O
ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand Davlat
me’morchilik-qurilish instituti
ARXITEKTURA
YODGORLIKLARINI
TA’MIRLASH
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta ’Iim vazirligi
tom onidan oliy o‘quv yurtlari talabalariga darslik
sifatjda tavsiya etilgan
T oshkent-2009
Taqrizchtlar:
Zohidov P.;
Rahmonov A.;
Nozilov D.
Mas'ul niuharrir: X.Sh. Po'latov
A81
Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash.
Oliy o'quv yurtlari
talabalari uchun darslik / 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta
maxsus ta'lim vazirligi. Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Mirzo
Ulug‘bek nomli Samarqand Davlat me’morchilik-qurilish instituti.
mualliflar jamoasi X.Sh. Po‘latov vaboshq. - Т.: «Ta’lim nashriyoti»,
«Iqtisod-moliya», 2009. -240 b.
Ushbu darslik “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash” nomi bilan atal-
gan, alohida-alohida o'qitiladigan nazariy va amaliy fanlarni o‘rganishga
mo‘ljallangan. Darslikning katta qismi yodgorliklarni ta’mirlash (restavratsiya
qilish) masalalariga bag‘ishlangan. Ta’mirlash jarayonida obidalarning asl-
ligini saqlab qoiishga alohida e’tibor ber/lgan. Amaliy mashg‘ulot jarayonida
kurs ishlarini ta’mirlash, qayta qurish (rekonstruksiya qilish) loyihalari hamda
ilmiy xarakterda, jumladan, grafik rekonstruksiya tariqasida bajarish mumkin-
ligi ko‘rsatilgan. Darslik 5580100 —“Arxitektura” yo‘nalishi bo‘yicha ta ’lim
olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.
BBK 8 5 . 1 1я73
IS B N 9 7 8 - 9 9 4 3 - 1 3 -1 3 2 -3
© «Ta’lim nashriyoti», 2009
© «Iqtisod-moliya», 2009
Istiqlol tufayli boy madaniy va ma'naviy merosimizni yaratgan ulug‘
ajdodlarimiz Alisher Navoiy. Amir Temur, Mirzo UIug‘bek, Bahoud-
din Naqshband, Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-
Moturudiy, at-Termiziy, Imom al-Marg‘iloniy, Mirzo Bobur kabi
ko'plab alloma-yu fozillaming nomlari tiklandi, ko'hna tariximizning
asl zarvaraqlari o‘qila boshlandi. Me’morchilik sohasida qator tarixiy
yodgorlik majmualari qurilayotganligi, ta ’mirlanishi, shu bilan birga,
bog‘-rogllar barpo etilib, obodonchilik ishlari bajarilayotganligi mus-
taqillik yillaridagi dolzarb “bunyodkorlik mevalari”dandir.
O‘zbekiston Respublikasida Samarqand, Buxoro, Toshkent. Xiva,
Shahrisabz, Termiz, Qarshi, Qo‘qon, Marg‘ilon kabi dunyo sivili-
zatsiyasi rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy shaharlar,
m e’moriy va tarixiy obidalar — madaniy merosimiz mavjud.
0 4zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Kari
mov tashabbusi bilan 1991 -yilda Xivadagi “Ichan qal’a ”, 1993-yilda
Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000-yilda Shahrisabzmng Amir
Temur va temuriylar davri me’moriy obidalari, 2001-yilda Samarqand
shahrining tarixiy yodgorliklari “ Butunjahon madaniy meroslari
ro‘yxati”ga kiritilgani xatqimiz uchun iftixor baxsh etadi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyekt-
larini muhofazalash va ulardan foydalanisli to'g'risida” gi qonuni (2001-
yil 30-avgustda qabul qilingan) tarixiy va m e’moriy obidalarni muhofa-
za qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon andazalariga mos qo-
nuniy asosni yaratdi.
Afsuski, XX asrning 20-30-yillaridan boshlab xalqimizning ma
daniy merosini yo‘qotish, nivelirlash “siyosati” natijasida m e’moriy
obidalarimiz omborlarga, tashlandiq joylarga hatto mahbuslar saqla-
nuvchi qamoqxonalarga aylantirilgan edi. Yuzlab masjid, madrasa,
maqbara kabi islom obidalari xarobaga aylanganligining hammamiz
guvohimiz. Bu achinarli haqiqat mustaqilligimizning birinchi yillari-
danoq oshkor etildi.
1992-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining du
nyo fani, tarixi. madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan buyuk
olim, davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligini nishon-
lashga tayyorgarlik ko‘rish va o ‘tkazish haqidagi qarori qabul qilindi.
0 ‘rta Osiyo Renessansi deb ataladigan XV asrdan meros bo‘lib qol-
gan Mirzo Ulug'bek tomonidan Samarqandda bunyod etilgan Rasad-
xona, Ulug‘bek madrasasi, Buxoro va G ‘ijduvon shaharlaridagi Ulug‘bek
madrasalari, Shahrisabz shahridagi Ko‘kgumbaz masjidi ta’mirlandi.
Toshkentda olimlar shaharchasida Mirzo Ulug‘bekning haykali o^matildi
(1993-yil).
Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag‘ishlab
(1996-yil) uning hukmronligi yillarida bunyod etilgan eng mashhur va
ko'rkam obidalardan Samarqandda Amir Temur maqbarasi, Registon
maydoni, Bibixonim masjidi, Shahrisabzda Donit Tilovat va Dorus
Saodat majmualari ta’mirlandi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari-
ning markaziy qismlarida Amir Temur haykaliari o‘rnatildi. Toshkent-
dagi Amir Temur haykali esa 1993-yilda bunyod eildi.
Ulug'bek madrasasining ro'parasida qurilgan Sherdor madrasasi
(1616-1636 yillar), Tillakori madrasasi (1646-1660 yillar) mustaqillik
yillarida to kliq ta'mirdan chiqarilib, Regisron maydoni ajdodlarimiz
mahoratidan, shon-shavkatidan yorqin bir yodgorlik majmuasidir.
Ko‘hna shaharlarimiz: Buxoroning 2500 yilligi (1997-yil); Xiva-
ning 2500 yilligi (1997-yil). Termizning 2500 yilligi (2002-yil), Shah-
risabzning 2700 yilligi (2002>yil) munosabati bilan obnlab me'moriy
obidalar — madrasa, masjid, qadimiy savdo rastalari, saroylar, me'moriy
majmualar ta ’mirlandi.
Buyuk ipak yo‘li ustida joylashgan Buxoroyi sharif qadimda eng
rivojlangan shaharlardan biri bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Yubiley sharo-
fati bilan Mag'oki Attori masjidi, sayyohlar uchun eiig sevimli obidalar
dan Masjidi Kalon, balandligi 50 metr keladigan Minorayi Kalon,
Mir Arab madrasasi, Qo'shmadrasa: Modarixon, Abdullaxon, Labi
hovuz, Nodir Devonbegi masjidi va madrasasi kabi o'nlab obidalar
ta'mirlandi. Cho'kib ketish xavfi ostida qolgan eng nodir va qadim yodgor
lik Ismoil Somoniy (IX-X asrlar) maqbarasi ta'mirlanib, O'zbekiston
Respublikasi hududidagi tarixiy yodgorlikiar orasida birinchilardan bo‘lib
YuNESKOning umumjahon madaniyati merosi ro‘yxatiga kiritilganligi
katta ahamiyat kasb qiladi.
Termiz shahrining 2500 yiliik yubileyi (2002-yil) xalqaro miqyosda
keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Surxondaryo vohasida A1 Hakim
at-Termiziy, Qirqqiz, Sulton Saodat majmualari, Kokildorota xonaqo-
hi, Imom Iso at-Termiziy maqbarasi, Qora tepa, Fayoz tepa budda
ehromlari kabi tarixiy va arxeologik obidalar ta’mirlandi. Termiz shahri
yaqinidagi Jarqo'rg‘on minorasi (1108-yil) ham yana o‘z ko‘rkamligi,
o ‘ziga xos uslubi bilan tiklandi.
Xiva m e’morligi o'ziga xos uslubiy va badiiy jjliatlari bilan ajraiib
turadi. “Sharq gavhari” deb tan olingan Xiva shahrining 2500 yilligi
(1997-yil) jahon miqyosida keng nishonlanishi tufayli o‘nlab tarixiy
obidalami o‘z ichiga olgan “Ichan qal'a” muzey-qo‘riqxonasi butunlay
yangicha chiroy ochdi. Hozirgi Xivaning Ichan qal’asidagi yodgorliklarn-
ing aksariyati XIX asrdabunyod etilgan. Qal’a devorlari va darvozalari,
xon saroyi, ko‘plab madrasa va masjidlar majmuasi sharqona muhitni
vujudga keltirgan. Juma masjidi (XVIII asr) to‘rt tomondan g‘isht de-
vorlar bitan o ‘raIgan va 212 yog‘och ustunli ayvondan iborat. Ollo-
qulixon madrasasi (1835-yil), Pahlavon M ahmud maqbarasi va
boshqalar o‘ymakorlik uslubida bezatilganligi bilan bebahodir.
Ichan qal’adagi yodgorliklar ichida eng baiandi Islomxo‘ja minora-
sidir (1910-yil). Islomxo‘ja madrasasi va minorasi Xivaning dovrug‘ini
olamga taratgan yaxlit arxitektura ansamblini tashkil etadi.
Qarshi shahrining yubiley tantanalari (2006-yil) va shu munosabat
bilan qaytadan tiklangan mahobatli masjidlar majmuyi: Odina masjidi
va sardobasi, Abdulazizxon, Qilichboy madrasalari, 0 “rta asr ko’prigi
yodgorliklari bunyodkorlik ishlarining yorqin dalilidir.
Tarixdan ma'lumki, eng ko'p taraqqiy etgan shaharlardan bin
kolhna Toshkent XVI asiga kelib me’morchilikda yanada rivojlangan. 0 ‘sha
vaqtda Shayx Xovandi Tohur va Yunusxon maqbaralari qurilishi tugal-
landi. Baroqxon madrasasi va Shayx Abubakr Muhammad QaffoJ Shoshiy
maqbarasi, Ko'kaldosh madrasasi bunyod etildi. Bu obidalar musta-
qillik yillarida qaytadan ta’mirlandi. Hozir Baroqxon madrasasida
0 ‘zbekiston musulmonlari idorasi joylasligan. U Toshkentning eng go‘zal
obidalaridan hisoblanadi. Mustaqillik yillaridagi Toshkent nafaqat za-
monaviy shaharsozlik va arxitektura namunasi, balki o ‘zining betakror
tarixiy obidalari bilan ham jahon ommasining e’tiborini jalb etmoqda.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti-
AVSEKO (ISESCO) tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrining “Is
lom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi yurtimizda katta quvonch
bilan kutub olindi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimovning
“Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan inter-
vyusida aytilgan gaplari katta ahamiyatga ega:
“Barchamiz uchun aziz va muqaddas bo'lgan azim poytaxtimiz-
ning ana shunday yuksak obro‘-e'tiborga erishgani nafaqat xalqimizga,
ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarimizga ham g‘urur va iftixor
bag‘ishlaydi, deb ishonch bilan aytishga asoslarimiz bor. Biz mustaqil-
likning ilk yillaridan boshlab Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va
boshqa qadimiy shaharlarimizdagi Sharq me’morlik san’atining dur-
donalari boim ish tarixiy obidalarni saqlash, ulami qayta tiklash va
ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Ba’zi bir yirik obidalar
bo'yicha bundan 15-20 yil oldin boshlangan ishlarimiz hozirgacha davom
etmoqda. Ta'kidlash kerakki, tarixiy yodgorfikJami qayta tiklash — bu
faqat tegishli mablag‘ va kuch-imkoniyat topishdangina iborat emas,
balki birinchi galda jiddiy ilmiy yondashuvni, nozik did va mahoratni,
chuqur bilim, tajriba va yuksak salohiyatni, kerak bo'lsa, ma’naviy pok-
likni talab qiladigan murakkab sohadir.”1
Mustaqillikyillarida, yurtboshimiz tashabbusi vabevosita ishtirokida
tarixiy yodgorliklar va me’moriy obidalar qayta ta’mirlanibgina qolmas-
dan, o‘zbek xaiqining buyuk ajdodlariga atab qator zamonaviy me'moriy
Dostları ilə paylaş: |