Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “ tt va kt” fakulteti 3– bosqich tt-11/21 guruh talabasining signallar va tizimlar fanidan tayyorlagan 3-Mustaqil ishi



Yüklə 13,76 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü13,76 Kb.
#182602
  1   2   3   4
3-i signallar

“ TT VA KT” FAKULTETI 3– BOSQICH TT 11-21 GURUH TALABASINING SIGNALLAR VA TIZIMLAR FANIDAN TAYYORLAGAN 3-Mustaqil ishi

Bajardi: Abduxalilov G Qabul qildi:To’ychiyev B.


MAVZU:VAQT VA DARAJA BO’YICHA SIGNALLARNI IFODALASH
REJA:
1.VAQT DOIRASIDAGI ASOSIY OPERANTLAR.
2.SIGNALLARNI LOKAL VA INTEGRAL XARAKTERISTIKASI
3.SIGNALLARNI SPEKTR ORQALI IFODALASH
4.XAAR VA ADAMAR O’ZGARTIRISHLAR
Har qanday signal 𝑢(𝑡) vaqt funksiyasi hisoblanadi. Signallarni vaqt funksiyasi sifatida quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan:
– vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signal;
– vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal;
– vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal;
– vaqt va sath bo‘yicha diskret signal.
Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi. Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosim o‘lchagich va boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi. Bu signallar fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishda o‘zgargani uchun bunday signallar “analog” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi. 1.2b-rasmda keltirilgan signallar vaqt bo‘yicha diskret 𝑡 = 𝑘∆𝑡 (∆𝑡 – diskret vaqt oralig‘i bir xil qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum bir oraliqdagi har qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin. Bunday signallarni uzluksiz signallarning har bir ∆𝑡 vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olish mumkin. Bu jarayon vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlash oralig‘i ∆𝑡 bir xil qilib, uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari orqali qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.
1.2-rasm. Signallarning turlari: a) – uzluksiz signal; b) – diskret signal;
d) – kvantlangan signal; e) – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal (raqamli signal).
1.2d-rasmda keltirilgan uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan –kvantlangan bo‘lib, u 𝑘∆𝑡 yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 𝑡 da ma’lum bir diskret qiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga eng yaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimon signal hosil bo‘ladi.
Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda ∆𝑈 bilan belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin. Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut xatolik ∆𝑈/2 ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati ∆𝑈/12 ga teng bo‘ladi. Odatda ∆𝑈 – uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi. To‘rtinchi tur signallar (1.2e-rasm) ma’lum diskret vaqt 𝑘∆𝑡 larda (𝑘 = 0, 1, 2, … , 𝑛) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida olinadi.Vaqt va sath bo‘yicha diskret signalning qiymati kvantlash oralig‘i ∆𝑈 ga bog‘liq bo‘lib, kvantlash natijasida umumiy holda ruxsat etilgan 𝑁 ta oniy qiymatlardan birini qabul qiladi. Kvantlangan signal sathini ketma-ket butun sonlar bilan belgilab, bu sonlarni odatda ikkilik signal 1 va 0 lardan iborat signal bilan almashtirib, aloqa kanali orqali modulyatsiyalangan radiosignal orqali uzatiladi. Kvantlangan signalning oniy qiymatlarini diskret elementar signallar (odatda 1 va 0) bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.

Yüklə 13,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə