki o‘ngga kengaytirish

Ctrl+Shift+chap/o‘ng tugmalari

Joriy belgilanishni bir so‘z chap yoki o‘ngga kengaytirish

Shift+yuqori/past tugmalari

Belgilanishni bir qator yuqoriga yoki pastga kengaytirish

Ctrl+Shift+yuqori/past tugmalari

Belgilanishni paragraf boshi yoki oxirigacha kengaytirish

Shift+End

Belgilanishni qator oxirigacha kengaytirish

Shift+Home

Belgilanishni qator boshiga qadar kengaytirish

Ctrl+Shift+Home/End

Belgilanishni hujjatning boshi yoki oxirigacha kengaytirish

Shift+Page Down/Page Up

Belgilanishni pastga yoki yuqoriga ekranni kengaytirish

Ctrl+A

To‘liq hujjatni belgilash



F8

Belgilash rejimiga kirish. Ushbu rejimda tanlangan matnni kengaytirish uchun yo‘naltiruvchi tugmalardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, turli xil tanlash rejimlari orasida almashinish uchun F8 tugmasini besh martagacha bosish mumkin. Birinchi bosish belgilash rejimiga o‘tadi, ikkinchi bosish belgilangan nuqtadan keyingi so‘zni tanlaydi, uchinchi bosish butun jumlani, to‘rtinchi bosish paragrafdagi barcha belgilarni va beshinchi bosish butun hujjatni tanlaydi. Shift + F8 tugmalarini bosish ham almashinishda ishlaydi, lekin teskari yo‘nalishda. Va istalgan vaqtda tanlash rejimidan chiqish uchun Esc tugmasini bosish mumkin.
Bu xususiyatni o‘zlashtirib olish uchun biroz o‘ylash kerak – lekin bu juda qiziqarli!



Ctrl+Shift+F8

Ustunni tanlash. Ustun tanlanganda, boshqa ustunlarga tanlashni kengaytirish uchun chap va o‘ng tugmalardan
foydalanish mumkin.



Matnni tahrirlash


Word matnni tahrirlash uchun bir qator klaviatura yorliqlarini ham taqdim etadi.



Backspace

Chap tomondagi belgini o‘chirish

Ctrl+Backspace

Chap tomondagi so‘zni o‘chirish

Delete

O‘ng tomondagi belgini o‘chirish

Ctrl+Delete

O‘ng tomondagi so‘zni o‘chirish

Ctrl+C

Matn yoki grafikani bufer obmenaga nusxalash

Ctrl+X

Belgilangan matn yoki grafikani bufer obmenaga ko‘chirish (nusxalash va joriy joyidan o‘chirish)

Ctrl+V

Bufer obmenadan joylash (вставить)

Ctrl+Alt+V

Maxsus joylash

Ctrl+F3

Tanlangan matnni Spike’da kesib olish. Spike - oddiy bufer obmenaning qiziqarli versiyasi. Spike’da matnni ko‘chirish (вырезать) ni davom ettirish mumkin va Word ko‘chirilgan hamma narsani eslab qoladi.
Spike’dagi ma’lumotlarni joylaganda Word ko‘chirilgan barcha
matnlarni bir martalik bilan joylashtiradi va har bir matnni o‘z qatoriga joylashtiradi.

Ctrl+Shift+F3

Spike tarkibidagilarni joylash

Alt+Shift+R

Hujjatning oldingi qismida foydalanilgan sarlavha yoki pastki qismidan nusxa olish

Belgilarni formatlashni qo‘llash


Word’da belgilarga formatlashni qo‘llash uchun bir nechta klaviatura yorliqlari mavjud (shuningdek, paragraflarni formatlash uchun - lekin biz keyingi bo‘limda bu kombinatsiyalarni ko‘rib chiqamiz). Tanlangan matnga formatlashni qo‘llash uchun ushbu klaviatura yorliqlaridan foydalanishingiz mumkin va agar matn tanlanmagan bo‘lsa, ushbu formatlash kiritish nuqtasida keyingi yozgan narsalar uchun qo‘llaniladi.




Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə