Oilaviy psixologik maslahat berish



Yüklə 16,51 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü16,51 Kb.
#184165
Naimova Matlab Ro’ziyevnafff (1)


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





OILAVIY PSIXOLOGIK MASLAHAT BERISH
Naimova Matlab Ro’ziyevna
Buxoro viloyat Peshko tumani 12-maktab psixologi

Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yo’l qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib chiqqanlari ma’lum.


Psixologik-pedagogik maslahat bcrish o‘z navbatida maslahatchining pedagogik ma’lumotga, o ‘qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo’lishini talab qiladi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli ma’lumotga ega bo‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar bo’yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bolib chiqadilar.
Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi bo’lgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin.
Psixologik maslahatning samarali bo‘lish sharti psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatli bo’lishi uchun, ya’ni iloji boricha ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish jarayonida qator shartlarga amal qilish kerak. Ushbu shartlar mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz. Psixologga yordam so‘rab murojaat etayotgan odam psixologik xususiyatdan xayoliy emas, balki haqiqiy muammoga hamda uni iloji boricha tezroq hal etish yaqqol ifodalangan istakka ega bo'lishi kerak. Yuqorida biz ba’zi odamlar nima bo‘lsa ham hal qilishni istaydigan murakkab muammolari bo‘lgani uchun emas, aslida psixolog-maslahatchiga masalan, shunchaki qiziqqanliklaridan va o‘z holatlarini o‘zgartirish kerakligidan bir maqsad bilan kelishlarini aytib o‘tgan edik. Psixolog-maslahatchi bunday odamlarga to’g‘ridan to ‘g‘ri qandaydir yordam ko'rsatishi qiyin bo‘ladi, faqat ularning izzat-nafslarini (ambitsiya) va o‘zlariga ishonchlarini, kekkayishlarini biroz pasaytirishi mumkin. Agarda odamda haqiqiy muammo mavjud bo’lsa, lekin uni to‘la anglab yeta olmayotgan bo‘lsa, buning oqibatida undan xoli bo‘lish istagi bo‘lmasa, unda bunday odamga psixolog-maslahatchi faqatgina mijoz bilan suhbati natijasida u o‘zining muammosini anglab yetib va undan iloji boricha tezroq xoli bo‘lish istagi paydo bo‘lgan holatdagina yordam bera oladi. Agarda mijoz o‘z muammosini yaxshi tushunsa, lekin o‘z psixologiyasini, o‘z xulqini o‘zgartirishni xohlamasa unda bunday odamga hatto tajribali psixolog-maslahatchi ham yordam bera olishi qiyin bo'ladi.
Mijoz yordam so‘rab murojaat etgan psixolog-psixolog maslahatchi maslahat o‘tkazish tajribasiga va kerakli kasbiy psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu sababli psixologik maslahat shifokor amaliyotiga o'xshab ketadi. Psixolog maslahatchidan shifokor kabi birinchi navbatda mijozga zarar yetkazib qo ‘ymasligi va maslahat muvaffaqiyatli o ‘tishi uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatlarni qilishi talab etiladi.
3-shart. Psixologik maslahat uchun sarflanadigan vaqt ancha uzoq davom etadigan bo’lishi kerak. Bu vaqt davomida psixolog-maslahatchi mijozni bezovta qilayotgan muammoni oxirigacha tushunib olishi va muammoni hal etishning eng to‘g‘ri yo’lini topishi hamda mijozning o‘zi bilan bu muammoni muvaffaqiyatli hal etishi kerak. Bu yerda muammoni hal etish uchun yo‘naltirilgan harakatlarni nazorat qilish, olingan natijalarga baho berish va boshlangan ishni oxirigacha yetkazish, ya’ni mijozni ham psixolog-maslahatchini ham to’la qoniqtiradigan natijaga erishish uchun kerak bo’lgan vaqt ham ko‘zda tutiladi. Ba’zan psixologik muammoni hal etish maslahatdan ijobiy natija olinmagandek yoki olingan natija mijoz kutgandek emasday tuyuladi. Psixolog esa o‘zi tomonidan ish to‘g‘ri bajarilgan va kerakli natija yaqqol ko‘rinib turibdi, deb ishonishi mumkin.
Bunda psixolog-maslahatchi oldida qo‘shimcha, mijozga muammo ancha qoniqarli hal etilganligini isbotlash vazifasi yuzaga keladi. Ba’zan esa aksincha bo’ladi, mijoz ish yaxshi bajarildi deb o‘ylaydi, psixolog-maslahatchi esa boshlangan ish hali oxiriga yetkazilmagan deb hisoblaydi. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi bunga mijozni ishontirishga va muammo to’l a hal etilishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishga harakat qilishi talab etiladi. Agarda psixologik maslahat muddatdan oldin, ya’ni kerakli natija olishdan oldin to‘xtatilgan bo‘lsa, bunda psixolog-maslahatchi bu haqida mijozni ogohlantirishi kerak.
Endi oilaviy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish samaradorligining ba’zi maxsus shartlarini ko’rib chiqamiz. Bu yerda maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishi umumiy qonuniyailarini hisobga olib, mijozlarga oqilona va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi bilishi kerak.
Ko‘pincha er-xotinlar o‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin birgalikdagi hayotlari ikkinchi yoki uchinchi yilidan boshlanadi. Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘proq e’tibor beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi. Biroq keyinchalik taxminan bola 3-4 yoshga to’lganda yuqorida ko‘rsatilgan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat — bu yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr-toqat, chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI


1.G.B. Shoumorov . Oila psixologiyasi T.2003
2.M.G.Davletshin . Yosh davrlari va pedogogik psixologiya. T.2004
3.V.Karimova. Oila psixologiyasi.T.2007
4.www.Expert.psychology.ru
5.O.Musurmonova .Oila ma'naviyati -milliy g'urur.

KONFERENSIYA |





Yüklə 16,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə