Moliyaviy natijalar to‘G‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari rayimov A’zamjon Ruzievich



Yüklə 143 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü143 Kb.
#139230
  1   2   3   4   5   6
Rayimov A’zamjon Ruzievich2 uzb


MOLIYAVIY NATIJALAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI, ULAR BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING IQTISODIY MANFAATLARI


Rayimov A’zamjon Ruzievich
Moliya bo‘limi boshlig‘i, Podpolkovnik
The Higher Military Aviation School The Republic of Uzbekistan


Annotatsiya. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Kalit so’zlar: Moliyaviy natijalar, hisobot, iqtisodiy manfaatlar, foyda, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
- firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi;
- kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ;
- mulk egasining asosiy maqsadi;
- raqobatga bardoshlikning mezoni;
- ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6. Favqulodda foyda (zarar).
7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).
8. Sof foyda (zarar).
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi:

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish.

  • Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash.

  • Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo‘lganda moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida ko‘rsatilgan.
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar, to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə