Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. Abdulxaqov Nodirbek Otabek o’g’li Qo’qon Universiteti Ta’lim fakulteti psixologiya yo’nalishi talabasi. Annatatsiya



Yüklə 19,99 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü19,99 Kb.
#109470
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.

Abdulxaqov Nodirbek Otabek o’g’li
Qo’qon Universiteti Ta’lim fakulteti psixologiya yo’nalishi talabasi.
Annatatsiya: Ushbu tezisda Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi hamda
Taraqqiyotning “O’zbek modeli” yangi o’ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Taraqqiyot, O’zbek modeli, Iqtisodiyot, demokratik, tamoyil.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo’lgan tayyor andozalari hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O’zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi». Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo’lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o’rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi shart. Uchinchidan, qonun, ko’rsatmalarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o’tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. O’zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish haqidagi tamoyili vaqt o’tgani sayin o’zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko’rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo’lini va xarakterini belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajakda qanday yo’ldan borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. O’zbekistonning demokratik jamiyatni barpo etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o’zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo’lgan bosqichma bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat’iy amal qilinishi ta’minlanadi . «O’zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo’li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To’xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko’ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo’lib, u huquqiy, ma’muriy hamda xo’jalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning sub’ekti mulk egalari, xo’jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me’yorlar ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o’tilgan yo’l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi. O’zbekiston har qanday qiyinchiliklarni yengib chiqdi va mustaqil bo’ldi. Xalq bu mustaqillikni uzoq yillardan buyon intizorlik bilan kutayotgan edi shunday ekan har qanday muammo yoki qiyinchilik ham bu o’zbek xalqini bu yo’ldan qaytara olmas edi.
Yüklə 19,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə