Oliy majlis tarkibi va faoliyati



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə1/3
tarix04.08.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#120322
  1   2   3
OLIY MAJLIS TARKIBI VA FAOLIYATI


OLIY MAJLIS TARKIBI VA FAOLIYATI


Reja:



  1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni.

  2. Oliy Majlis vakolatlari va faoliyati shakllari.

  3. Adabiyotlar ro’yxati

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni
Parlamentning davlat organlari tizimidagi o'rni va mavqei juda muhim. Parlament so'zi fransuzcha «parlef» so'zidan olinib, gapirmoq, so'zlamoq ma'nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi «so'zlovchi» organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo'lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215yili qirol hokimiyatining zo'ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va «Erkinliklar Buyuk partiyasini» e'lon qilishdi. Unga ko'ra davlatning asosiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan.
Shu davrgacha qirol o'z bilganicha insonlar hayotiga, molmulkiga hukmronlik qilib kelgan edi.
Parlamentning paydo bo'lishi tarixiy zarurat edi. Chunki odil qirol bo'lganida ham, u oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi kerak bo'lardi. Parlament oddiy kishilar manfaatlarini ko'zlab davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi. Aynan parlamentning paydo bo'lishi jamiyatni evolyutsion rivojlanishiga xizmat qildi.
Chunki parlament fuqarolar, ularning turli guruhlari o'rtasidagi ziddiyatlarni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda barcha uchun qulayroq yechimini topib, jamiyatda murosa va tinchlikni ta'minlagan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parlamentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgandir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uch asosiy tayanchidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat idorasining uyg'un faoliyatini ta'minlash vositalari, ularni davlat siyosatining umumiy yo'nalishlari bo'yicha murosaga keltirish va bu idoralarning o'zaro bir-birlarini tiyib turish mexanizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlangan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi.
1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar, Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi hisoblanar edi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan ko'pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning l-sessiyasida so'zlagan nutqida bu farqlarni ko'rsatib o'tib, shunday degan edi: «Oliy Majlis sobiq Oliy Kengashdan butun mazmun mohiyati bilan farq qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o'z faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol isbotlaydi»1.
Respublika Oliy Majlisining avvalgi Respublika Oliy Kengashidan birinchi farqi shundaki, Oliy Majlis birinchi marta ko'ppartiyaviylik asosida shakllandi.
Har bir partiyaning deputatlari Oliy Majlisda partiya fraksiyalarini tashkil etadi. Shu partiya fraksiyalari orqali siyosiy partiyalar Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib, shu tariqa davlat boshqaruviga munosib hissa qo'shadigan bo'ldilar.
Respublika Oliy Majlisining Oliy Kengashdan ikkinchi farqi shundaki, Oliy majlis deputatlarini shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosida soni va o'rnini avvaldan ko'rsatib, shakllanishidan butunlay farq qilib, hozirda mavjud partiya vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi.
Respublika Oliy Majlisining avvalgi Oliy Kengashdan uchinchi farqi shundaki, Oliy Majlis tarkibidagi deputatlarning ma'lum bir qismi Oliy Majlis tuzilmalari va uning qo'mitalarida doimiy ishlash uchun qoldiriladi.
Respublika Oliy Majlisining yana bir farqli jihati shundaki, Oliy Majlis O'zbekistonni mustaqil tashqi siyosat olib borishi tufayli bir qator nufuzli tashkilotlarga a'zo bo'ldi. Shu jurnladan: Parlamentlararo Ittifoq (1992-yil), Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlarining Parlament Assambleyasi. Oliy Majlis O'zbekistonning jahondagi barcha Parlamentlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o'z qoshida maxsus parlamentlararo aloqalar qo'mitasini tashkil qildi. Bundan tashqari Oliy Majlis avvalgi Oliy Kengashdan boshqa xislatlar bilan, ya'ni deputatlar soni va deputatlikka saylanish yoshi bilan ham farqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali organdir. Oliy Majlisga saylov umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolat muddati tugagach, u yangi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ish boshlaguniga qadar o'z faoliyatini davom ettirib turadi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə