Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari

«Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Yüklə 44,29 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü44,29 Kb.
#160841
1   2
Berdishukurova Mahliyo

«Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 
«Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
2020 yil 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi dastlabki masala — yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in kechdi. Deputatlar 5-6 may kunlari bo‘lib o‘tgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan edilar. Muhokama davomida bir necha moddalar yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida to‘xtalib o‘tishga kelishgan edi.
Shundan so‘ng mas'ul qo‘mita barcha fraksiyalar, deputatlardan tushgan taklif va mulohazalarni jamlab, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida qonun loyihasi ustidagi ishlarni davom ettirdi.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida mas'ul qo‘mita hamda ishchi guruh tomonidan bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihadan havolaki tusdagi qator normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritildi.
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta'sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o‘rniga 54 ta yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi.
Qonun loyihasiga inklyuziv ta'lim tushunchasi ham singdirildi. Bu har bir bolaning ta'lim olishdagi teng huquqliligini ta'minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda ko‘zda tutilmagan yangi qoidalar — yurtimizda yoshidan qat'i nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlanyapti.

Muallifi:M.Sodiqov, Z.Jalolov

Mavzu:Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari haqida umumiy ma`lumot.
Ta'lim sifatini nazorat qilish xalqaro qoidalariga ko'ra ta'limda eng ko'p takrorlanadigan sifat indikatorlarini ta'lim sifatini baholash mezonlari sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir:
- dastur (talab va ehtiyojga javob beruvchi va yangilanib boruvchi) va o'quv jarayoni;
- xavfsiz, sog'lom ichki va tashqi muhit;
- kasbiy rivojlanish imkoniyati (o'qituvchi va talaba uchun);
- liderlik, samarali boshqaruv va ma'muriyat.
Jarayonga asoslangan indikatorlar.
1. Boshqaruv jarayoni:
- boshqaruvning samaradorligi;
- boshqaruv, o'qituvchi, ota-ona o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik, maqsadni bir xil ko'ra olish, vazifalar va rejalarni bajarishda umumiy xarakatlanish.
2. Talabalar uchun o'sish va rivojlanish jarayoni [3]:
- yo'l-yo'riq va maslaxat berish;
- ma'naviy va fuqarolik ta'limi;
- talabalar tashkiloti (jamiyati, assosiasiyasi)ning mavjudligi;
- jamiyat xizmati.
3. Tashqi aloqa j arayoni:
- boshqa ta'lim muassasalari, ta'lim, biznes, jamiyat, davlat idoralari bilan ta'lim sifatini yaxshilash yo'lida xamkorlik aloqalarining o'rnatilganligi;
- ish beruvchi bilan aloqa.
4. Natijalarga erishish jarayoni (outcome process indicators):
- fuqarolik mas'uliyati va axloqiy (ma'naviy) munosabat;
- sport va boshqa sohalarda ishtirok etish, muvaffaqiyatga erishish;
- ijtimoiy va kommunikasiya ko'nikmalari, ta'lim muassasasi va jamiyatga xizmat ko'rsatishga tayyorlik;
- bosim va muammolami yenga olish qobiliyati;
- akademik muvaffaqiyat.
Kompetentli yondashuv doirasida ta'lim tizimini boshqarishda yuqoridagi sifat indikatorlari albatta e'tiborga olinishi lozim

Muallifi:Mamatqobilova Shodiya

Mavzu:TIMSS,PISA,AGMA,TALIS xalqaro baholash dasturlariga doir test namunalari bilan tanishtirish.

Ma'lumki, 2030-yilga qadar Xalq ta'limini rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlangan. Mazkur hujjatning birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqotida O'zbekistonning ishtirokini ta'minlash va 2030-yilga borib kuchli 30 talikka kirishga erishish maqsadli yo'nalishda belgilangan. Ya'ni, Xalq ta'limi uchun strategik vazifa qo'yilgan. Ma'lumki, 2030-yilga qadar Xalq ta'limini rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlangan. Mazkur hujjatning birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqotida O'zbekistonning ishtirokini ta'minlash va 2030-yilga borib kuchli 30 talikka kirishga erishish maqsadli yo'nalishda belgilangan. Ya'ni, Xalq ta'limi uchun strategik vazifa qo'yilgan. Ilk marotaba 2021-yilning 5-14 aprel` kunlari mamlakatimizda 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar o'tkazildi. Tadqiqotda respublikamizdagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o'quvchilari hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, 2022-yilning aprel oyida yurtimizdagi 202 ta maktabda PISA xalqaro baholash tadqiqotlari o'tkazildi. Tadqiqotda yurtimizning 15 yoshli maktab o'quvchilari tabiiy-ilmiy savodxonlik, matematik savodxonlik hamda o'qish savodxonlik yo'nalishlari bo'yicha ishtirok etdi.
Navbatdagi xalqaro baholash tadqiqotlari 2023-yilda o'tkaziladi. Kelgusi yilda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan TIMSS-2023 tadqiqotlarida 4- va 8-sinf maktab o'quvchilari tabiiy fanlar hamda matematika fanidan o'z bilimlarini sinab ko'radi.
Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirish, xalqaro baholash jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish, o'qituvchi va o'quvchilarni tayyorlash, ularning bilim, ko'nikma va kompetentsiyalarini, shuningdek, o'quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli fan yo'nalishlari bo'yicha savodxonligini rivojlantirish, o'qituvchilarga amaliy va uslubiy yordam berish maqsadida Xalq ta'limi vazirligi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Stesting elektron platformasi (https://stesting.uz) ishlab chiqildi.
Ushbu platformada 1449 ta test-topshiriqlari, 103 ta mediakurslar, 40 ta kimyo va biologiya fanlaridan malaka oshirish media kurslari o'rin olgan. Shulardan, PISA xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blok va 489 ta savollar bo'lsa, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotiga oid esa 8 ta fanga tegishli 583 ta nazorat savollar joy olgan va PIRLS xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blokdan iborat 377 ta savollar platformaga joylashtirilgan.

Muallifi:Risolat Madieva
Mavzu:Ta`lim tizimini ilg`or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish masalasi.
Ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi, balki xalqaro maydonda ham mamlakatimiz nufuzini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori bunga yaqqol misoldir. Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilayotgan innovatsion texnologik jarayonlar, tadbirkorlik, kichik biznes sohalarida yaratilayotgan ish o‘rinlari o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlovchi mutlaqo yangi kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmog‘ini shakllantirishni talab etmoqda. Eski tizimda oddiy ishchi kasblar bilan o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash aralashtirib yuborilgan edi. Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilayotgan innovatsion texnologik jarayonlar, tadbirkorlik, kichik biznes sohalarida yaratilayotgan ish o‘rinlari o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlovchi mutlaqo yangi kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmog‘ini shakllantirishni talab etmoqda. Eski tizimda oddiy ishchi kasblar bilan o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash aralashtirib yuborilgan edi.
Muallifi:Z.Qodirov
Mavzu:Kurs ishi himoyasi.Taqdimotlarni tayyorlashda zarur metodik va texnik talablar.
KURS ISHI — oliy o’quv yurtlari talabalari tomonidan o’quv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professor- o’qituvchilar rahbarligida talabalarda to’plangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish ko’nikmasini yoki mavzuni chuqur o’rganish maqsadida bajariladi. Kurs ishi, odatda, quyi kurslarda referativ, yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida o’tkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy o’quv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi. Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur tadqiqot ishi kirish, tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari, kurs ishi boblari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir. Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi, ishning ilmiyligi, tadqiqotning amaliy ahamiyati va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Kurs ishining tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari bo‘limida tadqiqot olib borilayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga tadqiqot ob’ektini o‘rganish usullari va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladigan qurilma va dasturiy ta’minotlar, ishni amalga oshirish usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Tadqiqot ishning birinchi bobida mijoz-server arxitekturasining nazariy asoslari, amaliyotga jpriy etishdagi muammolar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 44,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə