Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Геология-география факультети Геодинамика ва тектоника кафедраси



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#130263
  1   2
3-амалиёт структура

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Геология-география факультети Геодинамика ва тектоника кафедраси

Структуравий геология ва геологик хариталаш

ўқитувчи Б.У.Мухаммадиев

2021 -2022 ўқув йили 

Қатламлари бурмаланган худуднинг геологик харитасини тузиш ва тахлил қилиш.

  • Режа
  • Qatlamlari burmalangan hududning geologik xaritasini tuzish.
  • Burmali strukturalarning morfologik turlarini aniqlash.
  • Burmali strukturalarni xosil qilgan qatlamlarning yotish elimentlarini aniqlash.

Ishning maqsadi: Qatlamlari burmalangan hududning geologik xaritasini tuzish, burmali strukturalarning morfologik turlarini aniqlash, burmali strukturalarni xosil qilgan qatlamlarning yotish elimentlarini aniqlash, imkoni boricha har-bir qanotning yotish chizigʻiga parallel yunalishda va eng koʻp qatlam qatnashadigan burmali struktura oʻq chizigʻi boʻyicha geologik kesmalar tuzish, hududning stratigrafik ustunini tuzish.

  • Ishning maqsadi: Qatlamlari burmalangan hududning geologik xaritasini tuzish, burmali strukturalarning morfologik turlarini aniqlash, burmali strukturalarni xosil qilgan qatlamlarning yotish elimentlarini aniqlash, imkoni boricha har-bir qanotning yotish chizigʻiga parallel yunalishda va eng koʻp qatlam qatnashadigan burmali struktura oʻq chizigʻi boʻyicha geologik kesmalar tuzish, hududning stratigrafik ustunini tuzish.

Burmalar hosil qilgan qatlamlarning yotish
elementlarini aniqlash.
Avvalgi mashg‘ulotda tuzilgan geologik xaritani tahlil qilish jarayonida bu yerdagi qatlamlarning tektonik harakatlar oqibatida to‘lqinsimon burmalanib burmali strukturalarni hosil qilganini ko‘rishimiz mumkin. Burma deb, tektonik va boshqa tashqi kuchlar tasirida choʻkindi, vulkanogen va metamorfik jinslar hosil qilgan qatlamlarning deformatsiyasi tufayli toʻlqinsimon buklanishiga aytiladi.
Albatta oldingi ishlarda bajarilgani kabi kesma olishdan avval qatlamlarning yotish elementlarini aniqlab olamiz. Faqat oldingi ishlardan farqli jihati burmali strukturaning har-bir qanotining yotish elementlarini aniqlash talab etiladi. Buning uchun qanotlarini topib olishimiz kerak. Har bir Burma ma’lum bir elementlardan tashkil topgan boʻladi. Burmalarda qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Burmalarning qulfiga tutashgan qismlari esa burma qanotlari deb ataladi.
Xaritadan burmali strukturaning yadrosini, qanotlarini topishda qari jinslar ochilib yotgan joylarga hamda yosh geologik hosilalar namoyon bo‘lgan qismlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Burmalar orasida ularning antiklinal va sinklinal deb ataluvchi ikki asosiy turi ajratiladi. Antiklinal burma qavariq struktura boʻlib, buklanish markazida (yadrosida) nisbatan qari, atrofida esa tobora yosh yotqiziqlar yer yuzasida ochilib yotgan boʻladi. Sinklinal struktura esa botiq struktura boʻlib, uning markazida (muldasida) nisbatan yosh yotqiziqlar, atrofida qari togʻ jinslari yer yuziga chiqib yotadi. Manashu belgisidan foydalanib xaritadan burmali strukturaning yadrosini, qanotlarini topamiz. Demak tarqatma material sifatida berilgan geologik xaritamizda eng qari yotqiziqlar oʻrta devon efil yarusi
(D2ef) yotqiziqlari xisoblanadi va u antiklinal strukturaning yadrosini tashkil qiladi, uning atrofidagi D2gv, D3fr yoshidagi yotqiziqlar burmali strukturaning qanotlarini tashkil qiladi. Huddi shunday chaproqdagi strukturani tahlil qiladigan boʻlsak hududdagi eng yosh yotqiziqlar boʻlmish quyi karbon sirpuxov yarusi togʻ jinslari oʻrtada atrofida esa nisbatan qariroq yotqiziqlar ochilmalar xosil qilgan, bundan xulosa qilish mumkinki sinklinal strukturaning muldasi shu yerda, qanotlari esa atrofida. Burmali struktura qanotlarining yotish elementlarini oldingi ishlarda bajarilgani kabi uch nuqta usuli yordamida aniqlab olamiz.
Ushbu strukturalarni tahlil qilish natijasida qavariq(antiklinal) strukturaning qanotlarini hosil qilgan qatlamlarning yotish chiziqlari qarama-qarshi tomonlarga, botiq (sinklinal) strukturaning qanotlarini hosil qilgan qatlamlarning yotish chiziqlari esa bir-biriga tomon yoʻnalganligini koʻrishimiz mumkin.
Tarqatma material sifatida berilgan topografik xaritada geologik hosilalarini ochilish chegaralari va gorizontallar ko‘rsatilgan. Qatlamlarning moddiy tarkibi chiziqli shartli belgilar bilan, ularning yoshi esa indekslar bilan ifodalangan. Ushbu ma’lumotlar asosida hududning geologik xaritasi shakllantiriladi. Mashg‘ulot davomida qatlamlar yoshiga muvofiq ranglar bilan bo‘yaladi va hosil bo‘lgan geologik xarita tahlil qilinadi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə