O’rta umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilariga chet tili grammatikasini o’qitishning usul va vositalari jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy tillar fakulteti 745-22 guruh talabasi Abduvaliyeva Jasmina Jahongir qizi



Yüklə 20,07 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü20,07 Kb.
#147967

O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARI YUQORI SINF O’QUVCHILARIGA CHET TILI GRAMMATIKASINI O’QITISHNING USUL VA VOSITALARI
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Xorijiy tillar fakulteti 745-22 guruh talabasi
Abduvaliyeva Jasmina Jahongir qizi


Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili grammatikasini turli metodlar asosida ta’lim jarayonida takomillashtirish yoritilgan. Unda umumiy o’rta ta’lim maktab yuqori sinf o’quvchilariga Ingliz tili grammatikasini o’rgatish muhoma qilingan, shuningdek ta’limni rivojlantish uchun bir qancha tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Grammatik mavzu, zamon, interfaol usul, grammatik qoidalar, amaliyot.
Abstract: This article discusses the improvement of English grammar in the educational process through various methods. It discusses the teaching of English grammar to high school students in general secondary education, as well as provides a number of recommendations for the development of education.
Keywords: Grammatical theme, tense, interactive method, grammatical rules, practice
O’zbekistonda uzluksiz ta’lim yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy hayotga mustaqil moslashish ko’nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda hozirgi davr talabida bo’lish ahamiyatlidir. Shuning uchun ham jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy taraqqiyotini o’stirishda chet tillarini yaxshi biladigan yosh avlodni tarbiyalashda chet tili, xususan ingliz tilining o’rni juda katta. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturida ingliz tilini o’qitishning maqsadlari jamiyat, davlat manfaatlari hamda talablaridan kelib chiqishi, unga muvofiq kelishi kerak.
Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi quyidagilarni ko‘zda tutadi: a) nutqiy qobiliyatning tarkibiy qismlari tinglash, idrok etish, payqab olish, til hodisalarini farqlash, fikrni mantiqli ifoda etish va boshqalar; b) nutq faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar: tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur, tahlil va sintez, umumlashtirish; c) muloqot qilish qobiliyati: his-hayajon, gapirishga chechanlik, kirishimlilik, xushmuomalali bo‘lish, suhbat chog‘ida tashabbuskorlik ko‘rsatish, imo-ishora vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish va boshqalar; d) xorijiy tilni va tili o‘rganilayotgan mamlakat, uning xalqi, madaniyati, urf-odatlari kabilarni o‘rganishga bo‘lgan ichki va tashki motivatsiya, qiziqish hamda ishtiyoqlar; e) ta’lim chog‘ida mustaqil ishlash va bilim olishini tugatgandan so‘ng o‘quvchilarni mustaqil ta’lim olishga tayyorlash[1].
Zamonaviy metodika talablaridan kelib chiqib, grammatik xodisalarni o‘rgatishga integrativ yondashishni tanladik. Ayrim grammatik xodisalar esa o‘zining ma’no yoki yasalish usullariga ko‘ra ona tili grammatik hodisalari bilan o‘xshashligi tufayli ular o‘zlashtirish uchun katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu haqda tilshunos T.Sattorov tadqiqotlarida batafsil ma’lumot berilgan, grammatik hodisalarga tabaqali yondashuv g’oyasi ilgari surilgan. Chet til ta’limida informatsion texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Binobarin o‘quvchilarga grammatik xodisalarni o‘rgatish jarayonida quyidagi informatsion texnologiyalardan foydalanishni lozim topdik: kompyuter texnologiyasi (internet tarmogi), interaktiv metodlar, ochiq munozara (disput), ekskursiya, auksion, matbuot konferensiyasi, konkurs, dumaloq stol, orzu-niyat, she’riyat turlari, chet til o‘rgatish proyekt metodi va boshqalar. Interaktiv metodlar qo‘llanganda, o‘quvchining o‘zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi, o‘qituvchi bilan hamkor sifatida ishlaydi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarining grammatik ko‘nikmalarini takomillashtirishda internet texnologiyalari axborot olish va muloqot kilishning eng zamonaviy shakllaridan biridir. O‘quvchilar internetdan foydalanib, ma’ruza va referatlar yozishadi.
Multimedia o‘quv materialini ovozli tarzda taqdim etish imkonini yaratadi, ya’ni virtual o‘qituvchi vazifasini o‘taydi. O‘quvchi sof inglizcha talaffuzni tinglaydi, o‘z nutqini unga moslashtirishga harakat qiladi. Umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilariga so‘z boyligini orttirish uchun eletron lug’atlarning roli beqiyosdir. Elektron lug‘atda so‘zlar grafik timsoli orqali emas, balki bevosita tovushlar majmui sifatida talaffuz qilinadi. Bunday lug‘atlar bilan ishlashda so‘zlarni eslab qolish oson kechadi va ular uzoq muddatli xotirada saqlanadi.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlash maqsadida test olinadi. Test jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ishlash va o‘zini-o‘zi baholash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ma’lumki, mustaqil holda olingan ilim xotirada uzoq saqlanadi va qayta esga olish oson kechadi. Zamonaviy texnologiyalardan bo‘lgan strategiya va o‘yintopshiriqlari o’quvchilarni zerikishdan saqlaydi va ularni mustaqil tarzda aqliy faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlaydi[2].
Maxsus kuzatishlarimiz va o‘tkazilgan tajribamiz asosida quyidagi xulosalarga keldik: o‘yin-topshiriqlardan foydalanish chet til o’qitishning amaliy, tarbiyaviy, umumta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarini amalga oshirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi; o‘quvchilarning xorijiy tilda fikr bayon etish(gapirish)ga nisbatan psixologik salbiy kechinmalarini bartaraf etishga imkon beradi, o’quvchilarga mustaqil fikrlashni o‘rgatadi, nutq malakalarini egallashni o’zlashtiradi, maqsadga erishish, g‘alaba qozonishga undaydi, tilni kommunikativ metodika asosida o‘rganishga imkon beradi, barcha o’quvchilarni darsga jalb qilishga, qiziqishlarini yanada orttirishga, dars samaradorligini ko‘tarishga salmoqli hissa qo‘shadi. Bilim, ko‘nikma va malaka chet til o‘rganishda o‘ziga xos munosabat kasb etadi va bu o‘quv predmetining xususiyatini aks ettiradi. Nutqda fikrni ifodalash yoki ifodalangan fikrni tushunib olish uchun til materialini qo‘llay bilish talab etiladi. Bunga erishish uchun til vositalari bilan nutq mazmuni orasida mustahkam va moslashuvchan aloqa, S.Setlin ta’biri bilan, assotsiatsiya o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Nutqiy malaka tarkibida til ko‘nikma shakllantiriladi. Grammatik ko‘nikmani hosil qilish uch bosqichli metodik dbir hisoblanadi: 1) taqsimot bosqichi yangi grammatik birlikni tushuntirish (nutq namunasida taqdim etish), tushuntirish va dastlabki grammatik amallarni bajarishdan iborat. 2) grammatika mashqlarini bajarish. Bu bosqich asosan ko‘nikma hosil qilishga qaratiladi. 3) grammatik hodisani nutq faoliyati turlarida qo‘llanilish bosqichi[3]. Aytilganlardan a’yon bo‘ladiki, grammatika bilimlarni singdirish uchun emas, balki ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yuqori sinf o‘quvchilarida ingliz tili grammatik ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy-metodik tavsifini tadqiq qilishdan ko’zlanadigan yagona maqsad ingliz tili grammatikasini o‘rgatish modelini kiritishdir. Nazariy model o‘quvchilarning inglizcha grammatik ko’nikmalarini takomillashtirish texnologiyasini tashkil etadi. Chet tili o‘qitishda qo‘llanadigan mashqlar tasniflandi: nutq faoliyati turlari (gapirish/ tinglash/ tushunish/ o‘qish/ yozish) mashqlari; til materiali (leksika/ grammatika/ talaffuz) mashqlari; retseptiv/ reproduktiv mashqlar; taqdimot/trenirovka/qo‘llanish mashqlari; tanishish/mashq bajarish/ qo‘llash/ tuzatish (korreksiya) mashqlari olib borilishi lozim. Shakllantiruvchi (bilim beruvchi/ informatsion/ umumlashmani o‘zlashtirish); rivojlantiruvchi (ko‘nikma hosil qiluvchi/operatsion/tayyor materialni o‘rgatish) mashq; takomillashtiruvchi (malaka hosil luvchi/motivatsion/grammatik harakatni egallash) mashq kabilar o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Safaeva F.N., Umumiy o’rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida ingliz tili grammatikasi va uni rivojlantirish masalalari, Molodoy uchenniy, T:, 2016, - 112 b.
2. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, 5-maxsus son, T:, 1999, - 25 b.
3. Umumta’lim maktablari dasturi, Chet tillar, O’qituvchi, T:, 1996, - 44 b.
Yüklə 20,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə