Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 462,89 Kb.
səhifə1/11
tarix17.12.2023
ölçüsü462,89 Kb.
#149726
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mundarija I. Kirish. II. Asosiy qism-fayllar.org (1)


Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism

Mundarija:
I. Kirish.

II. Asosiy qism:
2.1. Qadimgi Baqtriya podsholigi.
2.2. Qadimgi Baqtriyada boshqaruv tizimi.
2.3. Yunon-Baqtriya podsholigi
2.4.Qadimgi Sug‘diyona.

III. Xulosa.

IV.Adabiyotlar ro’yxati.

V.Ilova

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Yozma manbalar ma’lumotlari ko‘p hollarda arxeologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Arxeolgiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bo‘lgan edi. Oltindilyortepa (Aorn), Baqtriya (Boloi Hisor) va Qiziltepa kabi ko‘hna shaharlar mustahkam himoya devorlar bilan o‘rab olinadiki, ular bu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi edi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.


Mavzuning maqsadi va vazifalari: Kurs ishida Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi tabiiy-geografik joylashuv va shart-sharoitlarga qarab turlicha bo‘lgan. Manzilgohlarning soni va o‘zlashtirilgan yerlarning umumiy maydoniga qarab madaniy-xo‘jalik vohalar bir nechta guruhlariga bo‘lingan. Vohalarning chegaralari sug‘orma dehqonchilik hududlari va sug‘orish tarmoqlarning chegaralari bilan o‘zviy bog‘liq edi.


Yüklə 462,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə