Nabiyeva dilnozaning gistologiya va embirdologiya



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə1/8
tarix22.02.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#101319
  1   2   3   4   5   6   7   8
Urug`lanish.Urchitish va urug`lanish bosqichlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI TASARRUFIDAGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA
FAKULTETI BIOLOGIYA
(TURLARI BO`YICHA)YO`NALISHI
III-KURS 9-2 BIOS -20 GURUH TALABASI
NABIYEVA DILNOZANING
GISTOLOGIYA VA EMBIRDOLOGIYA
FANIDAN
URUG`LANISH.URCHITISH VA URUG`LANISH BOSQICHLARI
MAVZUSIDA YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
Fan o`qituvchisi:____________________
Topshirdi:_____________D.M.Nabiyeva

2023-yil

Mavzu: Urug`lanish.Urchitish va urug`lanish bosqichlari

REJA:

1.Kirish
2.Asosiy qism


2.1 Urug`lanish
2.2 Urug`lanishda sodir bo`ladigan jarayonlar
2.3 Urug`lanishning biologik mohiyati
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Embriologiya fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy o‘limigacha bo‘lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Embriologiya fani zigotadan embrion rivojlanib tug‘ilguncha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladigan biologik jarayonlarni o‘rganadi. Embriologiyagrekcha embrio - kurtak, murtak, embrion, logos - fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi. Zigota grekcha zigotes - birga qo‘shilgan, degan ma’noni bildiradi. Jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilib, bitta hujayra hosil ilishi zigota hisoblanadi.
Ontogenez zigota hosil bo‘lishidan tabiiy o‘limgacha bo‘lgan davrni o‘rganadi.Demak, embriologiyafani organizm rivojlanishining bir qismini, ya’ni embrional rivojlanish qismini o‘rgansa, individual rivojlanish biologiyasi fani ontogenezning hamma qismini o‘rganadi. SHunga ko‘ra, individual rivojlanish biologiyasi fani embriologiyafaniga nisbatan ancha keng ma’nodagi fandir.
Individual rivojlanish biologiyasi fani 1975 yildan boshlab universitetlarning biologiya ixtisosligida alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu nom esa yaqinda paydo bo‘ldi. Ilgarilari bu fan “Umumiy embriologiya”, “hayvonlar embriologiyasi”, “Solishtirma embriologiya” deb nomlanar edi.Keyingi yillarda bu fanni “Ontogenez biologiyasi”, “Ontogenetika”, “Individual rivojlanish biologiyasi”, “Rivojlanish fiziologiyasi”, “Rivojlanish biologiyasi”, “Taraqqiyot biologiyasi” nomlari bilan atash tavsiya etilmoqda. Bu nomlarning ko‘pchiligi individual rivojlanishning ayrim tomonlarini o‘z ichiga olganligi uchun hozircha “individual rivojlanish biologiyasi” atamasi ko‘pchilik o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmoqda.Bu fan eksperimental embriologiya, molekulyar biologiya, genetika, sitologiya fanlarining yutuqlari asosida paydo bo‘ldi. Individual rivojlanish biologiyasi fanining vazifasi organizmlarda sodir bo‘ladigan morfologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik jarayonlarni o‘rganish, taraqqiyotni boshqarish omillari va mexanizmlarini aniqlashdan iborat. CHunki bu fan sintetik xarakterga ega bo‘lib, ana shu fanlar yutuqlari asosida ontogenezning umumiy qonuniyatini yaratadi va uni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadi. Ontogenezni boshqarish veterinariya, tibbiyot fanlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi nav, zot va shtammlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, gen va hujayra injeneriyasi asosida irsiy materialni o‘zgartirish va yangi formalar yaratish mumkin.
Bo‘limlari. Bu fan ikkita bo‘limdan iborat.
Embriologiya, embrion taraqqiyotini o‘rganadi. Bu bo‘lim ham ikkita sohaga bo‘linadi.
1. Umumiy embriologiya- embrion rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi va bir qancha tarmoqlarga bo‘linadi:
a. Tasviriy embriologiya. U qadimdan ma’lum bo‘lib, embrionning tuzilishini o‘rganadi, ya’ni tasvirlaydi.
b. Solishtirma embriologiya- turli sistematik guruhlar embrional rivojlanishini bir-biriga solishtirib o‘rganadi va tegishli umumbiologik qonuniyatlarni yaratadi.
v. Eksperimental embriologiya- embrion rivojlanishini yoki uning ma’lum davrlarini tajribalar asosida o‘rganadi.
g. Teratologiya embriologiya- embrion rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan buzilishlarni o‘rganadi.
d. Biokimyoviy embriologiya- embrion rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarni o‘rganadi.
e. Evolyusion embriologiya- embrionning kelib chiqishi va evolyusiyasini o‘rganadi.
yo. Ko‘payish biologiyasi - gametalar hosil bo‘lishi, ko‘payish mexanizmi kabi jarayonlarni o‘rganadi.
2. Xususiy embriologiya- ma’lum bir sistematik guruhga mansub hayvonlar yoki o‘simliklarning embrion rivojlanishini o‘rganadi, odam embriologiyasi, sut emizuvchilar embriologiyasi, qushlar embriologiyasi shular jumlasidandir.
II. Individual rivojlanish biologiyasi fanining ikkinchi bo‘limi embrionning tug‘ilishidan tabiiy o‘limgacha bo‘lgan davrini sitologiya, gistologiya, anatomiya, fiziologiya va boshqa biologiya fanlari nutai nazaridan o‘rganadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə