A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix10.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#104847
  1   2   3   4   5
FVr9MKsyFqrDIQZNIH5mPGpCoNf79HlnlEG8Q9bj-1



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
yoki

O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“BIOLOGIYA DARSLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK 
YO‘NALISHDAGI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH”
 
o‘quv kursining
 
“ O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish yo‘llari.” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna
Toshkent 2021 
 


2-Mavzu: O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish 
yo‘llari. 
 
Reja: 
1.
 
Tabiiy fanlar doirasida shakllangan “Umumiy fan” malakalari. 
2.
 
 Tabiiy 
fan 
tushunchalari 
va 
tabiatshunoslik 
bilimlaridan 
foydalaniladigan vaziyatlar.
3.
 
PISA tadqiqotidatabiiy-ilmiysavodxonlikkompetensiyalari.
4.
 
Ilmiy bilish turlari, topshiriq formati. 
Tabiiy fanlar qamrov doirasi (science framework) tabiiy fanlar bo‘yicha 
savodxonlikni baholash vositalarining asosini tashkil etadi. PISA–2015 tadqiqotida 
tabiiy fanlar ustuvor yo‘nalish bo‘lgan. Mazkur fanlar bo‘yicha savodxonlik 
konsepsiyasi avval ishlab chiqilgan tabiiy fanlar doiralarida takomillashtirilgan 
(OECD, 2006, 2004, 1999). PISA – 2006 tabiiy fanlar qamrov doirasi 2006, 2009 
va 2012-yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda mazkur fanlar yo‘nalishning asosini 
tashkil etgan. PISA–2015 tabiiy fanlar qamrov doirasi PISA 2006 tabiiy fanlar 
qamrov doirasining yanada kengaytirilishi, takomillashtirilishi hisobiga yaratildi.
XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolar ilmiy tafakkur va ilmiy 
kashfiyotlarga asoslangan innovatsion yechimlarni talab etishi shubhasiz. Jamiyatga 
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda zarur bo‘ladigan 
innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari, 
olimlar kerak. Aytish mimkinki, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik tayanch 
kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy 
fanlarga asoslangan bilim hamda ko‘nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va 
kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan 
texnologiyalarni tushunish esa “yoshlarni hayotga tayyorlash”da markaziy o‘rinni 
egallaydi. 
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid 
g‘oyalarnibilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal 
qila olishitushuniladi. 
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va 
texnologiyalarga oidmuammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama 
qilishda ishtirok eta oladi. T
abiiy-ilmiy savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi 
kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi:

Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish; 

Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash; 

Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish; 


 Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari bir qator ko‘nikmalarni o‘z 
ichiga oladi. Jumladan
hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasiga 
quyidagi ko‘nikmalar kiradi: 

Tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan 
foydalanish; 

Izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan 
foydalanish; 

Tegishli pragnozlar qilish va asoslash; 

Izohlovchi farazlarni taklif etish; 

Ilmiy bilishningjamiyat uchunamaliy ahamiyatini tushuntirish; 
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasiga oid ko‘nikmalar 
quyidagilardir: 

Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash; 

Ma’lumotlarning ob’yektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar 
tomonidan qo‘llniladigan usullarni tavsiflash va baholash; 

Ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; 

Berilgan muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif etish; 

Berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash; 
Ma’lumotlani va dalilarni ilmiy talqin qilish kompetensiyaga oid ko‘nikmalar 
quyidagicha: 

malumotlarni tahlil va talqin qilsh hamda tegishli xulosalar chiqarish; 

ma’lumbirko‘rinishdagi ma’lumotlarniboshqako‘rinishdaifodalash; 

ilmiy dalil va nazariyalarga asoslanganmulohazalarniilmiybo‘lmagan 
qarashlardanfarqlayolish; 

ilmiy adabiyotlardanolingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni 
aniqlash; 

turli manbalar (masalan, gazetajurnal, internet) dan olingan ilmiy 
mulohazava dalillarni baholash . 

O‘quvchilarning tabiiy-ilmiysavodxonligini shakllantirish uchun quyidagi 
bilimlar zarur: 

Fizik sistemalar (fizika va kimyo fanlari ), tirik sistemalar (biologiya fani), 
yer va fazo sistemalari (geografiya, geologiya, astronomiya)ga oid fanlarining 
mazmunini bilish; 

Ilmiy ma’lumot (bilim)lar olish uchun qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot 
metodlari, shuningdek, standarttadqiqot jarayonlarini bilishga doir metodologik 
bilimlar; 

Epistemikbilimlar, ya’ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot 
metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasi ekani, shuningdek, faraz, gipoteza 
va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish. 


Tabiiy fanlar mazmuniga oid bilimlar o‘quvchilarning fandagi asosiy g‘oyalar 
va nazariyalar, jumladan, koinot tarixi va miqyosi, moddaning zarrachalardan 
tuzilganligi, evolutsiya haqida bilimga ega ekanliklari va tushunishlarini ifodalaydi. 
Fanning mazmunigaoid bilimlar deganda o‘quvchilarning tabiat haqida fan 
tomonidan aniqlangan faktlar,qonuniyatlar, g‘oyalar, nazariyalarni bilishlari 
tushuniladi. 
Masalan, o‘simliklarning yorug‘lik ta’sirida karbonat angidrid, suv va unda 
erigan mineral tuzlardan qanday qilib murakkab molekulalarni sintez qilishini bilish. 
– o‘quvchilar fizik sistemalarga oid quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari talab 
etiladi: 
– harakat va kuch (masalan, tezlik, ishqalanish) va masofadan ta’sir ko‘rsatish 
(masalan, magnit kuchlari, Yerning tortish kuchi va elektrostatik kuchlar); 
– materiyaning tuzilishi(masalan, zarrachalarning modeli, bog‘lanishlar); 
– energiya va uning transformatsiyasi (masalan, energiyaning saqlanishi, 
tarqalishi, kimyoviy reaksiyalar); 

moddaning fizik xossalari (masalan, agregat holatining 
o‘zgarishi, issiqlik va elektr 
o‘tkazuvchanligi); 
– moddaning kimyoviy xossalari (masalan, kimyoviy reak siyalar, energiyaning 
o‘zga rishi, kislotalar/asoslar); 

energiya va materiyaning o‘zaro ta’siri (masalan, yorug‘lik va radio to‘lqinlar, 
tovush va seysmik to‘lqinlar). 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə