Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari



Yüklə 44,29 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü44,29 Kb.
#160841
  1   2
Berdishukurova Mahliyo


Mavzuli portfoilo tayyorlash.
Mavzu:Mutaxassislikka kirish fanining o`ziga xos xususiyatlari.
MUTAXASSISLIKKA KIRISH» FANI VA UNING VAZIFALARI
Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishning muhim hujjat- larida ko'rsatib o‘tilganidek, oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifalari o‘rgatilayotgan fanlarni mukammal egallagan, o'z mutaxassisligi bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega boigan, mustaqil tafakkur qila oladigan davlat siyosatini xalq ommasi o‘rtasiga targ'ibot qilishga layoqatli, g‘oyaviy e’tiqodli, ijodkor va intizomda namuna boia oladigan yetuk kishilarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ayniqsa, voshlarimizning fan-texnika taraqqiyotini jadallash- tirishda kompvuter, internet bilan ish yurita oladigan, bilimdon bo‘lishlari davr talabi boiib qolmoqda. Buni har yili muntazam ravishda oikazilayotgan «Talaba va fan-texnika taraqqiyoti» olimpiadasi nomidan ham bilib olish qiyin emas. | Oliy o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligini malakali mutaxassis bilan ta’minlash manbai boiibgina qolmay, shu bilan birga mamlakat ilmiy tadqiqot majmuasining muhim tarkibiy qismi hamdir.
Davlatimizni qaror va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, oliy maiumotli yetuk mutaxassislar tayyorlash, ularning sifatli va samarali bilim olishlarini ta’minlash uchun o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar darajasida ko‘tarish maqsadida talabalar bilan ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq muntazam va astoydil shug‘ullanish zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, I—II kurs talabalarining ko‘plari oliy maktab metodlarini juda sekinlik bilan

o‘zlashtiradi, o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtira olmaydi/undan unumli foydalanishni bilmaydi. Ba’zan esa o‘z tanlagan kasbi haqida yetarli tasavvurga ega boimaydi.



«Mutaxassislikka kirish» kursida talabaning bo‘lajak ixtisosi, ya’ni iqtisodchi kasbi haqida to‘laroq ma’lumot berish, talabalarning mustaqil ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berish, bibliografiya mexanizmini tushuntirish ko‘zda tutiladi. SHu bilan birga talabalarning huquq va burchlari tushuntiriladi.
Fan xususiyatlari bo‘yicha ustivor vazifalar:
- mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash;
- mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mavjud muammolar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularni hal etish yo‘llari borasida talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
- ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning ko‘p omilli hamda murakkab jarayon ekanligini, uning ziddiyatli jihatlarini anglash, ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni teran tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan talabalarda o‘zlarining har tomonlama asoslangan, ob’ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to‘g‘ri asosda ishlab chiqilishiga yo‘naltirish;
- mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari, uning turli tarmoq va sohalarini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatlari, hududlarning ishga solinmagan ichki salohiyatlari to‘g‘risida hosil qilingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash borasida dastlabki o‘quv-amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
- respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ular natijasida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning barchasi inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadiga yo‘naltirilganligini anglash, yoshlarning jamiyatimizdagi o‘rni va rolini chuqur xis qilishni ta’minlash asosida o‘quvchi va talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish.
“Mutaxassislikka kirish” kitobidan.
Usmonov T.Mirzayev, R.A.Arslonzoda

Mavzu:”Ta`lim to`g`risidagi qonunning yangi tahriri bilan tanishish.

Yüklə 44,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə