A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix10.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#104847
1   2   3   4   5
FVr9MKsyFqrDIQZNIH5mPGpCoNf79HlnlEG8Q9bj-1

TIRIK SISTEMALARGA OID BILIMLAR: 
hujayralar (masalan, tuzilishi va funksiyasi, DNK, o‘simlik va hayvon 
hujayralari); 
organizmlarning tuzilishi (masalan, bir va ko‘p hujayralilar); 
odamlar (masalan, salomatlik, oziq-ovqat; ovqat hazm qilish, nafas olish, 
qon aylanishi, ayirish, ko‘payish kabi organlar sistemasi va ular o‘rtasidagi 
bog‘liqlik); 
populatsiyalar (masalan, turlar, evolutsiya, bioxilma-xillik, genetik 
o‘zgarishlar); 
ekosistemalar (masalan, oziq zanjiri, modda va energiya almashinuvi); 
biosfera (masalan, ekosistemalarning faoliyati, barqarorlik). 
Metodologik bilim.
Olimlar tomonidan ilmiy bilimlarni shakllantirish 
maqsadida qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari haqida bilishga “metodologik 
bilim” deyiladi. Bu empirik tadqiqotlar asoslanadigan muhim jihat, bu – tajriba 
o‘tkazishni bilish. Xatoliklar va noaniqliklarni kamaytirish uchun qayta o‘lchash, 
o‘zgaruvchi kattaliklarni nazorat qilish va ma’lumotlarni uzatish hamda taqdim 
etishning standart metodlarini bilish shular jumlasidan sanaladi. Bular metodolik 


bilimlarni tashkil etib, “dalillar konsepsiyasi” deb ham ataladi (Gott, Duggan and 
Roberts, 2008; Millar et al., 1995). Metodologik bilim deganda olimlar ishonchli va 
haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun foydalanadigan metodlar ham 
tushuniladi. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda muayyan takliflarni qo‘llab-
quvvatlashda dalillarni tanqidiy tahlil qilish talab etiladi. 
Epistemik bilim.
Fanda ilmiy bilimlar shakllanishi uchun zarur bo‘lgan 
muayyan tuzilmalarning ahamiyati hamda asosiy jihatlarini anglash “epistemik 
bilim” deb ataladi (Duschl, 2007). Bunday bilimga ega bo‘lgan shaxslar ilmiy 
nazariya va gipoteza yoki ilmiy fakt va kuzatish o‘rtasidagi farqni misollar bilan 
tushuntira oladilar. Epistemik bilim fandagi g‘oyalar, nazariyalar, kuzatishlar, 
muammolar, dalillarning mohiyatini tushunish, ilmiy tadqiqotlarning turli- tuman 
shakllarini tan olish, ishonchli bilimlarni shakllantirishda “mutaxassis bahosi”ning 
ahamiyatini o‘z ichiga oladi. Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, metodologik bilimlar 
ilm-fanda yangi bilimlarni kashf etishda nimani qanday qilib tadqiq etishni
epistemik bilimlar esa nima uchun tadqiq etishni anglatadi.
Oziqlanish turi – havo orqali (fotosintez).
Organ 
– 
barg. 
To‘qima 

asosiy hisoblanadi. Hujayralar 
– 
ustunsimon.
Tuzilmalar
– 
xloroplastlar. Moddalar – suv va mineral tuzlar.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə