O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «tasdiqlayman» Kafedra mudiri U. Qo‘ziyev



Yüklə 166,7 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü166,7 Kb.
#105120
MAJMUA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Kafedra mudiri____________ U.Qo‘ziyev
«___» _______________ 2022 yil.


HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILI
FANI(Morfemika,so‘z yasalishi,morfologiya) BO`YICHA
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
(2-kurs uchun)

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta'lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar
Ta’lim yo`nalishi: 5120100 – Filologiyava tillarni o`qitish
(O‘zbek tili)

NAMANGAN – 2022
MUNDARIJA
Ma’ruza mashg‘ulotlari..........................................................................4
Amaliy mashg‘ulotlar........................................................................39
Seminar mashg‘ulotlari.....................................................................55
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari..........................................................69
Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar............................................71
Glossariy...........................................................................................72
ILOVALAR……………………………………………………………….…...77
Fan dasturi ………………………………………………………………..….78
Ishchi fan dasturi………………………………………………………….….78
Tarqatma materiallar………………………………………………………..86
Testlar………………………………………………………………….……….95
Adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………………106

3-SEMESTR


MA’RUZA MATERIALLARI

1-mavzu. Morfemika. So‘z yasalishi


Reja:
1. Morfema morfemik birlik sifatida.
2. Morfemaning funksional-semantik xususiyatiga ko‘ra turlari.
3.So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar.
4. So‘z yasalishi: sinxron va diaxron so‘z yasalishi.
5. So‘z yasalish tarkibi va usullari.
6.So‘z turkumlarida so‘z yasalishi.

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati

Affiksal so‘z yasalishi - Affixal derivation - Affiksalnoye slovoobrazovaniye
Affiksatsiya - Affixation - Affiksatsiya
Morf - morph - morf
Morfema, ma’noli qism - morpheme - morfema
Morfemik - morphemic - morfemnыy
Morfemika - morphemics - morfemika
Morfoleksik - morpholexical - morfoleksicheskiy
Morfoligik - Morphological - Morfologicheskaya
Morfoligik qayta bo‘linish - Morphological reexpansion — Morfologicheskoye pererazlojeniye
Asos - the basis of word — Osnova
Affiksal sinonimiya - Affixal Synonymy — Affiksalnaya sinonimiya
Affiksal morfema - Morpheme affixal — Affiksalnaya morfema
Affiksal antonimiya - Affixal antonymy — Affiksalnaya antonimiya
Affiksal omonimiya - Affixal homonymy — Affiksalnaya omonimiya

Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi. Morfemika-so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’lumot.


So‘zning morfem tarkibi uni tashkil etuvchi morfemalar yig‘indisidir. Masalan: yoq/moq, inkichka/la/moq, ikki/lan/moq, manfaat/parast, manfaat/dor. So‘z birgina morfemadan iborat bo‘lishi mumkin:ko‘z, kalla, kalit, non,gul. Bir morfemali so‘zlar faqat o‘zakdan iborat bo‘lib, odatda tub so‘z hisoblanadi. Eng soda morfem tarkibli so‘zlar tub so‘zlardir. Ular odatda birgina morrfemadan-o‘zakdan tashkil topgan. Ovloq, qishloq so‘zlarining morfem tarkibini tahlil qilganda –loq qismi boshqa so‘zlar (qumloq,o‘tloq) tarkibida morfema sifatida ajralsa ham bu so‘zlar tarkibida ajratilmaydi. Bu so‘zlar takibidagi morfemalar tarixan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa ham bugungi kun nuqtayi nazaridan morfema sifatida ajratilmaydi.
Morfema – so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o‘ziga hos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko‘ra morfemalar 2 turga bo‘linadi: 1. O‘zak morfema. 2. Affiksal morfema.
Masalan, uzumzor, mevali, bog‘bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, bolalar so‘zlarining uzum, meva, bog‘, ish, bor, bola qismlari o‘zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -lar qismlari affiksal morfema hisoblanadi.
So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo‘lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa so‘zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so‘z tarkiblarini qiyoslash asosida aniqlanadi. Masalan, ishchilar so‘zining ish+chi+lar kabi morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan ish so‘zi o‘z ma’nosida qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla kabi; -chi, affiksal morfema bo‘lib boshqa so‘zlar tarkibida ham gulchi, xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi: kitoblar, bolalar, binolar kabi.
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak formemani belgilash bilan tugallanadi.
Masalan;
muz?muz+la?muzla+t?muzlat+ish;
ko‘k?ko‘k+ar?ko‘kar+tir?ko‘kartir+ish?ko‘kartirish+di;
oq?oq+la?oqla+v?oqlov+chi;
tom?tom+chi?tomchi+la?tomchila+t.
O‘zak morfema so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham asos bo‘la oladi. Masalan, mevali, mevasiz, sermeva kabi tarkibli so‘zlarda meva so‘z yasalishi uchun asos bo‘lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so‘zlarda meva shakl yasalishi uchun asos bo‘ladi.
O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo‘lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o‘zak bilan birgalikda, shu orqali qo‘llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema terminlari bilan ham ataladi.
O‘zak morfema ifoda etilishiga ko‘ra so‘zga o‘xshaydi, ular ma’no jihatidan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Lekin o‘zakni so‘zning tarkibiga kiruvchi morfema sifatida so‘z bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan, boshliq, mevazor, ishchi, ishla so‘zlaridagi bosh-, meva-, ish o‘zak morfemalar alohida olingan bosh, meva, ish so‘zlariga aynan teng emas. Garchi ular fonetik jihatdan teng kelsa ham. Buni biz o‘zaklarning ma’no doirasi bilan so‘zlarning ma’no doiralari teng kelmaganligidan ko‘rishimiz mumkin. O‘zakning ma’nosi shu so‘z tarkibi uchun aniq, cheklangan bo‘ladi. Uning ma’nosi shu so‘z tarkibi (yasalish tarkibi) doirasida belgilanadi. So‘zning ma’nosi esa nutq, gap doirasida belgilanadi.
Affiksal morfema. So‘zning tarkibida o‘zakdan keyin kelib, so‘zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradigan morfemadir. Affiksal morfema o‘zicha mustaqil qo‘llana olmaydi va ma’no ham anglatmaydi.
So‘z tarkibida affiksal morfemalar bir nechta bo‘lishi mumkin. Ular o‘zbek tilida o‘zakka birin-ketin, ma’lum tartibda qo‘shiladi. Masalan, paxtakorlarimizdan – paxta+kor+ lar+imiz+dan.
Affiksal morfemaning ma’nosi har bir konkret so‘z tarkibi asosida belgilanadi. Har bir qo‘llanishda u konkret ma’no ifodalaydi. Masalan, suv-chi, gul-chi, traktor-chi, o‘quv-chi; daftar-im, aql-im, halq-im, ko‘z-im, o‘z-im kabi so‘z tarkiblarida affiksal morfemalardan (u xoh so‘z yasovchi, xoh shakl yasovchi bo‘lsin) o‘ziga xos konkret ma’nolarda kelgan, ular bir-biriga butunlay teng emas.
Qo‘shimcha morfemalarning turlari
So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar;
2. Shakl yasovchi qo‘shimchalar.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz kabi so‘zlarda ish o‘zagidan –la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasamaydigan, so‘zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik ma’nolarni anglatadigan qo‘shimchalardir. Masalan, talabalarimizning so‘zida –lar, -imiz, -ning qo‘shimchalari, kelmading so‘zida –ma, -di, -ng qo‘shimchalari qatnashgan bo‘lib, ulardagi –lar ko‘plik ma’nosini, -imiz I-shaxs ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini, -ma fe’lning inkor ma’nosini, -di fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini, -ng fe’lning shaxs-son (II-shaxs) ma’nosini ifodalaydi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zning grammatik shakli bilan bog‘liq bo‘lib, ular ayni paytda o‘z ichida yana ikki guruhga ajratildi:
a) lug‘aviy shakl yasovchilar – asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar;
v) sintaktik shakl yasovchilar – o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqasiga bog‘lash vazifasini bajaruvchi qo‘shimchalar.
Morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turlarga bo‘linadi:
Sodda morfemalar tarixan qanday bo‘lganligidan qat’iy nazar ajralmas, yaxlit, bir tarkibli morfemalardir: -lar, -roq, -chi, -niki, -sin, -di, -gach;
Murakkab morfemalar aslida mustaqil morfemalarning ma’lum fuknksiya bajarish maqsadida birlashgan holda qo‘llanishidir: odamgarchilik, uygacha, xafachilik, chorvachilik, borganda.
Morfema nutqda turli varinatlarga ega bo‘ladi. Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:
a) poetik variant: bog‘in mevasi;
b) tarixiy variant: manim;
v) dialektal variant: kitobting;
g) fonetik variant: mening.
Kelishik paradigmasiga kirish huquqiga faqat invariant shaklgina ega.
Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari. Morfemalarda ham shakl va ma’no munosabati barqa-rordir. Morfemalarning miqdoran cheklanganligi bu munosa-batning keng qamrovliligidan dalolat beradi.
Morfemik polisemiya. Morfemik polisemiya keng tarqalgan. Bu morfemalarning polifunksionalligiga bog‘liqdir. Misol sifatida –chilik affiksini olaylik. Darslik va qo‘llanmalarda uning quyidagi uch ma’nosi farqlanadi:
1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, uzumchilik.
2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik.
3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik.
Aksariyat morfemalar polisemik tabiatlidir.
Morfemik omonimiya. Shakldosh morfemalar omonim morfemalar deyiladi. Shakldoshlik bir tur morfemalar orasida ham, turli morfemalar orasida ham bo‘lishi mumkin.
1. Derivatsion omonimiya:
-ki I: turtki, tepki, ko‘chki (ot yasovchi).
-ki II: ichki, kechki, ustki (sifat yasaydi).
2. Grammatik omonimiya:
-(i)sh I: borish (bormoq), kelish(kelmoq), ketish(ketmoq) (harakat nomi shakli).
-(i)sh II: (birga) yuvish, (birga) tarash, (birga) ishlash (birgalik nisbat shakli).
3. Derivatsion-grammatik omonimiya:
-(i)m I: yig‘im, terim, sig‘im (ot yasovchi morfema).
-(i)m II: uyim, kitobim, soatim (egalik morfemasi).
Morfemik sinonimiya. Barcha tur morfemalar ma’no-doshlik munosabatida bo‘ladi. Shu boisdan derivatsion sinonimiya hamda grammatik sinonimiya farqlanadi.
Derivatsion sinonimiya. Derivatsion morfemalarning bir-biriga yaqin ma’nolarni ifodalashi derivatsion sinonimiya deyiladi. Masalan, sifat yasovchi -li, -dor, -ser, -ba morfemalari o‘zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi. Biroq ma’nodoshlik morfemalararo to‘liq emas, balki ayrim ma’no qirralari orasidadir. Ya’ni bir morfema ikkinchi morfema bilan barcha ma’nolari asosida sinonim bo‘la olmaydi.
Bugungi kunda derivatsion sinonimiya va derivatsion darajalanishni farqlash tilshunosligimizda tadqiqini kutayotgan muammolardandir.
Grammatik sinonimiya. Nonni yeng - nondan yeng, uyga jo‘namoq - uy tomon jo‘namoq kabi hodisalarda grammatik ma’nodoshlik mavjud.
Morfemik antonimiya. Morfemik antonimiya derivatsion morfemalar orasidagina mavjuddir. Unga misol sifatida -li va -siz affikslarini keltirish mumkin: andishali-andishasiz, barakali-bebaraka, baxtli-baxtsiz.
So‘zning morfemik tarkibini aniqlashda diaxron va sinxron tarkibni farqlash lozim. So‘zning morfemik tarkibida davrlar o‘tishi bilan turli o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Soddalanish so‘zning morfemik tarkibida eng kuzatiladigan hodisadir.
Asos va qo‘shimcha yoki asos va asosning davrlar o‘tishi bilan bir morfemaga, ya’ni bir necha qismli so‘zning ajralmas bir morfemaga aylanishi soddalanish deyiladi.
Masalan, ayt fe’li: ay (aydi) + t (ay-it) – ayt; art fe’li: ari (ari: yo‘qolmoq, yo‘q bo‘lmoq – ketmoq,masalan, ko‘ylakning kiri aridi, kalla solgan joydan it arimas (maqol) ari-t. Bu o‘rinda t elementi orqali o‘timsiz fe’ldan o‘timli fe’l yasalgan. Solishtiring: kir aridi – kirni aritdi, chang aridi – changni aritdi (tozaladi).
Soddalanishning ko‘rinishlari:
1. Yasovchi qo‘shimcha va asos soddalanishga uchraydi: sovchi so‘zi sav+chi (sav o‘g‘uzcha «so‘z»), undamoq (un+da)
2.Shakl yasovchi qo‘shimcha va asos soddalanishga uchraydi: o‘g‘lon (o‘g‘il+on), bo‘y+in, yaxshi – yoq+ish
3.Asos va asos soddalanishga uchraydi, ya’ni soddalanish qo‘shma so‘zlarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan: sakson (asli sakkiz-o‘n); to‘qson (asli to‘qqiz o‘n); qayrag‘och (asli qora yog‘och); og‘ayni (og‘a+ini); odamovi (asli odam-yovi); Shovot (asli Shoh Obod); Shobboz (asli shoh Abbos); bosvoldi - qovun turi (asli bosib oldi); bu kun – bugun,
4.Qo‘shimchalar soddalanishga uchraydi: Masalan: -dosh qo‘shimchasi: fe’l yasovchi -da (tarixiy) (aslida –la qo‘shimchasining varianti) va ot yasovchi –sh qo‘shimchalarining birikuvidan (da-sh, dosh) hosil bo‘lgan.
Boryapti so‘zidagi –yap qo‘shimchasi aslida yot ko‘makchi fe’lining ravishdosh shaklidan kelib chiqqan. Solishtiring: o‘qib yotibdi - o‘qiyapti, -yotib//-yatip> -yap.
Ukamniki so‘zidagi –niki qo‘shimchasi tarixan mustaqil –ning va –ki qo‘shimchalaridan iborat bo‘lgan.
Quyidagi so‘zlarning tarixiy morfemik tarkibiga e’tibor qarating: ko‘mir (aslida ko‘m-ir yoki kuy-mir – kuyadigan, yonadigan), chaqirim (aslida chaqir-im), sez-seskanmoq, yuqori (yuq yer – baland joy), bezgak (bezdi + gak), yostiq (yastadi-suyandi), qizil (qiz+il), yashil (yosh (ko‘k, yosh)+il), o‘smir, qorong‘i, kunduz, qishloq, ovloq, yurak, boshoq, qopchiq, ilgari-ildam-ilg‘or, semiz-semir, uyg‘ot-uyg‘on, yuksak-yuksal.
Bir so‘zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo‘lgan affikslarning takrorlanishi (ikki, ba’zan uch) affiksal pleonazm (qo‘sh qo‘llanish) deyiladi.
Pleonazm – yunoncha «pleonasmos – ortiqchalik» ma’nosini ifodalaydi. So‘zda takrorlanib keladigan bunday affikslar har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: bir affiksning aynan o‘zi takrorlanadi yoki tashqi shakli har xil bo‘lgan – sinonim affikslar takrorlanadi: bir-i-si, sing(i)l-i-si, ayt-ingiz-lar; o‘g‘lonlar, axborotlar kabi.
Affiksal pleonazm har xil sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Bir affiks o‘zak bilan juda ham zichlashib, o‘zakning tarkibiga singib ketadi, bunda o‘zak o‘z mustaqqilligidan mahrum bo‘ladi, natijada so‘zga shu qo‘shimchaning ma’nodoshlaridan biri qo‘shilishi mumkin, qo‘shimcha arxaiklashib, undan keyin tildagi iste’molda bo‘lgan qo‘shimcha qo‘shiladi (ichkariga, tashqariga, nariga, beriga, barisi kabi). Takrorlanayotgan sinonim affikslarning barchasi «tirik» bo‘lsa, ular ta’kid, kuchaytirish kabi uslubiy vazifalarni o‘z zimmasiga oladi (sizlar aytingizlar kabi). Boshqa tildan kirgan affikslar tushunarli va keng iste’molli bo‘lmaganda ham uning tilimizdagi ma’nodoshi qo‘llanadi (yor+on+lar kabi). Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasidagi tovush o‘zgarishlari ham ma’nodosh affikslarning qo‘shilishiga sabab bo‘ladi: yarmisi, kichkinagina, unisi, anavinisi, qaysinisi, singlisi, toychoqcha kabi.
Pleonazm aksariyat hollarda til evolyutsiyasi bilan bog‘liq hodisadir. Bunga o‘zbek tilining akademgrammatikasida ayrim izohlar berilgan: 1. Ot va sifat yasovchi –lik affiksi farqlanib, vazifasi ajralishishi (-li sifat yasaydi, -lik ot yasaydi) natijasida ular ketma-ket qo‘llanadigan bo‘lgan: aqllilik, ifodalilik, bilimlilik. 2. Og‘zaki so‘zlashuv nutqida ba’zan uchrab qoladigan mashshoqchi, xodimchi kabi so‘zlarda «bajaruvchi» ma’nosi ikki marta ifodalangan: ichki fleksiya (arab tilida mashshoq –mashq qiluvchi shaxs, xodim – xizmat qiladigan shaxs) va –cha affiksi orqali. 3. Bir xil ma’nodogi ikki affiks qo‘shma affiks maqomini oladi: yog‘ingarchilik, namgarchilik, rasvogarchilik kabi. 4. Kelishik va egalik affikslarining ikki marta ifodalanishi (kitobni uch so‘mdanga oldi, romanning so‘zboshisi) ham pleonazmning o‘ziga xos ko‘rinishidir. 5. Bir qo‘shimchaning o‘zi takrorlanganda, ko‘pincha ular morfema fonetik variantlarining qator kelishi tusida bo‘ladi (fonetik, uslubiy qulaylik): qistalang (-ta, -la), shoshilinch (-l, -n), tiqilinch (-l, -n) kabi. 6. Bir ma’nodogi ikki affiksning ketma-ket qo‘llanishi analogiya natijasida tug‘ilishi ham mumkin. Masalan, biri – birisi.
Shuningdek, til birliklari (so‘zlar) ham semantik jihatdan takror holda qo‘llanadi: bosh-oyoq sarpo birikmasidagi «sarpo» so‘zi ham «bosh-oyoq» ma’nosini ifodalaydi. Yoki pulsirot ko‘prigi birikmasidagi «pul» so‘zi «ko‘prik» ma’nosini bildiradi.
So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib, u yangi so‘z yasash, so‘z yasash usullari va vositalarini o‘rganadi. Tildagi so‘zlarning yasalish tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo‘limning asosiy vazifasidir.
Hozirgi (sinxron) so‘z yasalishida yasama so‘z komponentlari o‘rtasidagi munosabat jonli bo‘ladi, uning ma’nosini komponentlarning ma;no munosabati bilan asoslash mumkin:ter+im, yig‘+im,o‘r+im, arra+la kabi.
Tarixiy(diaxron) yasalishida yasama so‘zning ma’nosi va shu so‘zning ifodalanish usulini yuqoridagidekasoslab bo‘lmaydi. Bu ma’no maxsus tekshiishlar, tarixiy kuzatishlar orqali aniqlanadi. Masalan, ko‘rpacha: ko‘rpa so‘zi yotganda ustga yopiladigan, ichiga paxta tiqib tayorlangan narsani, -cha kichraytirish ma’nosini bildiradi. Lekin, ko‘rpacha so‘zi kichkina ko‘rpani emas, o‘tirish joyiga solinadiganbuyumni bildiradi. Demak, ko‘rpacha so‘zining ma’nosini ko‘rpa va –cha qismlari bilan asoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ko‘rpacha so‘zi tarixiy yasalish hisoblanadi.
So‘z yasalish tarkibi so‘zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog‘liqdir. Unda har bir o‘zak hamda affiksal morfemaning yangi so‘z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Bu so‘z yasalish tarkibining o‘ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko‘rsatadi.
So‘z yasalish tarkibi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi yasovchi vosita (qo‘shimcha). Yasalish tarkibini esa yasalma (yasama so‘z) deyiladi. Masalan, o‘tloq, gulla, mevali, tezlik yasalmalarda o‘t, gul, meva, tez qismlar yasovchi asos bo‘lib, -loq, -la, -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo‘lib kelgan.
So‘z yasalish tarkibi so‘zning morfemik tarkibidan farq qiladi Morfemik tarkibda qismlar , ya’ni morfemalar ikki va undan ortiq bo‘lishi mumkin. So‘z yasalish tarkibida esa faqat ikki qism bo‘ladi, ya’ni yasovchi asos va yasovchi vosita (affiks). Agarda terimchi so‘zi morfemik tarkibga ter-im-chi shaklida ajralsa, so‘z yasalish tarkibiga terim-chi shaklida ajraladi. Demak terimchi so‘zining yasalishi uchun ter qismi emas, terim qismi asos bo‘ladi. Yasovchi asos har doim ham o‘zakka teng kelmaydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, yasovchi asos tub va yasama bo‘lishi mumkin: bilim, yaxshila, ishchi, tokzor so‘zlarida yasovchi asos bo‘lib bil, yaxshi, ish, tok tub so‘zlari kelgan; bilimdon, terimchi, ovchilik, terimchilik yasalmalarida esa bilim, terim, ovchi, terimchi yasama so‘zlari yasovchi asos bo‘lib kelgan.
So‘zning morfemik tarkibini aniqlashda morfemalarning chegarasini belgilash qanchalik muhim bo‘lsa, yasovchi asos bilan yasovchi qo‘shimcha orasidagi chegarani aniqlash ham shunchalik muhimdir. Shunga ko‘ra gulchilik, paxtachilik, baliqchilik so‘zlarida yasovchi asos gulchi, paxtachi, baliqchi, yasovchi qo‘shimcha –lik bo‘lsa, dehqonchilik, ahmoqchilik, ozchilik yasama so‘zlarida esa dehqon, ahmoq, oz so‘zlari yasovchi asos, -chilik yasovchi qo‘shimcha bo‘ladi. Chunki tilda dehqonchi, ahmoqchi, ozchi shaklidagi so‘zlar qo‘llanmaydi. Qo‘shma affikslar haqida morfemika bo‘limida ham fikr yuritilgan .
Yasovchi asos quyidagi shakllarga teng keladi:
1.Yasovchi asos tub so‘zga teng keladi: chida+m, tila+k. Ba`zan uning tarkibida shakl yasovchi bo‘lishi mimkin: topish+moq, o‘chir+g‘ich.
2.Yasovchi asos yasama so‘zga teng keladi: temirchi+lik, sanoq+siz.
3. Yasovchi asos qo‘shma so‘zga teng keladi: belbog‘+li, ,oliyjanob+lik, ignabargli.
4.Yasovchi asos juft so‘zga teng keladi: baxt-saodat+li, katta-kichik+lik
5. Yasovchi asos takroriy so‘zga teng keladi: qahqah+a, sharshar+a
Qo‘shma so‘zlarda yasovchi asos ikki va undan ortiq bo‘ladi. Masalan, ko‘zoynak, mehnatsevar so‘zlari ikkitadan yasovchi asosga ega bo‘lsa, gultojixo‘roz so‘zi uchta yasovchi asosdan tarkib topgan.
So‘z yasalish tarkibida faqat so‘zning leksik ma’no anglatadigan qismi hisobga olinadi. So‘zning grammatik ma’no ifodalovchi qismi esa so‘z yasalish tarkibiga kirmaydi. Ular so‘zning morfologik tarkibi hisoblanadi. Masalan, mehnatkashlarning so‘zida mehnatkash yasama so‘z, -lar, -ning esa grammatik ma’no ifodalovchi (-lar ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini) qismlardir. Leksik ma’noni shakllantirmaganligi uchun bu qismlar so‘z yasalish tarkibiga emas, shakl yasalish tarkibiga kiradi.
So‘z yasash usullari. Qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilishga so‘z yasalishi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasalishining turli usullari mavjud. Ular qo‘yidagilar:
1. Semantik usul.
2. Fonetik usul.
3. Affiksatsiya usuli.
4. Kompozitsiya usuli.
Semantik usul. Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari orasidagi aloqaning o‘zgarishi, uzilishi natijasida omonim so‘zlarning yuzaga kelishi haqida ma’lumotga egamiz. So‘z ma’nosining o‘zgarishi asosida yangi so‘z xosil qilish semantik usul bilan so‘z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so‘zlar turli so‘z turkumlariga tegishli bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, ko‘k («osmon», ot) – ko‘k («rang», sifat), ko‘ch («harakat», fe’l) – ko‘ch («yuk», ot), yupqa («belgi», sifat) – yupqa («predmet», ot), kun («quyosh», ot) – kun («sutkaning yorug‘ qismi», hisob so‘zi o‘rnida) kabi.
Fonetik usul. So‘zning fonetik tarkibida bo‘ladigan o‘zgarish natijasida yangi so‘zning hosil bo‘lishiga fonetik usulda so‘z yasalishi deyiladi. Masalan, tun va kun, ko‘z va ko‘r, aka va uka kabi.
So‘z urg‘usining o‘zgarishi ham fonetik usulda boshqa so‘z turkumiga oid so‘zlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Yangi so‘z yasaladi. Masalan, yangi (sifat) – yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe’l), qushcha (ot) – qushcha (qushdek, qush kabi – ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) kabi.
Affiksatsiya usuli. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so‘z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo‘shish bilan ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe’l; yashirin, yangicha – ravish kabi.
Ayrim adabiyotlarda transpozitsion usul bilan ham so‘z yashash mumkinligi aytib o‘tiladi. Ya’ni bir turkumdagi so‘z nutqda ikkinchi turkum so‘zi ishlatiladigan sintaktik qurshov va vazifada ishlatiladi. Ya’ni turkumlararo ko‘chish yuz beradi. Bu yo‘l bilan substantivatsiya (qo‘rqoq, o‘g‘ri, to‘g‘ri kabi), adyektivatsiya (po‘lat tesha, tilla soat), pronominalizatsiya (olmoshlashish), konyunksionalizatsiya (yordamchi so‘zlarga aylanish), adverbializatsiya (ravishlashish), verbalizatsiya (fe’l o‘rnida kelish) kabi jarayonlar natijasida yangi ma’no tug‘iladi.
Tilda ma’lum turkumdagi so‘zlardan boshqa turkumga oid so‘zlarning yasalishi ko‘p uchraydi. Bunda ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid va undov so‘zlardan yangi so‘zlar yasaladi. Lekin yangi so‘z yasalishi faqat ot, sifat, fe’l, ravish turkumlarigagina xosdir. Shu jihatdan qaralganda, son, olmosh, taqlid so‘zlar yasalmaydi.
Tilda ot, sifat, fe’l, ravish yasalishining turli shakllari mavjud.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Morfemika nimani o‘rganadi?
2. Morfemikaning boshqa til bo‘limlari bilan aloqasi nimalarda ko‘rinadi?
3. So‘zning morfem strukturasi deganda nimani tushunasiz?
4. Morfemaning qanday turlari bor?
5.Ot yasalishining qanday usullari bor?
6. Ot yasovchi affikslarni qanday ma’noviy guruhlarga bo‘lish mumkin?
7.Sifat yasalishining qanday usulalri bor?
8.Sifat yasalishiga aysi so‘z turkumlari asos bo‘ladi?
9.Fe’l qanday usullar bilan yasaladi?
10.Ravish yasalishining qanday usullari bor?
11. Ravishning yasalish-yaslmasligi haqida qanday qarashlar bor?

Blis-so‘rov uchun savollar


1.Derivatsiya
2.Reduplikatsiya
3. Leksikalizatsiya
4.Affiksatsiya
5.Kompozitsiya

Tayanch tushunchalar: ot yasalish tarkiblari, sifat yasalish tarkiblari, fe’l yasalish tarkiblari, ravish yasalish tarkiblari.

Mustaqil ta’lim uchun mavzu: “So‘z turkumlarida so‘z yasalishi” mavzusini konspektlashtirish va o‘zlashtirish.

Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar:


1.Hojiyev A.O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. -Toshkent: Fan, 2010.
2. Hojiyev A. O‘zbek tilida so‘z yasalish tizimi.-T., 2009.

2-mavzu. So‘z turkumlari tasnifi. Fe'l. Fe'lning ma’noviy guruhlari. Fe’lning grammatik kategoriyalari. Fe'lning xoslangan shakllari


Reja:
1. Morfologiya .So‘z turkumlari tasnifi.
2. Fe'l. Fe'lning ma’noviy guruhlari.
3. Fe’lning grammatik kategoriyalari.
4. Fe'lning xoslangan shakllari.

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati


Fe’l - Verb — Glagol
Fe’l boshqaruvi - Verbal control — Glagolnoye upravleniye
Fe’l ko‘makchilar - Verbal postpositions — Otglagolnыe poslelogi
Fe’l - kesim - Verbal predicate — Glagolnoye skazuyemoye
Fe’l – ko‘makchi - link - verb - glagol - svyazka

Morfologiya. So‘z turkumlari tasnifi


Morfologiya (yunoncha morphe – «shakl», logos – «ta’limot») so‘z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zlar mushtarak yoki farqli belgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o‘rganiladi . So‘z leksikologiyada leksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o‘rganiladi.
So‘zning borliqdagi narsa, belgi harakat va voqea-hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalashi uning leksik ma’nosi hisoblanadi. Leksik ma’no so‘zning lug‘aviy (asosiy, o‘zak negiz) qismi orqali anglashiladi. So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi umumiy kategorial ma’no va so‘zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no deyiladi .
So‘zning grammatik ma’nosi uning grammatik shakli orqali reallashadi. Masalan: kitoblar so‘zidagi aniq bir predmet va uning ko‘pligi ma’nosi –lar affiksi yordamida, ishlayapmiz so‘zining grammatik ma’nosi (zamon va shaxs-son) –yap,-miz morfologik ko‘rsatkichlari vositasida anglashilmoqda.
So‘z shakli quyidagicha hosil qilinadi:
1. Sintetik shakl. So‘zning o‘zak-negiziga qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi: kuldi, yig‘layapti, qalamni, shahardan kabi.
2. Analitik shakl. Yordamchi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi: qalam bilan, maktab tomon. Nutqda sintetik va analitik shakllar aralash holda qo‘llanishi mumkin: so‘zla+b ber+dim, ona+m uchun; ko‘r+ib tur+ib+man.
3. Juft va takroriy shakl. Bu tipdagi so‘z shakllari ham ma’lum bir grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, so‘zlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiqdir.
So‘zlarning semantik tasnifi. Bunda so‘zlar quyidagi guruhlarga ajraladi:
a) mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
b) nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (olmosh va so‘z-gaplar);
v) lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
Olmoshlar anglatadigan ma’no u almashtirayotgan so‘zlar-ning ma’nosidir. Shu boisdan u nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar sifatida baholanishi lozim. So‘z-gaplar (tasdiq-inkor, taklif, undov va modal so‘zlar) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu ularning lug‘aviy ma’nosiz so‘zlardan farqini ko‘rsatadi, biroq kontekst yordamida lug‘aviy ma’no anglatadi. Masalan, -Uyga bor. –Mayli. gapida mayli so‘z-gapi boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas.
So‘zlarning morfologik tasnifi. Bu tasnifga binoan, so‘zlar, aytilganidek, ikki guruhga ajraladi. O‘zgaruvchi leksemalar grammatik shakllarni qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘zlar esa bunday xususiyatga ega emas. Bu tasnifda so‘zlarning o‘rni quyidagicha:
Leksemalar
O‘zgaruvchilar O‘zgarmaslar
Fe’l Ko‘makchi
Ot Bog‘lovchi
Sifat Yuklama
Son Ravish
Undov
So‘z-gap
O‘zgaruvchi so‘zlar uchun tasniflovchi grammatik shakllar mavjud. Masalan, otlarda son, subyektiv baho shakllari, fe’llarda nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, sifatlarda daraja. O‘zgarmas so‘zlar bunday shakllarga ega emas. Ushbu tasnifda olmoshlar va taqlidlarga o‘rin berilmagan. Chunki olmoshlar o‘zlari ishora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumlariga xos o‘zgarish tizimiga ega. Shuning uchun olmoshlarni ot-olmoshlar, fe’l-olmoshlar, sifat-olmoshlar, son-olmoshlar kabi turlari mavjud. Ot-olmoshlar sonlanadi (son kategoriyasiga ega bo‘ladi), fe’l-olmoshlar nisbatlanadi, tarzlanadi, o‘zgalanadi, sifat-olmoshlar darajalanadi, son- olmoshlar son shakllarini qabul qiladi. Taqlidlarning esa o‘ziga xos morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq o‘zgarmas so‘zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo‘lishi gapda ularning qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Chunki taqlidlarda leksemalarning hali ajralmagan davrdagi «embrion-diffuz» holati saqlanib qolgan.
Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish-olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmaslik xususiyati o‘z aksini topadi.
Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘zlar: undov, modal, so‘z-gaplar.
Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, olmoshlar.
Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gaplar boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirish-maydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksemalar esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari mazkur belgilari asosida yangicha quyidagi ko‘rinishda tartiblanadi:
I. Mustaqil so‘zlar.1. Fe’l.2. Ot.3. Sifat.4. Son.5. Ravish.6. Taqlid.7. Olmosh.
II. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchi.9. Bog‘lovchi.10. Yuklama.
III. Oraliq so‘zlar.11. So‘z-gaplar.

Fe'l. Fe'lning ma’noviy guruhlari


Fe’llarning umumiy grammatik ma’nosi ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalashdir. Holat ifodalash boshqa so‘z turkumlariga ham xosdir. Biroq fe’lda u bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish tarzida bo‘ladi. Masalan, Daraxtlar yam-yashil gapida sifat kesim (yam-yashil) turg‘un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar ko‘kardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish tusida yuz bermoqda.
O‘zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko‘ra ikki asosiy guruhga ega:
a) mustaqil fe’llar;
b) nomustaqil fe’llar.
Fe'lning ma’noviy guruhlari:
Harakat fe’llari
Harakat fe’li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. U yurish, ta’sir etish, zarb berish kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qo‘l, oyoq, yuz, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatda harakatlanuvchi obyekt yaqqol ko‘rinib ruradi.
Oyoq bilan bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’llar: yurmoq, kezmoq, yo‘rg‘alamoq, pildiramoq, lapanglamoq, gandiraklamoq,tentiramoq, tepkilamoq, tepmoq, toptamoq, depsinmoq,tisarilmoq;
Qo‘l bilan bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’l: urmoq, solmoq, ushlamoq, silamoq, tinamoq, shapalaqlamoq, chimchilamoq, uqalamoq, qitiqlamoq, changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, uqalamoq, qitiqlamoq,mushtlamoq.

Nutq fe’llari


Nutq fe’llari insponning gapirish faoliyati bilan bog‘liq harakatni ifodalaydi: gapirmoq, so‘zlamoq, aytmoq, demoq, bidirlamoq, to‘ng‘ilamoq, g‘o‘ldiramoq, vaysamoq, vaqillamoq, javramoq, bobillab bermoq, javob bermoq, vang‘illab ketmoq.
Holat fe’llari
Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to‘rt turga bo‘lish mumkin:
a) ichki holat ( ruhiy kechinma bilan bog‘liq: eslash, unutish, yodlash, tubanlashmoq kabi)
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq: xafa bo‘lmoq, shodlanmoq, esankiramoq, dovdiramoq, g‘azablanmoq)
c) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog‘liq: holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq)
d) ijtimoiy holat( jamiyat bilan bog‘liq: boyimoq, kambag‘allashmoq, ko‘tarilmoq, urilmoq, quvg‘in bo‘lmoq)
Tafakkur fe’llari
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq o‘ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, taakkur qilmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.

Fe’lning ma’noviy guruhlari o‘zbek tilshunosligida turli xil tasnif qilinadi .



Fe’lning grammatik kategoriyalari
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik – fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo‘lishli, yo bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl yuz bergan/berayotgan/beradigan, bo‘lishsiz shakl esa yuz bermagan/bermayotgan/bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalashda geterogen (har xil) tabiatli, ya’ni turli sathga mansub lisoniy birliklar ishtirok etadi. [-ma], [-may], [-maslik] morfologik ko‘rsatkichidan tashqari, [na] nomustaqil so‘zi ham ishtirok etadi. Ayrim adabiyotda [yo‘q], [emas] inkor ifodalovchi so‘zlarni ham shu siraga kiritadilar. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki zikr etilgan so‘zlar fe’l kesim vazifasida kelgandagina inkor ifodalaydi va bu ma’noni ifodalash uchun fe’l bilangina cheklanmaydi. To‘g‘ri, nutqimizda kelgani yo‘qligini bilmayman tipidagi qurilmalarda [yo‘q] so‘zi ishtirok etadi. Biroq bu qurilma Kelgani yo‘q predikativ sintagmasining transformatsiyasi. Demak, baribir, [yo‘q] so‘zi kesimlikning inkor shakli bo‘lib qolaveradi.
[Emas] inkor shakli haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Ba’zan undan qiyoslanayotgan ikki harakatdan sifatdosh, ravishdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan harakatning inkorini ifodalash uchun foydalanilishi aytiladi: Kulib emas, jiddiy gapirdi. Qarashi emas, kulishi chiroyli. Bunday qurilmalar ham predikativ sintagmaning qisqaruvi natijasi: Kulib gapirdi emas, jiddiy gapirdi. Qarashi chiroyli emas, kulishi chiroyli.
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini ko‘rsatish»dir. Bu kategoriyaning semantik qiymati bo‘lib, uning sintaktik tomoni kuchsiz. Chunki u o‘zi birikayotgan so‘zning birikish imkoniyatiga juda oz ta’sir qiladi (ya’ni uning hech, hech qachon birliklari bilan birikuviga olib keladi, xolos).
Bo‘lishlilik nol shakl orqali ifodalanadi. Bu nol shakl ham boshqa kategoriyalar nol shakli kabi xususiyatga ega bo‘lib, bo‘lishsizlikni ham ifodalashi mumkin. Masalan, Yozadi-ya, yozadi («yozmaydi» ma’nosida).
[-ma] affiksi fe’lning tuslangan va sifatdosh shaklida bo‘lishsizlikni ifodalash uchun ishlatiladi: 1.Sevgi menga bo‘ylama, Mehring bilan siylama. (M.Yusuf.) 2.Bu yerlarga nega keldim men, qiziqmasam unut chiroyga. (A.Orip.) 3.O‘qimagan odam, yurmagan mashina.
Bo‘lishsizlik fe’lning harakat tarzi shakllarida uch xil qo‘llanadi:
1) yetakchi fe’lga qo‘shiladi: (yozmay tur);
2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: (yoza ko‘rma);
3) har ikkalasiga qo‘shiladi: (yozmay qo‘yma).
Uchinchi ko‘rinishda shakliy-ma’noviy nomuvofiqlik yuz berib, bo‘lishsiz shakl bo‘lishlilikni ifodalaydi.
[-may/masdan] bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi fe’lning ravishdosh shakliga xos. Uni ravishdosh shakli sifatida ajratishning bir nechta asosi bor. Masalaga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilsa, uning –ma+y tarkibli emasligi oydinlashadi. Turkiy tilda O‘rxun-Yenisey yodgorliklaridan tortib XV asrgacha bo‘lishsiz ravishdosh shakli [-mazib], [-madin], [-mayin] va h. ko‘rinishida bo‘lgan. O‘zbek tilidagi [-may] qo‘shimchasidagi y mana shu qadimiy [-mazib], [-madin], [-mayin] qo‘shimchasi tarkibidagi ikki tish oralig‘ida talaffuz etiluvchi [z] va uning boshqa turkiy tillardagi muqobili bo‘lgan [d], [t] ga nisbat beriladi. Demak, [-may] qo‘shimchasi [-mazib], [-madin], [-mayin] qo‘shimchasi tarkibidagi -ib, -in qismlarining tushib qolishi natijasida hosil bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, [-may] bo‘lishsizlik shaklidagi [-y] tovushi bilan o‘qiy so‘zidagi [-y] boshqa-boshqa manbalardan kelib chiqadi: o‘qi-ya – o‘qiy, bar-mazib – bor-may. Ko‘rinadiki, bormaydi, o‘qimaydigan fe’l shakllaridagi (-ma) va (-y) qo‘shimchalari alohida-alohida grammatik ko‘rsatkich. Bunda (-ma) bo‘lishsizlik, (-y) esa kelasi zamon shakli.
Fe’lning harakat nomi uchun bo‘lishsiz shakl [-maslik] ko‘rsatkichi: ketish – ketmaslik, aytish – aytmaslik, ko‘rinmoq – ko‘rinmaslik kabi.
Demak, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini fe’l birikuvchanligiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatish asosida ifodalash» bo‘lib, bu UGM [0], [-ma], [-may/masdan], [-maslik] ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi.
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik fe’lga nisbatchalik mutlaq va doimiy belgi emas. Chunki nisbatini yo‘qotgan fe’llar (ko‘ra, osha) fe’llikdan chiqib ketadi. Lekin fe’lning ayrim shakllari, xususan, maqsad ravishdoshi (o‘qigani, borgani), ayrim harakat tarzi shakllari (yiqilayozdi, tugatayozdi) to‘laqonli fe’l bo‘lsa-da, bo‘lishsiz shaklda yuzaga chiqmaydi. Bu bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi fe’l tasniflovchi kategoriyalari sirasida nisbat kategoriyasidan keyin turishini bildiradi.
Fe’l nisbatlari
Ish-harakatning bajaruvchisi bilan predmet o‘rtasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi.
Fe’l nisbatlari besh turga bo‘linadi:
1. Aniq nisbat. Bu nisbat ega tomonidan bajariladigan harakatni ifodalaydi. Aniq nisbatni hosil qiluvchi maxsus vosita yo‘q: keldi, o‘qiyapti, ketmoqchi.
2. O‘zlik nisbati. Ish-harakatning boshqa buyumga o‘tmay, bajaruvchining o‘zida qolishini ifodalovchi fe’llar o‘zlik nisbati hisoblanadi. O‘zlik nisbati fe’l negiziga –n, -in, -l, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: kiyindi, cho‘mildi kabi.
3. Majhul nisbat. Bu nisbatdagi fe’llarning bajaruvchisi noaniq bo‘ladi. Majhul nisbat –l, -il, -n, -in qo‘shimchalari bilan hosil qilinadi.
O‘zlik va majhul nisbat bir xil qo‘shimchalar bilan yasaladi. Ularning farqi gap mazmunidan anglashiladi: Ali tarandi - o‘zlik nisbatda, soch taraldi – majhul nisbat, bajaruvchisi noaniq.
4. Birgalik nisbati harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganligini bildiradi. –sh, -ish qo‘shimchalari bilan hosil qilinadi: kelishdi, ketishdi, yugurishdi.
5. Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum ta’sirida bajarilganligini bildiradi. Bu nisbat –t, -dir, -tir, -giz, -g‘iz, -qiz, -qaz, -kaz, -ir, -ar, -sat qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi: o‘qit, bezat, kengaytir, o‘qittir, ko‘rgiz, yutqaz, ko‘rsat, qaytar kabi.
Ayrim fe’llar birdan ortiq nisbat qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi mumkin: kiy+in+tir, kiy+in+tir+il+di, o‘qi+t+tir+ish+di. Bunda fe’lning qaysi nisbatga aloqadorligini oxirgi qo‘shimchaga qarab belgilanadi.

Fe’l mayllari


Ish-harakatning voqelikka munosabati fe’l mayllari orqali ifodalanadi. Fe’llarda 3 xil mayl bor:
1.Aniqlik mayli. 2.Buyruq-istak mayli. 3.Shart mayli.
1. Aniqlik (xabar, ijro) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabarni ifodalaydi. Aniqlik maylining maxsus ko‘rsatkichlari yo‘q: o‘qidi, o‘qiyapti, o‘qimoqchi kabi.
2. Buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq buyruq, istak, xohish, maslahat, iltimos, undov kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bunday fe’llar –(a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo‘shimchalari bilan hosil qilinadi: ketay, borgin, yozsin, ketaylik, boring, yursinlar kabi.
3. Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart qilib qo‘yilgan harakatni ifodalaydi. Bu mayldagi fe’llar –sa qo‘shimchasi orqali hosil qilinadi. Shart mayli qo‘shimchasi shaklidagi fe’llar sof shart, orzu-istak, iltimos, maslahat, faraz, payt kabi buyruq-istak mayliga xos ma’nolarni ifodalaydi.
Ayrim darslik va qo‘llanmalarda shartli va maqsad mayli ham alohida ta’kidlanadi. Shartli mayldagi fe’l –(a)r, -mas qo‘shimchasi bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to‘liqsiz fe’lining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni ifodalaydi: U kelsa, sen borar eding.
Maqsad maylidagi fe’l ish-harakatning bajarilishi maqsad qilinganligini bildiradi: bormoqchiman, bormoqchi bo‘lyapman kabi.
ZAMON KATEGORIYASI
Zamon kategoriyasi fe’l ifodalagan harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi. Harakatning bajarilish vaqti bilan nutq payti orasidagi munosabatga qarab fe’lning uch zamoni farqlanadi: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon.
O‘tgan zamon nutq paytidan ilgari bajarilgan harakatni, hozirgi zamon nutq payti bilan bir vaqtda bajarilayotgan (tugamagan) harakatni, kelasi zamon nutq paytidan keyin bajariladigan harakatni anglatadi.
Fe’lning o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon shakllarining har qaysisi, o‘z navbatida, yana bir necha turlarga bo‘linadi. Chunki bu zamon shakllari, vaqtning alohida katta qismlarini ko‘rsatish bilan birga, bu qismlar ichidagi kichik paytlarni ham aks ettiradi. Masalan, hozirgi zamon fe’lining bir shakli nutq paytiga to‘g‘ri kelgan, u bilan bir vaqtda bajarilayotgan harakatni anglatsa, uning boshqa bir shakli nutq paytida boshlanib, undan keyin ham davom qiladigan harakatni bildiradi: borayotirman, borib turibman, boryapman, bormoqdaman; o‘qiyotirman, oqib turibman, o‘qiyapman, o‘qimoqdaman kabi.
Har bir zamon shakli ma’lum grammatik ko‘rsatkichiga ega. Zamon shaklini yasovchi vazifasida asosan sifatdosh va ravishdosh shakllari xizmat qiladi.
Fe’lning zamon shakllari tuzilish jihatidan ikki turga bo‘linadi:
a) sintetik shakl. Bunda zamon shakl yasovchi affiks bilan ifodalanadi: yoz-di-m, yoz-a-man, yoz-gan-man kabi;
b) analitik shakl. Bunda zamon fe’lning turlicha funksional shakllari bilan to‘liqsiz fe’lning birikishi orqali ifodalanadi: yozgan edim, yozgan ekansan, yozib eding, yozar eding, yozayotgan edi kabi.
Fe’lning o‘tgan zamon shakllari. Fe’lning o‘tgan zamon shakllari nutq paytidan ilgari bajarilgan harakatni bildiradi. Hozirgi va kelasi zamonga qaraganda o‘tgan zamon fe’llari o‘z shakllarining ko‘pligi va juda xilma-xil ma’no bo‘yoqlarini ifodalashi bilan ajralib turadi. O‘tgan zamon shakllari sintetik va analitik usullar bilan yasalishi jihatidan ham, bu shakllarda o‘tmishdagi harakatning hamda nutq jarayonidan oldingi paytning turli baholanishi tomonidan ham farqlanib turadi.
Fe’lning o‘tgan zamon shakllari asosan –di (o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi). – gan (o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan) – (i)b (o‘qibman, o‘qibsan, o‘qibdi) affikslari, edi to‘liqsiz fe’li (o‘qib edim, o‘qib eding, o‘qib edi, o‘qigan edim, o‘qigan eding, o‘qigan edi) orqali hosil qilinadi.

Fe’lning hozirgi zamon shakllari


Fe’lning hozirgi zamon shakllari harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi. Bu fe’llarda harakatning bajarilishi bilan nutq so‘zlanishi bir vaqtda bo‘ladi. Bu – uning asosiy xususiyati. Ammo hozirgi zamon shaklining ma’nosi nutq boshlanishi va tamom bo‘lishi bilan cheklanmaydi, balki boshqa zamon chegarasiga ham o‘tadi. Jumladan, hozirgi-kelasi zamon shakli, hozirgi zamon ma’nosidan tashqari, harakatning nutq paytidan ancha ilgari boshlanib, nutq so‘zlanib bo‘lgandan keyin ham bir oz davom qilishini anglatadi, ya’ni uch zamon doirasidagi harakatni bildiradi. Ya’ni hozirgi zamon shakli, umuman, bir zamon bilan chegaralanmaydigan, nutq paytidan oldin ham, keyin ham bo‘lib turadigan harakatni ifodalaydi.
O‘z xususiyatiga qarab fe’lning hozirgi zamon shakllari ikkiga bo‘linadi: a) aniq hozirgi zamon shakllari; b) hozirgi-kelasi zamon shakllari.
Aniq hozirgi zamon shakllari: kelayotirman, yozayotibman, kelayapman, kelmoqdaman
Yurmoq, o‘tirmoq, turmoq, yotmoq yordamchi fe’llaridan birini –(i)b ravishdoshi shaklida tuslab va mustaqil fe’lning –(i)b ravishdosh shakli bilan qo‘shib ishlatish ham hozirgi zamon ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi.
Hozirgi-kelasi zamon shakli: kelaman, kelamiz.
Fe’lning kelasi zamon shakllari
Fe’lning kelasi zamon shakllari nutq paytidan keyin bajariladigan harakatni bildiradi.
Kelasi zamon shakllari ikkiga bo‘linadi: a) aniq kelasi zamon shakli; b) kelasi zamon gumon shakli.
Aniq kelasi zamon shakli. Kelasi zamonning bu shakli quyidagicha yasaladi: kelajakman, o‘qiyjakman, kel-gu-m(dir), kel-gu-miz(dir), kelgay.
Kelasi zamon gumon fe’li. Bu shakl -(a)r (-mas) affiksini qo‘shish va tegishli shaxs-son affiksi bilan tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qirman, kelarman, kelmasman
FE’LNING SHAXS - SON KATEGORIYASI
Ma’lumki, fe’l shaxs-sonda o‘zgaradi, ya’ni tuslanadi. Fe’l tuslanganda harakatning qaysi shaxs tomonidan bajarilganini yoki inkor etilishini ko‘rsatadi. Bunday paytda ayni bir affiks bajaruvchining miqdorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday affiks shaxs-son affiksi deyiladi.
Demak, harakatning bajaruvchisi shaxsga va bu shaxsning son miqdoriga munosabati shaxs-son kategoriyasi hisoblanadi. Bu ma’nolarni ifodalovchi shaxslar shaxs-son shakllari deyiladi.
Fe’lning shaxs-sonda o‘zgarishi tuslanish deyiladi. O‘zbek tilida tuslanishning 2 tizimi bor.
I tuslanish tizimi
Birlik Ko‘plik
I shaxs -man
II shaxs -san
III shaxs -di (nol) - miz
- siz
- di(lar) yoki (nol) lar
II tuslanish tizimi
Birlik Ko‘plik
I shaxs -m
II shaxs -ng
III shaxs -nol - k
- ngiz
- nol (lar)

Fe’lning vazifadosh shakllari


Fe’lning vazifadosh shakllari deganda fe’lning gapda ma’lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushuniladi. Fe’lning vazifadosh shakllari 3 xil: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi.
Bu shakllarning mavjudligi uchun fe’llar gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi bo‘lib kela oladi.
Sifatdosh
Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe’l shakli hisoblanadi. Ular gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib keladi.
Sifatdosh fe’lning sifatga yaqin shakli bo‘lib, xuddi sifatlar kabi otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlab keladi.
Sifatdoshlar quyidagi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi:
-gan(-kan, -qan). o‘qigan bola, cho‘kkan kema, oqqan daryo.
-a/ydigan, -a/yotgan. keladigan mehmon, yugurayotgan kishi.
-r, -ar(bo‘lishsizi -mas). qaytar dunyo, uchar yigit, so‘nmas hayot.
-ajak. bo‘lajak kuyov, qurilajak bino.
-asi. kelasi kun, kelasi zamon.
-vchi, -uvchi. azon aytuvchi, kechira oluvchi.
Tarixiy asarlarda sifatdoshning –mish (kelmish mehmon), -g‘lik(yasatig‘lik uy, chirog‘i yoqig‘lik xonadon), -rlik (qorin to‘ydirarlik bir kasb) kabi affikslar bilan yasalgan shakllari ham uchraydi.
Sifatdoshlar ham barcha fe’llar singari o‘timli-o‘timsiz, bo‘lishli-bo‘lishsiz va zamon ma’nosini ifodalash xususiyatiga ega: rasm chizgan qiz -- o‘timli, rasm chizilgan daftar -- o‘timsiz, o‘qigan -- bo‘lishli, o‘qimagan – bo‘lishsiz, kelgan -- o‘tgan zamon, kelayotgan -- hozirgi zamon, bo‘lajak – kelasi zamon.
Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo‘ladi. Harakatning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko‘rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umumiy mazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi: Topshiriqni birinchi bajargan (bajaradigan) o‘quvchini taqdirlayman. Buning ustiga mamlakatning har yeridan sen tanimagan (tanimaydigan) odamlardan har xil xatlar, g‘alati-g‘alati sovg‘a kelib turadi (A.Qahhor).
Sifatdoshlar otlashganda otga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kuygan o‘lanchi bo‘lar, suygan – laparchi. Qizni so‘raganga ber, qimizni suvsaganga.
Ravishdosh
Ish-harakat belgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fe’l shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar fe’lga bog‘lanadi va gapda asosan hol bo‘lib keladi: Shu payt chorbog‘dan echki yetaklab Dildor kirib keldi (S.Ahmad).
Ravishdoshlar quyidagi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi:
-a, -y: bora-bora unutdi, yig‘lay-yig‘lay charchadi. Bo‘lishsizi –ma qo‘shimchasi bilan yasaladi: aytmay, bormay.
-b, -ib: so‘rab ko‘r, yig‘lab yubordi, qiynalib qoldi. Bo‘lishsizi –may(--mayin) qo‘shimchasi bilan yasaladi: so‘ramay kirdi, gapirmay o‘tirdi.
Qanotini qush qoqmayin
Uyg‘onar el polvonlari (Mirtemir).
-gach, -kach, -qach: kelgach, kechikkach, chiqqach. U kelmagach men borishga majbur bo‘ldim. Nutqda bunday ravishdoshlar o‘rnida kelgandan keyin, chiqqandan keyin tipidagi shakllar qo‘llaniladi.
-gani, -kani, -qani, -gali: maslahatlashgani keldi, ko‘rgali keldi. Ko‘chat ekkani bordik. Ko‘chaga chiqqani payt poylar edi. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma’nosini ifodalaydi. Gapda uchun ko‘makchisiga sinonim bo‘ladi. O‘qigani keldi - o‘qish uchun keldi. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan ravishdoshning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning bo‘lishsiz shaklga ega emasligidir.
-gudek. yetgudek, o‘tgudek, yig‘lagudek, yiqilgudek.
-guncha,-kuncha, -quncha. To xo‘rda suzilib kelguncha u bir tomonga qiyshayib uxlab qolgan edi (S.Ahmad). Kun oqquncha ulgurishi lozim. Bu ko‘chat meva tukkuncha yana qancha qovun pishadi. Aytganini qildirmaguncha qo‘ymaydi.
Ravishdoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Payt yoki sabab ravishdoshlari. Ular –gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo‘shimchalari bilan shakllanadi.
2. Holat ravishdoshlari -b, -ib, -a, -y, -gudek qo‘shimchalari bilan yasaladi.
3. Maqsad ravishdoshlari –gani, -kani, -qani, -gali qo‘shimchalari bilan yasaladi.
Ravishdoshlar ham barcha fe’llar kabi bo‘lishli-bo‘lishsiz, o‘timli-o‘timsiz, nisbat, zamon ma’nolariga ega.
chizgani - o‘timli, uxlagani - o‘timsiz; borgach – bo‘lishli, kelmagach - bo‘lishsiz. Masala o‘rtaga qo‘yilgach hamma jim bo‘lib qoldi. Qo‘yilgach – majhul nisbat, o‘tgan zamon shakli.
Harakat nomi
Ish-harakat yoki holatning nomini bildiruvchi so‘zlar harakat nomi deyiladi. Harakat nomlari otga xos grammatik ko‘rsatkichlarni qabul qiladi va gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Harakat nomi qo‘yidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi:
1. Fe’l negiziga –(i)sh qo‘shimchasini qo‘shish bilan: o‘tirish, chalish, yozish, kulish, so‘zlashish.
Ba’zan –lik qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi: borishlik, yurishlik.
2. Fe’l negiziga –(u)v qo‘shimchasini qo‘shish bilan: o‘quv, uchrashuv, kelishuv.
Agar fe’l «i» unlisi bilan tugagan bo‘lsa, «i» «u»ga, «a» bilan tugagan bo‘lsa, «a» «o»ga aylanadi: to‘qi-to‘quv, sayla-saylov.
3. Fe’l negiziga –moq qo‘shimchasini qo‘shish bilan: kesmoq, o‘qimoq, yozmoq, sog‘inmoq.
Harakat nomining sanab o‘tilgan uchchala shakli bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi –ma qo‘shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli –maslik qo‘shimchasi bilan yasaladi: o‘qimaslik, aytmaslik, kulmaslik.

Takrorlash uchun tushunchalar tahlili:


Morfologiya
Tushunchalar Mazmuni Ball 1
Borliqdagi narsa, belgi harakat va voqea-hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalaydi
So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi umumiy kategorial ma’no va so‘zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no
So‘zning o‘zak-negiziga qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Yordamchi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi
Umumlashtirish, jamlik ma’nolari o‘rtaga chiqadi
Leksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil etadi
Qaytarilayotgan so‘z asosan, ta’kidni kuchaytirish uchun ishlatiladi.

Morfologiya


Tushunchalar Mazmuni Ball 1
leksik ma’nosi Borliqdagi narsa, belgi harakat va voqea-hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalaydi
grammatik ma’no So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi umumiy kategorial ma’no va so‘zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no
Sintetik shakl So‘zning o‘zak-negiziga qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Analitik shakl Yordamchi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi
Juft shakl. Umumlashtirish, jamlik ma’nolari o‘rtaga chiqadi
Takroriy shakl Leksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil etadi
uslubiy takror Qaytarilayotgan so‘z asosan, ta’kidni kuchaytirish uchun ishlatiladi.

Blis-so‘rov uchun savollar


1. Fe’lning qanday ma’no turlaribor?
2. Mustaqil fe’llar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
3. Yordamchi fe’llardeb nimaga aytiladi?
4. O‘timli va o‘timsiz fe’llarhaqida nimalrni bilasiz?
5. Tuslanishli fe’llar deganda qanday fe’llar tushuniladi?
6. Tuslanishsiz fe’llar deganda-chi?
7. Fe’lning qanday kategorial shakllari bor?
8. Nokategorial shakllari-chi?
9. Bo‘lishli fe’llar deb qanday fe’llarga aytiladi?
10. Bo‘lishsiz fe’llar deb qanday fe’llarga aytiladi?
11. Bo‘lishsizlik qanday usullar bilan ifodalanadi?

O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:


1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., Universitet, 2006.
2. Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2009.
3. Tojiyev Y. O‘zbek tili morfemikasi. – T., 1992.
4. Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., O‘zbekiston. 1992.
5. Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-T., Fan. 2010.

3-mavzu. Ot. Otlarda son, egalik, kelishik kategoriyasi. Sifat. Sifat darajalari. Son. Sonning ma'no turlari


REJA:
1. Ot. Otlarda son, egalik, kelishik kategoriyasi.
2. Sifat. Sifat darajalari.
3. Son. Sonning ma'no turlari.

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati

Jamlovchi ot - the collective noun — sobiratelnoye sushestvitelnoye
Atoqli ot - Rroper noun - imya sobstvennoye
Jo‘nalish kelishigi - Napravitelny case
Kelishik kategoriyasi - Category of case — Kategoriya padeja
Belgili tushum kelishigi - Drawing accusative
Belgili qaratqich kelishigi - Designed genitive
Sifat - Adjective - Prilagatelnoye
Daraja kategoriyasi - The category of degree (the degree of comparison)— Kategoriya stepeni (stepeni sravneniya)

Ot. Otlarda son, egalik, kelishik kategoriyasi


Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar turkumi ot deyiladi. Ot son, egalik, kelishik kategoriyalari, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanadigan morfologik shakllarga, shuningdek, o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Masalan: ishchilarimizning so‘zida –chi — so‘z yasovchi, -lar — ko‘plik, -imiz — egalik, -ning – kelishik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalardir.
Otlar kishi nomlarini: Ahmadjon, Nozimbek, Maftuna, Muslima; o‘rin-joy nomlarini: Farg‘ona, Samarqand, maktab, qishloq; daraxt va o‘simlik nomlarini: chinor, majnuntol, kashnich; narsa–buyum nomlarini: cho‘mich, kosa, ko‘ylak; vaqt-fasl nomlarini: yil, daqiqa, soat, hafta, oy, yoz, kuz, qish, bahor, mart, may; voqea-hodisa nomlarini: majlis, dars, to‘fon, zilzila; Yer va osmon jismlari nomini: tuproq, tog‘, tosh, quyosh, yulduz. Shuningdek: sevgi, tinchlik, orzu, yaxshilik, qobiliyat kabi mavhum tushuncha nomlarini ifodalab keladi.
Ot turkumidagi so‘zlar sifat, son, olmosh, fe’l va ravish turkumidagi so‘zlar bilan sintaktik munosabatga kirishadi: shirin olma, uchta qalam, o‘sha kitob, maktabda ishlamoq, ko‘p odam kabi.
Ot gapda turli vazifalarda kela oladi, lekin ega vazifasida kelishi uning yetakchi sintaktik belgisidir.
Ot turkumiga mansub so‘zlar bosh kelishikda kelganda — ega va kesim, qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olganda aniqlovchi, izohlovchi, to‘ldiruvchi, hol va undalma bo‘lib keladi. Masalan, Ko‘z - qo‘rqoq, qo‘l – botir (maqol). Gullarning ichida eng qadrlisi – atrgul. Azamat teraklarning yaproqlari kumush astarlarini oyga tutib, orom uyqusiga ketishgan (S.Ahmad). Yo‘lchi o‘z do‘sti Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o‘tirar edi (Oybek). Adabiyot ilmi xuddi yong‘oqqa o‘xshaydi: sirti qattiq, lekin ichidagi mag‘izi shirin (A.Qahhor). Osmonda yulduzlar siyrak qoldi (P.Qodirov). –Bolam, hech kim otasiz o‘smabdimi, bo‘ying cho‘zilib qoldi, endi o‘zing ota bo‘lasan, mana ko‘rasan (S.Ahmad).

Otlarning ma’no turlari


Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: atoqli otlar; turdosh otlar.
Predmet, voqea-hodisalarga atab qo‘yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar bir xildagi predmet yoki voqea-hodisalarning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tilimizning lug‘at zahirasida atoqli otlar ma’lum bir o‘rinni egallaydi. Kishilarning ismlari, familiyalari, otasining ismi, tahalluslar, laqablar, planeta va yulduzlarning nomlari, uy hayvonlari va qushlarga atab qo‘yilgan nomlar, geografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, gazeta va jurnal nomlari atoqli otlar sifatida o‘rganiladi. Tilshunoslikda atoqli otlarni o‘rganuvchi soha onomastika (yunoncha «nom qo‘yish san’ati») deb yuritiladi. Atoqli otlar faqat birlik shaklda qo‘llanadi. Atoqli otlar ko‘plik qo‘shimchasini olsa, grammatik ko‘plikni emas, balki modal ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Shahardan Saltilarning bir arava bo‘lib kelishlari ham Enaxonning shu xil havaslaridan biri edi (Cho‘lpon). Bu gapda – lar qo‘shimchasi orqali «mushtarak xususiyatga ega kishilar guruhi» (Salti va uning dugonalari) ma’nosi ifodalangan. Men bu ishni shunday qoldirib ketolmayman ... Shamsiddin, To‘raqul, Abdisamatlar qo‘shkarnay bilan jar solishadi... bilasanmi? (Cho‘lpon). Bu gapda ko‘plik shakli orqali «birgalikda», «birgalashgan holda» ma’nolari ifodalangan. Turdosh otlar yakka predmet, shaxs yoki voqea-hodisaga nom bo‘lganda atoqli otga ko‘chgan hisoblanadi. Masalan: lola - o‘simlik nomi, turdosh ot; Lola – ism, atoqli ot; gulxan – olov, turdosh ot; «Gulxan» - jurnal nomi, atoqli ot va hokazo.

Turdosh ot


Bir turdagi predmet, voqea-hodisalarning umumiy nomini bildiradigan otlar turdosh otlar deyiladi: odam, bug‘doy, bayroq, yomg‘ir, davlat, meva, tezlik, oqibat kabi.
Turdosh otlar birlik va ko‘plik shakllarda qo‘llanadi. Turdosh otlar ifodalagan tushunchaning xususiyatiga ko‘ra aniq va mavhum otlarga bo‘linadi. Bevosita ko‘rish, sanash mumkin bo‘lgan jonli va jonsiz predmetlar aniq otlar hisoblanadi: kitob, daftar, eshik, tuproq, olma. Bunday otlar sanoq sonlar bilan sintaktik aloqaga kirisha oladi: o‘nta kitob, to‘rtta olma. Shuningdek, sub’ektiv baho hamda ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi: qizaloq, kitoblar.
Mavhum tushuncha, belgi, xususiyat va holat nomlari mavhum otlar deyiladi. Mavhum otlar ko‘plik shaklida qo‘llanmaydi: ezgulik, yaxshilik, mehr, muhabbat, baxt, quvonch. Ko‘plik qo‘shimchasini qabul qilganda grammatik ko‘plikni emas, balki modal ma’nolarni ifodalagan bo‘ladi: Ovozlari qulog‘im ostida jaranglab turibdi (S.Ahmad). Quvonchlarim yaproq misol to‘kildi (F.Azimova).
Turdosh otlar birlik shaklida predmetlarning jamini yoki yakka predmetlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra yakka va jamlovchi otlarga ajratiladi.
Yakka otlar bir turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydi: gul, choynak, piyola.
Jamlovchi otlar esa birlik shaklida bo‘lsa ham, mazmunan ko‘plikni bildiradigan otlardir: aholi, omma, olomon, xalq, qo‘shin.
Otlarda son kategoriyasi
Otlar nutqda birlik va ko‘plik shakllarida ishlatiladi. O‘zbek tilida otning birlik shaklini ifodalovchi maxsus qo‘shimcha yo‘q. Ko‘plik qo‘shimchasisiz holatdagi ot grammatik jihatdan birlik sonda hisoblanadi: sochiq, soat, on, nabira, munchoq, avlod, aholi.
Otning ko‘plik shakli esa –lar qo‘shimchasi orqali ifodalanadi va predmetning birdan ortiq ekanligini bildiradi. –lar qo‘shimchasi quyidagi holatlarda qo‘llanganda grammatik ko‘plikni emas, balki turli modal ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:
1. Atoqli otlarga qo‘shilganda;
2. Mavhum otlarga qo‘shilganda;
3. Inson tanasidagi asli bir dona bo‘lgan predmetlar bildirgan so‘zlarga qo‘shilganda;
4. Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda;
5. Vaqt ma’nosidagi otlarga qo‘shilganda;
6. Juft predmetni anglatgan otlarga qo‘shilganda;
7. Aniq va mavhum otlarga qo‘shilib, hurmat, izzat ma’nosi ifodalanganda.
Otlarda egalik kategoriyasi
Predmetning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi shakllar egalik kategoriyasi deyiladi.
Egalik kategoriyasi quyidagi qo‘shimchalar bilan ifodalanadi:

Shaxslar


Birlikda
Ko‘plikda

Unlidan so‘ng Undoshdan so‘ng Unlidan so‘ng Undoshdan so‘ng


I - m -im -miz -imiz
II - ng -ing -ngiz -ingiz
III - si -i -si -i

Egalik qo‘shimchalari, odatda, ko‘plik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi: uy+lar+im, o‘yinchoq+lar+ing, rasm+lar+i.


Otlarda kelishik kategoriyasi
Ot yoki otlashgan so‘zning boshqa bir so‘zga tobeligini ifodalaydigan grammatik shakllar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Otlarning kelishik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi, kelishik qo‘shimchalari esa turlovchi qo‘shimchalar hisoblanadi. O‘zbek tilida 6 ta kelishik mavjud bo‘lib, ularning nomi, qo‘shimchalari va so‘roqlari quyidagi jadvalda berilgan:



Kelishiklar nomi
Qo‘shimchasi
So‘roqlari Kelishik
shaklidagi
otlar
1. Bosh kelshik ---- kim?
nima?
qaer? Oybek,
kitob,
xayol,
universitet
2. Qaratqich
kelishigi -ning kimning?
nimaning?
qaerning? Oybekning,
kitobning,
xayolning, universitetning
3. Tushum yelishigi kelishigi -ni kimni? nimani? nimani?
qaerni? Oybekni,
kitobni,
xayolni,
universitetni
4. Jo‘nalish
kelishigi -ga
(-ka, -qa) kimga? nimaga? nimani?
qaerga? Oybekka,
kitobga,
xayolga,
universitetga
5. O‘rin-payt
kelishigi -da kimda? nimada? nimada?
qaerda? Oybekda,
kitobda,
xayolda,
universitetda
6. Chiqish
kelishigi -dan kimdan?
nimadan?
qayerdan? Oybekdan,
kitobdan,
xayoldan,
universitetdan

Otning sintaktik vazifasi uning qaysi kelishik qo‘shimchasini olib kelishiga qarab belgilanadi. Masalan, bosh kelishikdagi so‘z gapda ega, kesim, undalma, vazifasida, qaratqich kelishigidagi otlar qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi.


Otlarning yasalishi
Ot turkumiga mansub so‘zlar, asosan, morfologik va sintaktik usul bilan yasaladi. Morfologik usulda so‘zning negiziga maxsus yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali ot hosil qilish tushuniladi. Sintaktik usulda esa bir necha so‘z ishtirokida ot hosil qilish nazarda tutiladi.
Ot yasovchi qo‘shimchalar ot, sifat, son, olmosh, fe’l turkumidagi so‘zlardan ot yasashga xizmat qiladi. Masalan: kursdosh (otdan), chopiq (fe’ldan), qiziqchi (sifatdan), birlik (sondan), o‘zlik (olmoshdan).
Morfologik usul bilan yasalgan otlar ma’no xususiyatiga ko‘ra quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Shaxs va kasb - hunar otlarini yasovchi qo‘shimchalar. 2. Narsa, qurol, o‘lchov birligi otlarini yasovchi qo‘shimchalar. 3. O‘rin – joy oti yasovchi qo‘shimchalar. 4. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar.
Sintaktik usul bilan ot yasash. Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro birikishi natijasida yasalgan otlar sintaktik usul bilan yasalgan ot hisoblanadi. Bunday usulda qo‘shma, murakkab va juft otlar yasaladi.
Ma’no va grammatik jihatdan tobelanish asosida birikib, bir urg‘u bilan aytiladigan va yozuvda qismlari qo‘shib yoziladigan yangi ma’noli ot qo‘shma ot hisoblanadi. Qo‘shma ot tarkib jihatidan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Ot+ot: qo‘lqop, belbog‘, toshko‘mir; sifat+ot: oqsoqol, oqqush, qizilo‘ngach; son+ot: uchburchak, to‘rtburchak, Beshariq; ot+fe’l: o‘rinbosar, kungaboqar, otboqar.

Sifat. Sifat darajalari


Predmetlarning belgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, holati, vazni, hidi, o‘rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifatlar ot yoki fe’lga bog‘lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o‘qimoq, chiroyli yozmoq.
Sifatlar gapda aniqlovchi, kesim, hol bo‘lib keladi: Uning moviy ko‘zlari onasi- Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non aziz, uning ushog‘i ham aziz (Maqol). Chaqmoq telpagini qiyshiq qo‘ndirib olgan (O‘.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko‘plik, egalik, kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va otning so‘roqlariga javob bo‘ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega: Egri ozadi, to‘g‘ri o‘zadi (Maqol); to‘ldiruvchi: Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q (Maqol); qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi- qaymoq, yomonning so‘zi-to‘qmoq (Maqol).
Asliy va nisbiy sifatlar
Sifatlar ma’no xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) asliy sifatlar; v) nisbiy sifatlar.
Predmet belgisini bevosita ifodalaydigan, belgini darajalab ko‘rsata oladigan, -roq qo‘shimchasini erkin qabul qiladigan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: shirin qovun - shirinroq qovun - eng shirin qovun; katta baliq - kattaroq baliq - juda katta baliq.
Predmet belgisini o‘rin yoki paytga nisbatlab, boshqa predmetga o‘xshatish orqali ifodalaydigan, -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: mevali daraxt, tibbiy ma’lumotnoma, zamonaviy libos, sharsimon jism, yozgi yumush, qishki kiyim, tashqi hovli.
Nisbiy sifatlar belgini darajalab ko‘rsatmaydi. Faqat –li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlarda darajalab ko‘rsatish xususiyati mavjud: kuchli - kuchliroq - juda kuchli, aqlli - aqlliroq - juda aqlli.
Asliy sifatlarda belgining kuchaytirma va ozaytirma shakllari bor: yashil – yam-yashil, sariq - sap-sariq, qizil - qizg‘ish, qora-qoramtir. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q.
Asliy sifatlarda modal ma’no ifodalanadi: yoshgina, ziyrakkina, do‘mboqqina. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Faqat –li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlardagina modal ma’nolarni ifodalash imkoniyati mavjud: aqlligina, chiroyligina kabi.
Asliy sifatlar fe’lga bog‘lana oladi: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir (Maqol). Nisbiy sifatlar fe’lga birika olmaydi. Faqat –iy bilan hosil qilingan nisbiy sifatlar juda kam miqdordagi fe’llar bilan (masalan: zamonaviy kiyinmoq) birikishi mumkin.

Sifat darajalari


Bir predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi.
Sifatlarda uch xil daraja mavjud: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.
Oddiy daraja sifatlari bir predmetgagina xos belgini ifodalaydi. Ular belgini boshqa belgiga qiyoslamagan holda anglatadi. Oddiy daraja sifatlarida hech qanday qo‘shimcha yoki yordamchi so‘z bo‘lmaydi. Masalan, katta hovli, chaqqon qiz, yashil durracha, qirmizi olma.
Qiyosiy darajada bir predmetning belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanadi.
Qiyosiy daraja –roq qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Bu qo‘shimcha belgining ortiq yoki kamligini ko‘rsatadi.
Masalan: Belgining ortiqligi: Alining kitobi Valining kitobidan qiziqroq. Oltin kumushdan og‘irroq. Belgining kamligi: Bu xona avvalgisidan ham kichikroq.
Orttirma daraja shakli yordamchi so‘zlar vositasida hosil qilinadi va belgining me’yordan ortiqligini ifodalaydi. Orttirma daraja ma’nosini ifodalovchi yordamchi so‘zlarga quyidagilar kiradi: eng, juda , g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, o‘ta, benihoyat, nihoyat, nihoyatda kabilar.

Sifatlarning yasalishi


Sifatlar morfologik va sintaktik usulda yasaladi. Morfologik usulda so‘z asosiga maxsus qo‘shimchalar qo‘shish orqali sifat yasaladi:
aqlli bola, tuzsiz taom, ishchan kayfiyat, bilag‘on bola.
Sintaktik usul bilan qo‘shma, murakkab va juft sifatlar yasaladi.
Qo‘shma sifatlar birdan ortiq so‘z yoki so‘z shakllaridan tarkib topib, bir urg‘u bilan aytiladi va bir belgini ifodalaydi. Qo‘shma sifat qismlari yozuvda qo‘shib yoziladi: orombaxsh, rahmdil, tinchliksevar, tezoqar, ertapishar.

Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari


Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va takror holda qo‘llanuvchi shakllarga ega.
Sodda sifatlar bir o‘zak morfemadan tuzilgan bo‘ladi: go‘zal, xunuk, sariq, yashil.
Qo‘shma sifatlar bir urg‘u bilan aytiladigan ikki so‘z shaklining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: ertapishar, sheryurak.
Murakkab sifatlar alohida urg‘u bilan aytiladigan, bitta murakkab belgini ifodalovchi ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi: to‘q qizil, o‘tkir zehnli.
Juft va takror sifatlar bir umumiy belgi ifodalovchi ikki sifatning teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: oq-qora, uzuq-yuluq, kattayu kichik, pastu baland; uzun-uzun, og‘ir-og‘ir, chuqur-chuqur.

Son. Sonning ma'no turlari


Predmetning sonini miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar turkumi son deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek tilida 22 ta tub son bor: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard. Qolgan sonlar esa shu sonlar asosida hosil qilinadi. Masalan: o‘n olti, yigirma besh, yetti yuz o‘tiz, ikki ming to‘rt kabi.
Sonlar harf bilan ham, raqam bilan ham yoziladi: sakson, to‘qson, yuz; 80, 90, 100.
Raqamning ikki xilidan foydalaniladi.
1. Arab raqami. Asosan, hisob ishlarida, kun yilni ko‘rsatishda ishlatiladi: 14+16=30, 21 mart, 2004 yil kabi.
2. Rim raqami esa ko‘proq asr, oy, hukumat anjumanlari, ilmiy tadqiqotlarda bob va fasllarni belgilashda ishlatiladi: XXI asr,
10. XI. 2004, XX chaqiriq, IX sessiya, I bob, IY fasl, I kurs kabi.
Sonlar otga bog‘langanda sifatlovchi, fe’lga bog‘lanib kelsa hol vazifasini bajaradi: To‘qqizinchi qavat, Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
Sonlar otlashganda, kelishik, egalik qo‘shimchalarini oladi va gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan, ega: Biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi (T.Malik); kesim: Ikki karra ikki – to‘rt; to‘ldiruvchi: Bo‘tqa sendaqadan o‘ntasini sixga terib qo‘yadi (T.Malik); qaratqich aniqlovchi: O‘nning yarmi – besh.
Conga xos morfologik xususiyatlardan biri so‘z yasash tizimining yo‘qligi bilan belgilanadi. Boshqa turkumdagi so‘zlardan son hosil qilinmaydi.
Songa –nchi (-inchi), -ov, -ala, -ta, -tacha qo‘shimchalarini qo‘shish orqali sonning turli shakllari hosil qilinadi: to‘rtinchi, beshov, uchala, to‘rtta, o‘ntacha.
Ko‘pincha sonlar maxsus o‘lchov-miqdor bildiruvchi hisob so‘zlari bilan keladi: o‘n daqiqa, bir tomchi, uch qadoq, to‘rt kilogramm, bir burda.

Sonlarning ma’no turlari


Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: sanoq sonlar va tartib sonlar.
Sanoq sonlar predmetning sanog‘ini, umumiy miqdorini bildiradi va ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: miqdor son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son.
Miqdor son predmetning umumiy miqdorini bildiradi va bir, o‘n, o‘ttiz, sakson, to‘qson besh, yuz kabi qo‘shimchalarsiz yoziladi.
Dona sonlar miqdor songa –ta qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: sakkizta, to‘qqizta, o‘nta, mingta.
Chama sonlar miqdor songa –tacha, -larcha, -lab qo‘shimchalarini qo‘shish yoki ikki sonni juftlash orqali hosil qilinadi: yuztacha, o‘nlarcha, minglab; o‘n-o‘n besh, besh-o‘n, to‘rt-beshtacha kabi. chama son taxminiy miqdorni bildiradi.
Jamlovchi sonlar -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi: ikkov, beshala, yettovlon kabi. Jamlovchi son predmetning jamlangan, to‘dalangan holdagi miqdorini anglatadi.
Taqsim sonlar predmetning miqdor jihatdan bo‘linganligini bildiradi. Taqsim sonlar miqdor songa –tadan qo‘shimchasini qo‘shish orqali, hamda dona sonlarning takrorlanishdan hosil bo‘ladi: beshtadan, o‘ntadan, yuztadan: o‘nta-o‘nta, yuzta-yuztadan.
Tartib sonlar predmetning joylashish tartibini bildiradi. Tartib son miqdor songa –nchi (-inchi) qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: birinchi kurs, to‘rtinchi qavat, o‘ninchi qator kabi.
Tartib sonlarning imlosi. Tartib son harflar bilan yozilganda –nchi (-inchi) qo‘shimchasi so‘zga qo‘shib yoziladi: beshinchi, ikkinchi. Tartib son arab raqami bilan ifodalanganda mazkur qo‘shimcha o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi: 2-kurs, 18-maktab; rim raqami bilan ifodalanganda chiziqcha qo‘yilmaydi, biroq o‘qilganda –nchi (-inchi) talaffuz qilinadi: XXI asr, IX chaqiriq kabi. Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanib oy va yillarni bildirsa ham chiziqcha qo‘yilmaydi, lekin o‘qilganda –nchi (-inchi) qo‘shib talaffuz qilinadi: 22 mart, 2004 yil kabi.
Sonlar qo‘llanishiga ko‘ra butun va kasr sonlarga bo‘linadi.
Butun sonlar umumiy miqdorni bo‘laklarga ajratmagan holda, butunligicha ifodalaydi: besh, o‘n, yuz kabi.
Kasr sonlar butunning qismini bildiradi: beshdan bir, o‘ndan uch kabi.
Butun son bilan kasr son birgalikda ifodalansa kasrli son deyiladi. Kasrli son yozuvda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
12,5 -- o‘n ikki yarim, o‘n ikki butun o‘ndan besh.
1
3 -- uchdan bir; bir taqsim uch.
5,03 -- besh butun yuzdan uch kabi.

Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari


Sonlar tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va juft bo‘ladi.
Sodda son birgina o‘zakdan tuzilgan bo‘ladi: uch, besh , o‘n kabi.
Murakkab sonlar kamida ikki o‘zakdan tuzilib, bir umumiy miqdorni anglatadi: bir yuz ellik, yigirma besh, ikki ming to‘rt kabi.
Juft sonlar ikki sonning juft holda, ketma-ket holatda yoki o‘zaro teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: besh-o‘n, to‘rt-besh, besh-besh, yuzta-yuzta, qirqta-ellikta, o‘n-o‘n beshta kabi.

O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:


1.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T.: Universitet, 2006.
2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. -T., 2009.
3.Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., 2009
4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.- T.: Fan. 2010.

4-mavzu. Ravish.Taqlid so‘zlar.Olmosh so‘z turkumi

1. Ravish va uning turlari
2. Taqlid so‘z va uning umumiy grammatik ma’nosi.
3. Olmosh, uning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turlari.

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati


Kishilik olmoshlari - Personal pronouns — Lichnыe mestoimeniya
Belgilash olmoshlari - Attributive pronouns — Opredelitelnыe mestoimeniya
Olmosh - Pronoun — Mestoimeniye
Ko‘rsatish olmoshi - Demonstrative — Ukazatelnoye mestoimeniye
Gumon olmoshlari - Indefinite pronouns — Neopredelennыe mestoimeniya
Bo‘lishsizlik olmoshlari - Negative pronouns — Otritsatelnыe mestoimeniya
So‘roq olmoshlari - Interrogative pronouns — Voprositelnыe mestoimeniya
Ravish - Adverb - Narechiye
Ravishdosh - Gerund — Deyeprichastiye
Ravishlashish - Adverbialization — Adverbializatsiya

Ravish va uning turlari


RAVISH
Ish-harakat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan holat, payt, sabab, o‘rin, miqdor kabi ma’nolarni bildirib morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga ravish deyiladi. Masalan: unda, bunda, ko‘p, sal, picha, noiloj, chorasiz, quyida, chapda, uzoqda, kecha, bugun, yayov, astoydil kabi.
Ravish biror so‘z bilan grammatik aloqaga kirganda, hech qanday qo‘shimcha qabul qilmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Ravishlar o‘ziga xos yasalish tizimiga ega. Gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar nutqda otlashganda otga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Ravishlarning ma’noga ko‘ra turlari
Ravishlar ma’nosiga ko‘ra olti turga bo‘linadi: holat ravishi, payt ravishi, o‘rin ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi.
1. Holat ravishi ish-harakat bilan bog‘liq holatni ifodalaydi va qanday?, qay holda?, qay tarzda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda ravish (tarz) holi vazifasida keladi. Holat ravishiga quyidagilar kiradi: asta, sekin, tez, birdan, ilkis, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri, ketma-ket, darhol, zimdan kabilar.
2. Payt ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq payt ma’nosini ifodalaydi. Qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Payt ravishi gapda payt holi vazifasida keladi. Quyidagilar payt ravishi hisoblanadi: avval, oldin, ilgari, so‘ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez-tez, tez orada, bugun-erta, shu kuni, o‘sha kundan buyon, bu orada, bugun-erta, kundan-kunga, saharlab, boya, endi, indin, hali-beri, kechalari, hanuz, hanuzgacha, halitdan, azondan, so‘ngra, qishin-yozin, ertayu kech, uzzukun, tun-kun, hali zamon kabi.
3. O‘rin ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq o‘rinni bildiradi. Qaerda?, qaerdan?, qaerga? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Quyidagilar o‘rin holi hisoblanadi: oldinda, orqada, o‘ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, berida, pastda, o‘rtada, tashqarida, olg‘a, u yoq-bu yoqqa, quyida, tubanda, unda-bunda, uzoqda, orqavorotdan, bunda kabilar.
4. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq maqsadni bildiradi. Nega?, nima maqsadda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda maqsad holi bo‘lib keladi. Maqsad holiga quyidagilar kiradi: atayin, ataylab, jo‘rttaga, qasddan, qasdma-qasdiga, azza-bazza kabi.
5. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq miqdor-darajani, narsa-buyum yoki belgining darajasini, noaniq miqdorini ifodalaydi. Qancha?, qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: picha, qittak, biroz, sal, xiyol, soatlab, oylab, yana, tag‘in, chamalab, ozmuncha, mumkin qadar, imkon qadar, aslo, sira, qisman, oz-moz, sal-pal, ko‘p, mo‘l, bir talay, benihoya, ko‘plab, siqimlab, hovuchlab kabi. Miqdor-daraja ravishlari ma’nosiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: 1. Miqdor ravishlari predmetning noaniq miqdorini ifodalashga xizmat qiladi: ko‘p, oz, ancha, picha, biroz, bir muncha, xiyla, qittak, mo‘l, kam kabi. 2. Daraja ravishlari harakat yoki belgi bilan bog‘liq darajaning kuchli yoki kuchsizligini ifodalashga xizmat qiladi. Eng, juda, nihoyat (da), g‘oyat (da), yana(da), tag‘in, tamomila, naq, o‘ta, qoq, obdan kabi ravishlar harakat yoki belgi bilan bog‘liq darajaning kuchli ekanligini; sal, xiyol, arang, bazo‘r, sal-pal, zo‘r-bazo‘r kabi ravishlar darajaning kuchsizlik ma’nosini ifodalaydi.
7. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq sababni ifodalaydi. Nega?, nima sababdan? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: chorasiz(likdan), noiloj, ilojsiz(likdan), qo‘rqqanidan, kuyganidan kabi. Sabab ravishlari gapda sabab holi vazifasida keladi.
Ravishlarda daraja
Ravishlar ham sifat kabi belgini darajalab ko‘rsatish xususiyatiga ega: oz, ozroq, eng oz, nihoyatda oz kabi. Shunga ko‘ra oddiy daraja (sekin, tez, ko‘p, erta), qiyosiy daraja (sekinroq, tezroq, ko‘proq, ertaroq), orttirma daraja (juda sekin, o‘ta tez, nihoyatda ko‘p, ancha erta) kabi turlarga ajratiladi. Shuningdek, kuchaytirma (kuppa-kunduzi, juda-juda) va ozaytirma (ozgina, sekingina, sal) ravishlar ham farqlanadi.
7-ilova
Ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
1. Sodda ravishlar bir o‘zak asosida hosil qilinadi: ko‘p, oz, yangicha, rasman, keyin, oldin, tepada, olg‘a kabi.
2. Qo‘shma ravishlar ikki o‘zakdan tuzilib, qismlaridan biri mustaqil qo‘llanilmaydi: allapayt, allamahal, bir talay, oz muncha, birvarakayiga, bir yo‘la.
3. Murakkab ravishlar har birini erkin holda qo‘llash mumkin bo‘lgan ikkita o‘zakdan tuziladi: har doim, bir oz, bir nafas, har kuni, o‘sha yerda.
4. Juft va takror qo‘llanadigan ravishlar ikki so‘zning teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: oldin-keyin, oldinma-ketin, orqama-orqa, birin-ketin, erta-kech, huda-behuda, ahyon-ahyonda, yelkama-elka, birga-birga kabi.

Taqlid so‘z va uning umumiy grammatik ma’nosi


Taqlid o‘zbek tilida bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so‘z sirasidan o‘rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor.
Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko‘p va ma’no jihatdan rang-barang.
Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma’lum ob’ektiv voqelikdan xabar berib turadi.
Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid – o‘zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog‘lanishga ega. Bu quyidagi so‘z qatorini qiyoslash asosida hosil bo‘ladi:
1) taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq;
2) liq-liq/luq-luq/lo‘q-lo‘q/laq-laq;
3) tirs-tirs/tars-tars/tars-turs;
Ko‘rinadiki, fonetik qiyofasi tor unli va qattiq undoshdan iborat bo‘lgan taqliddagi belgi darajasi keng unli va qattiq undoshdan iborat taqlid ifodalagan belgidan past. Bu taqliddagi shakl va mazmunning tabiiy bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Taqlid jamiyatning har bir a’zosi tushunadigan turli ma’noga ega. Masalan, taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma’lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a’zolari uchun tushunarli.
Taqliddagi ma’noviy g‘ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so‘z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma’noviy g‘ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. Chunki ularning ma’nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan «ichi bo‘sh» so‘z sifatida baholanadi. Ammo «ma’noviy bo‘shlik» olmoshni mustaqil so‘z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‘z sifatida qarab kelingan taqlidning ham «mustaqillashuvi»ga to‘siq bo‘la olmasligi kerak.
Taqlid morfologik jihatdan o‘zgaruvchan, bu bilan to‘la ma’nodagi mustaqil so‘z bo‘lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, eshikning taqir-tuquridan kabi.
Taqlid cheklanmagan muchalanuvchanlikka ega:
1. Kesim: Atrof g‘ala-g‘ovur.
2. Ega: Taqir-tuqur tinmadi.
3. Hol: Shabada g‘ir-g‘ir esadi.
4. To‘ldiruvchi: Odamlarning vag‘ir-vug‘uridan quloqlar bitgudek.
5. Aniqlovchi: Mahallada duv-duv gap.
Demak, taqlid «borliq hodisalariga taqlidning lisoniy ifodasi» UGMsiga ega.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilidagi taqlid semantik-morfologik-sintaktik jihatdan mustaqil so‘z maqomiga ega.
Taqlidning LMTlari. Taqlidning ayrimi tovushga taqlidni ifodalasa, ikkinchi bir xili ko‘rinish-holatga taqlidni ifodalaydi. Shu boisdan «tovushga taqlid» va «ko‘rinishga taqlid» LMTlari farqlanadi.
I. «Tovushga taqlid» LMT. Bu LMT a’zolari kishi, jonivor, narsa va hodisalar paydo qilgan tovushga taqlid qilish natijasida paydo bo‘ladi. LMT o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi:
1. «Fiziologik tovushga taqlid» LMG: [qah-qah], [xur-xur], [xir-xir], [miyov-miyov].
2. «Fizik tovushga taqlid» LMG: [tap-tup], [taqir-tuqur], [tipir-tipir].
II. «Ko‘rinishga taqlid» LMT. Tovushga taqlid so‘z eshitish bilan bog‘liq hodisani ifodalasa, ko‘rinishga taqlid so‘zi ko‘rinish bilan bog‘liq hodisalarni aks ettiradi. Bu LMT ham o‘z o‘rnida:
1. «Harakatni ifodalovchi taqlid» LMG: [dik-dik], [lik-lik], [lapang-lapang], [ship-ship].
2. «Tashqi ko‘rinishni ifodalovchi taqlid» LMG: [hil-hil], [jiq-jiq], [mo‘lt-mo‘lt].
3. «Yorug‘likni ifodalovchi taqlid» LMG: [lip-lip], [jimir-jimir], [yalt-yult], [yilt-yilt].
Taqlidning tuzilishiga ko‘ra turlari. O‘zbek tilida taqlid juft va takroriy ko‘rinishda bo‘ladi.
Juft taqlid: [g‘arch-g‘urch], [taq-tuq], [vag‘ir-vug‘ur], [g‘ing-ping], [alang-jalang], [apir-shapir].
Takroriy taqlid: [guv-guv], [duv-duv], [shartta-shartta], [cho‘lp-cho‘lp], [shaqa-shaq], [guppa-guppa].
Eslatma. Taqlid [etmoq, [demoq], [qilmoq] fe’li bilan kelganda qo‘shma fe’l vujudga keladi: [guv-guv etmoq], [duv-duv qilmoq], [cho‘lp-cho‘lp qilmoq].

Olmosh, uning ma’noviy va tuzilishiga ko‘ra turlari


Predmet yoki uning biror belgisiga nom bo‘lmay, predmet yoki belgi tushunchasining mavjudligini ko‘rsatadigan mustaqil so‘zlar turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar nutqda ot, sifat, son o‘rnida keladi va gapda ularga xos vazifani bajaradi.
Olmoshni boshqa turkumdagi so‘zlardan ajratuvchi asosiy belgi uning ma’no xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Olmoshlar boshqa turkumdagi so‘zlardan yasalmasligi jihatidan songa o‘xshaydi.

Olmoshlarning ma’no turlari


Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra yetti turga bo‘linadi: kishilik olmoshlari, ko‘rsatish olmoshlari, o‘zlik olmoshlari, so‘roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo‘lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Nutqdagi uch shaxs yoki predmetni ko‘rsatib, birlik va ko‘plikda qo‘llanadi: men, sen, u; biz, siz, ular.
Ko‘plikni ko‘rsatuvchi biz, siz, ular olmoshlari qo‘llanishiga ko‘ra ba’ean birlik hamda kamtarlik, hurmat, kibrlanish, faxrlanish kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Biz, siz olmoshlariga ba’zan ko‘plikni ta’kidlash maqsadida –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Kishilik olmoshlari hech qachon egalik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Men, sen olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda bitta n tushib qoladi: men+ni—meni, men+ning—mening. U olmoshi jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olganda bitta n orttiriladi: u+ga—unga, u+da—unda, u+dan—undan.
Ko‘rsatish olmoshlari predmet, shaxs, belgi, voqea-hodisa, o‘rin yoki vaqtga nisbatan ko‘rsatish, ajratish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
Ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: bu, shu, u, o‘sha, ana u, mana bu. Poetik nutqda va tarixiy asarlarda ul, bul, shul, o‘shal olmoshlari qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.
Ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shimchalar quyidagi tartibda qo‘shiladi:
Olmosh+kelishik: u+ni, shu+ning, o‘sha+ni.
Olmosh+ko‘plik: u+lar, bu+lar, o‘sha+lar.
Olmosh+ko‘plik+kelishik: u+lar+ni.
Olmosh+ko‘plik+egalik+kelishik: shu+lar+ing+ni, o‘sha+lar+ing+da.
So‘roq olmoshlari predmet, shaxs, belgi, ish-harakatning bajarilish o‘rni haqidagi so‘roqni bildiradi.
So‘roq olmoshlariga quyidagilar kiradi: kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, necha?, qancha, qachon?, qaerda?. Poetik nutqda ne? na?, nechun?, nechuk?, qay? shaklida qo‘llanishi kuzatiladi.
O‘zlik olmoshi aniq, yakka shaxsni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. O‘z (o‘zi) so‘zi o‘zlik olmoshi hisoblanadi. Bu olmosh kishilik olmoshlari o‘rnida: o‘zim-o‘zing-o‘zi; o‘zimiz-o‘zingiz-o‘zlari ba’zan birga men o‘zim - sen o‘zing - uning o‘zi; ot o‘rnida kelib, egalik qo‘shimchasini oladi va har uchala shaxsni ko‘rsatadi. Qo‘shimchalar qabul qilish tartibi quyidagicha: olmosh+egalik--o‘z+i; olmosh+egalik+kelishik--o‘z+i+ni. Ko‘plik qo‘shimchasini olganda nutq vaziyatiga ko‘ra hurmat, kesatiq, piching kabi modal ma’nolarni ifodalashi mumkin. Gapda ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va kesim vazifasida keladi.
Belgilash olmoshlari predmet yoki uning biror belgisini jamlab, yakkalab, ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Har kim, har nima, ba’zi, har qanday, har qaysi olmoshlari shaxs yoki narsa belgini ajratib, alohida ta’kidlash orqli ifodalaydi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari jamlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi.
Butun, bari olmoshlari ko‘plikda qo‘llanmaydi. Ba’zi olmoshi va har so‘zi ishtirokida yasalgan belgilash olmoshlariga kelishik qo‘shimchasi egalik qo‘shimchasidan so‘ng qo‘shiladi: ba’zisini, har qaysingizni.
Belgilash olmoshlari gapda sifatlovchi bo‘lib keladi. Otlashganda (hammasini, ba’zilar, har narsangizni) otga xos morfologik, sintaktik xususiyatga ega bo‘ladi.
Bo‘lishsizlik olmoshlari umuman mavjud bo‘lmagan predmet, belgi yoki miqdorni ko‘rsatadi. Bo‘lishsizlik olmoshi hech so‘zidan keyin so‘roq olmoshi yoki narsa, bir so‘zini keltirish bilan hosil qilinadi: hech qaysi, hech kim, hech narsa, hech bir kabi.
Gumon olmoshlari mavjud, ammo noma’lum bo‘lgan predmet, belgi yoki miqdorni ko‘rsatadi. Gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga –dir qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: kimdir, nimadir, qaysidir kabi. Shuningdek, so‘roq olmoshlari oldidan alla yoki bir elementini keltirish bilan: allakim, allanima; bir narsa, bir qancha, bir necha kabi hosil qilinadi.
Nutqda ba’zi, birov olmoshlarining birgalikda qo‘llanilganini kuzatish mumkin: ba’zi birov, ba’zi birovlarning kabi. Bir so‘zi qaysi, ba’zi olmoshlaridan so‘ng kelishi mumkin: qaysi bir, ba’zi bir. Kimdir, qandaydir olmoshlariga sinonim bo‘lgan birov, biron, biror so‘zlari ham gumonni anglatadi. Hatto bir so‘zining o‘zi ham o‘rniga ko‘ra gumonni anglatadi.

Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari


Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va juft bo‘ladi.
Bir o‘zakdan iborat bo‘lgan olmoshlar sodda olmosh hisoblanadi: men, sen, kim, hamma, ba’zi kabi. Qo‘shma olmoshlar birdan ortiq o‘zakdan tuziladi: har bir, hech kim, ana o‘sha kabi.
Ikki olmoshning tenglanishidan tuzilgan olmoshlar juft olmosh hisoblanadi. Bunday olmoshlar turli modal ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: u-bu, men-sen, siz-biz.
Nutqda olmoshlar takror holda qo‘llanishi mumkin: o‘sha-o‘sha, shu-shu. Bunda ham modal ma’no ifodalangan bo‘ladi.

Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi


Nutqdagi ma’lum sharoitga qarab ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib abstraktlashadi, umumlashadi – olmoshga yaqinlashadi. Bunga pronominalizatsiya deyiladi. (pronom–lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi) . Pronominalizatsiya natijasida ot predmetni, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, olmoshlarga o‘xshash ularga ishora qiladi. Masalan, odam kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba’zi, boshqa ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh funksiyasida qo‘llanadi: Uning ko‘nglini olishga bir inson topilmadi.
So‘zlarning olmoshga yaqinlshuvi asosan quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
a. hech qanday affikslar olmay, asosiy morfema shaklida keladi: Odam ketgisi kelayapti. Bir-biridan quvnoq, bir-biridan sog‘lom bolalarning o‘yinlarini ko‘rib, juda quvonasan kishi.
b. Son yurkumiga xos ayrim so‘zlar ko‘pincha 3 shaxs egalik affikslarining qo‘shilishi bilan olmoshga yaqinlashadi: Biri kitob o‘qiydi, biri shaxmat o‘ynaydi.
c. Ikki boshqa-boshqa so‘z turkumlariga xos bo‘lgan so‘zlar yoki boshqa so‘z turkumidagi bir so‘z-olmosh tipidagi so‘zlarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan ayrim qo‘shma so‘zlar olmosh funksiyasiga yaqinlashadi.

O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:


2. 1.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T.: Universitet, 2006.
3. 2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. -T., 2009.
4. 3.Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., 2009
5. 4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.- T.: Fan. 2010.

5-mavzu: Yordamchi so‘z turkumlari va so‘z-gaplar


REJA:
1.Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi.
2.Bog‘lovchi va uning turlari.
3. Yuklama va uning turlari.
4. So‘z-gaplar va ularning semantikasi.

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lug‘ati


Bog‘lovchi - conjunction, union - soyuz
Bog‘lovchi so‘z - connective - soyuznoye slovo
Ko‘makchilar - Postpositions — Poslelogi
Fe’l ko‘makchilar - Verbal postpositions — Otglagolnыe poslelogi
Ot ko‘makchilar - Official names — Slujebnыe imena
Gumon yuklamasi - Undefined particle — Neopredelennaya chastitsa

Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi


Lug‘aviy ma’no ifodalamay, mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiruvchi so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama yordamchi so‘zlar turkumini tashkil etadi.
KO‘MAKCHILAR
Ot yoki otlashgan so‘zdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish asosida birikishini ta’minlaydigan so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Ko‘makchilar tuslanmaydi va yasalmaydi. Gapda o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘ladi va bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi. Ko‘makchilar ma’no xususiyati va kelib chiqishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Sof ko‘makchilar. 2.Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar.
1. Sof ko‘makchilar o‘z lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, qo‘llanishiga ko‘ra kelishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: uchun, kabi, bilan, sayin, singari, uzra, qadar, yanglig‘.
2. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlarga ot, sifat, ravish va fe’l turkumidan ko‘makchiga siljigan, gapda ba’zan o‘z ma’nosida, ba’zan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar kiradi. Ular: tomon, burun, ilgari, boshqa, keyin, tashqari, chamasi; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga; qarab, qaraganda, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qarata, tortib, ko‘ra; avval, so‘ng, burun, beri, buyon, asosan, binoan, keyin, oldin kabi so‘zlardir.
O‘z lug‘aviy ma’nosini qisman saqlagan, gapda ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar ko‘makchi otlar deyiladi. Ularga old, orqa, huzur, yuza, haq, xusus, to‘g‘ri, tashqari, yon, o‘rta, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, tomon kabi so‘zlar kiradi. Ko‘makchi otlar harakat bilan predmet o‘rtasidagi turli munosabatni ifodalaydi. Ular kelishik va egalik qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin: ostida, tagidan, ustiga, oldida, orqasiga, yonidan, o‘rtasi, orasi, boshi kabi. Faqat bu so‘zlar gapda o‘zidan oldingi so‘zlar bilan qaratqich-qaralmish munosabati asosida birikib kelishi lozim. Aks holda o‘rin oti hisoblanadi: ko‘prik ostida, suv tagidan, ko‘chaning boshida, deraza yonida kabi.
Ko‘makchilarning qo‘llanishi
Ko‘makchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra kelishiklarga yaqin turadi. Shuning uchun ko‘p hollarda kelishik qo‘shimchalariga sinonim bo‘ladi: avtobusda keldim – avtobus bilan keldim, ukamga oldim – ukam uchun oldim.
Nutqimizda faol qo‘llanadigan ko‘makchilarga quyidagilar kiradi: azbaroyi, bilan, uchun, kabi, ilgari, burun, bosh, chog‘li, qadar, sayin, bo‘yicha, orqa, orqali, ora, sababli, ko‘ra, yon, ich, qarshi, o‘rta, tomon, qarab, qaramasdan, qaramay, so‘ng, boshqa, keyin, tashqari, ost, ust, tag, buyon, beri, bo‘lak, o‘zga, holda, asosan, doir, binoan kabi.
Ko‘makchilarni qaysi kelishikdagi so‘zni boshqarishiga ko‘ra quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1. Bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
Bilan. Birgalik, hamkorlik, qurol-vosita, harakatning ketma-ketligi, vaqt, holat kabi ma’nolarni ifodalashda ishlatiladi. Badiiy adabiyotda –la, birla, ila shakllari ham uchraydi. Masalan: Ertaga shaharga tushing, akam bilan so‘zlashib ishni bitiramiz (Oybek). Sharofat oldida turgan choynak bilan uning basharasiga tushirdi (A.Qahhor). Deraza ochilishi bilan Yo‘lchi boshini ko‘tardi (Oybek). Siddiqjon kechasi bilan kiprik qoqmay chiqdi (A.Qahhor). Yo‘lchi jahl bilan o‘rnidan turdi (Oybek).
Uchun. Maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarida qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda –chun shakli ham uchraydi. –gina, -dir affikslari bilan qo‘llanishi mumkin. Masalan: Shaharga o‘qish uchun keldim. Darsga qatnashgani uchun yaxshi biladi. Ukam uchun oldim. Tirishqoqligingiz uchun mukofot.
Kabi, singari, yanglig‘. O‘xshatish, chog‘ishtirish, qiyos ma’nolarini ifodalaydi: Olov kabi kuydiradi. Otasi singari general bo‘lishni orzu qilardi. Bahor yanglig‘ dillarni yayratar edi.
Sari. Yo‘nalish ma’nosini ifodalaydi. Ayrim gaplarda tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘ladi: Tirishdim tog‘dan oshdim, yorug‘lik sari yo‘l ochdim (maqol), yorug‘lik sari – yorug‘lik tomon.
Sayin ko‘makchisi payt, orqali – vosita, chog‘li, chamasi – taxmin, holda ko‘makchisi holat ma’nosini ifodalaydi: Yil sayin ortib bormoqda. Telefon orqali gaplashdim. Qirq chog‘li yigit kelishdi. Tugun ko‘targan holda kirib keldi.
2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: tomon ko‘makchisi yo‘nalish, qadar – chegara, ko‘ra – sabab, ta’kid, qiyos, qaramasdan, qaramay – to‘siqsizlik, yarasha – moslik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Uyga tomon yo‘l oldi. Kechga qadar kutdi. Shunga ko‘ra darsdan ozod qildik. Yomg‘ir yog‘ishiga qaramay yo‘lida davom etdi. Qilmishiga yarasha jazosini oldi.
3. chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: so‘ng, keyin, ilgari, burun, beri ko‘makchilari payt ma’nosini, boshqa, o‘zga, tashqari, bo‘lak – mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: Darsdan so‘ng kutubxonaga boramiz. O‘shandan beri uni uchratmadim. Shundan boshqa ishim yo‘q.
4. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar. Asosan ko‘makchi otlar qaratqich kelishigidagi so‘z bilan bog‘lanadi: Ko‘cha boshida kutib oldi. Ko‘prik ostiga kirib ketdi. Bog‘ o‘rtasida joylashgan.
Uchun, bilan, kabi ko‘makchilari qaratqich kelishigidagi olmoshlar bilan bog‘lanishi mumkin: shuning uchun, shuning bilan, uning kabi.

Bog‘lovchi va uning turlari


Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, Grammatik munosabatni ko‘rsatadi.
Gap bo‘laklari va gaplar orasidagi grammatik munosabat bog‘lovchilar yordamida ifodalansa ham, bog‘lovchilarning o‘zi bu so‘zlarning grammatik formasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi, ular bilan birlashmaydi.
Bog‘lovchilar tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma bo‘ladi. Sodda bo‘g‘lovchilar morfologik jihatdan bo‘linmaydi: va, ham, lekin, ammo, biroq, balki, yo, yoki, agar kabi. Qo‘shma bog‘lovchilar juda oz bo‘lib, morfologik jihatdan bo‘linadi: holbuki, shuning uchun kabi.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga qarab yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilarga bo‘linadi.
Yakka bog‘lovchilar: va, ham, lekin, biroq, ammo, chunki, shuning uchun kabi.
Takroriy bog‘lovchilar gap bo‘laklarini va gaplarni bog‘lashda takrorlanib keladi: yo…, yo…, yoki…, yoki…,dam…, dam… kabi.

Teng bog‘lovchilar


Teng bog‘lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Teng bog‘lovchilar o‘zlarining ma’nosiga, grammatik aloqalarni ko‘rsatishiga qarab, biriktiruv, zidlov, ayirub bog‘lovchilariga bo‘linadi.
Biriktiruv bog‘lovchilar: va, ham, hamda kabi. Va bog‘lovchisi ko‘p qo‘llaniladi:
1) gapning uyushiq bo‘laklarini biriktiradi: Navoiy va Mirmumtoz keksa shoirning fikrini tasdiqladilar.(O.)
2) qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni bog‘lashga xizmat qiladi va quyidagi ma’no munosabatlari ifodalanadi:
a) bir paytlik munosabati, voqea-hodisalarning bir paytda bo‘lganligi ifodalanadi: Pag‘a-pag‘a mayin qor osmondan quyilib turadi va shamolning sekin, bo‘g‘iq guvillashi eshitiladi (O.)
b) ketma-ketlik munosabatini bildiradi: Yarim kechada eshik g‘iyq etib ochildi va chol boshiga oq avra to‘n yopinib kirib keldi (A. Q.)
c) natijani bildiradi: Sen o‘rgatgan ilm bilan qo‘shildi katta niyat Va shunchalik kamolotga eta oldi tafakkur. (G‘.G‘.)
d) zidlik, qarama-qarshi qo‘yish munosabatini bildiradi: Opasida g‘azab tashvishi Va Zaynabda andisha g‘ashi (H.O.)
Ham, hamda bog‘lovchilari va bog‘lovchisi singari, gapning uyishiq bo‘laklarini va qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda qo‘llaniladi. Lekin ham bog‘lovchisi keyingi bo‘lakni izohlash, ta’kidlash ma’nolarini ham bildiradi: Sultonmurod ham do‘sti Zayniddin cheksiz quvondilar. Buni qariyalar ham tajribali paxtakorlar juda yaxshi biladilar.(O.)
Bo‘laklarning mustaqiligini, ayrimligini chizib ko‘rsatish, ta’kidlash uchun ham bog‘lovchisi har bir bo‘ldan keyin yoki avval takrorlanib keladi: Uning yuragi ham shod, ham qandaydir notinchroq edi. (O.)
Ham so‘zi bog‘lovchi bo‘lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo‘laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko‘p ishlatiladi: Bir lahzadan keyin ukasi ham kelib, Umidga tikildi. (Mirm.)
Bilan ko‘makchisi bog‘lovchi o‘rnida kelganda birgalik ma’nosini saqlaydi: Qalandar bilan Ali Quchshi oyoqlarini yerga tirab, kiftlari bilan toshni itarishdi. (O.Y.)
-da, -u, -yu yuklamalari biriktiruvchi bo‘lib kelganda bir paytlilik, ketma-ketlik, sabab, natija kabi munosabatlari ifodalanadi: Madrasada aytgan gaplarim uchun qasos olayapti deb o‘yladi-yu, mingboshiga borib arz qildi. (M.Ism.)
Zidlov bog‘lovchilari : ammo, biroq, lekin, balki kabilar bo‘lib, bular mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘laklarni yoki gaplarni bog‘lash uchunxizmat qiladi. Ammo, biroq, lekin bog‘lovchilari bog‘lab kelgan gaplarning keyingi qismida avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. Shuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo‘layotganligi, ikkinchisining inkor etilganligi ma’nosi anglashiladi: Baqirib, chaqirdi, ammo uning qichqirish ovozini hech kim eshitmasdi. (S.Ayn.)
Bu bog‘lovchilar gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo‘lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog‘laydi.
Balki bog‘lovchisi ba’zan biror bo‘lak oldidan kelib, shu bo‘lakni yoki gap mazmunini kuchaytirish uchun, izohlashga xizmat qiladi.U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi. Bu sodiq qul, balki undan ham battar odam edi. (O.)
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lab, zidlik, sabab, nomuvofiqlik, natija kabi ma’no munosabatlarini anglatishda –da, -u(yu) ham ishlatiladi: Bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, tili og‘ziga tiqilib qoldi. (O.)
Ayiruv bog‘lovchilari yo, yoki, yo …, yo…, dam…, dam…; goh…, goh…, xoh…, xoh…; ba’zan…, ba’zan…; bir…, bir… kabilardir.
Bu bog‘lovchlar narsa hodisalarni boshqalaridan ajratish yoki ularnining galma-gal bo‘lishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bulardan yo, yoli; yo…, yo… kabilar asl ma’nolari bilan ayiruvchi bog‘lovchilar bo‘lib, aytilayotgan narsa, belgi harakatlardan birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi. “Yo podshoh biron yerga chiqadi, yoki elchi kelishini kutadi,”-dedi Zayniddin. (O.)
Ba’zan…, ba’zan…; dam…, dam…; goh…,goh…kabi bog‘lovchilar esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib turishni ifodalashga xizmat qiladi: Yo‘lchi dam u ekinda, dam bu ekinda…ishlaydi.(O.)

Ergachtiruvchi bog‘lovchilar


Ergashtiruvchi bog‘lovchilar –ki,(-kim), chunki, shuning uchun, go‘yo, go‘yoki, toki, agar, garchi, basharti kabilar bo‘lib, qo‘shma gap tarkibidagi soda gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar grammayik aloqalarni ifodalashi va ma’nolariga qarab: a) aniqlov bog‘lovchisi; b) sabab bog‘lovchisi; c) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari; d) maqsad bog‘lovchisi; e) shart va to‘siqsizlik bog‘lovchilariga bo‘linadi.
Aniqlov bog‘lovchisi -ki, -(kim) qo‘shma gap tarkibida bu bog‘lovchi orqali munosabatga kirishgan gaplarning biri ikkinchisiga tobe bo‘lib, mustaqil gapning biron bo‘lagini izohlab keladi: Tilagimiz shuki, yaxshi ishlab obro‘ orttirsin, odamlarning hurmatiga sazovor bo‘lsin.
Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki bo‘lib, bu bog‘lovchilar aloqaga kiritgan gaplarning birida bosh gapdagi asosiy fikrning yuzaga chiqishi uchun, amalga oshirilishi uchun sabab, vosita bo‘lgan voqea-hodisalar ifodalanadi: Samimiy aytilgan so‘z sodda bo‘ladi, chunki dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi.
Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki voqea-hodisa va narsalarni o‘zaro o‘xshatish, chog‘ishtirish yo‘li bilan turli grammatik aloqalarni bildiradi: Anor daraxtlarida anor shig‘il, har biri go‘yo choynakday-choynakday bo‘lib osilib yotibdi. (O.)
Maqsad bog‘lovchisi toki qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosi ifodalangan ergash gapnibosh gap bilan bog‘laydi: Qo‘shiqni bahuzur aytib ishlay ber, toli hamma bahramand bo‘lsin. (O.)
Shart va to‘siqsizlik bog‘lovchilari agar, modomiki, basharti, garchi, garchand kabilardir. Bular biror voqea-hodisalarning yuzaga chiqshi uchun zarur shart, vosita bo‘lgan ikkinchi voqea-hodisa ifodalangan ergash gapni yoki asosiy fikrga zid bo‘lib, uning bajarilishiga to‘siq bo‘la olmaydigan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.)

Yuklama va uning turlari


Yuklama har xil qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Yuklamalar butun bir gapga tegishli bo‘lib, uning ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib, chegaralab kelishi, so‘roq ma’nolarini bildirib kelishi ham, alohida so‘zlarga bog‘liq holda shu so‘zning qo‘shimcha ma’nolari, ottenkalarini bildirib kelishi ham mumkin.
Yuklamalar tuzilishi jihatidan ikki xil: affiks yuklamalar va so‘z yuklamalar bo‘ladi.
Kuchayturuv va ta’kid yuklamalari: -da, -u, -yu, -ku, -oq(-yoq), hatto, hattoki. Gap mazmunini kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish yoki gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Marasul akam kasalligimni aytmagandirlar-da.(A.Q.)
So‘roq va ta’kid yuklamalari-mi, -chi, -a, nahot, nahotki kabilar. –mi yuklamasi turli so‘z turkumlariga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini ifodalaydi. –chi yuklamasi so‘roq ma’nosini, kuchaytiruv, harakatga undash ma’nolarini bildiradi: Oqilaga-ya? Oqilaga rahmingiz kelmaydimi? Nasibaga-chi? Nasibaga rahmingiz kelmaydimi?
Ayiruv va shegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina.Ayrim narsa va hodisalarni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish, harakatni chegaralash uchun qo‘llaniladi.
Aniqlov yuklamasi: xuddi. Harakat va predmetlarni aniqlash, boshqasiga o‘xshatishma’nosini bildiradi. Xuddi Ne’matjonning o‘zginasi-ya?
Gumon yuklamasi:-dir. Turli so‘zlarga qo‘shilib, gumon ma’nosini beradi.
Inkor yuklamasi: na…, na…yusiq bo‘laklar va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo‘lishsizga aylantiradi.

So‘z-gaplar va ularning semantikasi


So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e’tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi.
So‘z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘zlarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘zdan, shuningdek, yoxud qo‘shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘la olish;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;
3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish;
4) bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik.
So‘z-gap sirasiga shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘z vazifasida ham keladi, lekin ularning substansial belgisi – so‘z-gap bo‘lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-alohida ko‘rib o‘tiladi.
1.Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4- belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z- gapda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin kesimlik ma’no va munosabati so‘z-gapning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik – gap markazi vazifasida kelish – fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
2. So‘z-gap mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligidan bu so‘zga nisbatan semantik funksional shakllangan so‘z-gap atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni leksik birlik ham so‘z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so‘z-gapning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gap grammatik shakllangan gap ([WRm]) dan farq qiladi va kesimlik ma’nosi so‘z-gapda leksik birlikning yoki atov birligi [W] ning o‘zida mujassamlanganligi tufayli lisoniy qurilish qolipi [WÙ] sifatida berilgan.
3. So‘z-gapning o‘ziga xos g‘ayrioddiy lug‘aviy ma’noga egaligi. Bu xususiyat quyidagida namoyon bo‘ladi:
a) ma’no imkoniyati chegaralangan;
b) grammatik shaklni talab qilmaydi;
v) boshqa so‘z bilan birikish qobiliyatidan mahrum;
g) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
d) ma’noli qismga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi.
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid so‘z turkumlari gapning istalgan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z-gap gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So‘z–gap tasnifi. So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq /inkor. 4. Taklif/ishora.
So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so‘z modaldir. Unga [xullas], [demak], [chamasi], [tabiiy], [ehtimol], [shubhasiz], [shekilli] kabi so‘z misol bo‘ladi.
Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so‘z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi.
So‘z-gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. [Ha], [mayli], [xo‘sh], [xo‘p] so‘zi tasdiqni, [yo‘q], [mutlaqo], [aslo], [sira] so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap.
Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [so‘zsiz], [tabiiy] so‘zi sifatdan, [albatta] ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [har qalay], [har holda] modal so‘z-gapi so‘z birikmasidan, [nasib bo‘lsa], [xudo xohlasa] kabilar gapdan kelib chiqqan.
Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], [mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substansial tilshunosligida so‘z-gap [WÙ]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [WÙ]-lashayotgan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq/inkorlashayotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [WÙ]-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) sÿz-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan.
[WÙ]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘z o‘z semantik-funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘z aloqasini boshqa so‘z turkumlaridan to‘la–to‘kis uzmagan bo‘ladi. Chunonchi, modallashgan so‘zga [chamasi], [chog‘i], [ehtimol]; undovlashgan so‘zga [ura], [olg‘a], [dod], [voydod]; tasdiq /inkorlashgan so‘zga [bo‘pti], [ma’qul], [aksincha], [mutlaqo]; taklif/ishoralashgan so‘zga qani kabi leksema misol bo‘ladi.
[WÙ]-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘z so‘z-gapga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zdir. Bu o‘rinda modallashayotganga [balki], [hatto], [aftidan]; undovlashayotganga [yashang], [voy o‘lay]; tasdiq /inkorlashayotganga [durust], [to‘g‘ri], [rost], [aslo], [hargiz]; taklif/ishoralashayotganga [mana mundoq] kabi so‘zni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1. Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. – Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (Ch.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida [WÙ-lashayotgan] so‘z (1-3-gapda) qo‘llanilgan.
[WÙ]-simon (so‘z-gapsimon) deganda mohiyatan so‘z-gap bo‘lmagan lug‘aviy birlikning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga [shunday qilib], [baxtga qarshi], [tavba], [xudo saqlasin]; undovsimonga erkalash ma’noli [asalim], [oppog‘im] va undalma ma’noli [ey, do‘stlar] kabi; tasdiq/inkorsimonga [xuddi shunday], [hech qachon], [noto‘g‘ri] kabi; taklif/ishorasimonga [boshlang] ko‘rinishli so‘z misol bo‘ladi.
Qisqasi, so‘z-gapning leksik-semantik turi bo‘lmish sof so‘z-gap o‘zi tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumidan batamom uzilgan bo‘lib, uning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsur esa o‘zi tarixan kelib chiqqan so‘z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumdan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, lekin so‘z-gapga xos ma’no va vazifada qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘z-gapga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimon esa o‘z turkumi doirasida qoladi.
So‘z-gapning sintaktik xususiyati. So‘z-gapning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligida. So‘z-gap ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‘lishi mumkin: 1.Cho‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2. Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gap faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [WRm] qurilishli gapda kesimlik kategoriyasi va ma’nosi (W)ga (Rm) orqali kiritiladi, (m)ning esa o‘zbek tilida juda ko‘p ko‘rsatkichi mavjud. Shakl o‘zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’no turi ham o‘zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi va h.k. Ammo so‘z-gapda bunday emas. Har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi, [ha] so‘zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha, emas bilan emas, balki alohida [yo‘q] so‘z bilan ifodalanadi. [Albatta] yoki [shubhasiz] modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi [mutlaqo], [aslo] so‘z-gapi bilan beriladi.
So‘z-gapda zamon va shaxs ma’nosi matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gapda zamon va shaxs-son ma’nosining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligi va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1. -Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O‘.Usm.) 2.-Yengil tortdingmi, qizim? – Shukur. (A.Qah.)
Ko‘rinadiki, so‘z-gapning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishida. To‘rt leksik-semantik turda (modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nodan har biri alohida bo‘rttirilgan va “yalang‘och” holda yuzaga chiqadi: modal so‘zlovchining munosabatini ((Rm)dagi maylni), taklif/ishora «shaxsga qaratilganlik» ma’nosini ((Rm) dagi shaxs-sonni), tasdiq/inkor ((Rm)dagi) tasdiq va inkorni va undov bo‘lajak harakatni ((Rm) dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.

O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:


1.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T.: Universitet, 2006.
2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. -T., 2009.
3.Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., 2009
4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.- T.: Fan. 2010.
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar ma’ruzada o‘rgangan nazariy masalalarni amaliy mashqlar orqali mustahkamlaydilar.


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali bilimni oshirish, matn ustida ishlash, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, test savollari tuzish tavsiya etiladi.

1-amaliy mashg‘ulot. So‘zning morfemik tarkibi. So‘z yasalishi tahlili


Savollar:
1. Morfemika nimani o‘rganadi?
2. Morfema nima?
3. O‘zak va affiksal morfema
4. Affiksal morfemaning turlari
5. So‘zning morfemik tarkibi
6. So‘z yasalishi bo‘limida nimalar o‘rganiladi?
7. So‘z yasalish tarkibi
8. So‘z yasalish usullari
9. Affiksatsiya usulida so‘z yasalishi
10. Kompozitsiya usulida so‘z yasalishi
1-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni morfemalarga ajrating. O‘zak va affikslarning ma’nolarini, vazifalarini aniqlang.

1. Anvarning maxdum hovlisida turishini joysizlikdan va yoshlikdan shunda o‘sib o‘rgangandan, deb yurgan Sultonali mirzo bu kun ertalab o‘z uyiga kelgan maxdumning so‘zidan keyin bir oz haqiqatga tushungandek bo‘ldi. (A.Qodiriy) 2. Saidiy Munisxonning haligi so‘ziga muvaffaqiyatli javob qilgandan so‘ng yana o‘shanday so‘zlatib javob qilishni xohladi. (A.Qahhor) 3. Quvonchimdan terimga sig‘‘may Turg‘Qun degan o‘rtog‘imnikiga yugurdim. (Oybek) 4. Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda yashamoqda edilar. (P.Qodirov) 5. Qiz majorasi boshlanishidan ikki kun oldin Chavandoz Komila bilan birga toqqa chiqib ketgandi. (P.Qodirov) 6. Qizlar sandiqchalaridan, yostiqlarining ostlaridan tugunchalarini keltirib, nonlarini o‘rtaga to‘kib, nonushtaga o‘tirganlaridan keyin ham o‘zaro pichirlash tugamadi. (I.Rahim) 7. Yulduzlar bekinmachoq o‘ynayotgandek, onda-sonda yalt-yalt etib qoladi. (V.G‘ofurov) 8. Ko‘ngilli o‘tgan bir hafta, ayniqsa, Qo‘qondan hatlab nariga chiqa olmagan o‘aribiyda katta tassurot qoldirgan edi. (S. Abdulla)


2-mashq. Belgilab qo‘yilgan so‘zlarning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlarni aniqlang. Sababini tushuntirishga harakat qiling.
1. ... Xolmurodov uni bir yerda xoli uchratib: “Yoshlarning ishiga aralashmang, ...” deb koyib bergan edi. (V.G‘ofurov). 2. Normat shuncha urinsa ham o‘rnidan turolmadi. (I. Rahim). 3. Ark darvozasi oldida Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton turgan ekan... (P. Qodirov). 4. Ammo so‘nggi oylarda bir kishi ko‘nglimda umid uchquni paydo qildi. (A. Qahhor). 5. --O‘rtoq, - dedi u bir kun menga, - bozorga borgan edim, nog‘oralar biram bisyorki, ko‘zlarim o‘ynaydi. (Oybek). 6. Mana endi shunday odamlar o‘z qishlog‘iga ham kelishdi. (O. Yoqubov). 7. Tojiboy bir-ikki qadam oldinda bormoqda edi, ovozni eshitib ketiga qaradi, eshagini o‘z holiga qo‘yib yubordi... (S. Abdulla). 8. Sultonmurod... ajoyib manzaralariga suqlanib qarar, shodlikdan, hislarning sho‘xligidan ko‘ksi to‘lib toshardi. (Oybek). 9. Bizning vazifamiz bu maqolani halqqa yetkazish... (A.Qahhor). 10. Endi u ham qornini ushlab kula boshladi. (M. Ismoiliy). 11. Sizning oyligingiz ro‘zg‘ordan ortmaydi. (A.Qahhor). 12.Chor tarafga angraya-angraya attorlikka o‘taman. (Oybek).
3-mashq. Keltirilgan gaplardan sodda va qo‘shma affiksli morfemalarni belgilab chiqing. Qo‘shma affikslarni tahlil qiling.
1. Bir juma kuni Saidiy Murodxo‘ja domla bilan ulfatchilik qilib o‘tirganda, Yoqubjon keldi. (A.Qahhor). 2. Biroq boyagi shirin orzular hamon hayolini to‘lqinlantirib, ko‘ziga uyqu qo‘ndirmaydi. (P. Qodirov). 3. Doimo ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lish... Boburni juda siqiltirar edi. (P.Qodirov). 4. Bozor boshdan -oyoq tim. Yozda salqin, qishda yog‘ingarchilikka boshpana. (Oybek). 5. ... do‘ppi tikib, tirikchilik qilar edi. (S. Abdulla). 6. Lekin ichkaridan na ovoz, na oyoq dupuri keldi. (M. Ismoiliy). 7. Adolatning boshiga tosh urildimi, yoki birov uning ko‘zlariga qora chimmat to‘sib qo‘ydimi, atrof qorong‘ilashib, ko‘zi tinib ketdi. (I. Rahim). 8 .--Ra’noni egasiga topshirmaguninizgcha, - dedi Nigor oyim, - quyulmaydiganga o‘xshaydi. (A. Qodiriy). 9. Shokirovning mina portlashidan yuragi shuvillab ketdi. (V.G‘ofurov). 10. Otangizdan bir parcha yer qolganda o‘sha qattiqchilikni ko‘rmas edingiz. (A.Qahhor).
4- mashq. Keltirilgan gaplar tarkibidan ko‘p ma’noli affikslarni aniqlang. Ularni shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra tahlil qiling.
1. Uyga kirsa – uyda, hovliga chiqsa – hovlida betoqat bo‘ladi. (M. Ismoiliy). 2. Bu gap To‘tiqizga yoshlik chog‘larini eslatdi. O, u vaqtlar naqadar baxtli edi To‘tiqiz! (M. Ismoiliy). 3. Namozshomda karvonchilar Komil bilan Qurbon ota turgan qo‘raga yig‘ilishdi. (O. Yoqubov). 4. Qabristonning bir chetida bosmachilar bilan urushda halok bo‘lgan uch-to‘rtta jangchining qabri bor edi. (O. Yoqubov). 5. U sersavlat, serpul shoir kechqurun ham kelmadi. (A.Qahhor). 6. Boshini egib xomush o‘tirgan bobom, har turli ibratli so‘zlar bilan, otamga nasihat qila boshlaydi. (Oybek). 7. Shahar ichida ham mevali daraxtlar, toklar juda ko‘p... (P.Qodirov). 8. Biroq doktor... dori bermadi, tayinli bir gap ham aytmadi. (A.Qahhor). 9. --Bunday xayol qilmasligingizni iltijo qilar edim, otincha! (S. Abdulla). 10. Kuchli shamol ko‘tarilib, boqchadagi har narsani to‘rt tarafga buka boshladi. (A. Qodiriy). 11. Shu vaqt ayvonda kampirlarning kulgisi ko‘tarildi, oshpaz bilan choyxonachining diqqatini tortdi. (V. G‘ofurov). 12. Kechki kuz fasli. Erinchak qish hali o‘zini sezdirgan emas. (Oybek).
5- mashq. Quyidagi so‘zlarning tub yoki yasama ekanligini aniqlang. Yasama so‘zlarni ajratib olib yasalish usuliga ko‘ra tahlil qiling.
Abadiy, abadiylik, ajoyib, azoblantirmoq, bitta, bichim, bodroq, bodring, vajohat, vajohatli, zarpechak, ibo, iboli, ignasimon, ilgak, illat, ilg‘or, kahrabo, ketkazmoq, lavlagi, lavozim, loyqa, mazluma, mehr-oqibat, mo‘ylov, narigi, naqqosh, noaniq, oynasoz, olxo‘ri, olcha, orombaxsh, pufak, puchqoq, ro‘molcha, savag‘ich, taglama, tagli, ulug‘vor, umumiy, chapak, chaqaloq, sholipoya, shuhrat, shuhratli, ezgu, ezgulik.
6- mashq. Yasama so‘zlarni topib, yasalish tarkibini aniqlang.
1. Bir ozdan keyin ancha xavfsiz bo‘lgan jarlikka tushib olishdi. (V. G‘ofurov). 2. --Hay, voqean, - dedi maxdum, kulgi orasi to‘xtab. – Mirzoboshidan bir iltimosimiz bor ekan... (A. Qodiriy). 3. Chuvalashib ketgan xayol kalavasining uchini topib olguncha yo‘q edi, ko‘zi uyquga ketdi, shu bilan ertalab eshik taqillaganda uyg‘ondi. (S. Abdulla). 4. Bu haroratli satr qog‘ozga tez va ravon tushdi. Bobur o‘z zehnini go‘yo qayralib, o‘tkirlashib qolganini sezib turardi (P.Qodirov). 5. Biroq Munisxon xatni ko‘rdiyu, sovuqqonlik bilan joyiga tashladi-da,... kitobini ochdi. (A.Qahhor). 6. Keyinroq gapning mazmunidan, bu kishining chor bozorchi, ya’ni shahar atrofidagi qishloqlarga qatnovchi bir savdogar ekanini va Shokir otaga mahsi uchun oldindan pul berib qo‘yganligini, ham shu buyurtma qilgan molni olish uchun kelganligini angladi. (Oybek). 7. O‘ziyam qandaydir o‘ychan, hatto ma’yus edi. (O.Yoqubov). 8. Normat sakrab o‘rnidan turib behush xotinning yuziga suv sepdi. (I.Rahim). 9. Lekin Dilshodning maslahatisiz bir narsa qilishni o‘zboshimchalik deb o‘ylab, shaytonga xayr berdi. (M.Ismoiliy). 10. Ariqlardan, torko‘cha va ko‘chalardan loyqa suv oqa boshladi. (A.Qahhor). 11. Hunarmandlar o‘rtasida ajoyib iste’dodli, serdiqqat, serzavq odamlar juda ko‘p (Oybek). 12. Odatdagi ulfatchiliklarning birida Saidiy,... Munisxondan gap ochdi... (A.Qahhor). 13. Shu payt qal’aning narigi chetida... qo‘shkarnaylarning g‘at-g‘ati... eshitildi. (P.Qodirov).
7-mashq. Berilgan yasama so‘zlardagi yasovchi asos hamda yasovchi affikslarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang.
Aloqachi, bichiq, bichiqchi, gazlama, terim, terimchi, terimchilik, ayiruvchi, yo‘lovchi, boshqaruvchi, asalarichi, asalarichilik, baxtiyorlik, sihat-salomatlik, bizbizak, sharshara temirchilik, taqachilik, qo‘lli-oyoqli, uvali-juvali, qattiq qo‘lli, og‘ir oyoqli, oq ko‘ngilli, yozin-qishin, ochin-to‘qin, ostin-ustin, osonlikcha, ortiqchalik, ovqatlanmoq, foydalanmoq, maydalanmoq, o‘tkirlanmoq, do‘stlashmoq, suxbatlashmoq, yaqinlashmoq, toraymoq, ko‘paymoq, o‘rtoqlarcha, qadrdonlarcha, aybdorlarcha, otalarcha, arzonchilik, bog‘dorchilik, bema’nigarchilik, dag‘dag‘a, vasvasa, bizbizak, jizza.
8- mashq. Quyidagi berilgan so‘zlar yordamida affiksatsiya hamda kompozitsiya usulida yangi so‘zlar yasang, yasalmaning tarkibini ajratib ko‘rsating.
Namuna: Gul: gulli (gul+li), gulsiz (gul+siz), gulchi (gul+chi), gulla (gul+la), gultuvak (gul+tuvak), gulsapsar (gul+sapsar), gulchambar (gul+chambar).
Bir, bog‘, bil, bo‘l, sez, ich, ko‘k, yaxshi, bosh, gaz, qisqa, mehnat, joy, barg, gul, ish.

9-mashq. Berilgan so‘zlardan avval tub so‘zlarni, keyin sodda yasama so‘zlarni, so‘ngra qo‘shma so‘zlarni alohida-alohida ko‘chirib oling. Yasama so‘zlarni yasovchi asos va yasovchi vositaga ajratib chiqing.


Adolatparvar, ajdargul, aybdor, ayiqtovon, alangali, asabiy, badavlat, badbo‘y, bazmgoh, belbog‘li, belkurak, betob, butazor, vazndor, gazanda, gulband, gumbaz, damlam, dardarak, dildor, donishmand, yem-xashak, yechim, yodgor, yodgorlik, yoqavayron, yog‘in, jaydari, jamg‘arma, jilovbardor, jonkuyar, zarracha, ilhombaxsh, insoniy, yo‘lboshchi, yo‘qlama, kaltakesak, kaltafahmlik, kechasi, kirsovun, lolaqizg‘aldoq, madaniy, ma’rifatparvar, molboqar, mustaqillik, namozshomgul, nobop, oynasiz, olaqarg‘a, oqjo‘hori, rahmdil, ro‘zg‘or, salomnoma, sachratqi, tanga, tezpishar, temirtak, topag‘on, uchuvchi, fikrdosh, xalqparvar, xalqparvarlik, cho‘rtkesar, shifobaxsh, sho‘xchan, elchi, yuklama, yumronqoziq, yaktakchang, o‘ymakorlik, qalamcha, qiziqqon, g‘ildirak, hayotbaxsh.
10- mashq. Yasovchi asosning tub, yasama, qo‘shma, juft turlarini aniqlang.
Aloqachi, bichiqchi, gazlama, isitma, boshqaruvchi, baxtiyorlik, sihat-salomatlik, bizbizak, sharshara, istak, buyruq, yotoq, bilim, bosim, bog‘lam, tenglama, kengashma, jamg‘arma, yig‘in, tugun, to‘zon, to‘sqin, toshqin, qirg‘ich, o‘chirg‘ich, tutqich, kuldirgich, yuvindi, yig‘indi, supurgi, urg‘u, botqoq, yugurdak, qovurdoq, belanchak, bekinmachoq, bo‘g‘iz, ko‘chat, o‘tmish, quymoq, sinov, yolg‘onchi, qizilcha, quyqa, shodlik, arzonchilik, bema’nigarchilik, to‘rtlik, yaxshilik, tezlik, ko‘pchilik, borliq, yo‘qchilik, varrak, dardarak, tizza, asalarichi, attorlik, yigitchilik, asirdosh, bodomzor, siyohdon, qumloq, bog‘bon, do‘ppido‘z, oromgoh, ajdargul, boychechak, beshqarsak, gulchambar, iskabtopar, bo‘yo‘sar, kiryuvdi, ochildasturxon.

2-amaliy mashg‘ulot. So‘z turkumlari tasnifi. Fe’l. Fe'lning ma’noviy guruhlari



Savollar:
1. Morfologiya nimani o‘rganadi?
2. Grammatik ma`no va grammatik shakl
3. So‘z turkumlari tasnifi
4. Fe`l so‘z turkumi deb nimaga aytiladi?
5. Fe`llarning grammatik kategoriyalari
6. O‘timli va o‘timsiz fe`llar
7. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe`llar
8. Fe`llarning yasalishi
1-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Fe’llarni topib, qaysi so‘roqqa javob bo‘lishini ayting. Fe’llarning gapdagi vazifasini aniqlang.
Kechqurun odamlar birin-ketin qishloq chetidagi tepalikka ko‘ngillarini yozgani chiqib kelishadi. Ostlariga choponlarini to‘shab, davra qurishadi. chollar botayotgan quyoshga ma’yus termilishgan, o‘rta yasharlar savdo-sotiq, tirikchilik g‘amida so‘z talashishgan... vaqt qanday o‘tdi, samo shamlariga kim o‘t yoqdi – bilishmaydi, sezishmaydi. Gap, gap, gap. Tonggacha ham gapning tubiga yeta olmasliklarini bilib, qolganini ertaga qoldirishadi - har kuni ahvol shu, umr o‘taveradi. Kun botdimi, chollar turib ketdimi – ularning quyoshdan boshqa ilinjlari yo‘q. Yoshlargina yulduzlarga to‘la sim-siyoh bepoyon osmondan ko‘z uzishmay, yarim tungacha chalqancha holda, ajiriq ustida yotishadi. Somon yo‘li, tillarang iz qoldirib uchgan yulduz... bari-bari ko‘ngillariga g‘alati-g‘alati tuyg‘ularni quyadi, hapriqtirib yuboradi. Ko‘zlaridan yosh sachraydi, xo‘rsinishadi, negaligini bilishmaydi, yuzlari lov-lov yonadi (E.A’zam).
2-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘timli fe’lllarni tushum kelishigidagi so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Xotirasi yaxshi odam ko‘p narsalarni osongina unutadi. 2. Gulxan bilan zulmatni daf’ etib bo‘lmaydi. 3. Men jahonga bittagina so‘z aytmoqchi bo‘ldim. Bunga muyassar bo‘lolmaganim uchun yozuvchi bo‘lib ketdim. 4. Sigirga kakao ichirsang hamki, shokolad sog‘ib ololmaysan . 5. Taajjubki, Prometey ma’budalardan o‘g‘irlab kelgan olovda Jordano Brunoni kuydirdilar. 6. O‘qlanmagan miltiqdan qo‘rqaman. U bilan boshni yoradilar. 7. Qo‘rqoqligidan u o‘z fikrlarini birovlarning kallalarida saqlardi. 8. Non har qanday og‘izni ham ochadi. 9. Birovning boshidagi sochni, yana qo‘lida bolta bilan to‘rtga bo‘lishni yoqtiradigan faylasuflarni jinimdan battar yomon ko‘raman. 10. Agar hokimiyat tepasiga buqalamun chiqsa, a’yonlari tez-tez tuslarini o‘zgartirib turadilar (S.E.Mels).
3- mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Qo‘shma fe’l va ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasini farqlab, guruhlarga ajratib yozing va har birini namunadagidek tahlil qiling.
Namuna: o‘qib chiqdi – ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi; o‘qib – yetakchi fe’l, o‘qi+b o‘qimoq fe’lining ravishdosh shakli; chiqdi – ko‘makchi fe’l bo‘lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakat ma’nosining tugallanganligini bildiradi. – di yaqin o‘tgan zamon fe’li III shaxs birlik shaklini ifodalaydi.
1. Urushning alg‘ov-dalg‘ovida tobora bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib ketayotgan bebosh beklar esiga tushgani sari ko‘ngli bezovta bo‘lardi. 2. Boshqalari ham ko‘chadagi otlariga minib, bir lahzada g‘oyib bo‘lishdi. 3. Tohir qopdagi po‘lat sandiqni aravakash bilan ko‘tarishib uyga olib kirdi. 4. Aravakash yigit ikki kosa to‘la qatiqli osh ichgandan keyin otlariga qarash uchun hovliga chiqib ketdi. 5. Tohir aravadan yuk tushirayotib, otning sag‘risiga qo‘li tegib ketdi. 6. Mirzoning o‘zi esa tom yog‘ochlariga, somon suvoqlariga aralashib, uch terak bo‘yi pastga qulab ketdi. 7. Xotinlari orasida eng yoshi ulug‘i va eng obro‘parasti Fotima Sulton bo‘lganligi uchun Mirzo birinchi bo‘lib uni yuqoriga taklif qildi. 8. Qorako‘z begim tashvishli yuz bilan sekin burildi-yu, ichki eshiklardan o‘tib, xobgohga qaytib bordi. 9. Ikki yigit bir tor ko‘chaga kirib ketishdi-yu, anchadan keyin aytilgan narsalarni olib kelishdi. 10. Besh yigit muvaffaqiyatsizlikka uchragandan ruhlari tushib, uylariga tarqaganlarida tong yorisha boshlagan edi (P.Qodirov).

3-amaliy mashg‘ulot. Fe’lning grammatik kategoriyalari. Fe'lning xoslangan shakllari


Savollar:
1. Fe`lning grammatik kategoriyalari
2. Nisbat kategoriyasi
3. Zamon kategoriyasi
4. Shaxs-son kategoriyasi
5. Mayl kategoriyasi
6. Fe`lning vazifadosh shakllari
7. Sifatdosh va uning turlari
8. Harakat nomi va uning shakllari
9. Ravishdosh va uning shakllari
1-mashq. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.
1. Ertasi kuni uni yana o‘sha joyda, o‘sha vajohatda ko‘rib, salom bergan edim, alik olmadi. 2. Gap shundaki, men adabiyot tarixi imtihonidan o‘tmay turib muhabbat dardiga mubtalo bo‘ldim. 3. Endi o‘ylab ko‘rsam, imtihondan eson-omon qutulgan taqdirimda ham unga davo topmog‘im gumon ekan. 4. Qolaversa, uylanish fikri hali-veri xayolimga kelmasmidi. 5. Bir yil orqasidan soyadek, noshudlarcha ergashib yurdim. 6. O‘sha tuyg‘uning nomi nima, uni nima deb atash kerak – bilmayman. 7. Dardi dunyom qorong‘i tortib, o‘sha kuni ko‘chada uzoq tentirab yurdim. 8. Ular biz tomonga qarashmadi, o‘girilib ham qarashmadi, hayriyat! 9. Dastlab o‘qishga kirgan yilim ham ana shu kasalim pand bergan edi. 10. Adabiyot tarixi imtihonidan ham, muhabbat imtihonidan ham o‘tolmadim. 10.Xullas, bemaqsad boshlangan muhabbat besamar yakunlandi (E.A’zam).

2-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’l nisbatlarini ifodalanishiga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing.


1. Qip-qizargan ufq chang ortidan g‘ira-shira ko‘rinadi. 2. Ulg‘ay ena ona-bolani shiftida quruq shox-shabbalar osilib turgan pasqamgina chaylaga boshladi. 3. Xursand bo‘lgan kampirlar boychechakchilarning qopchiqlariga un solishdi, mamnun qiyofadagi kelinchaklar mushku anbar bo‘yi anqigan ro‘molchalar taqdim qilishdi. 4. Aka-ukalar jandachi amakiga rahmat aytib, aravadan tushishdi. 5. Akasidan ortda qolmaslikka qancha harakat qilmasin, ko‘kda loqayd suzayotgan bulutlar, daraxtdan daraxtga uchib qo‘nayotgan qushlar Ilyosning xayolini chalg‘itib, qadamini susaytirardi. 6. Uning ortida Ilyos ko‘zlarini pirpiratib, afti o‘zgargancha o‘zini yig‘idan zo‘r-bazo‘r tiyib turardi. 7. Elyoru Ilyos hovlining yarmiga yetishganida ko‘cha eshik qiya ochildi. 8. Kun botgan chog‘larda kampirning ko‘nglini «bu uzun tunni qanday o‘tkazaman» degan tashvish-tahlika quyundek o‘rab-chirmaydi. 9. Oyoq - qo‘li titrab: «Man o‘lmasam, man o‘lmasam, ichkaridan zanjirlab qo‘yibman-ku!»- degancha pichirlab, harsillagancha eshik tomon shoshildi. 10. Ruqiya kelinbibi enaning rangu ro‘yi oppoq oqarib, bir holatda ekanligidan avval sarosimalandi, hatto qo‘rqib ketdi (Sh.Bo‘taev).
3- mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Shart va buyruq-istak maylidagi fe’llarni guruhlarga ajratib yozing. Ma’nosi va imlosini tushuntiring.
1. U – devday bir erkak bo‘lsa, men bir siqim joni bor qiz bo‘lsam? 2. Har qalay, ertaga xudo poshsho, egam... Bugunning maslahatidan keling. 3. Shashtini qaytarsam ... Hovliqishini bossam. 4. -Bo‘lmasa «yo‘q» deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. 5. O‘rus tilini bilarmidiki, amaldorlar, sudlar bilan chiqishsa? 6. - Aylanay mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangizchi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling, sevining! Mundoq bir kulung! Kulumsirang? Iljaying! 7. Men omi bo‘lsam, savodim bo‘lmasa, oq-qorani tanimasam, u kishi mulla bo‘lsa, zabardast bo‘lsa, xudoning buyrug‘ini tushunsa, shariatni, tariqatni suvday bilsa... nima deyman? 8. Haligacha oz topgan bo‘lsa, mundan nari ko‘p topar. 9. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo‘lingizga suv berib, qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim. Xoh ishoning, xoh ishonmang! 10. Biznikiga bir kirib chiqing (Cho‘lpon).
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarni topib, ulardagi tuslovchi qo‘shimchalarning ma’nosini izohlang.
1. - Chidolmayapman, bilasanmi, chidolmayapman. Yana Kim bilan ketganini-chi. Voy jinni bo‘lmasam, o‘zim o‘sha savilni «dugona» qilamanmi-a? (Yo.Akram). 2. - Dada-a ... – Jasura og‘ringandek tikildi. –Siz uni bilmaysiz... Ana, hozir ham pastda turibdi (E.A’zam). 3. –Menga bittasini bering? – dedi chelakdan ko‘z olmay (N.Norqobulov). 4.—Xullas, biz, -gapirdi chippingem, - o‘zimiz qidiruv guruhini tashkil etishga qaror qildik. 5.--Hammamiz bu yerga nima uchun yig‘ilganimizni bilamiz, - dedi Rita kengashni ochar ekan, rasmiy ohangda. –Sizlar bilan ishni qanday tashkil qilishni kelishib olaylik. Dastavval tashkiliy masalalarni muhokama qilaylik (A.Qahhor). 6. Men butun insoniyatni ikki toifaga ajratgan bo‘lardim: sevishga qodir va muhabbat tuyg‘usidan benasib insonlar (M.Shoxonov). 7. 70-yillarning oxirlarida Mariyam ikkovimiz Moskvaga borib, mehmonxonadan joy oldik. Bizning kelganimizni eshitib, bir oqshom sen huzurimizga tashrif buyurding va buyuk qozoq bastakori Yestoyning muhabbatiga bag‘ishlangan she’ringni o‘qib berding. 8. -Bibisora vafot etgach, oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan meni Italiyaga taklif qildilar. Teploxodda Sisiliyaga jo‘nadik. 9. Odamlar palubada raqsga tusha boshladilar. Men esam, bir chetda to‘siqqa suyanganimcha yum-yum yig‘lardim. 10. O‘sha musiqa tovushini hozir eshitsam ham to‘lqinlanib ketaman. Darhol Bibisora esimga tushadi. Bu tuyg‘uni tushuntirib berishga ojizman (Ch.Aytmatov).
5-mashq. Matnni o‘qing. Fe’llarni topib, ularda zamon ma’nosining ifodalanishini tushuntiring.
1. Ustoz Oybek to‘g‘risida bilganlarimni yozmoqchiman. Ammo har gal jazm qilganimda jur’atsizlik qo‘limni qaytaradi (S.Ahmad). 2. Ikkalasi yuzlari yulduzday charaqlagani holda, darichadan ichkariga hatlagan vaqtlarida Zebining «Qora sochim» kuyiga aytayotgan ashulasi quloqlarni shirin-shirin qitiqlamoqda edi (Cho‘lpon). 3. Sarsonboy ota otini ilgarilari shu ustunlardan biriga bog‘lab qo‘yardi (O‘.Umarbekov). 4. Shoikrom o‘n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi (O‘.Hoshimov). 5. Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi (O‘.Hoshimov). 6. Xadicha allaqachon uyga kirib ketibdi (O‘.Hoshimov). 7. Barcha dalillar, toshlar kosmosdan tushganini ko‘rsatadi (H.Shayxov). 8. Ular hayot otlig‘ mo‘’jizaga aylangancha, uchqur xayollaru sho‘x shamollarga, avtobusu tramvaylarga qo‘shilib ayovsiz o‘tib bormoqda (E.A’zam). 9. Yigitali ularni tanimadi. Lekin ust-boshlarining o‘ziyoq ularning kimligi, bu yerga nimaga kelishayotganini anglatadi (T.Malik). 10. - Men avval ko‘zingni davolamoqchiman. Shunda sen oq bilan qorani farq qiladigan bo‘lib, ikkinchi marta kuygan non yemaydigan bo‘lasan (Kalila va Dimna).
6-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarni topib, vazifa shakllariga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing va morfologik tahlil qiling.
Kuchli iroda – faqat bir narsani xohlab, unga erishishgina emas, balki zarur bo‘lganida nimadandir yuz o‘girishga o‘zini majbur qila bilish hamdir. Iroda, bu shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki u ham istak, ham qanoat, ayni choqda voz kechish hamdir. Donolar aytibdilarki: «Qat’iy iroda yetishmagan odamda aql ham yetishmaydi». Irodasiz kimsalar qo‘rqoqdirlar, madomiki qo‘rqoq ekan – demak, u ojiz. Iroda faqatgina arzimas narsalarga, faqatgina qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo‘lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi. Ya’ni fazilat – illatga aylanadi va boshqalar bilan munosabatda to‘sqinlik qila boshlaydi (T.Malik).
7-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarni topib, vazifa shakllariga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing va morfologik tahlil qiling.
Barg ustida o‘rmalayotgan ipak qurti bir zumgina to‘xtab, boshini ko‘tardi-yu, atrofida hayot jo‘sh urayotganini ko‘rdi: kimdir chirillab qo‘shiq aytardi, kimdir sakrab quvnardi, kimdir rohatlanib uchardi... Faqat u bechoragina ucholmasdi, qo‘shiq ham aytolmasdi. Bir bargni kemirib ado qilib, ikkinchisiga o‘tguncha o‘z nazarida dunyoni aylanib chiqqanday bo‘lardi. Biroq shunga qaramasdan u taqdiridan nolimasdi, «har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i lozim», deb hisoblardi. Haftalar o‘tib, o‘ziga ipakdan ajoyib uy to‘qishga navbat yetdi. U oshiqcha mulohaza qilib o‘tirmay, o‘ziga buyurilgan yumishni ado etishga kirishdi—atrofini ipak tolalari bilan o‘rab chiqdi-da:
--Yana nima qilay?–deb so‘radi.
--Sabr qil, --degan ovoz eshtildi, --hammasi o‘z navbati bilan.
Vaqti kelib ipak qurti uyg‘ondi u endi arang o‘rmalovchi qurt emas go‘zal kapalak bo‘lib ko‘z ochdi. O‘zining ipak saroyidan chaqqonlik bilan yorug‘ dunyoga chiqib, chiroyli qanotlarini qoqqan holda ucha boshladi... (T.Malik)
Fe’llarni tahlil qilish tartibi:
1. Qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
2. Bo‘lishli-bo‘lishsiz shakli.
3. O‘timli-o‘timsiz shakli.
4. Nisbati, turi, qo‘shimchasi.
5. Qaysi mayldaligi, qo‘shimchasi.
6. Shaxs-son shakli.
7. Zamon ma’nosining ifodalanishi.
8. Tuzilishiga ko‘ra turi.
9. Yasalishiga ko‘ra turi.
10. Vazifadosh shakllarga egaligi.
11. Gapdagi vazifasi.

4-amaliy mashg‘ulot. Ot. Otlarda son, egalik, kelishik kategoriyasi



Savollar:
1.Ot so‘z turkumi haqida ma’lumot bering.
2. Otda qanday grammatik kategoriyalar bor?
3.Otning son kategoriyasi haqida nimalarni bilasiz?
4.Otning ma’no turlariga tavsif bering.
5.Ot so‘z turkumi va uning grammatik kategoriyalari
6.Ot so‘z turkumining funksional shakllari
1-mashq. Ko‘plik shaklida kelgan atoqli otdan anglashilgan ma’nolarni izohlang.
1. Arava Zebilar masjidi oldiga yetganda, Razzoq so‘fi bir necha kishi bilan birga, boshqa bir aravada qarshi tomonga o‘tib ketdi (Cho‘lpon). 2. Balki Qodiriylar, Cho‘lponlar, Usmon Nosirlar dilida armon bo‘lib ketgan gaplarni aytish uchun taqdir bu yaxshi kunlarni bizga ravo ko‘rgandir (S.Ahmad). 3. G‘afur G‘ulom, Oybeklar nazari tushgan sendek ijodkor do‘stimiz bilan faxrlanamiz (S.Ahmad). 4. - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? –deb qolsinmi? (Cho‘lpon).
2-mashq. Quyida berilgan atoqli otlarni ma’no xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing.
Sirdaryo, Amudaryo, Hind okeani, Tinch okeani, Nurota tog‘i, Qo‘qon, Orol dengizi, Marg‘ilon, Kaspiy dengizi, Toshbuloq, Norin daryosi, Jumanquduq, chirchiq daryosi, Qumbuloq, Sho‘rquduq, Qumariq, Jiydaariq, Oy, Gulhovuz, Venera, Toshhovuz, Do‘nan, Gulqishloq, G‘irko‘k, Jarqishloq, Boychibor, Osiyo, Olapar, Afrika, To‘rtko‘z, Yer, Qaytmas, Nilufar, Baroq, Gulnora, Mosh, Alisher, Malla, Bobur, Jizzax, Qirg‘iziston, «Yoshlik», Farg‘ona, «Sinfdosh», Tojikiston, «Xalq so‘zi», «Sharq yulduzi», «O‘zbekiston ovozi».
3-mashq. O‘zingiz o‘qigan badiiy asarlardan mavhum otlarga misollar toping va ularni ma’noviy guruhlarga ajratib yozing.
Namuna: Diniy tushuncha otlari: ummat, farz... Kasb - hunar otlari: o‘qituvchilik, noshirlik... His-tuyg‘u otlari: qo‘rquv, jasorat, sevgi...
4-mashq. Berilgan misollar asosida otlarning son, egalik va kelishik kategoriyalarini tushuntiring.
1. Zehningni kengaytirma, chuqurlashtir, toki nur taratuvchi oynaning olov nuqtasiga o‘xshab aqlingning butun harorati va butun shuuri ham bir nuqtaga jam bo‘lsin (K.Gelvesiy). 2. Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi (J.Bayron). 3. Faqat o‘zi uchun yashash insonlikni suiste’mol qilishdir (V.Shekspir). 4. Eng razil, ayni paytda eng oddiy va azaliy ko‘rnamaklik – bu farzandlarning ota-onani qadrlamasligidir (L.Vovenarg). 5. Insonning bittagina zolimi bor ,u ham bo‘lsa jaholatdir (V.Gyugo). 6. Jaholatning uch turi mavjud: umuman hech nima bilmaslik, hamma bilgan narsalarini juda yomon bilish, lozim bo‘lmagan narsalarni bilish (Sh.Dyuklo). 7. Do‘stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do‘stlik emas (D.Dido).
5-mashq.Berilgan gaplardan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling, ma‘no turlariga ajrating.
1.Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona chehrasini, uning paxtadek oppoq sochlarini eslatdi.(S.Ahm.) 2.Bo‘z ko‘rpa ustidan yopilgan, shinni dog‘i tekkan quroq dasturxonham, hozirgina go‘jadan bo‘shagan spool tovoq, bandi kuygan yog‘och qoshiq ham uning ko‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi.(O‘.H.) 3.Tonglarni eslang! Tuprog‘I nam tortgan so‘qmoqlarni. Yiroqda arava yo‘ldan ko‘tarilgan changni, ufqdan endi bjsh ko‘tarayotgan quyosh yog‘dularga yo‘g‘rilib, zarrin bir to‘zonga aylanib turishlarini eslang!(Sh.X.) 4. Ajabo: yovshan va shuvoqlar gurillab yonayotgan bo‘lsa-da, na oyoq-qo‘llar kuyardi, na paytavalar.(O.Y.).5.

Mustaqil ish: Badiiy asardan ko‘plikning morfologik, leksik-semantik usul,aralash usulda hosil bo‘lishiga doir 10 ta misol to‘plang, ma’nolariga e’tibor qarating.



5-amaliy mashg‘ulot. Sifat. Sifat darajalari. Son. Sonning ma'no turlari
Savollar:
1. Sifat so‘z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Sifat darajalari qaysilar?
3. Sifatning yasalishi qaysi usullarda amalga oshiriladi?
4. Son so‘z turkumi deb nimaga aytiladi?
5. Sonning ma`no turlari
6. Sonlarning otlashishi
7. Sonlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
1-mashq. Berilgan matndagi sifatlarni ma’noviy guruhlarga ajratib yozing.
Namuna: Maza- ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon...
Shakl ko‘rinishni bildiruvchi sifatlar: novcha, gavdali...
Bir – ikki bayt o‘tgandan keyin Zebining tiniq, g‘uborsiz, jonon piyoladek jaranglab chiqadigan, chiroyli va o‘tkir ovozi qo‘shildi. (Cho‘lpon). 2. Mana o‘sha sariq qamishzor ichida yurgan «yo‘lbars»lardan biri parcha nonga zor, beholi bemador qadam tashlab, sarnigun, yo‘l yoqasida yiqildi. (Mirmuhsin). 3. Barcha jonzod bolaligida shirin va suyganchik bo‘ladi, echki bolasini oling, katta bo‘lgach biri- shumshuk taka, bo‘ri bolasi- bo‘ri, ular ota bobolari qilgan ishni qiladurlar. (Mirmuhsin). 4. Tor ko‘chada qo‘shnimizning eski, shaloq eshigi oldida mening chol bobom -- uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to‘g‘risidadir ezmalanib so‘zlashadi (Oybek). 5. Bobom oriq kichkina gavdasini devorga suyab cho‘qqaygan, hassasini tizzalarining orasiga qadagan. O‘rtog‘i esa qo‘pol, eski, sag‘ri kovush kiygan, uzun oyoqlarini cho‘zib, oftobga yag‘rinini tutgan holda, yerga yonboshlab o‘tiribdi (Oybek). 6. Siyrak o‘tkinchilar albatta, qo‘l qovushtirib «assalomu alaykum», - deb o‘tadilar (Oybek). 7. Bo‘yi pastroq odamlar baland bo‘ylilarga havas bilan qarar emish (Shukrullo). 8. Mashinaning oynalariga tushgan ertalabki quyoshning nurlari bugun ham kunning issiq bo‘lishidan darak berib turardi (Shukrullo). 9. Ovchi odam bog‘bonlik qilib daromad topishdan ko‘ra ko‘proq qanday qilib bo‘lsa ham o‘z ovchiligi orqali kattaroq o‘lja tushirish, uning bo‘ladigan joylari haqida bosh qotirgani ma’qul (Shukrullo). 10. Bugun kutilmaganda shahristonlik xavaskor shoirlar bilan uchrashib qoldik (Shukrullo). 11. Yangi yaraqlagan quticha ustiga kattakon bir karnay o‘rnatilgan (Oybek). 12. Muhabbatning saroyi keng ekan, yo‘lni yo‘qotdim-ku, Asrlik tosh yanglig‘ bu xatarlik yo‘lda qotdim-ku. Karashma dengizin ko‘rdim, na nozlik to‘lqini bordir, Halokat bo‘lg‘usin bilmay, qulochni katta ochdim-ku (Cho‘lpon). 13. Qoraqosh, ko‘krakdor, xushbichim bu yigit Dildorning ham hushini o‘g‘irlagan edi (S.Ahmad). 14. Yer hali yaxshi qurimagan, devorlarning kungay etaklari sergib qolgan bo‘lsa ham, o‘radagi arava izi pilchillab yotar, bultur kallaklangan tollarning silliq novdalari hushtak yasasa bo‘ladigan darajada sarg‘imtil rangga kirib suv yig‘ib qolgan (O‘.Hoshimov).
2-mashq. Berilgan gaplarni yozing. Otlashgan sifatlar ostiga chizing va ularning gapdagi vazifasini izohlang.
1. Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og‘rir (Maqol). 2. Axir inson bolasi baliq emaski, zo‘ravoni ojizini yutib, hayot kechirsa! (Shuhrat) 3. Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko‘rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir (O‘.Hoshimov). 4. Odamlar «bozor munosabati»ni baliqdan o‘rgangan. Kattasi kichigini yeyaveradi (O‘.Hoshimov). 5. Hech kimga hasad qilma. Hasadgo‘y hech nimaga erisholmaydi (O‘.Hoshimov). 6. Baxilning bog‘i ko‘karmas (Maqol). 7. Yalqov bilan anqov – dushman uchun ov (Maqol). 8. Aqlli o‘z fikrini o‘zgartiradi, axmoq hech qachon (maqol). 9. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz - do‘stini (Maqol). 10 Baxil baxilni ko‘rganda saxiyligi tutadi (Maqol).
3-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Kelinchakning kichkina, qop-qora va o‘ynoqi ko‘zlari keng ochilib, qo‘shni xotinning og‘ziga tikilgan edi (Cho‘lpon). 2. Jayxun bo‘ylaridagi bu bepoyon sarg‘ish qamishzorlarga boqqan kishi uning ichida qancha yo‘lbars, jayronlar yurganini ko‘rmaydilar. 3. Bahor chog‘lari tomlarda tizza bo‘yi bo‘lib o‘sgan barra o‘tlar orasidagi chuchmomalardan tortib, lalaqizg‘aldoqlar ichiga kirib qolgan lolaqo‘ng‘izlaru, tip-tiniq osmon ostida bodroq-bodroq bo‘lib gullab yotgan o‘riklar hammasi esimda (Shukrullo). 4. Daraxtlarning bunday fusunkor gullari, ko‘m-ko‘k mayin yaproqlari ruhlarni ko‘taradi, zavqlarni chayqaydi (Oybek). 5. Qodir ko‘k eshikni asta qoqdi. Qiz yana bidirladi: --Ichkarilik, qoqavering! Qodir qattiqroq qoqdi. Ichkaridan ayol kishining «labbay» degan tovushi keldi (Shuhrat). 6. Jannatning shaharga kelishidan eng katta umidi nomi ketgan doktorda edi. Kimga maslahat solsa shu doktorning nomini aytdi (Shuhrat).
4-mashq. Berilgan so‘zlarga daraja shakli ko‘rsatkichlarini qo‘yib ko‘chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: yaxshi-yaxshiroq-eng yaxshi.
Bu yil akam «Eng yaxshi talaba» tanlovining g‘olibi bo‘ldi.
qiziq, qisqa, teran, ixcham, durust, yapaloq, yassi, ziyrak, qo‘rqoq, kuchli, chiroyli, og‘ir, afzal, kulgili, go‘zal, bahaybat, sariq, aziz, ulug‘, baland, xira, nafis, nam, g‘amgin, xafa, tund, sho‘x, quvnoq.
Sifatni tahlil qilish tartibi
1. Ma’no turi.
2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma.
3. Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror.
4. Yasama sifatning yasalish usuli.
5. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi.
6. Gapdagi vazifasi.
Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi.
Chala-chulpa—sifat, belgining me’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kelgan.
5-mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, to‘liq tahlil qilishga harakat qiling.
1. Kuz. Daraxtlarning mo‘rt bo‘lib qolgan tillarang yaproqlari sal shamol bilan duv to‘kiladi (Shuhrat). 2. Bu uyga o‘ttiz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilganlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar (A.Qodiriy). 3. Men esa Munavvarni eslayveraman. Hayrat bilan tikilib turgan ko‘zlarini, katta-katta, qop-qora ko‘zlarini... (O‘.Hoshimov). 4. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar (A.Qodiriy). 5. O‘tindan boshqaga yaramas gohi, Mevali daraxtning mevasiz shoxi (A.Jomiy). 6. Uyiga qaytib o‘g‘ilchasining behisob savollariga javob berayotganida ham, ovqatlanayotganida ham, yotganida ham muammolarning chigal kalavasi uni holi qo‘ymadi (T.Malik).
6-mashq. Gaplarni o‘qing sonlarni topib, ma’no turini va imlosini tushuntiring. Ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
1. Har bir odamni hayot o‘z ummonidagi olovlari bilan pishiq g‘isht kabi toblamasa, siz ming tarbiya berganingiz bilan g‘isht xomligicha qolarkan, bir-ikki zarbadan uvalanib ketarkan (P.Qodirov). 2. Otasining rasadxonasida ilmi nujumdan saboq olgan Abdullatif osmondagi o‘nlab yulduzlarni bir qarashda tanir edi (P.Qodirov). 3. Uning ikkita aybi bor: birlamchi, jussadan bergan emas, ikkilamchi, xotinidan ko‘p urish eshitadi (A.Qodiriy). 4. Har bir mingboshiga o‘ntadan, har bir aminga ikkitadan, har bir ellikboshiga bittadan yaroqlik yigit beradigan bo‘lishibdi (Cho‘lpon). 5. Begimni madrasaga ikki nafar sodiq kanizagidan tashqari yana to‘rt nafar barvasta soqchilar ham kuzatib keldilar (P.Qodirov). 6. Uchovlon tashqariga chiqqanlarida daraxt soyasida poyloqchilik qilib turgan kishi yo‘lni to‘sdi (P.Qodirov). 7. Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab yetolmadilar (Cho‘lpon). 8. Aholining uchdan bir qismi dehqonchilik bilan shug‘ullanar ekan (Gazetadan).
7-mashq. Sonlarni topib, ularning imlosini, morfologik va sintaktik xususiyatlarini tushuntiring. Sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Ikkisining orasidag‘i sham’ yel bilan o‘ynashibg‘ina nur separ, ikkisi ham so‘z qo‘yishqandek sham’ga ko‘z tikib qanday o‘yg‘adir berilgandek ko‘rinar edi. 2. Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi. 3. Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib o‘n sakkizga qadam bosqanliqdan bo‘yi ham onasig‘a yetayozg‘an, ammo jussasi onasig‘a ko‘ra to‘laroq edi. 4. 1264-inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... 5. Uchchavi yuragini to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar. 6. Qutidor bir tomondan dahshatka tushsa, ikkinchi jihatdan Otabekning dov yuragiga hayron qolar edi. 7.Musulmonqul voqi’asidan yigirma kunlar chamasi keyin edi. 8. Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki yeridan chatilg‘an va Otabekka atalg‘an edi. (A.Qodiriy)
8-mashq. Gaplarni yozing. Sonlarni topib ma’no turini aniqlang. Otlashgan sonlarning gapdagi vazifasini belgilang.
1. Biz g‘ofil bandalarmiz-da. Birimiz bu dunyoni sevib yashaymiz. Birimiz jirkanib yashaymiz. 2. Hazrat Ali (r.a.) der ekanlar, dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni bir vaqtda nikohida bo‘lgan ikki xotini kabidur, biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi. 3. Ajalni unutishda bir-birimizni ortda qoldirib ketganmiz. 4. Bu shoxga ikkita odam osildi. Sen uchinchisi bo‘lasan. 5. Yigirma sakkizinchida kelganmisan? – deb so‘radi Hamdam. 6.Kavkazliklarning ikkinchisi ham qariyb shunday javob berdi. 7. Keyin yana uch-to‘rttasi paydo bo‘lishdi. Bittasi g‘ilay, juda beayov ekan. 8. Gavdali baquvvat odammi? Yoshi o‘ttiz besh-qirqlarda, a? 9. Ularning qishloqlarida beshta hovuz bo‘lardi. Uchtasidan odamlar suv ichardi, biri molhovuz, biri ot hovuz edi. 10. Savollar sel oqimiday bostirib keladi. Qani edi, loaqal bittasiga javob topsa... (T.Malik).
6-amaliy mashg‘ulot. Ravish.Taqlid so‘zlar.Olmosh tahlili
Savollar:
1.Ravish haqida umumiy ma’lumot bering.
2.Ravishning ma’no turlari haqida ma’lumot bering..
3.Taqlid so‘zlar va ularning turlari haqida ma’lumot bering.
4.Olmosh so‘z turkumi deb nimaga aytiladi?
5.Olmoshning ma`no turlari
6.Olmoshlarning sintaktik xususiyati
7.Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
1-mashq. Quyidagi gaplardan ravishlarni toping, ma’no turlarini aniqlang.
1.Bir tutam qish kuni Gulnor uchubitmas-tuganmas uzoq ko‘rindi.(O.) 2.Vaqt juda ham kech, bora-bora katta bir bozor maydonidan chiqdim.(G‘.G‘.) 3.Bir narsani ko‘p kuzatdim.Ona ovqatga o‘tirgan zamon chaqaloq yig‘layveradi.(O‘.H.) 4.Bobur boshini quyi solib xobgohdan sekin chiqib ketdi.(P.Q.)5.Poshshaxonnig qarori qanday qo‘rqinch bo‘lsa, uning bajarilishi shu qadar tez va oson bo‘ldi. (Ch.) 6.Birozdan keyin o‘zing bilan erkakchasiga gaplashamiz.(D.N.) 7.Ibtidomiz imtihondan xabarlidir, quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.(U.A.) 8.Chamasi ular meni tasodifan adashib kelgan kimsa, deb o‘ylashar, shu sabab ko‘nglimni o‘g‘ritmay, payti kelib o‘zim tushunishimu o‘z ixtiyorim bilan ketishimni kutar edilar. (M.M.D.) 9.Sohilda jim tentigan ayol, qani sening hamrohing.(U.A.)
2-mashq. Shakl ichida berilgan so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini izohlang.
3-mashq. Kartochkalarda berilgan gaplardan ravishlarni topib tahlil qiling.
1-kartochka.
Asad kuni kecha Oliy Samoviy tafakkur mavjudligiga jindak bo‘lasa-da shubha bilan qarardi.(H.Sh.) 2-kartochka.
Dasturxon atrofida eskicha kiyingan, mast-alas erkak va ayollar qizga hayrat va ayni chog‘da qandaydir…nafrat va ijirg‘anish bilan tikilardilar.(H.Sh.) 3-kartochka.
Asad shartaki yigat emasmi, darrov tasdiqladi.
(H.Sh.)
4-kartochka.
U asta-sekin o‘zidan-o‘zi surilib ketaverdi.(J.A.) 5-kartochka.
Ertalab atayin sport kiyimini kiydim.(O.Y.) 6-kartochka.
Qul Tarlon noiloj indamaslikka majbur bo‘ldi.
7-kartochka.
Xullas, bugun kechgacha yoki erta tushgacha sizga qo‘ng‘iroq qilishadi (M.M.D.) 8-kartochka.
Kinochi qavmida yaxshi odamlar ko‘p-u, lekin g‘irromchilar ham topiladi.(M.M.D.) 9-kartochka.
Bir mahalda uzoqda qora nuqta ko¬rindi.(Mirm.)

4-mashq. Gaplar tarkibidagi taqlidlarning semantik guruhlarini aniqlang. Qaysi so‘zga bog‘lanayotganligi va sintaktik vazifasini aniqlang.


1. Men haqimda gap-so‘zlar ko‘p shuv-shuv, G‘iybatlarning bo‘ronida zuv-zuv, gunohlarim to‘kiladi duv-duv. (Qo‘shiqdan) 2. Mahallada duv-duv gap. 3. Mayin shamol esadi g‘ir-g‘ir. 4. Qo‘shni uydan chaqaloqning inga-ingasi eshitilardi. 5. Anora qah-qah otib kulib yubordi. 6. Yonginamdan lip etib o‘tib ketganini sezmay qolibman. 7. Qamchi bilan taqa-tuq, Darvozani qoqdi chol. (A.O.) 8. U chirs-chirs yonayotgan olovga termulib o‘tirardi. 9. Devor gup etib quladi. 10. Havo issiq, qilt etgan shamol yo‘q. 11. Zerikkanimdan partadosh qizlarning shivir-shiviriga quloq tutdim. 12. Eshik lang ochiq edi. 13. Shaftolilar hil-hil pishibdi.
5-mashq. Ajratilgan so‘zlarni morfem tahlil qiling. Taqlid so‘zlarning qaysi turkum so‘zlari yasalishi uchun asos bo‘layotganligini aniqlang.
1. Gursillab yiqildi keksa qayrag‘och… 2. Dam o‘tmay sharros yomg‘ir quyib berdi. 3. Zalni gulduros qarsak ovozi tutib ketdi. 4. Soch emas bu, sharshara. 5. Soy suvlari shildirab oqadi. 6. Bu xabarni eshitib yuragim shuvullab ketdi. 6. Mo‘ltirab termular ikki qora ko‘z. 7. Tulkining lip etib o‘tib ketganini sezmay qoldik. 8. Orqa tomondan nimadir tars etdi. 9. Qushlar par etib osmonga ko‘tarildi. 10. Tashqaridan miyov degan ovoz eshitildi. 11. G‘ing desang, o‘ldiraman. 12. Soat 12 da boraman degani lop etib esiga tushib ketdi.
6-mashq. Gaplarni o‘qing. Olmoshlarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanganligini va gapdagi vazifasini ayting.

1. Avtobus shahardan chiqar mahalda Zelixon yigitaliga qarab ajablandi. Shuncha paytdan beri uning birga ekaniga ahamiyat bermagan ekan (T.Malik). 2. Shaharda bitta kutubxona bor. Bu kutubxona ham qarovsizlikdan to‘kilib qolgan (Gazetadan). 3. Uning uchun bu eshik hovli bilan ko‘chani bog‘laydigan bir vosita emas, balki umid qopqasi edi (T.Malik). 4. Dunyoda faqat bir sobit suxan bor: U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.Oripov). 5. Kimdir eski kursi keltirib gulxan yoniga qo‘ydi (O‘.Hoshimov). 6. Balki qovurma chuchvaradan umid qilib tavanxonaga kirgandir? Mo‘ralab qarasam, u yerdayam yo‘q (O‘.Hoshimov). 7. O‘sha kuni ham odatdagidek yarim kechada uyga qaytdim (O‘.Hoshimov). 8. Hammamiz duoyi-jonimizni qilib yuribmiz, siz mashq qilib bo‘lguncha urush ham bitib qolarmish degin (O‘.Hoshimov).


7-mashq. Gapdagi olmoshlarni topib, qaysi so‘z bilan bog‘langanligini ayting. Ulardagi qo‘shimchalarning qo‘shilishini izohlang.
1. O‘zi pasmondaning ko‘zi osmonda (Maqol). 2. Har qanday chuqur yerdan ham osmonga ko‘tarilish mumkin (Seneka). 3. Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi (A.Qahhor). 4. Mening oltita sadoqatli xizmatkorim bor. Hamma narsani ulardan o‘rganaman. Ismlari: nima?, qachon?, qanday?, qaerda?, kim?, nimaga? (D.Karnegi). 5.Taqdirotning muqarrar qonuniga ko‘ra, har bir xalq o‘z turmushi bilan jami insoniyat hayotining qaysidir bir qirrasini ifodalashi lozim, aks holda, bu xalq hayot kechirmaydi, balki behuda tirikchilik qiladi va uning mavjudligidan hech qanaqa naf yo‘q (V.Belinskiy). 6. Biryoqlamalik har qanday odamga zararli, jumladan, butun insoniyatga ham. Butun dunyo Rimga aylanganida, hamma xalqlar rimcha fikrlab, rimcha his qila boshlaganida, inson tafakkurining harakati ham to‘xtaydi (V.Belinskiy). 7. Har kimning o‘z eli - o‘ziga shirin (Maqol). 8. Birovning bergani – ko‘rgulik, mehnatning bergani to‘ygulik (Maqol). 9. O‘zining butunini qo‘yib, birovning yarmiga osilar (Maqol).
8-mashq. Gaplardagi kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining ma’no va grammatik xususiyatlarini aniqlang.
1. Mana biz, taqsir, shu keyingi ishda ko‘rilmasa ham faqat shirin xayollardagina yurgan oliy firqag‘a o‘zimizda tarafdorlik his etamiz. 2. —Biz bu daqiqada sizning fikringizcha go‘yo bir ig‘vogar, go‘yo bir isyonchi bo‘lib tanilib turibmiz, - dedi bek, - chindan ham shundog‘ kishilarmizmi, yo‘qmi, buni albatta sizning tekshirishlaringiz, haqiqatlaringiz ko‘rsatar. 3. Ana, ana, hov aka! O‘sha qipchoqqa o‘q tegib o‘lib o‘lalmay, yurib yuralmay ingrab yotqan ekan. 4. Ul bizni aniq toshkandlik bo‘lg‘onimizga ishonsa darbozaga solingan nortuyaning boshidek qulfni ming mashaqqat bilan ochib, zanjirini tushuradir. 5. -O‘shal kungi manim so‘zlag‘anlarim, otam bilan manim ichki sirlarimiz edi, - dedi bek, - albatta bunga guvoh va isbot topish qiyindir. Adolatingizdan talabimiz shul! – dedi va qo‘rboshig‘a qaradi. 7. Uning yuzida qo‘rqish va iztirob alomatlari ko‘rdi. 8. Mundan so‘ng xalqning o‘ziga ishonib turolmay Toshkandni ololmay qaytqan Normuhammad qushbegiga yordamga yetib kelish uchun chopar yugurtiradi. 9. -Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib bo‘lardi-ku, - dedi. 10. Biz sani Marg‘ilon andisiga bunchalik mukkadan ketishingni o‘ylamag‘an edik, adabsiz... O‘zingga qolsa shu marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab yuraberar ekansan-da, uyatsiz... (A.Qodiriy).
Olmoshlarni tahlil qilish tartibi:
1. Ma’no turi.
2. Qo‘shimchalari tartibi.
3. Tuzilishiga ko‘ra turi.
4. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi.
5. Qaysi so‘z o‘rnida qo‘llangani.
6. Gapdagi vazifasi.
Namuna: O‘sha kitobni olib bering.
1. o‘sha -- ko‘rsatish olmoshi
2. qo‘shimchasiz qo‘llangan
3. Sodda
4. O‘sha kitobni: olmosh + ot
5. Sifat xarakterida. 6.Aniqlovchi.
7-amaliy mashg‘ulot. Yordamchi so‘z turkumlari va so‘z-gaplar

1. Yordamchi so‘zlar turkumi.


2.Ko‘makchining semantik xususiyati.
3. Bog‘lovchi va uning turlari.
4.Yuklama va uning turlari.
5. So‘z-gaplar va uning turlari
1-mashq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling.
1.Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi.Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan …(O‘.H.) 2. Kecha dadamdan so‘rab qo‘yganim uchun bugun akam ham “ kerak emas, borma” degan jekirishini qilmadi.(A.Qod.) 3. Tepaga chiqaman, pastga tushamen, Yo garang toshlarga jim suyanamen, Yo buloq boshida bir cho‘pon kabi Yaslanib bir lahza o‘yga tolamen.(O.) 4.Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga-Karki shahriga etib keldi.(Mirm.) 5.-Sizlarni bezovta qildim-a? –Bemalol ustod.(Mirm.) 6.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.(Sh.) 7.-Janobi tergovchi, men qaroqchi emasman! –Qo‘ysangiz-chi! (X.T.) 8.Siz muhabbat haqida ko‘p yozaiz.Ayting-chi, o‘zingiz abadiy sevgiga ishonasizmi? (O‘.H.) 9.Novdalardan onalarning sog‘inch to‘la yuraklardan oqqan ko‘z yoshlari kabi tomchilar tomardi.(O.) 10.-Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin. Qiyomat qoyim degani shudir-da, a, o‘g‘rigin abolam-a. (G‘.G‘.) 11.Bordi-yu, birorta yomon odam borib, stol-stullardan eng yaxshilarini olib ketsa-chi? (P.Q.) 12. Hozirgi yoshlar na urf-odatni bilishadi, na izzat-ikromni. (O.Y.)

2-mashq. Berilgan test qoliplarini to‘ldiring.


1.Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
A.
B.
C.
D.
2. Atash ma’nosini butunlay yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirishga xizmat qiladigan so‘zlar qatorini belgilang.
A.
B.
C.
D.
3. Qaysi yuklamalar so‘zga qo‘shilib yoziladi?
A.
B.
C.
D.
4.Qaysi qatorda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan?
A.
B.
C.
D.
5. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan keladigan ko‘makchilarni belgilang.
A.
B.
C.
D.
6. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zdan keyin keladigan ko‘makchilarni belgilang.
A.
B.
C.
D.
7. Bog‘lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni toping.
A.
B.
C.
D.
8. Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin?
A.
B.
C.
D.

3-mashq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarini topib tahlil qiling.


1.Aybnomani tinglang, hatto Faryod qilar toshlar ham.(E.V.) 2.Mirzo Ulug‘bek o‘z taqdiri haqida, Xuroson va Movarounnahrda bo‘layotgan bu g‘alayon haqida o‘ylarkan, nechundir yana bobosi esiga tushdi.(O.Y.) 3.Albatta, poraxo‘r tilanchi emas.Poraxo‘r avvaliga o‘zini tiyib yuradi.”Insof” bilan oladi.Ammo bora-bora qaerda bo‘lsa ham, kimdan bo‘lsa ham, qancha bo‘lsa ham olishga o‘rganadi.(O‘.H.) 4.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 5.Ikki orada shia-sunniy janjallari chiqmasligi uchun Budag‘xon boshliq qizilbosh askarlari alohida qarorgohga to‘planmoqda edi.(P.Qod.) 6.Peshonamdan ter oqayaptimi? Havo salqin shekilli! Ie, qon hidi-ku! Qon! Boshim qonayapti-ku! (O‘.H.) 7.So‘riga yozilgan namatni cho‘ltoq supirgi bilan supirayotgan Ilhom choyxonachi dadamni uzoqdan ko‘rib salom berdi. (O‘.H.) 8.Aliqulixon va Bahodirxonlarga yana Iskandarxon nomli toshkentlik bek ham qo‘shildi. (P.Qod.) 9.Bir polvon bahonasida, men dunyodagi eng ojiz va eng mehnatkash jonzotlar- chumolilar haqida o‘yladim.(S.Sayid.) 10.Jilmaymoqqa urindi-yu, biroq uddasidan chiqa olmadi.(N.N.)

4-mashq.Shakl ichida berilgan so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini izohlang.


5-mashq. Gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarni aniqlang.
1. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan. 2. Ertaga, albatta mening qoshimga keling. 3. Hayot quyosh bilan go‘zal, inson xulqi bilan. (SHukrullo) 4. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (O.) 5. Qalbni bir og‘ir g‘am o‘rtardi misoli otash. (H.O.) 6. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. (O.) Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir. (Nizomiy). 7. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashardi. (S.Z.) 8. Javob berib ko‘r-chi, nomard tabiat, Bunchalik go‘zalni nechun yaratding?! O‘zing gunohkorsan, osiysan behad, Nechun yaratding-u, o‘tlarga otding? (H.O.)
6-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Bog‘lovchilarning ma`no va vazifasini aniqlang. Yakka yoki takror qo‘llanishiga e’tibor qiling. Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi ko‘makchi va yuklamalarni bog‘lovchi bilan almashtirib ko‘chiring. Tinish belgilarini qo‘llanishiga diqqat qiling.
1. Ilmning ofati – esdan chiqarmoqlik va ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishilarga o‘rgatib, uni zoe ketkazmoqdir. 2. Olloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir. 3. Garchi Xitoyda bo‘lsa ham, ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir. 4. Kimki ota-onasini roziligini olgan bo‘lsa unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi. 5. Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi. 6. Otangiz vafotidan keyin uning do‘stlari bilan aloqani davom ettiring. Agar ular bilan aloqani uzsangiz, tangri sizning nuringizni o‘chiradi. 7. Savobli ish qilganingizda xursand bo‘lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo‘lsangiz, demak, siz haqiqiy mo‘mindirsiz. 8.Iymon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas. («Hadis»dan)
7-mashq. O‘qing. Yuklamalarni topib, morfologik tahlil qiling.
1. Qishloqning u boshidan bu boshiga yetgunga qadar biror kimsaning qorasi ko‘ringani yo‘q. (J. Abd.) 2. Faqat shirin xotiralarnigina eslashga urinishdi. (J. Abd.) 3. Odamning xarakterini o‘zgartirishdan qiyin narsa yo‘q. (J. Abd.) 4. Ertadan boshlab besh yil ichida orttirgan nazariy bilimini amalda namoyish qilishi kerak. Shuning uchun oxirgi bor darsliklarni ko‘zdan kechirmoqda, chog‘i. (J. Abd.) 5. Aftidan, ularning ko‘pchiligi kechagi bo‘ron yetkazgan shikastlarni tuzatish, qum to‘lib qolgan xandaqlarni tozalash bilan band. (J. Abd.) 6. Axir, kishi yashash, kurash, yaratish, baxt uchun tug‘ilmaydimi?! (B. Daminov.) 7. Voy, g‘alati gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi? (A. Q.)
9-mashq.O‘qing. Mustaqil va yordamchi so‘zlarni topib, ularga to‘liq xarakteristika bering.
Otda ko‘p yurib o‘rgangan Ortiq endi mototsikl egaridan tushmaydi. Egardan tushsa, umri barbod bo‘ladigandek qo‘rqadi. Akasining shu zaif tomonini Avaz yaxshi biladi, o‘zaro gap bilan buni yo‘qotib bo‘lmasligini sezadi. Shuning uchun boya ataylab uni ko‘pchilikning oldida uyaltirib, ko‘zini sal ochmoqchi bo‘ldi. Lekin buning natijasida ikkovining orasi battar sovuganini sezib, hozir ta’bi tirriq bo‘lib boryapti. (P.Qodirov)
Mustaqil ish. Bunda talabalarning har biriga 5 tadan gap topib yozish, undagi so‘zlarni turkumiga ko‘ra tahlil qilish topshiriladi.

SEMINAR MASHG‘ULOTI


MATERIALLARI

1- seminar mashg‘uloti. So‘zning morfemik tarkibi. So‘z yasalishi tahlili


Reja:
1.Morfemika haqida ma’lumot
2.So‘zning morfem tarkibi.
3.Asos, o‘zak terminlari xususida
4. So‘z yasalish haqida umumiy ma’lumot
5. Diaxron va sinxron so‘z yasalishi.
6. So‘z yasash usullari: a) semantik usul; b) fonetik usul; c) affiksatsiya usuli; d) kompozitsiya usuli.
 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering.
1.So‘zning morfem strukturasi deganda nimani tushunasiz?
2.So‘zning morfem strukturasidagi qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
3.Morfologik qayta bo‘linish deb nimaga aytiladi?
4. Soddalanish haqida ma’lumot bering.
5.Affikslarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
6. So‘z yasalish haqida ma’lumot bering.
7. Diaxron va sinxron so‘z yasalishini farqlang.
8. So‘z yasalishining qanday usullari bor?
9. So‘z yasalishining grammatik usuli haqida nimalarni bilasiz?
10. So‘z yasalishining fonetik usuli haqida nimalarni bilasiz?
11. Abbreviatsiya usuli bilan qaysi so‘z turkumida so‘z yasaladi?
12. Affiksatsiya usulihaqida ma’lumot bering.
13 . Kompozitsiya usuli bilan qanday so‘zlar yasaladi, misollar asosida tushuntiring.
2-topshiriq.Quyida berilgan so‘zlarni na’munadagidek tahlil qiling.
Gayratsizlik, g‘ayriqonuniy, g‘allachilik, hayajonlantirmoq, harbiylashtirilmoq, havoyilanmoq, shirillatmoq, hapanichasiga, charxlattirmoq, to‘yintirmoq, to‘lg‘izdirmoq, sarg‘aytirmoq, sarflantirilgan, saranjomladi, sansirashmoq, ravshanlashtirdi, paxtakorlarning, oqarinqiramoq, oshiqlikning,oshna-og‘aynigarchilik.
Namuna:Bunyodkorlikka: bunyod-o‘zak morfema, -kor- so‘z yasovchi affiks,-lik-so‘z yasovchi affiks, -ka kategorial shakl yasovchi affiks.
3-topshiriq.Ishchi kitobdan 10 ta misol topib morfemik tahlil qiling.Tahlil qilishda yuqoridagi na’munadan foydalaning.
4-topshiriq.Berilgan matndagi so‘zlarni morfemalarga ajrating.
O‘tgan asrning so‘nggi kuzi Qorabuloqqa ochiq chehra bilan keldi. Uning gulgun siymosidan uzoq vaqtlargacha nur arimadi. Axiri oktabr oyi ham tugadi, o‘rik yaproqlari sovuqda o‘ynagan yosh bolaning lo‘ppi yuziday qizardi, shunda ham osmonda bir parcha bulut ko‘rinmadi. Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi. Dehqon osmonga qarab yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab mo‘l hosildan suyunadi. Dalalarda ish qaynaydi: kimlar paxta teradi, kimlar beda o‘radi, kimlar shudgor qiladi…
Ilk sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan ana shu kunlarning birida, quyosh endi tig‘ yoya boshlagan salqin sabohda Qorabuloq qishlog‘idan biri keksa, biri yosh ikki otliq chiqib kelaverdi. Ingichka, uzun oyoqlarini chaqqon bosib, chiroyli boshini azot ko‘tarib kelayotgan qashqa saman birdan paxsa devor tomonga burildi. (M.Ismoiliy)
5-topshiriq.Quyidagi gaplar tarkibidan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling.
1. Hovli etagidagi pastak eshik g‘iyqilladi. U uylanganidan keyin otadan qolgan hovlini o‘rtadan ikki paxsa devor olib bo‘lishgan. Bungayam bir chekkasi Hadichaning injiqligi sabab bo‘lgan edi.(O‘.H.) 2. Gulnor Yo‘lchining xayoliy iziga ko‘z tikdi. Uni chuqur sog‘inch va sabrsizlik bilan kutadi.(O.) 3. Endi-chi? Endi shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi.(O.) 4. Umri xola sharpaday unsiz yurib keldi-da, yapaloq “musulmon” g‘ishdan yasalgan zinadan ayvonga ko‘tarildi.(O‘.H.) 5. U so‘zlarkan, yuzlariga goh do‘q, goh g‘azab, goh yalinchoqlik yopishadi.(O). 6. Yangigina solingan burglar ustida bir tekis pishillab o‘rmalayotgan qurtlar derazalardan kirgan yorug‘dan qochib boshini barg ostiga oldi. Lutfixon bir parcha somonli loy bilan taxmon chetidagi sichqon uyasini yaxshilab suvadi. (S.Ahm.) 7. Qimirlamang, ota, terlagan ekansiz. (S.Ahm.) 8. Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan o‘rmon qorong‘ulikka sho‘ng‘idi.(O) 9. Shoikrom xotinini tarsakilab yubormaslik uchun yuzini o‘girib, tishini g‘ichirlatdi(O‘.H.) 10. Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi. (O‘.H.)
6-topshipiq. Quyida berilgan har bir shakl ichidagi so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu ortiqcha so‘zlarni toping, nima uchun oriqchaligini tushuntiring.
7-topshipiq. Beilgan matndan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling, qaysi so‘z turkumidan qanday so‘z yasalayotganligiga e’tibor bering.
Bizning uydan top ko‘cha bo‘ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko‘chaga- Oq Machit mahallasiga chiqiladi. Bu yerda uchta do‘kon bor: biri qassoblik, ikkisi boqqollik. Musa boqqolning do‘koni ko‘zimga har vaqt quruq ko‘rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirinso‘z, sersoqolkeksa Sobir boqqolda esa shoda-shoda osilgan, pashshalardan qoraygan teshikkulcha, otnnlardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, makkai sanogacha- har narsa topiladi.
Biz shu do‘konga boramiz. Sobir boqqol ohagdor mayin ovoz bilan: “ Barakalla azamatcha, buvalari to‘ylarini ko‘rsin”, deb meni erkalab qo‘yadi.
Bobom qalshib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini oladi-da, hidlab qo‘limga tutqizadi, keyin bahosini so‘raydi. Boqqol bir nima deydi. Bobom o‘siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng surf ko‘ylagining cho‘ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko‘zga yaqin tutib, obdan tikilib, boqqolning oldiga tashlaydi. Boqqol boshini chayqaydi.(Oybek)
2-seminar mashg‘uloti. So‘z turkumlari tasnifi. Fe'l. Fe'lning ma’noviy guruhlari
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Grammatika haqida ma’lumot bering.
2. Morfologiyaning tekshirish obyektini tushuntiring.
3. Sintaksisning tekshirish ob’yektini tahlillar asosida tushuntiring.
4. So‘z yasash asoslari haqida gapiring.
5. Grammatik ma’no haqida ma’lumot bering: kategorial va xususiy grammatik ma’no.
6. Grammatik shaklni tushuntiring.
7. O‘zbek tilida qaysi olimlar morfologik birliklar haqida ish olib borishgan?
8. So‘z morfologiya va leksikologiyaning tekshirish ob’yekti ekanligini izohlang.
10. Grammatik kategoriya nima?
11. So‘zshakl, tub leksema va yasama leksemalar haqida ma’lumot bering.
12. So‘zning morfologik tarkibi tahlilini misollar asosida tushuntiring.
2-topshiriq. Berilgan morfologik so‘zshakllarni davom ettiring va ularga tavsif bering: uyga, bog‘imizda, ko‘chamizning, bizlar, shahrimizdan, o‘ntasini…
Namuna: ko‘chamizdan-ot, I shaxs ko‘plik, egalik qo‘shimchasini qabul qilgan, chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan turlangan.
3-topshiriq.Quyidagi gaplar tarkibidan yordamchi fe’llarni toping, qaysi so‘zga birikib qanday vazifa bajarayotganligini ayting.
1.-Qachon ketasan?-bu qizning ovozi edi.(S.Ahm.)2. Havo zildek og‘ir, qoramtir bulutlar aylanar, lekin etakdagi paxtazor yaqqol ko‘zga tashlanar edi.(Sh.X.) 3.Bolalar darhol to‘rni yon tomonlarni egallab olishgani uchun menga eshik og‘zidan joy tekkan edi, bilmadim, kechasi eshik ochilib ketganmi, sahar tursam, burun bitib qolgan.(Sh.X.) 4.Qosim u yoq-bu yoqqa nazar tashladi.(ertakdan) 5.So‘roq kuni erta bilan haligi ikki ”etimchani” topib oldi va nonushta chog‘ida allanechuk bir ixlossizlik bilan tezgina ko‘rib chiqdi.(Ch.) 6.Mushtumi bilan darvozani qattiq va asabiy ravishda ura boshladi.(O) 7.Unday bo‘lsa bu yuzimga ham yana ur, shunday qilsang yaxshi bo‘ladi, seni kuzatmay keta qolaman.(S.Ahm.)
4-topshiriq.Quyidagi gaplardan fe’llarni toping, ma’no turlarini aniqlang.
1.Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida.(O) 2.Ozgina shamolga qum oqsa, orqasidan bo‘ron keladi, derdilar.(Mirm.) 3.Bu janob tergovidan o‘tgan aybdorlar suddan so‘ng albatta qatl etilar edi.(X.T.) 4.Muzdek tuprogingni ming marta quchdim, Muzdek yanog‘ingni o‘pdim necha bor.(S.Z.) 5.Ahvolni zimdan kuzatib, Komildan ham ko‘ra ko‘proq bezovtalanib kelayotgan Qurbon ota karvon yaylovga etganda Komilni chetga imladi.(O.Y.) 6.Urushning qora qanoti uzoqlab ketgan bo‘lsayam, erta-indin Gitlerning to‘ng‘iz qo‘pishi ko‘rinib qolgan bo‘lsayam, hamon uning soyasi odamlar boshiga ko‘lanka tashlab turibdi.(O‘.H.) 7.Do‘simboy ota mehmonlarning ro‘parasida chordana qurib o‘tirdi. Shu payt uzoqdan chirmandaning ovozi eshitildi.(O‘.U.)8. Ayvon ustuniga suyanib, tomosha qila boshladim:paxtazor chetida tutlar.(Sh.X.)
5-topshiriq. Guruh bilan ishlash. Quyidagi fe’llarni ma’no jihatdan tasniflang.
1-variant
Kashf qilmoq, mehnat qilmoq, his qilmoq, xursand bo‘lmoq, og‘rimoq, erimoq, ishora qilmoq, qaramoq, gullamoq, ko‘zini qismoq, charchamoq, bayon qilmoq, termulmoq, yashnamoq, ko‘zini suzmoq, qurmoq, ko‘tarmoq, aralashtirmoq, o‘qimoq, kulmoq, anglamoq, kelmoq, aytmoq, sensiramoq, buzmoq.
2-variant
Hikoya qilmoq, muzlamoq, yotmoq, uxlamoq, uyg‘onmoq, o‘smoq, sog‘aymoq, kuchaymoq, labini burmoq, gapirmoq, iztirob chekmoq, qayg‘urmoq, o‘ylamoq, fikr yuritmoq, o‘qib chiqmoq, parvoz qilmoq, pardoz qilmoq, terib olmoq, ter to‘kmoq, boqmoq.
3-variant
Kutmoq, kuylamoq, yaqinlashmoq, nafratlanmoq, yig‘lamoq, kesmoq, ilmoq, suzmoq, xavfsiramoq, g‘imirlamoq, bunyod etmoq, ko‘paymoq, sevmoq, quymoq, xayol surmoq, tashvishlanmoq, aynimoq, rad etmoq, mushtlashmoq, yasamoq, qaramoq, jilmaymoq, hazillashmoq, ko‘ngil bermoq, ta’sirlanmoq.
6-topshiriq.
Tafakkur fe’llarini ajrating.
1-variant
Ko‘rmoq, o‘ylamoq, so‘zlamoq, singdirmoq, tasavvur qilmoq, yotmoq, oshirmoq, anglamoq.
2-variant
Nutqiy faoliyat fe’llarini ajrating
Aytmoq, qo‘rqmoq, singimoq, irjaymoq, baqirmoq, tirishmoq, bujmaymoq, so‘zlamoq, yechmoq, bukmoq, pichirlamoq, yotmoq, g‘iybat qilmoq.

3-variant
Ruhiy holat fe’llarini ajrating
Seskanmoq, aytmoq, qo‘rqmoq, xushyor bo‘lmoq, baqirmoq, tirishmoq, yig‘lamoq, haydamoq, buramoq, singimoq, bujmaymoq, qizarmoq, irjaymoq, chaynamoq.
3- seminar mashg‘uloti. Fe’lning grammatik kategoriyalari. Fe'lning xoslangan shakllari
1. Fe’l gapda qanday sintaktik vazifalarda qo‘llanadi?
2. To‘liqsiz fe’llar qanday xususiyatlarga ega?
3. Fe’l nisbatlari haqida ma’lumot bering.
4. Fe’lning qanday vazifadosh shakllari mavjud?
5. Fe’llardagi bo‘lishlilik va bo‘lishsizlik kategoriyasi haqida ma’lumot bering.
1-topshiriq. Matnda bo‘lishli va bo‘lishsiz shakldagi fe’llarni toping, bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi vositalarni ko‘rsating.
Yangi do‘st orttirsang, eskisidan yuzingni burma.(«Qobusnoma»).Po‘latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas, vujudi esa karaxt bo‘lib qolgandek qimirlamas edi.(S.Ahm.). Men u vaqtda yosh edim, qo‘mondonlikni ham Rahimovga o‘xshab qilolganim yo‘q. Tilning aqldan oldinga ketishiga yo‘l qo‘yma. (Xilon) Bilishning o‘zi kifoya emas, uni qo‘llay bilish kerak. Istakning o‘zi yetmaydi, uni ro‘yobga chiqarmoq lozim.(I.Gyote). Kim olg‘a yurmasa, u ortga ketadi. (Belinskiy) Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. (Maqol) Ozni bilmagan, ko‘pni bilmas. (Maqol) Davrim keldi o‘ynayman, O‘ynab sira to‘ymayman. (A.Po‘lat) Po‘lat o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi. (Sh.R.)
2-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan fe’llarni ajrating, ularning qanday daraja shaklida ekanligini aniqlang.
1.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 2. Eshik orqasiga yana harsang tambalandi(G‘.G‘.) 3.Muhabbat shunday qudratli bir kuchki, kimning qalbiga yo‘l topgan bo‘lsa, uni ham o‘z yo‘liga boshlaydi.(S.Ahm.) 4.-Voy-bo‘y, taqsir,bugun ertalabdan beri ko‘ringan ko‘ringan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku! Gunohlari surishtirilmadi.(A.Qod.) 5.Bir-ikki qadam bosib, devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bo‘g‘ziga qo‘l uzatib, etlarini cho‘zdi.(Ch.) 6.Majlisda nima masala ko‘rilganligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.(O‘.H.) 7.Ot choptirib, ilgarilab ketgan suvorilar ularni qishloq chekkasidagi hovli oldida kutib olib, ichkariga boshlashdi (O.Y.) 8. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi. (O) 9.Tikilga qozon qaynamas, degandek, uning ochilishi chuda qiyin bo‘ldi. Bobo unga tikilaverib ko‘zlari toldi. 10.Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. (P.Qod)
3-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan fe’llarni ajrating, ularning qanday maylda ekanligini aniqlang.
1.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 2. Eshik orqasiga yana harsang tambalandi(G‘.G‘.) 3.Muhabbat shunday qudratli bir kuchki, kimning qalbiga yo‘l topgan bo‘lsa, uni ham o‘z yo‘liga boshlaydi.(S.Ahm.) 4.-Voy-bo‘y, taqsir,bugun ertalabdan beri ko‘ringan ko‘ringan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku! Gunohlari surishtirilmadi.(A.Qod.) 5.Bir-ikki qadam bosib, devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bo‘g‘ziga qo‘l uzatib, etlarini cho‘zdi.(Ch.) 6.Majlisda nima masala ko‘rilganligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.(O‘.H.) 7.Ot choptirib, ilgarilab ketgan suvorilar ularni qishloq chekkasidagi hovli oldida kutib olib, ichkariga boshlashdi (O.Y.) 8. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi. (O) 9.Tikilga qozon qaynamas, degandek, uning ochilishi chuda qiyin bo‘ldi. Bobo unga tikilaverib ko‘zlari toldi. 10.Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. (P.Qod)
4-topshiriq. Berilgan gaplardan fe’llarni topib tahlil qiling, qaysi zamonda, qaysi shaxsda ekanligini ayting.
1.Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko‘p hosil oladi.(O‘.H.) 2.Odam keldi bugun hovlingga to‘lib, Farzanding yoniga qo‘shildi farzand.(S.Z) 3.Bu shunday madrasa bo‘ladiki, ro‘yi zaminda uning tengi topilmaydi.(Mirm.) 4.Yigit bo‘lganimda duo qilardi, Yarasa deb elning koriga.(Sh.) 5.Mirsidiq ko‘chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko‘zi tushib qoldi.(O‘.U.) 6.Tezroq chiqib ketgim kelardi. O‘rmon akaning gaplari, so‘roqlari jonimga tekkan edi.Nima? E,qadrdon, meni nahot tushunmaydi deb o‘ylaysiz?(Sh.X.) 7.Qo‘li bo‘shadi deguncha, ketmonini ko‘tarib tomorqasiga chiqadi, sabzi-kartoshka ekib bilganicha dehqonchilik qiladi. (Sh.B.) 8.Lochin go‘yo uni quchgan qo‘liga cho‘g‘ tekkanday, onasining yelkasidan tortib olib, nariroq surilib o‘tirdi. (O.Y.) 9.Otang qutilib chiqsa, bir “Qaldirg‘och” o‘rniga o‘ntasini olib beradi-ku, senga bolajonim! (O.Y.) 9.-Derazani qattiqroq yopmayizmi, aylanay!-kimdir Niso achadan domangir bo‘ldi.-Iloji bo‘lsa, ilgagini tushiring edi!...(Sh.B.) 10.’” Esi butun odam hayron qolmaydi”, Bu gap burungi zamonlardan beri bor, hozir ham, bundan so‘ng ham hikmatli so‘z bo‘lib qoladi.(A.Q.)

5-topshiriq.Fe’lning funksional shakllarini aniqlang, qaysi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lganiga e’tibor qarating.


1.Domla Zebining yoniga borib, nasihat qila boshladi(Ch.) 2.Huri, Zaynab qosh qorayganda, Kech qop-qora choyshab yoyganda Ichkariga kelib kirdilar Va Anorga salom berdilar.(H.O.) 3.-Men yig‘lamayman! To o‘g‘limning go‘rini quchoqlab, tuprog‘ini yuzimga surmagunimcha ko‘zimdan yosh chiqmaydi.(A.Q.) 4.Faqat qishloqqa yaqinlashib, hovlilar ustuda suzgan harir ko‘kimtir tutunni ko‘rganida, kechki podadan qaytgan sigirlarning bo‘kirishi, bolalarning yig‘isi, qo‘ylarning ma’rashi qulog‘iga kirganda, dimog‘iga tandirdan uzilgan issiq non hidi ”gup” etib urgandagina, miyasini chulg‘ab olgan qora xayollar sal tarqab, fikri ravshanlashganday bo‘ldi.(O.Y.) 5.Ruhoniylar ilojini topsa podshohdan ham baland turishga va ularning boshiga og‘ir kun tushganidan foydalanib o‘z hukmlarini o‘tkazishga intilshlari ko‘pdan ma’lum edi.(P.Q.) 6. Menga alam qilar,tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.(A.O.)
4- seminar mashg‘uloti. Ot. Otlarda son, egalik, kelishik kategoriyasi
1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering.
1. Ot so‘z turkumi haqida ma’lumot bering.
2. Otda qanday grammatik kategoriyalar bor?
3.Otning son kategoriyasi haqida nimalarni bilasiz?
4.Otning ma’no turlariga tavsif bering.
2-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan otlarni aniqlang, qanday ma’no anglatayotganligiga e’tibor qarating.
1. Toshlarga o‘yibyozilgan qadimiy yodgorliklar, afsuski, vaqyt o‘tishi bilan o‘chib ketgan yoki ko‘p joylarda yo‘qotib yuborilgan. (Ch.A.) 2. Saklar davriga oid ayrim yodgorliklar, suvratlar, tosh bitiklar bizgacha yetib kelgan. (Ch.A.) 3. O‘rta asrlarda mamlakatlarni, xalqlarni boshqargan yo‘lboshchilar qadim zamonlarda muayyan xalqning inon-ixtiyoriya berib qo‘yilgan yer-mulkni qayta taqsimlashga, chegaralarni qayta tuzishga kirishadilar. 4. Asrlar davomida asta-sekin shakllangan turmush tarsi, tartib –qoidalar mamlakat hayoti izdan chiqib ketadi. 5.O‘rmon aka bilan Azimjon aka, tag‘in uch-to‘rt bolalar ularning chayini ichib chiqishgan, bir-ikki marta ovqatlarigayam sherik bo‘lishgan edi.(Sh.X.) 6.Shu omon-omon zamonda, Buxoroyi sharif tomonda Umidjon degan bjla yashar ekan.(N.A.). 7. U simning ochiq qismini qulupnay pushtalari ustiga uloqtirdi.(O‘.H.). 8. Qoplarni tashib bo‘lgan bolalar gulxanga qarab chopishdi, sholg‘omday qizarib ketgan oyoq-qo‘llarini, tarashaday qotib qolgan paytavalarini yonib turgan olovga suqishdi.(O.Y.)
3-topshiriq.Berilgan gaplardan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling, ma‘no turlariga ajrating.
1.Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona chehrasini, uning paxtadek oppoq sochlarini eslatdi.(S.Ahm.) 2.Bo‘z ko‘rpa ustidan yopilgan, shinni dog‘i tekkan quroq dasturxonham, hozirgina go‘jadan bo‘shagan spool tovoq, bandi kuygan yog‘och qoshiq ham uning ko‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi.(O‘.H.) 3.Tonglarni eslang! Tuprog‘I nam tortgan so‘qmoqlarni. Yiroqda arava yo‘ldan ko‘tarilgan changni, ufqdan endi bjsh ko‘tarayotgan quyosh yog‘dularga yo‘g‘rilib, zarrin bir to‘zonga aylanib turishlarini eslang!(Sh.X.) 4. Ajabo: yovshan va shuvoqlar gurillab yonayotgan bo‘lsa-da, na oyoq-qo‘llar kuyardi, na paytavalar.(O.Y.).5.
4-topshriiq.Qiyida berilgan gaplardan ko‘plikda qo‘llangan otlarni topib tahlil qiling, ko‘plikning qanday vosita bilan ifodalanganligiga va qanday ma’no anglatayotganligiga e’tibor bering.
1.Ma’rifatning shulasiga Tolpinib zulmat aro, Ko‘zlaringda oqdi tunlar Kavkabiston, o‘zbegim.(E.V.) 2. Qishda kuragani bordim qorlarni, Yozda suv sepgani oshiqdim har vaqt.(S.Z.) 3. U shunchalik sovuqqotgan ediki, tishlari tishlariga shaq-shaq etib tegib, lablari gapga kelmas, o‘ziyam chayon chaqqanday ko‘karib, burni so‘rrayib qolgandi.(O.Y.) 4. Ko‘zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi.Bu yerda kurashgan sanoqsiz onalar, buvilar orasida yagona qiz, ehtimol, u edi.(O.) 5. Yo‘lnning yarmidan o‘tganda ufqlarga qon kabi toza, qizil shulalar yugurdi. Chiqayotgan quyoshni salomlab, yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi.(O.) 6. Undan yo‘l xarajatlarini, safar anjomlarini oldik. Chunonchi: bir qdoq tuz, ikki qadoq turshak, oltita zog‘ora non, ip, nina, ikkita ichi tushgan bosvoldi. (G‘.G‘.)
5-Topshiriq. Berilgan gaplardan otning grammatik kategoriyalariga oid shakllarni toping, tahlil qiling.
1. Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona chehrasini, uning oppoq paxtadek sochlarini eslatdi.(S.Ahm.) 2. To‘qayga o‘t ketsa bus-butun, Adolat borliqqa yolg‘iz onadir. Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun Yovuzlikadan zada qo‘riqxonadir.(A.O.) 3. Qiziq, Hamdamboyning oshkor tuhmati uning g‘azabini qo‘zg‘agan edu-yu, ammo qalbini bunchali o‘rtamagan edi.(X.T.) 4. Ular bir necha minut so‘zsiz turib qolishdi. Qiz ko‘prik panjarasiga bag‘rini berib, suv oqib kelayotgan tomonga qarab turardi.(S.Ahm.) 5. Qoplarni tashib bo‘lgan bolalar gulxanga qarab chopishdi, sholg‘omday qizarib ketgan oyoq-qo‘llaini, tarashaday qotib qolgan paytavalarini yonib turgan olovga suqishdi.(O.Y.) 6. Bir qancha fyrsat o‘tgandan so‘ng qaroqchilar yana xazinaga keldilar. Qosimning jasadi yo‘qolganini ko‘rib, bu ishdan bir necha raqib xabardor bo‘lganini, marhumning sheriklari borligini, sir haloyiqqa oshkor bo‘lganligini angladilar. (ertakdan)
6-topshiriq.Berilgan gaplarda qo‘llanilgan egalik shakllarini aniqlang.
1. Norbobo belbog‘ini qaytadan bog‘lab, ikki qo‘li bilan belini siqib qo‘ydi.(Oydin) 2. Anhor bo‘yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, nomozshomgullar ko‘rindi. (S.A.) 3.Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 4. Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib parti qolgan itning boshini siladi. 5.Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Mening borishimdan nima foyda?! (A.Qahhor) 6. Suyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol va erkaklarning qorasi ko‘rindi. (O) 7. Harakat, sen ezgulikninh haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan.(Sitseron). 8. Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. (O‘. H.)
7-topshiriq. Quyida berilgan gaplardan kelishik shakllarini ajrating.
1. Huv, mening so‘qmog‘im toqqa o‘ralgan, bunisi onamning hasratli o‘yi.(A.M.).2. Ammo boshqa qo‘shnilari ham Xidirboy qarzini o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorlarni azal-azaldan shunday qilib keladi, deyishdi.(X.To‘xtaboyev) 3. Sababki bo‘lmasa, kim issiq o‘rnini tasglab, qum tepaliklari orasida sargardon bo‘lib yuradi. (Mirmuhsin) 4. Odam keldi bugun hovlingga to‘lib, Farzanding yoniga qo‘shildli farzand.(S.Z.) 5. Do‘simboy ota yangi marg‘ilon do‘ppisi olib, tizzasiga urib, changini qoqqan bo‘ldi, ko‘kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab, og‘ir xo‘rsindi. (O‘.U) 6.Yig‘lama, azizim,yig‘lama faqat, Ko‘zyoshingni ko‘rsam dilim kuyadi.(S.Z.) 7. Jonimiz omon qoldi,-dedi Me’mor,-bo‘lmasa bu girdibod yomon narsa. U qaroqchilarning badtarini. Jonimiz omon qolganiga shukur qilaylik.(Mirm.) 8.Mening qashqacham to‘g‘risida Haydar aytadi:” Sening otingga hech ot bolasi etmaydi!”-deydi.(A.Qod.)

8-topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llanilgan kelishik shakllarini aniqlang.


1. Hayyom qo‘shiqlarin ham, Rabindranat tori ham,Hayot falsafasin ham shu tilda mag‘zin chaqdik. Mirtemir) 2. Bu yer –Xuroson bilan Movarounnahr chegarasi.(Mirmuhsin).3.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.Buni ham onaga mehridan emas, O‘zin shuhratiga qo‘yibdi haykal.(Shukrullo).4.Bu ko‘zlar hasratin, oh, mendan so‘ra, Suyagimdan hamon chiqib borar dud.(S.Z.). 5.Konsert tugashi bilan Abduqodir do‘stini sahnaning orqasiga boshladi.(O‘.U.) 6.U jajji bahorning sho‘x sasi edi, U munis onamning nafasi edi.(A.O.) 7.Ba’zan egatlar orasidan tarvuz, qovun palaklari chiqib qolardi.(Sh.X.) 8.Temuriyzodaalr o‘zlariga yon bosgan zotlarning boshidan tillo sochardi-yu, ammo ularning hukmdorligiga qittakkina munkir kelgan kimsani also kechirmasdi- qattiq o‘ch olardi.(Mirm.)

5- seminar mashg‘uloti. Sifat. Sifat darajalari. Son. Sonning ma'no turlari


Quyidagi savollarga javob bering.
1.Sifat deb qanday so‘zalr turkumiga aytiladi?
2.Sifat darajalari haqida ma’lumot bering.
3.Adabiyotlarda sifat darajalari qanday talqin qilinadi?
4.Sifatda modallik ifodalovchi qanday shakllar bor?
5.Sifatlarning otga ko‘chishi haqida nimalarni bilasiz?
6. Sifatlarning otlashishi nima?

1-topshiriq.Berilgan gaplardan sifatlarni topib tahlil qiling.


1.-Yo‘q, yo‘q, buvi yomon niyat qilmang.Ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo‘lib ketadi. Yana katta oilalar jam bo‘ladi.(G‘.G‘.) 2.Gursillab yiqildi keksa qayrag‘och.(A.M.) 3.Me’mor beixtiyor xotini bilan qizini ushladi.(Mirm.) 4.Menga haqiqiy hayot, chinakam inson hayoti qaytib keldi. Bilsayding, muhabbatingga, iliq-issiq so‘zlaringga zorman.(S.Ahm.) 5.Sherigi novcha bo‘lganligi uchun qopning og‘irligi usiz ham Komilga tushardi.(O.Y.) 6.Sen chandon uddaburon, badavlat odam emassan…Sen esa baxtiyor, saodatmand odamman, deb boyligingdan mag‘rur bo‘lib yuribsan-da, holbuki, akangga qaraganda qashshoq odamsan.(ertakdan) 7.Yo‘q, uning ro‘parasida chehrasi tiniq, qalin malla sochlarini silliq taragan, egniga ohori to‘kilmagan oq ko‘ylak kiyib, bo‘yniga guldor qizil galstuk taqib olgan, novchagina, bo‘y-basti kelishgan bir odam, to‘g‘rirogi, xushbichim bir yigit turardi.(O.Y.) 8.Bu yorug‘ olamni…bu gavjum bozorni asrash uchun menga o‘xshash pulbezori xayolparast devonalarning xudbinligi xavfliroqmi yoxud pul orttirishdan o‘zga dardi yo‘qlarning xudbinligimi? (X.D.) 9.Uning nozik, ammo haqoratomuz kinoyasi, bot-bot o‘g‘rinsha tikilib qarashlari, xonani betinim aylanishlari Veteranning yuragidagi g‘alayonga g‘alayon qo‘shardi.(O.Y.) 10.Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon, Ul shirin yolg‘onga mendek Aldanib qolg‘on yomon. (E.V.)

3-topshiriq. Berilgan test topshiriqlarini bajaring.


1. Belgi ifodalovchi qanday so‘zlar sondan oldin kelib uning aniqlovchisi bo‘lib keladi?
A.Holat bildiruvchi sifatlar
B.Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar
C.Rang-tus bildiruvchi sifatlar
D.Berilganlarning hech biri sonning aniqlovchisi bo‘la olmaydi.
2.Asliy sifatlar berilgan qatorni aniqlang
A.Qotma, tonggi
B.Bilimli, katta
C.Yaxshi, keng
D.O‘smir,mevali
3.Ozaytirma darajadagi sifatni aniqlang
A.Ozroq, sarg‘ish
B.Uzundan-uzoq, ozgina
C.Juda oz, yaqinroq
D.Kamroq, yolg‘on
4.Qaysi gapda sifat otlashmagan?
A.Axir,musulmon odamman aylanay!-dedi Hoji xola.
B.kambag‘alni tuyaning ustida it qopar.
C.Musofirga yo‘l ko‘rsatish, suv berish savob.
D.Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joining past-balandini tekislab bo‘lgandi.
5.Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo‘shimchani toping.
A.-iy
B.-li
C.-simon
D.-gi
6.Qanday sifatlar asliy sifatlar bo‘lishi mumkin?
A.Sodda yasama sifatlar
B.Faqat tub sifatlar.
C.Tub, yasama va qo‘shma sifatlar
D.Qo‘shma sifatlar.
7.Berilgan sifatlardan qaysi biri asliy sifat sanaladi?
A.Qaynatma (sho‘rva)
B.Hovliqma (odam)
C.Yasama (tish)
D.Burama (mix)
8.-in qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A.Chirkin, yog‘in
B.Tiqin, yig‘in
C.Qo‘shin, otashin
D.To‘kin, erkin.
1-kartochka
Berilgan savollarga javob bering, gaplarni tahlil qiling.
1.Sifatning ma’no turlarini yozing.
2.Gapdagi sifatlarni topib tahlil qiling.Baxmalday tiniq osmon ohista aylanib, bitta-bitta terilgan yirik, ko‘kish yulduzlar daryoda oqqanday sekin oqa boshladi.
3.Gap tuzing, gapingizda uchta yasama sifat qatnashsin.
2-kartochka
1.Sifatnining tuzilishga ko‘ra qanday turlari bor?
2.Gapdagi sifatlarni tahlil qiling.Sahnaga chiqib qarasa…bo‘y basti kelishgan, tog‘ni ursa talqon qiladigan, ustiga-ustak, sho‘x, so‘zamol gapga chechan bir odam ekan.
3.Gap tuzing, gapingizda yasama,qo‘sma va juft sifat qatnashsin.
4-topshiriq.Quyidagi gaplardan sifatlarni toping, darajasini aniqlang.
1.Anhor bo‘yida terakka suyanib, botib borayotgan quyoshning qizg‘ish shu’lalariga tikildi.(S.Ahm.) 2.Omon sinfdoshlar ichida eng sho‘x, eng urishqoq bola edi. (S.Ahm.).3…bu go‘zal qiz…oq sariq tusda yaratigan edi. Ra’noning sochi gungurt-qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham, quyoshda bir oz sarg‘ish bo‘lib ko‘rinar edi.Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar orqa-o‘ngirini tutib yotar.(A.Qod.).4.U juda insofsiz boy,-dedi temirchi,- ammo surishtirsang, hamma boy bir tekisda insofsiz.(O.) 5.Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin achchiq yomon.(E.V.) 6.-To‘g‘ri xatimiz badxatroq…-dedi Qalandarov va shu bilan dokladni ham o‘zim aytib yozdirtirganman demoqchi bo‘ldi.(A.Q.)
5-topshiriq.Berilgan har bir shakl ichidagi optiqcha so‘zni toping, nima uchun optiqchaligini tushuntiring.

6-topshiriq.Berilgan test qoliplarini to‘ldiring.


1.Ma’no jihatidan jamlovchi sonlatar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin turadi?
A.
B.
C.
D.
2.Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
A.
B.
C.
D.
3.Butunning qismini bildiruvchi hisob so‘zlar ishtirok etgan qatorni aniqlang.
A.
B.
C.
D.
4.Otlashgan son berilgan qatorni toping.
A.
B.
C.
D.
5. Qaysi qatordagi gap tarkibida son otlshmagan?
A.
B.
C.
D.
7-topshiriq.Berilgan gaplardan son so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling.
1.O‘n besh yil berishadigan bo‘lsa o‘n yilga, o‘n yilni besh yilga, uch yilga keltirish choralarini qidiraylik, jon singlim. (O.Y.) 2. Kennoyisi ochiqqina, bir qadar shaddod, ayniqsa, bittayu bitta qayin inisini jigargo‘sha ukasidan ham yaqinroq ko‘rar, u bilan hatto sirdosh edi. ( X.D.) 3. Saidiy boshqarmaga birinchi kelganda, indamas Yoqubjon allaqachon muharrirning yonidagi sersavlat bir stolda qog‘ozlar ichiga ko‘milib o‘tirar edi. (A.Q.) 4. Go‘yo u kutgan gaplar satrlar orasiga yashiringanday, xatni qayta o‘qidi, uchinchi marta, oltinchi, sakkizinchi, yuzinchi marta o‘qidi, so‘ng vujudida beadad bir horg‘inlik sezib, tag‘in devorga suyandi-da, tag‘in ko‘zini yumdi. (O.Y.) 5.Ikkalsi uy bilan oshxonani yig‘ishtirdi, tozaladi.(A.Q.) 6.Devorda ikkita surat bor. Ikkalasi ham sarg‘ayib ketgan, bittasi Hasan buvamninki.(O‘.H.)7. Boshimniko‘tarib qarasam, sadaqayrag‘och atrofida g‘uj-g‘uj chumchuq. Biri uchadi, biri qo‘nadi. Voy inlarining ko‘pligini! Bittasi judayam pastda ekan.(O‘.H.) 8. Har bir sandiqqa ikki yarim-uch qopdan kitob ketdi.(O.Y.)
6- seminar mashg‘uloti. Ravish.Taqlid so‘zlar.Olmosh tahlili
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1.Ravish so‘z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2.Taqlid so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
3.Kishilik va ko‘rsatish olmoshlari haqida gapiring.
4.So‘roq olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi?
5.O‘zlik olmoshi haqida nimalarni bilasiz?
6.Belgilash- jamlash olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi?
7.Bo‘lishsizlik olmoshlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
8.Gumon olmoshlari va ularning ma’nolari haqida nimalarni bilasiz?
9.Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
10.Pronominalizatsiya hodisasi haqida nimalarni bilasiz?
2-topshiriq. Quyidagi gaplardan ravishlarni toping, ma’no turlarini aniqlang.
1.Bir tutam qish kuni Gulnor uchun bitmas-tuganmas uzoq ko‘rindi.(O.) 2.Vaqt juda ham kech, bora-bora katta bir bozor maydonidan chiqdim.(G‘.G‘.) 3.Bir narsani ko‘p kuzatdim.Ona ovqatga o‘tirgan zamon chaqaloq yig‘layveradi.(O‘.H.) 4.Bobur boshini quyi solib xobgohdan sekin chiqib ketdi.(P.Q.)5.Poshshaxonnig qarori qanday qo‘rqinch bo‘lsa, uning bajarilishi shu qadar tez va oson bo‘ldi. (Ch.) 6.Birozdan keyin o‘zing bilan erkakchasiga gaplashamiz.(D.N.) 7.Ibtidomiz imtihondan xabarlidir, quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.(U.A.) 8.Chamasi ular meni tasodifan adashib kelgan kimsa, deb o‘ylashar, shu sabab ko‘nglimni o‘g‘ritmay, payti kelib o‘zim tushunishimu o‘z ixtiyorim bilan ketishimni kutar edilar. (M.M.D.) 9.Sohilda jim tentigan ayol, qani sening hamrohing.(U.A.)
3-topshiriq. Gaplar tarkibidagi taqlidlarning sintaktik shakllarga munosabati va gapdagi vazifasini aniqlang.
1. Otlarning dupir-dupiridan qulog‘im bitdi. 2. Ancha vaqtgacha uxlolmay, mashinalarning viz-viziga quloq solib yotdim. 3. Telefonning jiring-jiringidan uyg‘onib ketdim. 4. Bola ko‘ylakning yaltir-yultiriga mahliyo bo‘lib boqardi. 5. Butun qishloqni karnayning g‘at-g‘ati tutib ketdi. 6. Dam o‘tmay o‘choqqa osilgan qozondan burq-burq eshitila boshladi. 7. Oyoq ostidagi qorning g‘arch-g‘urchi zavqimni keltirardi.
4-topshiriq. Berilgan nutqiy hosilalarga tayanib taqlidlarda polisemiya, shakldoshlik, ma’nodoshlik munosabatlari mavjudligini asoslang.
1. U menga yalt etib qaradi. 2. Kutilmaganda yalt etib chaqmoq chaqdi. 3. Tiq etgan ovoz eshitilmaydi. 4. Oktabrning o‘rtalarida gup etib qor yog‘ib berdi. 5. Minora gup etib quladi. 6. G‘iz-g‘iz qatnab turibdi. 7. G‘iz-g‘iz deb uchib ketdi. 8. Qishloqda chiroqlar milt-milt (yalt-yult, mildir-mildir, yaltir-yultir) porlay boshladi. 9. Polga surtilgan bo‘yoq yaxshi qurimagani uchun oyoqqa chip-chip yopishardi. 10. Chip-chip jo‘jalarim..

Berilgan test topshiriqlarini bajaring.


1.Kishilik olmoshlariga odatda qaysi qo‘shimchalar qo‘shilib kelmaydi?
A.So‘z yasovchi qo‘shimcha
B.-lar qo‘shimchasi
C.Egalik qo‘shimchasi
D.Sanalganlarning barchasi qo‘shilib kelishi mumkin
2. Olmoshlardan qaysi so‘z turkumlarini yasash mumkin?
A. Fe’l
B.Ravish
C. Son
D.Fe'l va ravish
3. Qaysi olmoshlar takroriy holda ’shlatilishi mumkin?
A.Ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari
B.Kishilik, so‘roq, belgilash olmoshlari
C.So‘roq, belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari
D. Kishilik, ko‘rsatish olmoshlari
4. Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma turlarga bo‘linadi?
A.Kishilik, bo‘lishsizlik, ko‘rsatish olmoshlari
B.Kishilik, belgilash, ko‘rsatish va gumon olmoshlari
C.So‘roq, belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari
D. Ko‘rsatish, belgilash olmoshlari
5. Bo‘lishsizlik olmoshi tarkibidagi hech so‘zi yakka holda qo‘llanganda ko‘pincha qaysi so‘zlar oldida keladi?
A.Otlar oldida
B.Sifatlar oldida
C. Fe'llar oldida
D.Ravishlar oldida
6. Predmet, bel’i yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiluvchi so‘zlar…
A.Ko‘rsatish olmoshlari deyiladi
B.So‘roq olmoshlari deyiladi
C.Gumon olmoshlari deyiladi
D. Belgilash olmoshlari deyiladi
7. Bo‘lishlilik shakli orqali bo‘lishsizlik ifodalangan gapni toping.
A.Men xalqni aldamoqchi emasman.
B.Yordam bersangiz, jamoani ko‘tarish uchun kuch-quvvatimni ayarmidim?!
C.Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo‘yadi u…
D.Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi.
8.Qaysi gapda to‘rtda o‘rinda olmosh qo‘llangan?
A.Hammasi joyida, do‘stlar men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman.
B.Hozir ham hech kim o‘z ismini aytmadi.
C.Hamma unga o‘girilib qaraI, ammo Sattor Roziyadan boshqa boshqa hech kimni ko‘rmas edi.
D. Sizga ne bo‘ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo‘ydingiz.
5-topshiriq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turini farqlang.
1. Axir bu qizlar urush yillarida og‘alari o‘rnini egallab, dalada va qurilishlarda qanday mo‘jizalar ko‘rsatishdi. (Oybek) 2. Bu voqea Yusuf Andijoniyga qancha tashvish solib, o‘rtaga Boysunqur Mirzo tushib, o‘g‘lini zo‘rg‘a jallod qo‘lidan ajratib olib qoldi. (Mirmuhsin) 3. Men umrimda ilk bor g‘o‘za ekayapman. (T. Malik) 4. Bechora dadam mana shu bir parcha nonni bizga yedirish uchun qanchalik mehnat qildi. (G‘.G‘ulom) 5. Talabalar moddiy va manaviy ahvolining shu tobda g‘oyat chatoqligi – barchamizning dilimizdagi jarohat. (Oybek) 2. Qadimgi boadab qizlar qayoqda deysiz. (Oybek) 6. Uning o‘ziga sariq atlasi xush kelsa-da, biroq hozir o‘z xohishini bir yoqqa qo‘ya turib Otabekning ko‘nglicha kiyinishgka qaror berdi. (A.Qodiriy) 7. Ammo uning istiqbolida bir bo‘shliqdan o‘zga hech gap uchrata olmasa-da, yana ulug‘ bir ma’no ko‘rgandek bo‘lar edi. (A.Qodiriy) 8. Mendan, shu ketishda ketaversam, tuzukroq odam chiqmas emish… (X.To‘xtaboyev)

7- seminar mashg‘uloti. Yordamchi so‘z turkumlari va so‘z-gaplar


1-topshiriq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling.
1.Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi.Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan …(O‘.H.) 2. Kecha dadamdan so‘rab qo‘yganim uchun bugun akam ham “ kerak emas, borma” degan jekirishini qilmadi.(A.Qod.) 3. Tepaga chiqaman, pastga tushamen, Yo garang toshlarga jim suyanamen, Yo buloq boshida bir cho‘pon kabi Yaslanib bir lahza o‘yga tolamen.(O.) 4.Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga-Karki shahriga etib keldi.(Mirm.) 5.-Sizlarni bezovta qildim-a? –Bemalol ustod.(Mirm.) 6.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.(Sh.) 7.-Janobi tergovchi, men qaroqchi emasman! –Qo‘ysangiz-chi! (X.T.) 8.Siz muhabbat haqida ko‘p yozaiz.Ayting-chi, o‘zingiz abadiy sevgiga ishonasizmi? (O‘.H.) 9.Novdalardan onalarning sog‘inch to‘la yuraklardan oqqan ko‘z yoshlari kabi tomchilar tomardi.(O.) 10.-Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin. Qiyomat qoyim degani shudir-da, a, o‘g‘rigin abolam-a. (G‘.G‘.) 11.Bordi-yu, birorta yomon odam borib, stol-stullardan eng yaxshilarini olib ketsa-chi? (P.Q.) 12. Hozirgi yoshlar na urf-odatni bilishadi, na izzat-ikromni. (O.Y.)
MUSTAQIL TA’LIM
Mustaqil ta’limni tahkil etishning shakli va mazmuni
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo‘yicha mustaqil tarzda olib boriladigan ishlarning asosiy maqsadi talabaning o‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida fanga doir bilimlarni mustaqil ravishda egallashi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan mustaqil ishlarni talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi:
• fan bo‘yicha ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
• fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini mustaqil ravishda bajarish;
• fan bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, jumladan, internet tarmog‘idagi adabiyotlar bilan tanishish va ular haqida ma’lumotnoma yozish;
• avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash asosida fanga doir ayrim mavzular yuzasidan lingvistik tahlil o‘tkazish.
• fan bo‘yicha egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish;
• fanga doir ayrim mavzular bo‘yicha tarqatma materiallar, nazorat topshiriqlari, ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish.
GLOSSARIY
МОRFОLОGIYA (grеkchа morphe - «shаkl», logos – «tа’limоt») so‘zlаrning grаmmаtik (morfologik) хususiyatlаri hаqidаgi tа’limоtdir. Моrfоlоgiyadа so‘zning o‘zgаrishi vа shu o‘zgаrish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mа’nоlаr, so‘zning tuzilishi vа tаrkibi o‘rgаnilаdi.
МОРФОЛО́ГИЯ (от др.-греч. μορφή — «форма» и λόγος — «слово, учение») — раздел лингвистики, основным объектом которого являются слова естественных языков, их значимые части и морфологические признаки. В задачи морфологии, таким образом, входит определение слова как особого языкового объекта и описание его внутренней структуры.
MORPHOLOGY (from the ancient Greek μορφή -. «Form» and λόγος - «word, doctrine") - section of linguistics, the main object of which are the words of natural languages, their significant parts and morphological characteristics. The morphology of the problem is thus included as a special word definition language description of the object and its internal structure.
МОRFЕMIKА so‘zning eng kichik mа’nоli qismlаri hаqidаgi tа’limоtdir. Bu kichik qismlаr tilshunоslikdа mоrfеmаlаr dеb yuritilаdi.
МОРФЕ́МИКА — морфемный строй языка (совокупность и типы вычленяемых в словах морфем), а также раздел языкознания, изучающий морфологические модели языка[1]: типы и структуру морфем, их формальные разновидности (морфы) и закономерности расположения морфем в более протяжённых языковых единицах (основах, словоформах).
MORPHEMICS - morphemic structure of language (the set and types of being isolated in the words of morphemes), as well as a branch of linguistics that studies the morphological model of the language [1]: the types and structure of morphemes, their formal variations (morphs) and the laws of the location of morpheme more of extended language units (basics , word forms).

SO‘Z YASАLISHI - qаndаy usul, qаndаy vоsitа bilаn bo‘lmаsin yangi lеksik mа’nоli so‘z hоsil qilishdir. So‘z yasаlishi tilshunоslikning аyrim bir bo‘limi sifаtidа so‘zlаrning yasаlishini (yasаmа so‘z), yangi lеksik birlik hоsil qilishning qоnun-qоidаlаrini, vоsitаlаrini, so‘z yasаlishi strukturаsini (tаrkibini) tеkshirаdi.


СЛОВООБРАЗОВАНИЕ — раздел науки о языке, который изучает строение слов (из каких частей они состоят) и способы их образования.
DERIVATION - section of linguistics that studies the structure of words (what parts they are made) and their methods of formation.
SO‘Z TARKIBI – so‘zdagi eng kichik ma’noli qismlar, ya’ni asos va qo‘shimcha.
СОСТАВ СЛОВА.Слово состоит из основы и окончания. В основу водят: приставка, корень суффикс. Приставка, корень, суффикс, окончание — части слова.
THE COMPOSITION OF SPEECH. The word consists of a base and end. The basis of the drive: the prefix, the root suffix. The prefix, root, suffix, ending - the words.
O‘ZАK MОRFЕMА - so‘zning lеksik mа’nоsini bildiruvchi аsоsiy qism bo‘lib, qo‘shimchаlаr shu o‘zаk bilаn birgаlikdа qo‘llаnаdi. O‘zаk mоrfеmа so‘z yasаlishi uchun hаm, shаkl yasаlishi uchun hаm аsоs hisоblаnаdi. U so‘zning sеmаntik yadrоsini tаshkil etаdi.

ОСНОВА — это часть изменяемого слова без окончания. В основе слова заключено его лексическое значение.


BASIS - is part of the variable words without end. The basis of the words entered into its lexical meaning.
QO‘SHIMCHА - mustаqil qo‘llаnmаydigаn, bоg‘liq hоldа, o‘zаkkа qo‘shilib kеlаdigаn, o‘zаkning lеksik-grаmmаtik хususiyatlаri bilаn bоg‘liq bo‘lgаn hаr хil mа’nоlаrni ifоdаlаshgа хizmаt qilаdigаn mоrfеmаdir.
ОКОНЧАНИЕ — это изменяемая значимая часть слова, которая образует форму слова и служит для связи слов в словосочетании и предложении.
ENDING - a significant variable part of the word, which forms the shape of the word and serves to link words into phrases and sentences.
MОRFЕMА - so‘zning eng kichik mа’nоli qismi bo‘lib, u so‘z tuzilishidа zаrur bo‘lgаn eng kichik mа’nоli qism sifatida yasаmа so‘zlаrning hаm, so‘z shаkllаrining hаm tаrkibigа kirаdi vа shu shаkllаrdа аjrаtilаdi.
МОРФЕМА –Минимальная значимая единица языка, служащая для образования новых слов и грамматических форм слова.
MORPHEME -Minimal meaningful unit of language which serves for the formation of new words and grammatical forms of the word.
SO‘ZSHАKL - tildagi mustаqil mа’nоli so‘zning so‘z birikmаsi yoki gаpdа qo‘llаnilаdigаn shakli bo‘lib, shu shakli bilan bоg‘liq holda grаmmаtik mа’nоlаrgа egа bo‘lishidir.
СЛОВОФОРМА – сочетание корневой морфемы с аффиксальной словоизменительной морфемой.
WORD FORMS - the combination of a root morpheme affixal inflectional morpheme.
PARADIGMA (yunoncha - namuna) – umumiy belgisiga ko‘ra birlashadigan, o‘z ichida xususiy belgilari bilan farqlanadigan birliklar yig‘indisi.
ПАРАДИГМА – совокупность словоформ одного слова, отражающая систему флективных изменений.
PARADIGM - a set of word forms one word, reflecting inflected system changes.
KЕLISHIK KАTЕGОRIYASI - оtning bоshqа so‘zlаr bilаn sintаktik munоsаbаtini ko‘rsаtuvchi mа’nоlаr vа bu mа’nоni ifоdаlоvchi shаkllаr tizimidir.
КАТЕГОРИЯ ПАДЕЖА выражает связи между предметами и явлениями действительности.
CATEGORY MORTALITY expresses the relationship between objects and phenomena of reality.
GRАMMАTIK MА’NО - mаvhum tushunchаdаn ibоrаt bo‘lib, shu хildаgi bоshqа tushunchаlаr bilаn birgа so‘zning lеksik mа’nоsigа qo‘shimchа tаrzdа ifоdаlаnаdigаn qurilish sistеmаsidа so‘zning vаzifаsi vа o‘rnini bеlgilаydigan ma’nodir.
ГРАММАТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ (ГЗ) - Обобщенное, отвлеченное языковое значение, присущее ряду слов (или словоформ) и находящее в языке регулярное материальное выражение.
GRAMMATICAL MEANING - generalized, abstract linguistic meaning inherent in a number of words (or word forms) and located in the language of regular material expression.
GRAMMATIK KATЕGORIYA - o‘zаrо bir-birigа zid qo‘yilgаn vа qiyosаn оlingаn grаmmаtik mа’nоlаr tizimi vа ulаrgа хоs ifоdа vоsitаlаri – grаmmаtik shаkllаr tizimidir.
ГРАММАТИЧЕСКАЯ КАТЕГОРИЯ (ГК) - Единство противопоставленных друг другу грамматических значений и средств их выражения.
GRAMMATICAL CATEGORIES - Unity opposed to each other grammatical meanings and their means of expression.
SO‘Z TURKUMI - so‘zlаrning mаvhum grаmmаtik mа’nоsi, mоrfоlоgik vа sintаktik bеlgilаrigа qаrаb guruhlаrgа bo‘linishidir.
ЧАСТЬ РЕЧИ - Лексико-грамматический класс слов, выделяемый на основании общности категориального значения и грамматических свойств.
PART OF SPEECH - Lexico-grammatical class of words, allocated on the basis of common values of categorical and grammatical properties.
OT - shaxs va narsa mа’nоsini аnglаtаdigаn vа sоn, kеlishik hаmdа egаlik kаbi grаmmаtik mа’nоlаrni ifоdаlаydigаn mustаqil so‘z turkumidir.
ИМЯ СУЩЕСТВИТЕЛЬНОЕ - Часть речи, имеющая категориальное значение предметности и выражающая это значение в классифицирующей ГК рода и словоизменительных ГК числа и падежа.
NOUN - Part of speech having categorical meaning of objectivity and expressing this value in classifying family and inflectional number and case.
SIFАT - prеdmеtning bеlgisini bildiruvchi mustаqil so‘z bo‘lib, оdаtdа оtgа bоg‘lаnib kеlаdi, uning birоr bеlgisini аniqlаshgа хizmаt qilаdi.
ИМЯ ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ - Часть речи, имеющая категориальное значение признака предмета, которое выражается через словоизменительные категории рода, числа и падежа.
ADJECTIVE - Part of speech having a categorical value of the object attribute, which is expressed through the inflectional categories of gender, number and case
QIYOSIY DARAJA – predmetning belgisini biror narsaga qiyoslagan holda ko‘p yoki kamligini anglatadigan shakldir.
СТЕПЕНИ СРАВНЕНИЯ - ловоизменительная, многочленная качественных прилагательных, выражающая различную степень интенсивности признака и представленная тремя рядами противопоставленных друг другу форм положительной, сравнительной и превосходной степени.
DEGREES OF COMPARISON - lovoizmenitelnaya by polynomials qualitative adjectives, expressing varying degrees of intensity and attribute represented by three rows of juxtaposed forms of positive, comparative and superlative.
ОLMОSH - gаp ichidа оt, sifаt, sоn, rаvish, bа’zаn so‘z birikmаsi vа gаp o‘rnidа qo‘llаnа оlаdigаn, аniq lug‘аviy mа’nоgа egа bo‘lmаgаn so‘z turkumidir.
МЕСТОИМЕНИЕ - Класс слов, который не называет предметы, признаки и количества, а только указывает на них и может замещать соответствующие именные части речи в тексте.
PRONOUN - class of words, which does not name the objects, features and amount, and only refers to them, and may substitute for the corresponding nominal parts of speech in the text.
FЕ’L - shахs yoki nаrsаning ish-hаrаkаti vа hоlаtini ifоdаlоvchi mustаqil so‘zlаrdir.
ГЛАГОЛ - это часть речи, выражающая категориальное значение процессуальности через категории вида, наклонения, времени, залога, лица.
VERB - it's part of speech that expresses categorical meaning processuality by category type, inclination, time, collateral face.
RАVISH mustаqil so‘zlаrdаn bo‘lib, hаrаkаt vа hоlаtning bеlgisini, shuningdеk, bеlgining bеlgisini bildirаdi. Rаvish mоrfоlоgik jihаtdаn o‘zgаrmаs bo‘lib, ko‘pinchа fе’llаrgа bоg‘lаnib kеlаdi.
НАРЕЧИЕ - Часть речи, обозначающая непроцессуальный признак действия, другого признака, а иногда – предмета.
ADVERB - Part of speech indicating non-procedural action sign, another sign, and sometimes - a subject.

ОTLАSHISH – boshqa turkum so‘zlarining gаpdа оt bаjаrаdigаn sintаktik vаzifаdа kеlishidir.


СУБСТАНТИВАЦИЯ - Переход в существительное слов других частей речи (чаще всего – прилагательных, причастий, местоимений-прилагательных).
SUBSTANTIVATION - Go to the noun words of other parts of speech (most often - adjectives, participles, pronouns, adjectives).
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
_______________ D.Xolmatov
“___” ___________ 2022-yil

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI


(morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis)
fanining

O‘QUV DASTURI


2-kurs uchun

Bilim sohasi: 200000 – San’at va gumanitar soha


Ta’lim sohasi: 230000 – Tillar
Ta’lim yo’nalishi: 60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili))

NAMANGAN – 2022

Fan/modul kodi
HO‘AT 14 16
O‘quv yili
2022-2023 Semestr
3,4 ECTS-Kreditlar
5+6=11
Fan/modul turi
Majburiy Ta’lim tili
O‘zbek Haftadagi dars soatlari
3-4 semestr
4 soat
1 Fanning nomi Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat)
Hozirgi o‘zbek adabiy tili 3-sem 60 90 150
4-sem 90 90 180
jami 150 180 330

I. Fanning mazmuni


Fanni o‘qitishdan maqsad – Davlat ta’lim standartlari asosida bo‘lajak filologlarga hozirgi o‘zbek tilining lisoniy qurilishi va imkoniyatlari hamda ularning nutqiy qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha sistemali ilmiy–nazariy ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi – ta’lim oluvchilarda hozirgi o‘zbek tilining lisoniy qurilishi va imkoniyatlari hamda ularning nutqiy qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
II.1. FAN TARKIBIGA QUYIDGI MAVZULAR KIRADI:
1-mavzu: O’zbek tili morfemikasi.
Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari
Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning leksemaga munosabati. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari: derivatsion va grammatik morfemalar. Derivatsion morfemaning turlari. Grammatik morfemaning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar.
Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari. Morfema lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (leksik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar va b.) omillar hamkorligi.
2-mavzu: O’zbek tili derivatsiyasi
So’z yasash qolipi. Yasama so’zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari.
So’z yasash qolipi. So’z yasash qolipi UMIS, yasama so’z AXVO sifatida. So‘z yasash qolipining turlari. Unumli qoliplar. Unumsiz qoliplar. Mahsuldor va kammahsul qoliplar. Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yasama so‘z nutqiy, yasalgan so‘z lisoniy hodisa ekanligi. Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari. So‘z turkumlarida yasalish va yasama so‘zlarning leksemalashishi.
3-mavzu: O ‘zbek tili morfologiyasi. Grammatik shakl va grammatik ma’no.
O’zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari
Grammatikaning tarkibiy qismlari. Morfologiya. Grammatik shakllangan so‘z morfologiyaning birligi sifatida. O‘zbek tilida leksemani grammatik shakllantiruvchi vosita va uning turlari. Grammatik ma’no, uning turlari: morfologik va sintaktik ma’no, umumiy, oraliq va xususiy grammatik ma’no, kategorial, yondosh va hamroh ma’no, ularning xususiyatlari va turlari.
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar. Grammatik shakl lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (leksik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar va b.) omillar hamkorligi.
4-mavzu: Hozirgi o’zbek tilidagi so’z turkumlari. Mustaqil so’zlar.
Fe’l so’z turkumi. Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari
So’zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. So‘zlarni turkumlash tamoyillari, tasnif asoslari. Mustaqil so‘z turkumlari, ularning o‘rganilish tarixiga sharh. Mustaqil so‘z turkumlarining xususiyatlari, tiplari: o‘zgaruvchi va o‘zgarmas turkumlar, g‘ayrioddiy ma’noli turkumlar (olmosh, taqlid). Mustaqil so‘z turkumlari tartibi.
Fe’lning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Fe’lning umumiy grammatik ma’nosi. Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari.O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’lning nutqdagi turlari: tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari; tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llarning so‘z turkumlari sistemasidagi o‘rni.
Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari. Sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, ravishdosh.
Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi. Ularning shakllari tizimi, kategoriya umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
5-mavzu: Ot so‘z turkumi.
Ot va uning o‘rganilish tarixi. Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Otning umumiy grammatik ma’nosi. Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
Otning tasniflovchi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Son kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.
Otning nokategorial shakllari.
6-mavzu: Sifat so‘z turkumi.
Sifat va uning o‘rganilish tarixi. Sifatning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifatning tasniflovchi kategoriyasi va nokategorial shakllari. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Daraja kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Sifatning nokategorial shakllari: kuchaytirma va ozaytirma shakllari.
7-mavzu: Son so‘z turkumi
Son va uning o‘rganilish tarixi. Sonning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sonning lug‘aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Son grammatik shakllarining lug‘aviy ma’noga ta’sir qilish imkoniyatlari. Son shakllari umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Numerativlar. Numerativli birikuvlarning qoliplari.
8-mavzu: Ravish so`z turkumi. Taqlid so‘zlar
Ravish va uning o‘rganilish tarixi. Ravishning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik ravishning grammatik belgisi sifatida. Ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
Taqlid va uning o‘rganilish tarixi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
9-mavzu: Olmosh so‘z turkumi. So‘z turkumlarining ko‘chishi
Olmosh va uning o‘rganilish tarixi. Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.
So‘z turkumlarida ko’chish hodisasi. Transpozitsiya hodisasi. Konversiya hodisasi va polifunksionallik
10-mavzu: Hozirgi o’zbek tilida yordamchi so`zlar
Yordamchilarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Ko‘makchi lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
Bog’lovchilarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Bog’lovchilar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
Yuklamalar. Yuklamalarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yuklamalar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg’unligi.
So’z gaplar, ularning o’rganilish tarixi, tizimi, turlari va substansional-grammatik xususiyatlari. So’z gaplarning xususiyatlari, tiplari va turlari. So’z gaplar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
4-semestr
1-mavzu: Asosiy sintaktik birliklar
Sintaksis va uning o’rganish predmeti. O’zbek tilshunosligida sintaktik nazariyalar va ularning tahlil usullari. Sintaktik birliklar: so`z birikmasi va gap. O`zbek tilida lisoniy sintaktik qolip va uning turlari: so`z birikmasi qoliplari va gap qoliplari, ularning qurilish xususiyatlari.
Valentlik, uning tildagi mohiyati. Valentlik va sintaktik aloqa UMIS va AHVO dialektikasining sintaktik sathdagi voqelanishi sifatida.
2-mavzu: So`z birikmasi sintaksisi
So’z birikmasining o’rganilishi. Erkin birikmalar va ularning turlari. So`z birikmasi, uning xususiyatlari, tarkibi, tiplari va turlari, yondosh hodisalarga munosabati. So`z birikmasi lisoniy sintaktik qolipining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati. So`z birikmasi qoliplarida erkin birikuv omillari: ma`noviy, shakliy va joylashuv omilari. So`z birikmasida tobe aloqaning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari.
Birikmalarda sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar.
3-mavzu: Sodda gap
O’zbek tilshunosligida sodda gaplarning o’rganilishi. Sodda gap tasnifi masalasi. Sodda gapning lisoniy va nutqiy xususiyatlari. Sodda gap qolipi va uning turlari.
Gap bo’laklari nazariyasi. Gapning Grammatik bo’laklari. Bosh va ikkinchi darajali bo’laklar tushunchasi. Gapning kommunikativ yoki actual bo’linishi. Tema-rema tushunchalari.
4-mavzu: Kesim
Kesim va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Kesim – gap markazi va uning uyushtiruvchisi. Kesimning turlari: mustaqil va nomustaqil kesim, soda va murakkab kesim. Fe’l kesim va ism kesim. Fe’l kesim, unda kesimlik kategoriyasining voqelanish imkoniyatlari kengligi. Fe’l kesimning tuzilish turlari va ko’rinishlari. Ism kesim, uning Grammatik shakli, ifodalanishi. Bog’lama, uning ko’rinishlari.
5-mavzu: Ega. Ikkinchi darajali bop’laklar
Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Eganing gap qurilishidagi o’rni. Egali va egasiz gaplar. Eganing ifodalanishi. Hol va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Holning gap qurilishidagi o’rni, ma’noviy turlari, ifodalanishi.To’ldiruvchi va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. To’ldiruvchining gap qurilishida so’z kengaytiruvchisi sifatidagi o’rni, ifodalanishi. To’ldiruvchining turlari.Aniqlovchi va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Aniqlovchining gap qurilishidagi o’rni, ifodalanishi. Aniqlovchining turlari.
6-mavzu: Sodda gapning murakkablashuvi
Gapning ajratilgan bo`laklari. Uyushiq bo`laklar. Undalma. Kirish va kiritma kengaytiruvchilar. Sodda gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.
7-mavzu: Uyushgan gap
Uyushgan gap, uning sodda va qo`shma gap oralig`ida tutgan o`rni. Uyushgan gapning lisoniy-sintaktik qolipi, turlari, nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.
8-mavzu: Qo`shma gap.
Qo’shma gap va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Qo`shma gap tasnifi asoslari. Qo`shma gapning qurilishiga ko`ra tasnifi: teng munosabatli, tobe munosabatli, mutanosib munosabatli qo`shma gaplar. Qo`shma gapning tarkibidagi bog`lovchi vositalariga ko`ra tasnifi: faqat ohang vositasida, yuklamalar vositasida, teng bog`lovchilar vositasida, ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida, nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gap.
9-mavzu: Qo`shma gap turlari
Qo`shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko’ra turlari: qismlari payt, o’rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va boshqa ma’noviy munosabatlar asosida bog’langan qo’shma gaplar. Qo’shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko’ra turlari: kesim tobe gapli, ega tobe gapli, hol tobe gapli, to’ldiruvchi tobe gapli, aniqlovchi tobe gapli qo’shma gap. Qo’shma gap tarkibiy qismlarining irreallikka munosabatiga ko’ra turlari.
10-mavzu: Murakkab qo’shma gap
Murakkab qo’shma gaplarda sintaktik aloqa turlari. Qo’shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi. Unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.
11-mavzu: O`zga gapli qurilmalar.
O`zga gapli qurilmalar, ularning turlari, lisoniy xususiyatlari, nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
12-mavzu: Murakkab sintaktik butunlik.
Murakkab sintaktik butunlik matn-ning tarkibiy qismi sifatida. Murakkab sintaktik butunlik tarkibiy qismlarini bog`lovchi vositalar. Olmosh, so`z-gaplarning murakkab sintaktik butunlikdagi o`rni. Murakkab sintaktik butunlik va mikrotekst. Murakkab sintaktik butunlik va abzats
13-mavzu: Tinish belgilari: turlari va vazifalari. Tinish belgilarining qo`llanishidagi muammolar.
Tinish belgilarining qo`llanish o`rni va usuliga ko`ra, tuzilishi va va vazifasiga ko`ra turlari. Tinish belgilarining takror va qator ishlatilishi. Tinish belgilari vazifadoshligi. Vergul – tire vazifadoshligi. Qo`shtirnoq – tire vazifadoshligi. Ikki nuqta – vergul vazifadoshligi. Muallif punktuatsiyasi.
II. Ma’ruza mavzularining taqsimlanishi
3-semestr
t.r. mavzular soat
1 O’zbek tili morfemikasi. Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari. 2
2 O’zbek tili derivatsiyasi. So’z yasash qolipi. Yasama so’zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. 2
3 O’zbek tili morfologiyasi. Grammatik shakl va grammatik ma’no.O’zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari 2
4 Hozirgi o’zbek tilidagi so’z turkumlari. Mustaqil so’zlar.
Fe’l so’z turkumi. Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari 2
5 Ot so`z turkumi. 2
6 Sifat so`z turkumi. 2
7 Son so`z turkumi 2
8 Ravish so`z turkumi. Taqlid so‘zlar 2
9 Olmosh so‘z turkumi. So‘z turkumlarining ko‘chishi 2
10 Hozirgi o’zbek tilida yordamchi so`zlar va so’z gaplar 2
jami 20
4-semestr
t.r mavzular soat
1. Asosiy sintaktik birliklar 2
2. So`z birikmasi sintaksisi 2
3. Sodda gap 2
4. Kesim 2
5. Ega. Ikkinchi darajali bop’laklar 4
6. Sodda gapning murakkablashuvi 2
7. Uyushgan gap 2
8. Qo`shma gap. 2
9. Qo`shma gap turlari 4
10. Murakkab qo’shma gap 2
11. O`zga gapli qurilmalar. 2
12. Murakkab sintaktik butunlik. 2
13. Tinish belgilari: turlari va vazifalari. Tinish belgilarining qo`llanishidagi muammolar 2
III. Amaliy mashg‘ulotlar
1-mavzu: Morfemik tahlil
Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari: derivatsion va grammatik morfemalar. Derivatsion morfemaning turlari. Grammatik morfemaning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar bo’yicha mashq tahlil qilish.
2-mavzu: So’z yasalish tahlili
Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yasama so‘z nutqiy, yasalgan so‘z lisoniy hodisa ekanligi. Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari. So‘z turkumlarida yasalish va yasama so‘zlarning leksemalashishi bo’yicha mashq tahlil qilish.
3-mavzu: Grammatik ma’no turlari bo‘yicha mashq
Grammatik ma’no, uning turlari: morfologik va sintaktik ma’no, umumiy, oraliq va xususiy grammatik ma’no, kategorial, yondosh va hamroh ma’no, ularning xususiyatlari va turlari bo’yicha mashq tahlil qilish.
4-mavzu: Fe’lning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq
Fe’lning umumiy grammatik ma’nosi, Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari, o‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’lning nutqdagi turlari: tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari; tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llar bo’yicha mashq tahlil qilish.
5-mavzu: Fe’l tahlili
Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari. Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari. Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi. Ularning shakllari tizimi, kategoriya umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishi bo’yicha mashq tahlil qilish.
6-mavzu: Otning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq
Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari, otning tasniflovchi kategoriyasi, son kategoriyasi va uning shakllari bo‘yicha mashq bajarish. Test ishlash
7-mavzu: Sifat va sonlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq
Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari, uning tasniflovchi kategoriyasi, daraja kategoriyasi va uning shakllari bo‘yicha mashq bajarish. Test ishlash.
Sonlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq
8-mavzu: Ravish va taqlidlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq
Ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari, uning tasniflovchi kategoriyasi, daraja kategoriyasi va uning shakllari bo‘yicha mashq bajarish. Test ishlash
Taqlidlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq.
9-mavzu: Olmosh, uning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq. Sintaktik kategoriyalar bo‘yicha mashq
Olmosh, uning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq bajarish. Sintaktik kategoriyalar bo‘yicha mashq. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari. Egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkumiy va sintaktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi. Sintaktik shakllarning turli so’z turkumlarida qo’llanish imkoniyatlari. Shakllar umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvini o‘rgatish.
10-mavzu: Yordamchi so‘zlar tahlili.
So‘z-gaplar bo‘yicha mashq
Yordamchilarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Ko‘makchi lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi bo‘yicha mashq bajarish. Test ustida ishlash.
So‘z gaplarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. So‘z gaplar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi bo‘yicha mashq bajarish. Test ustida ishlash.
Amaliy mashg‘ulot mavzularining taqsimlanishi
3-semestr
mavzular
1 Morfemik tahlil 2
2 So’z yasalish tahlili 2
3 Grammatik ma’no turlari bo‘yicha mashq 2
4 Fe’lning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq 2
5 Fe’l tahlili 2
6 Otning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq 2
7 Sifat va sonlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq 2
8 Ravish va taqlidlarning grammatik lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq 2
9 Olmosh, uning grammatik, lug‘aviy xususiyatlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq. Sintaktik kategoriyalar bo‘yicha mashq 2
10 Yordamchi so‘zlar tahlil
So‘z-gaplar bo‘yicha mashq 2
jami 20
4-semestr
1. So`z birikmasi tahlili 2
2. Sodda gap tahlili 2
3. Kesim tahlili 2
4. Ega tahlili 2
5. Ikkinchi darajali bop’laklar tahlili 2
6. Kompleks sintsktik tahlil 2
7. Murakkablashgan sodda gaplar tahlili 2
8. Uyushgan gap tahlili 2
9. Qo`shma gap tahlili 2
10. Murakkab qo’shma gap tahlili 2
11. Kompleks sintaktik tahlil 2
12. O`zga gapli qurilmalar tahlili 2
13. Murakkab sintaktik butunlik tahlili 2
14. Tinish belgilari bo‘yicha mashq ishlash 2
15. Kompleks sintaktik tahlil 2
jami 30
IV. Seminar mashg‘ulot mavzulari
1-mavzu: Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari
Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning leksemaga munosabati. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari: derivatsion va grammatik morfemalar. Derivatsion morfemaning turlari. Grammatik morfemaning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar.
2-mavzu: Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari
So’z yasash qolipi. So’z yasash qolipi UMIS, yasama so’z YaXVO sifatida. So‘z yasash qolipining turlari. Unumli qoliplar. Unumsiz qoliplar. Mahsuldor va kammahsul qoliplar.
Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yasama so‘z nutqiy, yasalgan so‘z lisoniy hodisa ekanligi. Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari. So‘z turkumlarida yasalish va yasama so‘zlarning leksemalashishi.
3-mavzu: O‘zbek tili grammatik (morfologik)
kategoriyalari va ularning turlari
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar. Grammatik shakl lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (leksik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar va b.) omillar hamkorligi.
4-mavzu: Fe’l so’z turkumi
Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi murakkab tarkibli kategoriya sifatida.
Fe’lning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Fe’lning umumiy grammatik ma’nosi. Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari.O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’lning nutqdagi turlari: tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari; tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llarning so‘z turkumlari sistemasidagi o‘rni.
Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari. Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari. Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi. Ularning shakllari tizimi, kategoriya umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
5-mavzu: Ot so`z turkumi
Ot va uning o‘rganilish tarixi. Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Otning umumiy grammatik ma’nosi. Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
Otning tasniflovchi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Son kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati. Otning nokategorial shakllari.
6-mavzu: Sifat so`z turkumi
Sifat va uning o‘rganilish tarixi. Sifatning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifatning tasniflovchi kategoriyasi va nokategorial shakllari. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Daraja kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Sifatning nokategorial shakllari: kuchaytirma va ozaytirma shakllari.
7-mavzu: Son so`z turkumi
Son va uning o‘rganilish tarixi. Sonning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sonning lug‘aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Son grammatik shakllarining lug‘aviy ma’noga ta’sir qilish imkoniyatlari. Son shakllari umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Numerativlar. Numerativli birikuvlarning qoliplari.
8-mavzu: Taqlid so`zlar. Olmoshlar
Taqlid va uning o‘rganilish tarixi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
Olmosh va uning o‘rganilish tarixi. Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.
9-mavzu: Sintaktik shakl hosil qiluvchi
kategoriyalar va ularning turlari
Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari. Egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkumiy va sintaktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi. Sintaktik shakllarning turli so’z turkumlarida qo’llanish imkoniyatlari. Shakllar umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi.
10-mavzu: Yordamchi so`zlar. O’zbek tilida so’z gaplar
Yordamchilarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Yordamchilar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
So‘z gaplarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Ular lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
Seminar mashg‘ulotlari soatlarining taqsimlanishi
3-semestr

1 Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari 2
2 Yasama so’z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari, 2
3 O’zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari 2
4 Fe’l so’z turkumi 2
5 Ot so`z turkumi 2
6 Sifat so`z turkumi 2
7 Son so`z turkumi 2
8 Taqlid so`zlar. Olmoshlar 2
9 Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari 2
10 Yordamchi so`zlar. O’zbek tilida so’z gaplar 2
jami 20
4-semestr
t.r mavzular soat
1. So`z birikmasi nutq birligi sifatida 2
2. Gap kommunikativ nutqiy birlik sifatida 2
3. Gapda shakl va mazmun munosabati 2
4. Lisoniy sathda gap bo‘laklari. Kesim 2
5. Ega. Ikkinchi darajali bop’laklar 2
6. So‘z va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va farqlanishi 2
7. Gapda ajratilgan so‘zshakllar 2
8. Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari 2
9. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 2
10. Gapda so‘z tartibi. Aktual bo‘linish 2
11. Qo`shma gaplar tasnifi 2
12. Murakkab qo’shma gap 2
13. O`zga gapli qurilmalar. 2
14. Murakkab sintaktik butunlik. 2
15. Tinish belgilari: turlari va vazifalari. Tinish belgilarining qo`llanishidagi muammolar 2
jami 30
V. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARINING TAQSIMLANISHI
1 O‘zbek tili morfemikasi 2
2 Grammatik morfemaning turlari 2
3. Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari. 2
4 Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. 2
5 Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari. 2
6 Grammatikaning tarkibiy qismlari. 2
7 Morfologiya. 2
8 Grammatik ma’no, uning turlari 2
9 O‘zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari. 4
10 Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, 2
11 Lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, 2
12 Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar. 2
13 So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. 2
14. Mustaqil so‘z turkumlarining xususiyatlari 4
15 Mustaqil so‘z turkumlari tartibi. 2
16 Fe’l so‘z turkumi. 2
17 Fe’l turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi. 2
18 Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari. 2
19 Fe’lning nutqiy turlari 2
20 Fe’lning o‘zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari 2
21 Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi. 2
22 Ot so`z turkumi. 2
23 Otning tasniflovchi kategoriyasi. 2
24 Otning nokategorial shakllari. 2
25 Sifat so`z turkumi. 4
26 Son so`z turkumi. 2
27 Taqlid so`zlar. 2
28 Ravish so`z turkumi. 2
29 Olmosh so`z turkumi. 4
30 So‘z turkumlarining ko‘chishi. 4
31 Egalik shakllari 2
32 Kelishik shakllari. 2
33 Kesimlik shakllari paradigmasi. 2
34 Bog‘lama. 2
35 Hozirgi o‘zbek tilida yordamchi so`zlar. 2
36 Yordamchilarning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. 2
37 Bog‘lovchilarning xususiyatlari, tiplari va turlari. 2
38 Yuklamalar. 2
39 Bog‘lovchilar 2
40 O‘zbek tilida so‘z gaplar 2
jami 90
4-semestr
1. Asosiy sintaktik birliklar 2
2. So‘z birikmasi 4
3. Sodda gap. 4
4. Gap bo‘laklari. 2
5. Kesim 4
6. Ega 2
7. To‘ldiruvchi 4
8. Aniqlovchi 4
9. Hol 4
10. O‘zbek tilshunosligida sodda gap tadqiqi 4
11. Undalma 4
12. Uyushiq bo‘lak 4
13. Ajratilgan bo‘laklar 4
14. Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari 4
15. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 4
16. Gapda so‘z tartibi. Aktual bo‘linish 2
17. Nutqiy gapning emotsionallikka ko‘ra turi 2
18. Qo‘shma gap. 2
19. Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifi 4
20. Bog‘lovchi vositalarning ma’nodoshligi va vazifadoshligi 2
21. Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari 2
22. Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funktsional munosabatlarga ko‘ra turlari 2
23. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 2
24. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining irreallikka munosabatiga ko‘ra tasnifi 2
25. O‘zga gapli qurilmalar. 2
26. Uyushgan gap 2
27. O‘zbek tilshunosligida uyushgan gaplarning o‘rganilishi 4
28. Murakkab sintaktik butunlik. 4
29. O‘zbek tili punktuatsiyasi 4
30. Sintaksisga oid terminlar tavsifi 4
jami 90
VI. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI (SHAKLLANADIGAN KOMPETENTSIYALAR)
“Hozirgi o‘zbek tili” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr hozirgi o‘zbek tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, lisoniy sathlari, lisoniy paradigmalari, lisoniy birliklarining substansial imkoniyatlari, lisoniy munosabatlar, lisoniy tasnif asoslari, lisoniy birliklari substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, imlo qoidalari va talaffuz me’yorlari, fonetikasi, leksikasi, morfemikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullarini, fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini aniqlash asoslarini, substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini, imlo, talaffuz va punktuatsiyasi me’yorlarining ilmiy mezonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakasini egallashlari ta’limning hal qiluvchi vazifalaridir. Pirovardida hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish, birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
VII. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
˗ ma’ruzalar;
˗ interfaol keys-stadilar;
˗ seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
˗ guruhlarda ishlash;
˗ individual loyihalar
˗ jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar
VIII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABALAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat o’quv semestrida bir marta yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestr davomida fanga ajratilgan amaliy (seminar) mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy (seminar) mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy (seminar) mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
ASOSIY ADABIYOTLAR:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016.
2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
6. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik – Toshkent, 2013.
7. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva va b. Hozirgi o`zbek tili. O‘quv qo’llanma. – T.,2009.
8. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva va b. Hozirgi o`zbek tili. Darslik. – T.,2010.
9. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik – Toshkent, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
11. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.
12. Shoabdurahmonov Sh. Asqarova M. va b. Hozirgi o`zbek tili. T., “O`qituvchi”, 1980.
13. G`ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o`zbek tili. T., “O`qituvchi”, 1989.
14. O`zbek tili grammatikasi. I tom, T., Fan 1975.
15. O`zbek tili grammatikasi. II tom, T., Fan 1975.
16. Nurmonov A. O`zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi, T.: O`qituvchi, 1990.
17. Nurmonov A, Shahobiddinova Sh. va b. O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. T., XXI asr avlodi, 2001.
18. Nurmonov A., Rasulov R. O`zbek tili jadvallarida, T., O`qituvchi, 1993.
19. Mahmudov N. O`zbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya. T., “O`qituvchi”, 1984.
20. Rasulov R. O`zbek tilidagi holat fe'llari va ularning obligator valentliklari. T., Fan, 1989.
21. Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. T., Universitet 2002.
22. G`ulomov A. Fe'l. O`zdavnashr, T., 1955.
23. Hojiyev A. Fe'l. T., 1973..
24. Hojiyev A. O`zbek tilida so`z yasalishi. T., O`qituvchi, 1989.
25. Hojiyev A O`zbek tilida forma yasalishi T., O`qituvchi,1990.
26. Qilichev E. Hozirgi o`zbek tili. 2-nashri. Buxoro, 2001.
27. Sayfullaeva R.O`zbek tilida qo`shma gapning shakl-vazifaviy talqini. -T.: Fan, 1994.
28. Sayfullaeva R.R. Hozirgi o`zbek tilida so`z birikmalari.T., 2000.
30. Sayfullaev R.R. Hozirgi o`zbek adabiy tilida gap bo`laklarining semantikasi va grammatikasi. T., “Fan”.2000.
31. Qurbonova M va b. O`zbek tilining struktural sintaksisi. T.: Universitet.2004.
32. Qurbonova M.M. Hozirgi zamon o`zbek tili, Sodda gap sintaksisi uchun materiallar. T., “Universitet”, 2002.
33. Qurbonova M.M. Bosh bo`laklar talqiniga doir. T., “Universitet” 1998.
34. Qurbonova M.M. Hozirgi zamon o`zbek tili, Sodda gap sintaksisi uchun materiallar. T., “Universitet”, 2002.
35. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Тошкент: Фан, 2002.
36. “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали.
37. “Тил ва адабиёт таълими” журнали
Internet saytlari:
38. www. literature, uz
39. www. genhis philol.ru
40. www. library.ziyonet.uz
41. www.lingvo-online.ru
42. www.globalterminology.com
43.www.basiccomputerterminology.com
44.www.tilde.com
45.www.oxfordhandbooks.com

Namangan davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan:

- O‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2022-yil, 24-iyundagi 10-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqqa tavsiya etilgan.
- Filologiya fakulteti kengashining 2022-yil, 1-iyuldagi 10-sonli majlisida ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan.
- NamDU o’quv-uslubiy kengashining 2022-yil, 6-iyuldagi 12-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Fan uchun mas’ullar:
H.Usmonova, NamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d., prof.
Sh. Abdurahmonov, NamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n.
M.Saidova, NamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n.
N.A. Qazaqova, Namangan davlat universiteti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD
Taqrizchilar:
N.Uluqov – NamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d., prof.
I.Darveshov – NamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

TESTLAR
1. Qaysi gapda yasama so‘zning yasovchi asosi tarkibida shakl yasovchi ham mavjud?


O‘zim olib kelganimda kamchiliklari ko‘rsatilar va bu ko‘rsatmalarning keyingi ishlarim uchun katta yordami tegar edi.
Qorong‘ilik cho‘kkan bir paytda yangragan ovoz bo‘ron hayqirig‘idan kuchliroq eshitilardi.
Bu kuylardan, musiqa sehridan ko‘ngillar ziyoga, shavqqa to‘lib ravshanlashdi, mayin hislar balqidi.
Xiyobonning oxirida anorzor tepalikning shundoq yon bag‘rida tiniq bir chashma shildirab oqardi.
2. Qaysi gapda juft so‘zlarning tarkibi so‘z yasalish va so‘z tarkibi jihatdan farqlanadi?
Ikkovi ham allaqachon oilali, bola-chaqali bo‘lib, o‘zlaridan tinib ketishgan.
Qurolsiz, navkarsiz mulla fazliddin Ahmad tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi.
Bu uchrashuv, bu ko‘rishuv sahro yuziga uch-to‘rt yomg‘ir tomchisi tushgani kabi edi.
Farmonovning to‘s-to‘polon xayolini tashqaridan eshitilgan mashina ovozi bo‘lib yubordi.
3. So‘zning grammatik ma’nolari jihatidan farqlanadigan har bir shakli ... deyiladi.
So‘zshakl
Morfonema
Leksema shakl
Analitik shakl
4. Otning “narsa”, sifatning “belgi”, fe’lning “harakat” ma’nosini anglatishi shu so‘zlarga xos ... ma’nolardir
Kategorial grammatik
Xususiy grammatik ma’no
Xususiy leksik ma’no
Barchasi
5. parvona bo‘lmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, yon bosmoq fe’llari ...
Munosabat fe’llari
Tafakkur fe’llari
Harakat fe’li
Natijali faoliyat fe’llari
6. ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq fe’llari ...
Natijali faoliyat fe’llari
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Harakat fe’li
7. parchalamoq, sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq, o‘chirmoq fe’llari ...
Natijali faoliyat fe’llari

Tafakkur fe’llari


Munosabat fe’llari
Harakat fe’li
8. javramoq, bobillamoq, javob bermoq, vag‘illamoq fe’llari ...
Nutq fe’llari
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari
9. changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, hovuchlamoq, chapak chalmoq fe’llari ..
Harakat fe’li
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari
10. Boyimoq, kambag‘allashmoq, ko‘tarilmoq, urilmoq, quvg‘in bo‘lmoq fe’llari ..
Ijtimoiy holat fe’llari
Jismoniy holat fe’llari
Munosabat fe’llari
Tashqi holat fe’llari
11. Holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq fe’llari ..
Tashqi holat fe’llari
Jismoniy holat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari
Ijtimoiy holat fe’llari
12. So‘zshaklning turlari ...
Sintetik, analitik va juft-takroriy
Yasama va tub
Sintetik, analitik, tartib, ohang
Nol shaklli va analitik
13. Harakatning davomiyligini bildiruvchi modal shakl hosil qiluvchi qo‘shimchani aniqlang.
-g‘ila
-msira
-imsira
-la
14. Buyruq -istak maylining qaysi shaxsi istak ma`nosini ifodalaydi.
I shaxsi
I-II shaxsi
II shaxsi
III shaxsi
15. Biznikidir butun muhabbat, Biz o‘zimiz uning kuychisi (H.O). gapida nechta va qanday olmoshlar ishtirok etgan.
5 ta, kishilik, belgilash, o‘zlik, kishilik
4 ta, kishilik, o‘zlik, ko‘rsatish
5 ta, kishilik, belgilash, o‘zlik, ko‘rsatish
4 ta, kishilik, o‘zlik, kishilik
16. Qadoq, pud, botmon kabilar nimaning o‘lchovi ekanligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Og‘irlik o‘lchovini bildiradi
Qattiq jism hajm o‘lchovini bildiradi
Sath o‘lchovini anglatadi.
Uzunlik o‘lchovini bildiradi.
17. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Berilgan gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?
ko‘rsatish, belgilash olmoshi
so‘roq olmoshi
ko‘rsatish, gumon olmoshi
ko‘rsatish, belgilash olmoshi, korsatish
18. Qaysi qatorda nutqiy o‘timli fe’l ishtirok etgan?
Kuchli to‘lqin uni oqizib ketdi.
Majnuntol kokillari yo‘lni to‘sib turardi.
O‘qituvchi yana intizom haqida gapirib o‘tdi.
Karima u qizni surishtirib qoldi
19. 1.Berilgen so‘zlarni tegishli guruhlarga ajrating. 1)sassiqpopishuk 2)sovuqqonlik 3 )bilimdonlikdan 4)sachratqi 5)ko‘paytma 6)tinchitmoq 2 morfemadan iborat so‘z 3 morfemadan iborat so‘z 4 mortemadan iborat so‘z 5 morfemadan iborat so‘z
l, 4-b, 2, 5-c,3, 6-d
l-a, 4,S-b, 2, 3-d, b-s
l-a, 2, 4, 5-b, 3-d, b-s
1, 4-a, 2, 5-b, 3, 6-c
20. Fe'ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?
-q, -in, -ma
-aki, -oq, -choq
-q, -iq, -iy
-qi, -viy, -k
21. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lning yetakchi qismi juft fe’ldan tuzilgan?
Amakisi faqat og‘izda qo‘llab-quvvatlab qo‘yadigan inson.
U o‘z ishini o‘lib-tirilib yozdi.
Akmal doimo pulini tejab-tergab ishlatardi.
Yangasi oshirib-toshirib gapirishga ust
22. Qaysi qatordagi sifatlar qo‘shib yoziladi?
yarim//avtomat, sovuq//qon, nim//pushti
xalq//aro, tim//qora, ola//quroq
kam//gap, och//qizil, lang//ochiq
och//nahor, ola//chipor, jigar//rang
23. 1) Bitirmoq; 2)qizarmoq; 3)qochirmoq; 4)tushirmoq; 5)solishtirmoq; 6) surishtirmoq; 7)uyg‘otmoq; 8) yupatmoq; 9)oshirmoq; 10) chaqirmoq; 11)sahnalashtirmoq. Ushbu fe’llardan qaysilari orttirma nisbat shaklida?
1, 3, 4, 9
2, 8, 9, 11
1, 4, 5, 9
1,3, 6, 7, 9
28. Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping.
Olib qochmoq, ishlab chiqarmoq.
Sotib yubormoq, o‘ylab qolmoq.
Quvonib keldi, shoshirib qo‘ydi.
Isib ketdi, yozib bordi.
29. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilmagan?
Jo‘shib kuylamoq, olib tushmoq
Haydab yubormoq, to‘kib solmoq.
Kelisha olmoq, chiqara bilmoq.
Tebranib bormoq, qarab qo‘ymoq.
30. Son so‘z turkumi quyidagi qo‘shimchalarning qaysi birini qabul qilishi mumkin? 1) so‘z yasovchi qo‘shimchalar; 2)lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar 3)sintaktik shakl yasovchi qo shimchalar
1, 2, 3
2 va 3
faqat 3
faqat 2
31. Son so‘z turkumi haqida berilgan noto‘gri hukmni aniqlang
Son sanalish xususiyatiga ega bo‘lgan predmetlarga qo‘shiladi, bunda son bog‘lanib kelgan ot ba'zan ko‘plik shaklida bo‘ lishi mumkin
Son aniq miqdoriy belgini bildirishi bjlan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq qiladi
-ov,-ala qo‘shimchalari jamlik ma nosini ifodalagani uchun bir soniga qo‘shilmaydi.
Barcha hukmlar to‘g‘ri
32. Qaysi qatordagi gapda o‘tgan zamon sifatdoshi qo‘llangan?
Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi
Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi
Bilmaslik ayb emas, bilmasligini bo‘yniga olmaslik ayb
Ba’zilar o‘qigani kelganini ham unutishadi
33. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi? 1) -( y; 2) –(r; 3) –di; 4) –moqda; 5)-ajak; 6) –gandi; 7)-moqchi
1, 2, 5, 7
1, 5, 6, 7
1, 4, 5, 7
2, 3, 6, 7
34. Har kim ko‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi. Ushbu gapda nechta o‘rinda olmosh qo‘llangan?
7
4
6
5
35. Qaysi so‘zlardan bir xil grammatik shakl bilan ham majhul, ham o‘zlik nisbat hosil qilish mumkin?
Qoqmoq, yozmoq, to‘plamoq
Sevmoq, ko‘rmoq, tayyorlamoq
Olmoq, o‘qimoq, bormoq
Kiymoq, taramoq, bermoq
36. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan?
Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi
Ali Qushchi allanimalarni o‘ylab ketdi.
Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi.
Ot nima uchundir o‘rnidan jilmasdi.
37. Takroriy ravishdosh hol bo‘lib kelgan gapni toping.
Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.
Yoqimli shamol g‘ir-g‘ir esadi.
Nizomjon bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizmay aytib berishga majbur bo‘ldi.
38. Qaysi gapda lisoniy o‘timsizlik belgisiga ega so‘z berilgan?
sakramoq, yog‘moq, tushmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
olinmoq, tayyorlanmoq, o‘qilmoq
39. Qaysi gapda nutqiy o‘timsizlik belgisiga ega so‘z berilgan?
olinmoq, tayyorlanmoq, o‘qilmoq
sakramoq, yog‘moq, tushmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq
40. Qaysi gapda nutqiy o‘timlilik belgisiga ega so‘z berilgan?
o‘tkazmoq, ko‘chirmoq, chiqarmoq
sakramoq, yog‘moq, tushmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq
41. ir- orttirma nisbat qo‘shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
fe’l yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik hosil qiladi.
vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.
42. Qaysi gapdagi juft so‘z faqat lisoniy tabiatga ega?
Ikki oila anchadan beri bordi-keldi qilishadi.
Akmal bo‘lib o‘tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi.
Ukalaring yaxshi, o‘ynab-kulib yurishibdi.
Ona bir necha marta o‘z dardini aytib-aytib qo‘ydi.
43. Yasovchi affiksning bir turkumga xos bo‘lgan xilma-xil ma’noli so‘z yasash hodisasi ….deyiladi.
affiksal polisemiya
affiksal omonimiya
affiksal sinonimiya
affiksal pleonazm
44. Qaysi qatorda yasovchi asosi yasama so‘zga teng bo‘lgan so‘z keltirilgan?
Do‘stlar, tinchlik qadriga yetaylik.
Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi.
Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat,dadillik baxsh etgandek bo‘ldi.
Mehmonlarning oldiga shirinlik va issiq choy keltirib qo‘ydi.
Berilgan qo‘shimchalarning qaysilari ot so‘z turkumiga xos bo‘lib,ham so‘z yasovchi,ham lug‘aviy shakl
45. Quyidagi misollarda berilgan nisbat qo‘shimchasi haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.1.Aziza va Komila chuqur samimiyat va do‘stlik hissi bilan ko‘rishishdi, so‘rashishdi. 2.Usta tomning tuprog‘ini ko‘chirishga tusharkan, O‘ktam ketmon bilan ustaga boqishdi. 3.Qoratoy bilan O‘roz yigitni avaylab ko‘tarib, ushlanib qolmaslik uchun jo‘rttaga chug‘urlashib, suv bilan birga pastga qarab borishdi.
1-gapda birgalik-o‘zlik, 2-gapda birgalik-ko‘maklashish, 3-gapda birgalik-ko‘plik
1-gapda birgalik- ko‘maklashish, 2-gapda birgalik-o‘zlik, 3-gapda birgalik-ko‘plik
1-gapda birgalik -ko‘plik, 2-gapda birgalik-ko‘maklashish, 3-gapda birgalik- o‘zlik
1-gapda birgalik-o‘zlik, 2-gapda birgalik- ko‘plik , 3-gapda birgalik-ko‘maklashish
46. Qaysi gapda asosiy subyektni anglatuvchi so‘z to‘ldiruvchi vazifasida, ko‘maklashuvchi subyektni anglatuvchi so‘z esa ega vazifasida keladi?
Usta tomning tuprog‘ini ko‘chirishga tusharkan, O‘ktam ketmon bilan ustaga boqishdi.
Aziza va Komila chuqur samimiyat va do‘stlik hissi bilan ko‘rishishdi, so‘rashishdi.
Qoratoy bilan O‘roz yigitni avaylab ko‘tarib, ushlanib qolmaslik uchun jo‘rttaga chug‘urlashib, suv bilan birga pastga qarab borishdi.
Odamlar katta-kichik guruhlarga bo‘linib, har yoqqa tarqalib ketishdi.
47. Qaysi qatorda nokategorial shakllar berilgan?
turtkila, kulimsira, oqarinqira, savala
ishlayapman, ishlayapsan, ishlayapti
kelgan, kelgach, kelmoqda
borish, yugurgani, ketmoqchi
48. Qaysi qatordagi so‘zlar sintaktik-leksik usulda yasalgan?
qashqargul, mingboshi, tokqaychi
uchburchak, shifobaxsh, kechqurun
ko‘rgazma, tarashla, kulgi
sartaroshxona, muzxona, oshxona
49. Mehnatdan yer, suvdan o‘simlik, quyoshdan borliq yashnaydi. Ushbu gapda nechta sintetik shakl yasovchi qo‘shimcha bor?
5 ta
2 ta
6 ta
3 ta
50. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi o‘ziga xoslik ma’nosini bildirgan?
kuzda baliq ovlashning o‘z gashti bor
o‘zing ishlab topganinga o‘zing ega bo‘lasan
o‘z uying, o‘lan to‘shaging
chiroq o‘zi o‘chib qoldi
51. Qaysi qatorda tuslanishsiz fe’l ishtirok etgan?
ruxsat so‘rab kirdi
xat yozmoqchiman
talabalarning hammasi chaqirilgan
bolalar ishlayapti
52. Birgalik nisbatining qaysi ma’nosida harakatning subyekti, ham obyekti bo‘lgan ikki va undan ortiq shaxsning harakati ifodalanadi?
birgalik-o‘zlik ma’nosida
birgalik-ko‘plik ma’nosida
ko‘maklashish ma’nosida
hammasida
53. Kishilik olmoshlarining qaysilarida eski tilimiz va badiy uslubda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qisqargan holda qo‘llanishi mumkin?
I shaxs kishilik olmoshlarida
II shaxs kishilik olmoshlarida
III shaxs kishilik olmoshlarida
I va II shaxs kishilik olmoshlarida
54. Ham o‘zlik, ham majhullik nisbati ma’nolarini bildira oldigan fe’llar qatorini toping?
ochilmoq, otilmoq, tashlanmoq
yorilmoq, bo‘yalmoq, aytilmoq
yechilmoq, o‘qilmoq, tug‘ilmoq
barcha javoblar to‘g‘ri
55. Morfologiya bilan bog‘liq bo‘lgan tovush hodisalarini o‘rganuvchi ta’limot nima deyiladi?
morfonologiya
morfemika
fonologiya
fonematika
56. “Bog‘langan” , “Biriktirilgan” ma’nolarini ifodalovchi terminni toping?
affiks
pleonazm
grammatika
semantika
57. Qaysi javobda yashovchanlik so‘zidagi eng kichik morfema to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
yashovchan+lik
yosh
yashov+chan+lik
yasha
58. “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi”,--dedi bobo sevinchdan ko‘zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so‘z turkumidan yasalgan?
sifat, son, ot, fe’l
olmosh, ravish, son, ot
sifat, son, ot, fe’l, olmosh
sifat, son, fe’l
59. Yetakchi fe’l faqat –a, -y ravishdosh yasovchisi yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’llarni toping?
boshla, bil, yoz
ko‘r, qoldi, qo‘ydi
qara, yoz, oldi
qol, yot, boshla
60. Narsaning doimiy harakat belgisini bildiruvchi sifatdoshni toping?
–(u)vchi
–ajak
–gusi
–adigan
61. Bulutlardan tepamda poda. Ushbu gapda chiqish kelishigi qanday ma’no ifodalagan?
narsaning nimadan ishlanganini ifodalash
harakat qaratilgan narsani ifodalash
fe’ldan anglashilgan ish-harakatning belgisini
bir narsani boshqa bir narsa bilan qiyoslash
62. -la qo‘shimchasi yordamida yasalgan fe' llar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) siltala 2)opichla 3)bukla 4)quvla 5)uxla 6)uhla 7)voyvoyla 8 ) avayla
6.7
1,2,6, 7
1,2,3,4,6,7
barchasi to‘g‘ri
63. Qaysi javobda payt ravishlari ko‘rsatilgan? 1)bugungi; 2) buguncha; 3) hozirgi; 4) hozirgacha; 5) so‘nggi; 6)so‘ngra
2, 4,6
1, 2, 3, 4, 5, 6
1,3,5
1,2,3,4
64. Bu jahonning mazmunin bilmoqchi bo‘lsang, o‘rtoq, Yuragingga kitobning zavqli mash'alini yoq. Ushbu misralardagi qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
2 ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum
2 ta belgili va 1 ta belgisiz qaratqich, 1 ta belgili tushum
2 ta belgili qaratqich, 1 ta belgili va 1 ta belgisiz tushum
3 ta belgili qaratqich, 1 ta belgili tushum
65. Quyida berilgan gapdagi tushum va qaratqich kelishiklari sonini aniqlang. Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog‘i bilan eshitishi, to‘g‘ri yo‘lga targ‘ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko‘ndirishi lozim.
3 ta qaratqich, 5 ta tushum
3 ta qaratqich, 6 ta tushum
1 ta qaratqich, 6 ta tushum
1 ta qaratqich, 5 ta tushum
66. Qaysi javobda quyida berilgan gaplardagi mehnat so‘zining bajargan vazifasi to‘gri ko‘rsatilgan? 1.Mehnat hayot tomiridagi qondur. 2.Mehnatni hurmatlasak, u bizni e’zozlaydi. 3.Inson mehnat bilan e’zozlanadi. 4.Baxtning kaliti mehnatning cho‘ntagida
1-ega, 2-vositasiz to‘ldiruvchi,3- vositali to‘ldiruvchi, 4-qaratqich aniqlovchi
1-aniqlovchi, 2-vositasiz to‘ldiruvchi,3-ega, 4-aniqlovchi
1-ega, 2-vositali to‘ldiruvchi,3- vositasiz to‘ldiruvchi, 4-aniqlovchi
1-ega, 2-vositali to‘ldiruvchi,3-ega, 4-qaratqich aniqlovchi
67. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi orttirma nisbat olgan so‘z haqidagi to‘g‘ri hukmlar berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.
Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama so‘zga qo‘shilgan.
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z sifatdosh shaklida kelgan
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z gapda kesim bo‘lib kelgan.
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning yasalish asosi undov so‘zdir.
68. Olmoshlar haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni aniqlang? 1) alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlariga va narsa so‘ziga qo‘shilib, ularga gumon ma’nosini yuklaydi; 2) –dir qo‘shimchasi ot kesim vazifasini bajargan nima olmoshiga qo‘shilsa, so‘roq olmoshi tarkibida keladi; 3)-dir qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari va narsa so‘ziga qo‘shilib, ularga gumon ma’nosini yuklaydi; 4)Olmoshlardan sifat, ravish, fe’l kabi so‘z turkumlarini hosil qilish mumkin. 5) Olmoshlar sodda yasama so‘zlar turkumlari yasalishi uchun yasovchi qism vazifasini bajara oladi.
1,2, 4
1, 2,3,4,5
1,4,5,
1,2,4,5
69. Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajargan gaplar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1.Bu – tushmi, o‘ngmi yoki bir ro‘yo. 2.Bu - o‘quvchi uchun katta sinovdir. 3.Bu kitobni qiziqib o‘qiyman. 4.Buning odam bo‘ladigan emas.
1, 2,4
2, 3
1,2,3,4
1,2,3
70. Qaysi qatorda olmoshlar faqat to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan?
Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam qilib kitob yozishingiz kerak.
Shuni o‘ziga aytsangiz ham bo‘lar edi.
Men hech kimdan hech narsa talab qilayotganim yo‘q, aksincha sizning talablaringizni bajarmoqchiman.
Sizni bezovta qilmaslik uchun kecha kelmagan edik, buni sizga aytib qo‘ymaganimiz uchun kechirim so‘raymiz.
71. 1.Nigora yigitga ma`noli qarab gapirdi. 2.Yigit otasiga qarab yura boshladi. 3.Mardon olislarga qarab turardi. Ushbu gaplar tarkibida berilgan qarab so‘zi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
1-gapda mustaqil fe’l, 2-gapda ko‘makchi, 3-gapda ko‘makchi fe’lni ergashtirib kelgan yetakchi fe’l
1- va 2-gaplarda ko‘makchi, 3-gapda qo‘shma fe’l tarkibida kelgan yetakchi fe’l
1- va 3-gaplarda mustaqil fe`l, 2-gapda ko‘makchi
1-gapda mustaqil fe’l, 2- va 3- gaplarda ko‘makchi
72. Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi harakat nomi qatnashgan fe’l berilgan?
Abdulla Avloniy yangi zamonaviy o‘qitishni ilmiy asoslab berdi.
Tez kunlarda yangi maktabning ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Abdulla Avloniy o‘z ishini maktab ochishdan boshladi.
Yupatolmas kitob va qalam. Misralarim ko‘tarar nolish.
73. Berilgan birliklardan qaysilari yasama emas? 1)olib kelmoq, 2)sotib olmoq, 3)javob bermoq 4)sotib yubormoq.
faqat 4
faqat 1
2,4
3,4
74. Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl podsholar adolat o‘rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotishi lozim. Ushbu gapda nechta yasama fe’l bor?
3ta
2ta
1ta
4ta
75. 1)xo‘rsindi 2)tirmashdi 3)tortdi 4)ortdi 5)havaslandi 6)taltaytirdi 7)chizildi 8)tinglashdi 9)bo‘lindi 10)tinglandi. Ushbu fe’llardan qaysi biri aniq nisbat shaklini hosil qilmagan?
6,7,8,9,10
2,7,8,9,10
1,2,3,4,5
3,4,7,9,10
76. 1)tiklatildi 2)achitdi 3)o‘qitishdi 4)uxlatishdi 5)tashlandik 6)ilitildi 7)tashidi 8)tirmashdi. Ushbu so‘zlarning qaysilarida birdan ortiq fe’l nisbatlari qo‘shimchalari qo‘llanmagan?
2,5,7,8
2,5,6,8
1,3,4,6
1,3,6,8
77. 1)xo‘rsindi 2)tirmashdi 3)tortdi 4)ortdi 5)havaslandi 6)taltaytirdi 7)chizildi 8)tinglashdi 9)bo‘lindi 10)tinglandi. Ushbu fe’llardan qaysi biri aniq nisbat shaklini hosil qilgan?
6,7,8,9,10
2,7,8,9,10
1,2,3,4,5
3,4,7,9,10
78. 1)tiklatildi 2)achitdi 3)o‘qitishdi 4)uxlatishdi 5)tashlandik 6)ilitildi 7)tashidi 8)tirmashdi. Ushbu so‘zlarning qaysilarida birdan ortiq fe’l nisbatlari qo‘shimchalari qo‘llangan?
2,5,7,8
2,5,6,8
1,3,4,6
1,3,6,8

79. Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi”dan qutulishning bezarar, oson, arzon, yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yog‘i uch kronaning bahridan kechishga rozi bo‘lganlarning barchasiga yuborishni va`da qilgan. Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping.


8ta
7ta
6ta
9ta
80. U o‘z fikrlarini jo‘shib, to‘lqinlanib majlis ahliga bayon qildi. Ushbu berilgan gapda nechta so‘z mavjud?
8 ta
6 ta
7 ta
9 ta
81. O‘zlik nisbatidagi fe'lni toping.
Shaharning ko‘zga ko‘ringan odamlari taklif etilgan.
Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi.
Lagan-tovoqning biri-birisiga tekkan tovushini eshitib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakka oldi.
Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta so‘rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol-stullar bilan bezatilgan.
82. Affiks so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi?
birlashtirilgan va biriktirilgan
yopishtirilgan va biriktirilgan
qo‘shilgan va birlashtirilgan
uyushtirilgan va birlashtirilgan
83. Affiksoidlarni toping.
xona, noma, noma
yasovchi qoshimchalar
shakl yasovchilar
oraliq so‘zlar
84. Polisemantik qo‘shimchani toping.
- chilik
-shunos
furush
–kor
85. Analitik yo‘l bilan hosil bo‘lgan so‘zshakllar berilgan qatorni toping.
maktab uchun, kelajak sari
o 'qib chiqdi, borgan ekan
shaharga tomon, daryo yoqalab
baland-baland, kula-kula
86. Asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi yasama sifatlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
topag‘on, tirishqoq
toparmon, vatanparvar
chopag‘on, uddaburon
unutuvchan, kuyinchak
87. Quyidagi fe’l birikmalarning qaysilari sintetik-analitik shaklda?
O‘qiyman, bordim, kelyapman;
Aytib-aytib charchadi, chopib-chopib o‘ynadi
bor, kel, o‘qi, yoz, sev, ayt
o 'qib chiqdi, ayta boshladi, borgan ekan
88. Qaysi qatorda –lan affikisini -la so‘z yasovchi –n nisbat kabi tarkibiy qismlarga bo‘lingan?
afsuslanmoq
lazzatlanmoq
maydalanmoq
shodlanmoq
89. Otlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelganda ikkilamchi sintaktik vazifani bajaradi?
sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelganda
hol vazifasida kelganda
to‘ldiruvchi vazifasida kelganda
qaratqich aniqlovchi vazifasida kelganda
90. Morfologik sath birligi ko‘rsatilgan qatorni toping
So‘zshakl
Morfema
Leksema
Fonema
91. Morfemalarning sintagmatik munosabatidan nima vujudga keladi?
so‘zshakl
morfologik sath
fonema
grammema
92. Fe’llardagi qaysi kategoriya harakatning subyekt va obyektga bo‘lgan munosabatini ifoda etadi?
nisbat kategoriyasi
mayl kategoriyasi
zamon kategoriyasi
bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
93. Fe’llardagi qaysi kategoriya harakat bilan subyekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabatini ifodalaydi?
mayl kategoriyasi
nisbat kategoriyasi
zamon kategoriyasi
bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
94. Gaplashmoq, suhbatlashmoq, so‘ramoq, surishtirmoq qanday fe’llar hisoblanadi?
nutqiy undash fe’llari
nutqqa xos baholash fe’llari
nutqiy aloqa fe’llari
axborot anglatish bilan bog‘liq fe’llar
Yüklə 166,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə