Mumtoz adabiyotda Obrazlar tizimi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə1/2
tarix26.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#113101
  1   2
adabiyot tarixi

Mumtoz adabiyotda Obrazlar tizimi

201-guruh talabasi Nurmanbetova Shaxnoza


Reja :
MUMTOZ ADABIYOTDA OBRAZLAR TIZIMI
“Lison ut- tayr “ va “ Mantiq ut-tayr “ asarlarida obrazlar tizimi
Mumtoz adabiyotda Qushlar timsoli
Obraz
Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi.
O'zbek mumtoz adabiyoti obrazlar kengligi va turli tumanligi bilan ajralib turadi. Har bir obraz ma'no kengligi, ifoda turliliklari bilan o'ziga hosdir. Mumtoz adabiyotimizda har bir shoir, yozuvchi obrazlarni o'z "boyliklaridan" kelib chiqib ifodalaydi.
Mumtoz adabiyotimizning durdona asarlarida ramz va majoz bilan soʻzlash anʼana edi. Biz hozirgi zamon adabiyot ixlosmandlari, mumtoz adabiyot namunalarini yaxshiroq tushunish, oʻsha davrdagi muallifning asl maqsadini anglash uchun mana shu ramz va majoz tilini bilishimiz kerak boʻladi. Shu oʻrinda ramz va majoz istilohlarining qisqacha izohini keltirib oʻtish joiz.
Ramz – simvol; koʻchim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida koʻchma maʼno kasb etuvchi soʻz yoki soʻz birikmasi; Majoz – mumtoz adabiyotshunoslikda soʻzni oʻz maʼnosida emas, boshqa bir koʻchma maʼnoda ishlatish, koʻchimning umumiy nomi.
Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni butunlay ramz asosiga qurilgan boʻlib, undagi obrazlarning asosini ramziy va majoziy obrazlar tashkil etadi. Bu ramzlarning maʼnosni bilmay turib esa, doston mazmuni va muallifning asl niyatini bilish mumkin emas. Shuning uchun ramziy va majoziy obrazlar haqida gapirganimizda, shu doston timsollarini misol keltirishni maʼqul topdik.
“Lison ut-tayr”dagi ramziy obrazlarning asosini qushlar obrazi tashkil etadi. Bu obrazlarni ikkiga ajratib tahlil qilish mumkin. Bularning birinchisi, afsonaviy qushlar: Simurgʻ, Anqo, Humo va Qaqnus obrazlari.
Keyingisi real qushlar: Hudhud, bulbul, toʻti, tovus, qumri, kabutar, kabki dari, tazarv, qarchigʻay, shunqor, burgut, kuf, oʻrdak va tovuq obrazlari.
Bundan tashqari, umumiy maʼnodagi jon qushi, koʻngul qushi, maloyik qushlari kabi timsollar bor.
Qushlar jahon xalqlari mifologiyasida katta ahamiyatga ega boʻlib, voqealar jarayonida birdaniga paydo boʻluvchi, qahramonlarga yordam beruvchi va vaziyatni keskin oʻzgartiruvchi unsur sifatida eʼtirof etiladi. Ular, asosan, ilohiyot bilan odamlarning oʻrtasidagi koʻprik sifatida, yuksaklik va osmon ramzi timsolida talqin qilingan.
Navoiy lirikasida umumiy maʼnodagi qush obrazi: jon qushi, koʻngil qushi, malo- yik qushlari, arvohi qudsiy qushlari, hidoyat qushlari, vasl qushi, xirad qushi, junun qushlari kabi variantlarda uchraydi.
Jon qushi
Odam oʻlganidan keyin yoki uyqusida ruhi qushga aylanib uchib ke- tishi haqidagi tasavvurlar xalq ertaklarida oʻz aksini topgan. Bu haqda Bahodir Sarimsoqov shunday fikr bildirgan: “Jon esa osmonga uchib ketadi. Ruh ham tanani tark etadi, ammo qush yoki boshqa jondor sifatida oʻlganning uyiga, uning yaqinlaridan xabar olgani tez-tez kelib turadi”. Jon, ruh haqidagi bu kabi mavhum tasavvurlar keyinchalik aniqlashtirilib, jon qushi, ruh toʻtisi, chivindek jon kabi nisbatan konkret obrazlarda tasavvur qilina boshlangan.
Maloyik qushlari
Maloyik qushlari yoki arvohi qudsiy qushlari obrazining tarixi ham jahon xalqlari mifologiyasiga borib taqaladi. Jumladan, eramizdan oldingi IV asrdan to eramizning XVII asrigacha boʻlgan Yevropa va hind, eron tasviriy sanʼatida farishtalar qanotli yigit va qizlar shaklida tasvirlanganligini koʻramiz.
Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonida qushlar fano vodiysiga yetishgach, darakchi qushdan podshohni mutlaqo hech narsaga ehtiyojsizligi haqidagi xabarini eshitishadi. Bu timsol N.Komilov va M. Mahmudovlar tarjimasida “izzati chovushi – xizmatchisi”, Jamol Kamol tarjimasida esa “shotir” deb oʻgirilgan.
Simurg’
Simurgʻ(semurgʻ) – Eron-soʻgʻd xalqlari mifologiyasida sehrli, barcha narsaga qodir qush ramzi sifatida tasvirlanab, Axuramazdaga tenglashtiriladi. U burgutsimon tumshuqli, katta qanotli, bahaybat va patlari ham sehrli qush tarzida tasvirlanadi.
Ushbu obraz zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da “Varagʻn”, “Saena irgʻgʻa” shaklida keltirilgan. Oʻzbek xalq ertaklarida ham Simurgʻ obrazining Davlat qushi, Baxt qushi, Bulbuligoʻyo kabi variantlarini koʻrishimiz mumkin.
Anqo
Anqo – afsonaviy qush. Qadimgi Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlarning koʻziga koʻrinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va boshqalardan deb taʼriflanadi. Xalqimiz orasida baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, oʻsha baxtli boʻladi, degan fikr mavjud.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə