Mustaqil ish reja: Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124053
  1   2   3
Moliyaviy qarorlar


Mavzu: Moliyaviy qarorlar
Fan: Moliya
Guruh: 103
Yo’nalish: BANK ISHI VA AUDIT
Talaba: Ergashev Dilshod
MUSTAQIL ISH
Reja:

Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qarama- qarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo “Zamonaviy moliya”da bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi.
Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?
Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?
Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’-molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak?
6 1990 yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti Garri Markovits (Harry Markowitz), Merton Miller (Merton Miller) va Vilyam SHarpga (William SHarpe) moliya nazariyasi va amaliyoti rivojiga ulkan ta’siri bo‘lgan ilmiy hissasi uchun berilgan.
Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
SHunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (2.1-rasm):

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə