Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə1/6
tarix18.05.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#111197
  1   2   3   4   5   6
DILNURA JINOYAT

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti


Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari
va huquq ta’limi yo’nalishi 1- kurs talabasi
Qarshiboyeva Dilnuraning
Jinoyat huquqi fanidan
tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

BAJARDI: Dilnura Qarshiboyeva
TEKSHIRDI: Sanjarbek Abduraxmanov

Toshkent-2023



Mavzu:ATROF TABIIY MUHITNING IFLOSLANGANLIGI TO’GRISIDAGI MA’LUMOTLARNI QASDDAN YASHIRISH YOKI BUZIB KO’RSATISH
Jinoyat kodeksining to’rtinchi bo’limi ekologiya sohasidagi jinoyatlarga bag’ishlangan bo’lib , uning tarkibiga atrof -muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar deb nomlanuvchi o’n oltinchi bob va 193 dan 204 gacha bo’lgan moddalar kiradi. Shulardan birinchisi 194-modda bo’lib atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi tog’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish deb nomlanadi . Quyida ushbu modda va uning sharhi bilan yaqindan tanishishimiz mumkin.
194-modda. Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 34,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə