Qarshi filiali “Kampyuter Injenering” fakulteti



Yüklə 18,08 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü18,08 Kb.
#150458
  1   2
Kampyuter Injenering” fakulteti-fayllar.org


Kampyuter Injenering” fakulteti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Kampyuter Injenering” FAKULTETI


2-BOSQICH 17_21 S -GURUH TALABASINING
Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan
2-mustaqil ishi.

Bajardi: S.T.To’xtayev
Qabul qildi: X.Polvonov
QARSHI-2022
2-mustaqil ishi mavzulari




Mavzular nomi


Аjratilgan soat


Ajratilgan ball


Deadline

2

Tunnel va o‘girilgan diodlar.

24

5

7.12.2022


Tranzistorli tok manbalari.


Elektr zanjirlarni hisoblash usullari.


Elektr sxemalardagi tok kuchlanishlarni faza ko’rinishini ifodalanishi va qo’llanilishi.


Transformatorlarning xarakteristikalari va qo’llanilishi.


Elektr zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar.





Tunnel va o‘girilgan diodlar.

Reja :


  1. Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar)


  2. Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar)


  3. Stabilitron

Diod—elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyati­ga ega bo'lgan elektron asbobdir. Diodlar ikki xil: vakuumli (shisha ballonga joylashtirilgan ikki elektrodli elektron lampa) va yarim o'tkazgichli (asosi — germaniy va kremniy kristallari) bo'ladi. Diod quyidagicha tuzilishga ega (14 - rasm): germaniy monokristalidan yasalgan plastinka (a) dan iborat bo'lib, uning bir tomoniga bir tomchi indiy (b) payvandlangan. Bir-biridan chegara bilan ajralib turadigan elektron (n) va teshikli (p) o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan ikkita soha hosil qilingan. Bu soha elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyatiga ega. Germaniy plastinkasi metall korpus (g) asosiga qalay (q) bilan kavsharlangan va u manfiy qutb hisoblanadi. Ikkinchi kontakt (d) indiy tomchisiga ulangan va u musbat qutb hisoblanadi. U shisha (f) izolator orqali korpusdan izolatsiyalangan.Diodning uchlari paneldagi «musbat» va «manfiy» ishoralar bilan belgilangan ikkita qisqichga ulangan.



Teshikli yarim o'tkazgich 1 bilan chegaradosh bo'lgan elektronli yarim o'tkazgich esa musbat potensialga ega bo'ladi. Elektron — teshikli o'tishga bevosita yopishib tur gan elektronli va teshikli yarim o'tkazgichlar sohalari orasida potensiallar ayirmasi hosil bo'ladi. Binobarin, elektr maydon paydo bo'ladiNatijada ma'lum kattalikdagi elektr maydon vujudga keladi.Elektronli va teshikli yarim o'tkazgichlarning yondosh chegara yaqinida hosil bo'lgan qatlam 1 va 2da tok tashuvchilar (elektronlar elektronli yarim o'tkazgichlarda va teshiklar teshikli yarim o'tkazgichlarda) kamayganligini osongina tasawur qilish mumkin. Yupqa qatlamning qarshiligi yarim o'tkazgichning qolgan hajmidagi qarshilikdan ancha katta bo'ladi. Bu qatlam berkituvchi qatlam deb ataladi.Shunday qilib, elektronli va teshikli yarim o'tkazgichlar kontaktida ularning yondosh chegarasida kontakt potensial­lar ayirmasi, shuningdek berkituvchi qatlam hosil bo'ladi.Bundan so'ng elektron-teshikli o'tishda o'zgaruvchan elektr tokini to'g'rilashning fizik mohiyatini yuqoridagilar asosida tushuntiriladi. Elektron — teshikli o'tish orqali tok tashuvchilar ko'p o'tadi, binobarin, katta tok o'tadi. Bu sistemaga qo'yilgan potensialning ishorasi almashtirilsa (17 tashqi elektr maydon elektronli va teshikli yarim o'tkaz­gichning yondosh sohasidagi maydonni kuchaytiradi.

Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‘tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo‘lgan elektr o‘zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o‘tkazgichli diodlar ma’lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo‘llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‘ra sinflanadilar.To‘g‘rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‘zgaruvchan kuchlanishini o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning mavjudligi to‘g‘rilash effekti bilan aniqlanadi.To‘g‘rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‘yicha sinflanadilar.
Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.

Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi r-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitronning shartli belgisi 3.1.b –rasmda keltirilgan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng o‘zgarish oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n o‘tishga bog‘liq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda r-n o‘tish tor bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi.
Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n o‘tishga ega bo‘lishi kerak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.

TRANZISTORLI TOK MANBALARI

REJA
1: Tranzistor nima
2: Qo’sh qutbli tranzistorlar
Tranzistor- ishlaydigan va boshqaradigan uchta kontaktga ega mahkamlangan yoki mahkam bulmagan yarim o’tkazgichli eliktr qurilmasi. asosiy xususiyati triodning ishi bilan bir xil. o’zgarish parametrlarini ishchi eliktrodlari bilan nazorat signallari yordamida o’zgartiradi. 1948 – yili D.Bardin va V.Bratteyn nuqtali n-p o’tishlar bilan ishlab turib ikki n-p o’tishli qurilma quvvati buyicha elektr tebranishlarni kuchaytirish qobilyatiga egaligini guvohi bo’lishdi.

Bu qurulmani ular TRANZISTOR deb atashdi. Tranzistor Ingliz- tilidan olingan bulib ,,TRANSFER’’- o’zgartiruvchi va ,,REZISTOR’’- qarshilik degan manoni bildiradi. Bugungi kunda Bir yoki bir nechta n-p o’tishli va uch yoki undan ko’p uchlari Bo’lgan elektr o’zgartiruvchi yarim o’tkazgichli asbob Tranzistor deb nomlanadi. Tranzistorlar konstruksiyasi bo’yicha nuqtali va yassi bo’lish mumkun. Bugungi kunda faqat yassi tranzistorlar ishlab chiqariladi.


Tranzistor – eng ko’p tarqalgan yarimo’tkazgich kuchaytirgich asbobdir. Tranzistor yarimo’tkazgich material asosida yasalgan bo’lib, yaqin joylashgan ikki o’zaro ta’sirlashuvchi p-n o’tishlaridan tashkil topgan. Ikkala p-n o’tishlarni yarimo’tkazgichning uch sohasi ajratib turadi. Bu sohalar mos ravishda ,,emitter’’, ,,kollektor (chekka sohalar) va ,,baza’’ (o’rta soha) deb ataladi.


Elektr zanjirlarini hisoblash usullari.
Elektr zanjirlarini hisoblash usullari quyidagilardan iborat:
1.Kirxgof qonunlarini bevosita qo’llash usullari;
2.Kontur toklar usuli;
3.Tugun potensiallari usuli;
Elektr zanjirida bir nechta manba va qarshiliklar aralash ulangan bo‘lsa, bu zanjirlami hisoblash uchun Om qonunini qo‘llab bo‘lmaydi, chunki zanjirni hisoblash natijasida aniqlanadigan toklar soni Om qonuni asosida yoziladigan tenglamalar sonidan ortiq. Bunday hollarda Kirxgof qonunlaridan foydalaniladi. Elektr sxemasining uchta va undan ortiq tarmog‘i birlashgan nuqtasi tugun deb aytiladi. Zanjirning ikkita tuguni orasidagi qismi tarmoq deyiladi. Har bir tugunning o‘z toki bo‘ladi. Bir nechta tarmoqlardan tashkil topgan berk elektr zanjiri kontur deyiladi.
K irxgofning birinchi qonuni. Tugundagi toklarning algebraik yig ‘indisi nolga teng:yo'nalishi bilan mos tushsa, tenglamada EYK lar musbat (+) ishora bilan, qaramaqarshi yo‘nalishli EYK lar manfiy (—) ishora bilan olinadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan mustaqil tenglamalar soni tugunlar sonidan bitta kam (n—1 ta) bo‘lsa, Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko‘ra mustaqil tenglamalar soni m — (n—1) ta bo‘ladi.Endi ketma-ket va parallel ulangan elektr zanjirining soddalashtirish ifodalarini Kirxgof qonunlari bo'yicha chiqaramiz.
+I + I = E yoki I = E
Bu yerda = + + — zanjiming umumiy ekvivalent qarshiligi.U
mumiy tarmoqdagi tok /0 berilgan, toklar va ni topish kerak.
Tarmoqlangan zanjirdagi tok umumiy tarmoqdagi tokka va qo‘shni tarmoq qarshiligiga to‘g‘ri proporsional , parallel ulangan tarmoqlar qarshiliklarining yig‘indisiga teskari proporsional ekan.

Yüklə 18,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə