Mumtoz adabiyotda Obrazlar tizimi


Anqo timsolidan Navoiy, “Hayrat ul-abror”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarida hamda lirikasida unumli foydalandi. “Favoyid ul-kibar”da oʻqiymiz



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə2/2
tarix26.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#113101
1   2
adabiyot tarixi

Anqo timsolidan Navoiy, “Hayrat ul-abror”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarida hamda lirikasida unumli foydalandi. “Favoyid ul-kibar”da oʻqiymiz:
Sirri ishqim bilmagan el qolmadi, garchi manga
Nomabar qush oʻrniga Anqoni mahram qildingiz.
Qaqnus
Dostonda tasvirlangan afsonaviy qushlardan yana biri Qaqnusdir. U haqida “Navoiy asarlari lugʻati”da shunday deyilagan: “Qaqnus – mavhum bir qush, afsonaga koʻra, tumshugʻida juda koʻp teshiklar boʻlib, bu teshiklardan chiqqan ovozlardan goʻyo musiqa oʻylab chiqarilar emish”.Feniksning Sharq adabiyotiga Qaqnus shaklida oʻzlashishi bilan birgalikda ushbu obrazga bir qator motivlar qoʻshildi. Natijada, ushbu obrazning taʼsirchanligi, badiiy quvvati ortdi. Sidqiy Xodnayliqiy tarjimasidagi “Ajoyib ul-maxluqot” asarida yozilishicha: “Uning jufti, farzandi boʻlmas emish. Tumshugʻidagi behisob teshiklardan sehrkor ohanglar yangrar ekan Nihoyat, tumshugʻidagi teshiklardan va qanotidan oʻt chiqib, oʻtinga tushar va oʻzi ham kulga aylanarmish. Kuldan esa tuxum va bu tuxumdan yosh Qaqnus paydo boʻlar ekan. Kuy va argʻanun (organ) musiqa asbobi uning ovoziga taqlidan kashf etilagan emish”.
Shayx goʻyo keldi ul avvalgi tayr,
Kim, navo ichra qilib umrida sayr…
Yaʼni bu satrlarida Navoiy maʼnaviy ustozi Attorni qaqnusga qiyoslaydi. Navoiy salafining sanʼati, mahoratiga mos obrazni uning oʻz asaridan topa biladi va unga yangi maʼno yuklashi orqali anʼanaviy obrazdan novatorlik yarata oldi. Aynan shu oʻrinda Navoiy oʻzini qaqnusning kulidan paydo boʻladigan qaqnus bolaga oʻxshatadi. Bu tashbeh bilan Navoiy Attorga boʻlgan ehtiromini hamda uning oʻrniga munosib daʼvogarligini izhor etmoqda. Bu daʼvo faqatgina sanʼat nuqtai nazaridan boʻlmay, muallif bunga oʻzini haqli deb hisoblagan.
Sharq adabiyotida eng koʻp ahamiyat berilgani – bu bulbul timsoli boʻlib, u “oshiq” ramzida kelishi nafaqat adabiyotshunoslarga, balki barcha sheʼriyat muxlislariga maʼlum. Navoiy lirikasidagi eng koʻp murojaat qilingan qush ramzi ham bulbul boʻlib, u gul timsoli bilan uygʻun holda oshiqning iztiroblari, uning maʼshuq goʻzalliklaridan taʼsirlanishi kabi holatlarni tasvirlash uchun qoʻllanilgan faol timsollardan biri sanaladi
Navoiy bulbul timsolini ishqda faryod qiluvchi, yaʼni sukra – shovqinli yoʻldagi oshiq solikka ham qiyoslaydi va tazod sanʼatidan foydalanib, uni oʻtda jimgina yonuvchi parvonaga – ishqini pinhon saqlovchi sahv yoʻlidagi orif solikka qarshi qoʻyadi. Ushbu obrazning dunyoviy goʻzalliklarga hirs qoʻyib, asl maʼnoni – ilohiyotni unutgan ruhiyat maʼnosidagi talqini ham mavjud.
Bulbul
Hudhud
Hudhud – obrazining kelib chiqishi Qurʼoni karimning “Naml” surasiga borib taqaladi. Unda Hudhudning Sulaymon paygʻambar va Sabaʼ malikasi Bilqiys oʻrtasidagi vositachiligi keltirilib oʻtilgan. Navoiy bu obrazga bir qator oʻzgartishlar kiritdi. Natijada, Navoiyning Hudhudi komil inson, piri murshid, oʻzligini taniyotgan ruh (nafsi lavvoma) kabi maʼnolarni aks ettirdi.
To’ti
Toʻti – mumtoz adabiyotda shirinsoʻzlik timsoli boʻlib keladi. Unga yorning shirin kalomini muqoyasa qiladilar. Dostonda toʻti oʻzini qiyinchilik koʻrmaganligi uchun “burgutlar pashshadek boʻladigan yoʻl”da qiynalib qolishini aytadi. Ushbu timsol bilan Navoiy zohiriy orzu-havaslarga oʻch, xudbin kimsalarni yoki ruhiyatning oʻz-oʻziga bino qoʻyish xusuciyatini aks ettiradi.
Demak, Navoiy Attorni Qaqnusu, o‘zini Qaqnusbachaga o‘xshatishi faqatgina san’at nuqtai nazaridan bo‘lmay, tasavvuf falsafasining uvaysiylik nazariyasiga binoan o‘zini ham Attorning ruhidan ma’naviy tarbiya olgan deb hisoblaganligi uchun aytayotgan ekan. Zero, hazrat Navoiy bu borada haqli edi. U Attor ruhi orqali tarbiyalangan va kamolga yetgan ijodiy faoliyatining cho‘qqisi bo‘lmish “Lison ut-tayr” dostoni uni tushunib, mutoala etishga qodir kitobxonlarning qalbiga ma’rifat olovini yoqib, yashab kelmoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə