O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi mustaqil ish mavzu: Yupqa plastinkalardan qaytgan yorug’lik interferensiyasi Bajardi



Yüklə 378,63 Kb.
tarix25.05.2023
ölçüsü378,63 Kb.
#112891
3-topshiriq

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI Mustaqil ish MAVZU: Yupqa plastinkalardan qaytgan yorug’lik interferensiyasi Bajardi: 005-22 guruh talabasi Ne’matov Jamshid

Yupqa plastinkalardan qaytgan yorug’lik interferensiyasi

Yorug’lik nuri yupqa tiniq plastinkaga yoki pardaga tushsa, bu nurlar yupqa plastinkaning ikkala sirtidan ham qisman o’tadi . Bu plastinkalarning yuqori va pastki qismlaridan yorug’lik qaytishi natijasida hosil bo’lgan birinchi va ikkinchi kogerent parallel yorug’lik nurlar dastasi hosil bo’ladi. Ikkala nur ham plastinkaga kirganda va undan chiqqanda sinadi.

Birinchi va ikkinchi nurlar optik yo’llarining farqi: ......n –plastinka materialining sindirish ko’rsatkichi.

Teng qalinlikga tegishli interferensiya

Agar 1 va 2 nurlar yo’liga to’plovchi linza qo’yilsa, bu nurlar linza fokal tekisligining biror nuqtasida yig’ilib interferensiya hodisasini vujudga keltiradi. Interferensiya natijasi optik yo’llar farqi ga bog’liq bo’ladi. shartni qanoatlantiruvchi nuqtalarda minimum hosil bo’lsa, 2m2 shartni qanoatlantiruvchi nuqtalarda esa maksimumlar hosil bo’ladi.

Teng og’ishga tegishli interferinsiya

  • Sindirish ko’rsatgichi (n) ga va qalinligi (d) ga teng bo’lgan yupqa yassi parallel plastinkaga monoxromatik yorug’lik nuri burchak ostida tushayotgan bo’lsin. Bu vaqtda (5.79) formuladan ko’rinadiki, plastinkaning havo - plastinka, plastinka havo chegarasidan qaytgan nurlar o’zaro interferensiyalashib, maksimum yoki minimum hosil qilishi mumkin. Berilgan qalinlikdagi yassi parallel plastinka uchun qaysi nuqtada minimum hosil qilishi tushish burchagi ning qiymatiga bog’liq.

shartni qanoatlantiruvchi burchakda tushayotgan parallel nurlar dastasi o’zaro interferensiyalashib, maksimumni va

  • shartni qanoatlantiruvchi burchak ostida tushayotgan nurlar o’zaro interferensiyalashib minimumni beradi.

Boshqacha qilib aytganda, faqat ma’lum burchak ostida tushuvchi parallel nurlar dastasi plastinkadan qaytganda interferensiyalashib maksimum yoki minimumni beradi. Shuning uchun ham bunday interferensiyaga teng og’ishga tegishli interferensiya deyiladi. Bunday holda yassi plastinkadan qaytuvchi nurlar o’zaro paralleldir, ya’ni ular cheksizlikda uchrashadi. Shuning uchun ham bunday interferensiyaga cheksizlikda joylashgan yoki lokallashgan deb ataladi. Bu vaqtda

interferensiyani kuzatmoq uchun yig’uvchi linzadan foydalaniladi. Interferension manzara linzaning fokal tekisligida hosil bo’ladi.

  • interferensiyani kuzatmoq uchun yig’uvchi linzadan foydalaniladi. Interferension manzara linzaning fokal tekisligida hosil bo’ladi.
  • Agar plastinkaga tushuvchi nur monoxromatik bo’lmasdan murakkab bo’lsa, u vaqtda turli xil to’lqin uzunlikdagi nurlar turli burchak ostida tushadi. Bu nurlar mos ravishda turli burchaklardan qaytib, interferension manzara kamalak singari turli xil to’lqin uzunlikdagi nurlarga ajralgan bo’ladi.

Plastinkaning qalinligi turli nuqtalarda turlicha bo’lib, uning sindirish ko’rsatgichi (n) ga teng bo’lsin. VS va DE plastinka sirtlari orasidagi burchak kichik bo’lib, yorug’lik manbai yetarli uzoqlikda joylashganligi sababli xamda ponasimon plastinkaning kam o’zgarishi tufayli 1 va 2 nurlarning tushish burchaklarini deyarli teng deb olish mumkin, u xolda plastinkaga tushib qaytgan birinchi va ikkinchi nurlar orasidagi optik yo’llar farqi

  • Plastinkaning qalinligi turli nuqtalarda turlicha bo’lib, uning sindirish ko’rsatgichi (n) ga teng bo’lsin. VS va DE plastinka sirtlari orasidagi burchak kichik bo’lib, yorug’lik manbai yetarli uzoqlikda joylashganligi sababli xamda ponasimon plastinkaning kam o’zgarishi tufayli 1 va 2 nurlarning tushish burchaklarini deyarli teng deb olish mumkin, u xolda plastinkaga tushib qaytgan birinchi va ikkinchi nurlar orasidagi optik yo’llar farqi

shartdan topiladi.
Agar bu optik yo’llar farqi quyidagi shartni qanoatlantirsa

Plastinkaning bir xil qalinlikdagi nuqtalaridan qaytgan nurlar maksimumlarini xosil qiladi. Agar optik yo’llar farqi quyidagi shartni qanoatlantirsa


u xolda minimumlar kuzatiladi, bunda (m=0,1,2,3,….) bo’lib u interferension manzara tartibini ifodalaydi.

Xulosa

  • Yuqoridagi rasmdan ko’rinadiki, qaytgan 1 va 2 nurlar bevosita plastinka yuzasidan uchrashib interferensiyani beradi. Shuning uchun ham bu interferensiyaga sirtda lokallashgan deyiladi. Agar tushuvchi nurlar murakkab bo’lsa, u holda interferension manzara rangli bo’lib plastinka yuzi kamalak rangiga bo’yaladi. Suv betidagi neft yog’ining yupqa plenkasida va sovun pardalarida hosil bo’ladigan kamalaklar shunga misol bo’la oladi. Ko’rinadiki, teng og’ishga tegishli interferensiya qalinligi o’zgarmas (d=const) plastinkaga turli burchak ostida yorug’lik tushishi natijasida hosil bo’lsa, teng qalinlikka tegishli interferension yo’llar esa o’zgarmas burchak ostida plastinkaga tushuvchi parallel nurlardan hosil bo’ladi. Real sharoitlarda, ya’ni yog’ va sovun pardalarida yorug’lik tushish burchagi ham, parda qalinligi ham o’zgaradi, bu holda aralash interferension yo’llar hosil bo’lishi kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. K.P.Abduraxmanov, O‘.Egamov. “Fizika”. Darslik. Toshkent.
  • 2. I. V. Savelyev Fizika kursi.
  • 3. M.Ismoilov, P. Habibullayev, M Xaliulin . “fizika kursi” kitobi.Toshkent, "O'zbekiston" nashriyoti, 2000-yil.

Internet saytlari

  • 1.ziyonet.uz
  • 2.https://www.ziyouz.com/kutubxona/category/137-fizika?download=5098:fizika-3-kitob-ma-ruzalar-matni-a-no-monxo-jayev-m-fattohov-va-b
  • 3.https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa

Yüklə 378,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə