|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI
UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH
BOSH BOSHQARMASINING BUYRUG‘I
|
20 yil «___» ___________ _______ -son Toshkent sh.
|
Bosh boshqarmaning alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga 2023-yil aprel oyi uchun lavozim maoshlariga belgilangan shaxsiy ustama miqdori bo‘yicha mablag‘ ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
22-iyundagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 409-sonli, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 18-martdagi 428-sonli qarorlari hamda bosh boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 30-dekabrdagi B-177-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
BUYURAMAN:
1. Bosh boshqarmasi xodimlarini mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatish va har oylik ish haqlariga shaxsiy ustamalarni belgilash komissiyasining 2023-yil
04-apreldagi 21-sonli bayonnomasi ijro uchun qabul qilinsin.
2. Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari (Sh.Egamberdiyev) ilovada keltirilgan xodimlar ro‘yxati asosida Bosh boshqarmaning “Uy-joy kommunal sohasini rivojlantirish jamg‘armasi” hisobidan mablag‘lar ajratilsin.
3. Bosh hisobchisi (R.Iskandarova) ushbu mablag‘larni Bosh boshqarma
Uy-joy kommunal sohasini rivojlantirish jamg‘armasining xarajatlar smetasidagi ish haqi moddasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshirsin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishi nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari -
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish
bosh boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Raximdjanov
Dostları ilə paylaş: |