Ona tili va Adabiyot



Yüklə 27,7 Kb.
səhifə1/3
tarix19.08.2023
ölçüsü27,7 Kb.
#120692
  1   2   3
Ona tili va Adabiyot25


Ona tili va Adabiyot
1. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod
ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy bo‘lib kelgan.
B)Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
C)Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
D)Radifi qisqa radif hisoblanadi.


2. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi
qo‘shimcha ta’sirida tovush o‘zgarishi bilan
yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
1. Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi
xunuk manzara kasb etgan edi. 2. Unsin xola
ko‘rpaning chiroyli qavig‘iga qarab o‘z ishidan
mamnun bo‘lardi. 3. U mayda tishli taroq bilan
sochini avaylab taradi. 4. U do‘stiga qaynoq
tilaklarini izhor qilmoqchi edi.
5. Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning
ham kayfiyatini ko‘tardi.
A) 2, 4 B) 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5


3. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.
Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?
A) 5ta B) 6ta C) 4ta D) 3ta


4. Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.
Bo‘lib o‘n yoshida umrining mururi Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri. Ushbu parchada Navoiyning qaysi dostoni qahramoni haqida fikr yuritilgan?
A) “Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin”
C) “Sab’ai sayyor” D) “Hayrat ul-abror”


5. Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan
oila...(2) tinchligi...(3) asraylik.
Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
A)1, 2 - tushum kelishigi; 3 - qaratqich kelishigi
B)1, 2 - qaratqich kelishigi; 3 - tushum kelishigi
C)1, 3 - tushum kelishigi; 2 - qaratqich kelishigi
D)1 - qaratqich kelishigi; 2, 3 - tushum kelishigi


6. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt
turi qatnashgan?
A)Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?
B)Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
C)Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
D)Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
7. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro
asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A)“Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda
qoldi, bolam”, - dedilar bobom. U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi.
B)Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.
Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
C)Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga
kiradi. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
D)Cho‘lboboning payvandlariga havas
qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.


8. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib
qoldirilgan?
A)Vatan har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik
qoni to‘kilgan tabarruk go‘sha!
B)Ehtimol, sizda ham shunday hollar
bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan
uyg‘onib ketasiz.
C)Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu edi.
D)Mening opam ham mohir tikuvchi, ular
bejirim ko‘ylaklar tikib charchamaydilar.


9. U tomdan varrak uchiraman deb yiqilib tushgan, shundan keyin biroz esini yo‘qotgan. Uning yig‘laganini hech kim biror marta ko‘rmagan. Qachon qarasangiz, u iljayib turadi. Mahallada hamma ma’rakalarda samovarchilik qiladi. U g‘alatiroq gapiradi, "z" va "s"ni aytolmaydi, "dz" va "ts" deydi. Muallifning onasi(Poshsho aya) vafot etganda "Oyi!" "Oyi!" deya yer mushtlab ilk marotaba yig‘lagan.
Ushbu parchada berilgan ma’lumot "Dunyoning ishlari" qissasidagi qaysi qahramon haqida?
A) Vali B) Xo‘ja C) Toy D) Shayx



Yüklə 27,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə