O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə1/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org


O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 

MIKRO MAKRO IQTISODIYOT 

FANIDAN 

MA’RUZALAR MATNI 

TOSHKENT – 2013 



O‘quv-uslubiy majmua namunaviy dastur va ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi 


asosida ishlab chiqilgan va “Iqtisodiy nazariya” kafedrasining 2012 - yil 28
avgustdagi majlisi .......-sonli bayonnomasi bilan, hamda Xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiyoti va mamalakatshunoslik fakulteti Ilmiy-uslubiy kengashining 20......-
yildagi ....... - sonli majlisi bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan. 

Tuzuvchilar:

Xolmatov N.B - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 


“Iqtisodiy nazariya” kafedrasi dotsenti, i.f.n.


Imomova N.A. - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
“Iqtisodiy nazariya” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:

Haqberdiyev Q.Q. - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,


“Iqtisodiy nazariya” kafedrasi dotsenti, i.f.n.


Xabibullayev I. - Toshkent Moliya instituti “Statistika” kafedrasi

professori, t.f.d.

Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
O‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. (201… yil 
“........”...............dagi “........” - sonli bayonnoma).




KIRISh
O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi
bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich 
shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi brogan
sari takomillashtirilmoqda. Shuningdek, bozor transformatsiyasi jarayonlarida 
milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‘ziga xos tendensiya va
qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, jfhon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi davrida aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini
olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va 
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda,
tegishli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan 
Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dasturning
amaliy ahamiyatiga e’tibor qaratib, Prezidentimiz Islom Karimov “Dasturdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar 
bilan jihozlash, pirovardida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib
borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat 
jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir”, deb
ta’kidladilar
1
. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‘rinliki, talabalarga ta’lim 

va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud


o‘quv adabiyotlari tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga 
aylanmoqda.
“Mikromakroiqtisodiyot” fanini o’qitish ta’lim texnologiyasi, o’qituvchidan 
talab qilinadigan puxta ilmiy-nazariy bilimga ega bo’lish va pedagogik-tarbiyaviy
malakani kuchaytirib borish mas’uliyatini pasaytirmaydi, balki, talabalarga 
mavzularning asosiy materiallarini qisqa va tushunarli tilda etkazib berishga, bilim,
ma’lumot va axborotlarni qiyoslash, guruhlash, ta’riflash orqali talabalarning 
iqtisodiy idrok va tafakkur jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi. Albatta,
“Mikromakroiqtisodiyot” fanini chuqur o’zlashtirish, fanning asosiy masalalarini 
talabalarga tushuntirish uchun 16-18 ta ma’ruza mashg’uloti etarli hisoblanmaydi,
18 ta seminar mashgulotlarida mavzularning ko’p qirralarini qamrab olish qiyin 
kechadi. Shu munosabat bilan mazkur ta’lim texnologiyalari fan predmetining
muhim jihatlarini sodda shaklda muammoli tarzda etkazishga yo’nalgan bo’lib, 
talabalarni iqtisodiy bilimlarni puxta egallashga rag’batlantiradi.
Bunday sharoitda bozor mexanizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub’ektlarining 
hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‘jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat
iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, makroiqtisodiy vaziyat va uning 
barqarorligini ta’minlash muammolarini ilmiy-nazariy o‘rganish, bu borada
1
Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 

xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng


muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruza, 2011 yil 21 
yanv./I.A.Karimov.-T.: O‘zbekiston, 2011.- 37- bet.


iqtisodiy tafakkurni kengaytirish hamda mukammallashtirish, talabalarda tegishli


darajada amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga erishish lozim. Shu bilan birga 
“Mikromakroiqtisodiyot” fani predmetini chuqur o‘rganish, bozor iqtisodiyotining
nazariy asoslari, qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish, nazariy yondoshuvlarning 
amaliy jihatlarini ilg‘ab olish, makroiqtisodiy jarayonlarning global va lokal
masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni 
o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda ushbu fanning ob’ekti
kengayadi, predmeti toraymaydi.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda bozor iqtisodiyotdagi asosiy
jarayonlarni, quyi tizimdagi korxona, firma, tadbirkorlarning iqtisodiy 
faoliyatining muhim jihatlari bo‘yicha nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda fanning vazifasi sifatida 
talabalarga ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol jarayonida iqtisodiy
sub’ektlarning bozorga xos xatti-harakatlarini, ular orasidagi munosabatlarni 
o‘rgatish belgilangan.
“Mikromakroiqtisodiyot” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga 

oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr milliy iqtisodiyot amal qilishining


mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo‘jaligi 
faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma’ruza
materiallarini o‘zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotga 
oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil
tashkil etish, O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, 
uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy
xo‘jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo‘nalishlarini tahlil qilish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi,
korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor 
munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil
tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. 
“Mikromakroiqtisodiyot” umumiqtisodiy fan bo‘lishi bilan birga amaliy
iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o‘rganadi, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun 
bu fanni o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
TDShI XMI va mamlakatshunoslik fakultetida o‘quv rejasiga ko‘ra 
“Mikromakroiqtisodiyot” fani talabalarga 2 kursning 1-2- semestrida jami 132 soat
o‘qitilib, shundan 38 soat ma’ruza, 38 soat amaliy hamda 56 soat mustaqil ta’lim 
mashg‘ulotlaridir. Ma’ruzalar kursida jami 19 ta mavzu materiallari jamlangan
bo‘lib, mazkur ma’ruzalar kursini tayyorlashda yangi ta’lim texnologiyalari, ularni 
qo‘llash bo‘yicha mamlakatimizning yetakchi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari
tajribasidan foydalanildi, ularning uslubiy tavsiyalari inobatga olindi
2
. Shuningdek, 

2
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G‘afurov, G.T.Minavarova, M.Sh.Xalilov. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ta’lim texnologiyasi. Uslubiy 


qo‘llanma. «Iqtisodiy ta’limda o‘qitish texnologiyalari» seriyasidan. – T.: TDIU, 2010, 329


b.


majmuani tayyorlashda ma’ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab


chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni 
texnologiyalash qoidalari hisobga olindi, fanning predmeti va asosiy vazifalari,
fanni ToshDShIda o‘qitish xususiyatlari e’tiborga olindi, hamda mualliflarning 
o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanildi.
Talabalarning “Mikromakroiqtisodiyot” fanini dastur doirasida yetarli saviya 
va darajada o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy interfaol
usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq 
etishga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda, fan
bo‘yicha bilim berishda va o‘qitishda ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, 
interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, o’quv
mashg’ulotlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‘mitasi, 
Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari,
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 
statistik va tahliliy to‘plamlar materiallari ishlatiladi.

MIKRO MAKROIQTISODIYOT” 




Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə