Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#106479
  1   2   3
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot " fanidan

MUSTAQIL ISH


Mavzu: TASHQI SAVDO SIYOSATI
Tayyorladi: Boymatov Islombek
Tekshirdi:_______________

REJA:

  1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari

  2. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish

  3. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash


Har bir mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda tashqi savdo siyosati ham muhim oʻrin egallaydi. Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan choratadbirlar majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi. Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega boʻlishi mumkin. Tashqi savdo siyosati eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta’sir koʻrsatish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsishga erishish, toʻlov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini koʻzda tutadi. Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo siyosatini olib borishi mumkin. Koʻpgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin savdo siyosatini qoʻllash iqtisodiy resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi deb hisoblaydilar. Biroq erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali boʻlishi mumkin boʻlsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali boʻlavermaydi. Tashqi savdoni cheklash bilan bogʻliq bolgan proteksionistik siyosat borasida olib boriladigan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq muddatli davrda esa, faqatgina erkin savdo siyosati iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini byeradi.Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi. Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi. Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import bojlariga boʻlinadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi. Eng koʻp miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib berish boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibi hisoblanadi va bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga bogʻliqdir. Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir. Mamlakatlar milliy iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda yoki tariff vositalaridan, yoki notarif vositalaridan, yoki ham tarif, ham notarif vositalarini muvofiqlashtirgan holda qoʻllaydi. Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul boʻlib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va boshqa turlari oʻzaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan oʻrnatiladi.

Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə