Mundarija kirish I bob. Cms (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari) haqida



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#111904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«CMS – kontent boshqaruv tizimlari» boʻlimini о‘qitishda innovatsion


Mavzu: «CMS – kontent boshqaruv tizimlari» boʻlimini о‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasi

MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.CMS (CONTENT MANAGEMENT SYSTEMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA.
1.1.CMS ya’ni contentni boshqaruv tizimlari tushunchasi
1.2.CMS ning asosiy funktsiyalari va ularni o’qitish ko’nikmalari
II BOB.CMS PLATFORMALAR O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1.CMS tizimlar turlari va asosiy xususiyatlarini tushuntirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

2.2.Mashhur kontentni boshqarish tizimlari va ularning xususiyatlarini о‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Jamiyatimizning barcha qatlamlarida innovatsion texnologiyalarni qo’llash borasida savodxonlikni uzluksiz ravishda oshirib borishimizda, axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, avvalo ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni chuqur egallash orqali amalga oshiriladi.


Mamalakatimizning ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar asosiy maqsadi ham ta’limni axborotlashtirishga, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgandir. Jumaladan, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabusslari bilan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan Farmon 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida - umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilib qo’yilgan.
Asrimiz boshida dunyo iqtisodiyotining globallashuvi, jarayonlarning axborotlashuvi, yangi texnologiyalar yaratilishi va ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy etilishi jamiyatda o’zgarishlar dinamikasini oshirib yubordi. Hozirda “Informatika” fani muim ahamiyat kasb etib, uning ahamiyati dunyoning zamonaviy shakllantirishda, u kiritayotgan tushunchalar fundamentalligi va metodologiyasining umumiyligida ortib borayapti. Bu holatlar kadrlarning kasbiy tayyorgarligida o’z aksini topishi zarur va muqarrarligini ko’rsatadi.
Informatika ta’limida zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini qo’llashda foydalaniladigan ta’lim metodlari va texnologiyalari sifatida modulli, muammoli ta’lim, didaktik - o’yinli, xamkorlikda o’qitish hamda an’anaviy-noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, interfoal o’qitish metodlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan, mul’timediali texnologiyalaridan foydalanish, shu bilan birga o’quvchilarni kichik guruhlarda o’qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadiIlm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
So‘nggi yillarda internet omma hayotiga shunchalik jadal ta’sir ko‘rsatmoqdaki, bu bilan u nafaqat inson hayotining muhim qismiga aylanmoqda, balki biznes loyihalarning rivojlanishida hal qiluvchi omil vazifasini ham o‘tamoqda. Internet tarmog‘I kompaniyalarga o‘z biznesini yuritish va rivojlantirishda katta yordam berish bilan bu jarayonlarda asosiy rol o‘ynamoqda, shuningdek, u barcha uchun tengi yo‘q aloqa vositasi hamdir. Internet virtual axborot makoni bo‘lib, bu makon millionlab web saytlardan iborat.Siz ham o‘z saytingizni yaratib, ushbu makonning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Buning uchun professional yoki tajribali dasturchi bo‘lishingiz yoki g‘oyangizni amalga oshirish uchun dizayner, dasturchi mutaxassislar jamoasini yollashingiz shart emas, balki oddiygina CMSdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lsangiz kifoya.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə