1
LABORATORIYA ISHI №3
SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI
SXEMALARINI O’RGANISH
Ishdan maqsad:
Podstansiya sxemasiniga operativ o’zgartirishlar kiritishda
amaliy ko’nikma hosil qilish, 6-10 kV bosh pasaytiruvchi podstansiyada
kommutatsiya apparatlarini ulanish tartibini o’rganish.
Nazariy qism.
Podstansiyalarda elektr energiyasi qabul qilinadi, kuchlanishi o’zgartiriladi va
taqsimlanadi. Ular sanoat korxonalarining elektr ta’minotini asosiy qismlaridan
bo’lib, quvvati, kuchlanishi va vazifalasiga qarab keng nomeklaturaga ega.
Podstansiyalar quyidagilarga bo’linadi:
-bosh pasaytiruvchi podstansiyadar(bpp);
-chuqur kirib borgan (glubokiy vvod) podstansiyalar (chkb);
-sex transformator podstansiyalar (stp).
Podstansiyalar sxemasi tanlayotganda umumiy sxemasi bilan birgalikda,
korxonani rivojlanish istiqbollarini e’tiborga olishi lozim.
Kommutatsiya sxemalarini ishlab chiqishda ular maksimal ravishda
soddalashtirishga va minimal kommutatsiya apparatlarini qo’llashga harakat
qilinadi. Bunday sxemalarning faqat arzonligi emas, balki ishonchliligi ham amalda
tasdiqlangan. Sxemalarni soddalashtirish ayrim elementlarni tez va xatosiz
zahiralashni amalga oshirishga imkon beradi va bu bilan ularning ishonchliligini
oshiruvchi avtomatikani (AVR, APV) qo’llashga yordam beradi.
Barcha sanoat korxonalari transformator podstansiyalari sxemalari quyidagi
asosiy nizomlari hisobga olib ko’riladi:
- Bitta shinali tizimlarni ko’proq qo’llash va ikkita shinali tizimlarni qo’llashni
keskin chegaralash.
- «Blokli sxema» va «shinasiz» podstansiyalarni keng qo’llash.
2
- Oddiy va arzon apparatlardan: bo’lgich va qisqa tutashtirgich, yuklama
uzgich va saqlagichlardan keng foydalanish.
- Avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalashtirish sxemalarini keng ishlatish.
Amaliyotda podstansiya sxemalarining quyidagi turlari keng qo’llaniladi:
•
Bitta yig’ma shina tizimli sxemalar.
•
Aylanma yig’imli shina tizimli sxemalar.
•
Ikkita yig’mali shina tizimli sxemalar.
•
Soddalashtirilgan podstansiya sxemalari.
•
Ajratkichli, otuvchi saqlagichli sxemalar.
•
Ko’prikli sxemalar.
Faqat ajratgichli yoki transformatorlarning birlamchi kuchlanish tomonidan
to’g’ridan to’g’ri ulangan sxemalar.
Sanoat korxonalarining podstansiyalarida bir shinali kommutatsiya sxemalari
keng tarqalgan. Bir shinali sxemalar asosan taqsimlash podstansiyalarida va BPP ni
ikkilamchi kuchlanish taqsimlash qurilmalarida yig’ma shinali sxemalar katta
kuchlanishli elektr iste’molchilarini ta’minlaydigan o’rta va katta sex
podstansiyalari qo’llaniladi. Bir shina tizimli sxemalar seksiyalangan va
seksiyalanmagan bo’ladi.
Sanoat korxonalari ayrim podstansiyalarida, asosiy ish shinasidan tashqari,
aylanma yig’ma shinalar ham qo’llaniladi. Ularni qo’llash operativ ulanishlar zarur
bo’lganda, ish harakteristikasiga qarab o’zgichlarni qisman reviziya qilish
imkoniyatini beradi. Alohida yig’ma shinalar uzluksiz ravishda har qaysi ish
shinalarni ta’mirlash va o’zgichlarni reviziya qilish imkoniyatini beradi. Alohida
uzgichlar yordamida aylanma yig’ma shinali har qanday asosiy ish shinalariga ulash
mumkin.
Hozirgi
vaqtlarda
"Blokli
prinsip"
nomi
bilan
ataladigan
podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemasi keng qo’llaniladi.
Blokli sxema shunday bir oddiy podstansiya sxemasi bo’lib. birlamchi
kuchlanishda yig’ma shina yo’q. Ba’zi bir hollarda esa ular ikkilamchi kuchlanishda
3
ham bo’lmaydi. Kommutatsiya sxemalari esa oddiy uzgichlar yoki ayirgich va qisqa
tutashtirgichlar yordamida bajariladi.
Otqichli saqlagichli sxemalar 35 va 110 kV li kuchlanishlarda ochiq
podstansiyalarda ishlatiladi. Albatta bunda saqlagichni nominal toki, kuchlanishi va
uzish quvvatini hisobga olish zarur. Otqichli saqlagichlar yopiq binolarda ishlatishga
ruhsat etilmaydi va quvvati 6300 kVA gacha bo’lgan transformator podstansiyalari
uchun tavsiya etiladi.
BPP lar uchun yig’ma shinasiz sxemalar yoki birlamchi kuchlanish uchun
uzgichlar, ko’prikli sxemalarni uzib-ulab turadigan qurilmalar qabul qilinadi. Oddiy
keng tarqalgan ko’prikli sxema ikki transformatorli va ikki ta’minlovchi
liniyalaridan iborat bo’ladi. Ajratkichli yoki transformator birlamchi kuchlanishga
to’g’ridan to’g’ri ulanishli sxemalari 1000kVA quvvatli transformatorlarda
ishlatiladi. Bu hollarda gaz himoyasi talab qilinmaydigan tupikli liniya -
transformator sxemasi ishlatiladi. Bunday sxemalarni har qanday quvvatli
transformatorlarni radial liniyalar orqali ulanganda ham ishlatish mumkin bo’lib.
liniyani boshlang’ich qismida joylashgan uzgichlarni distatsion boshqaruvchi
sistemasiga transformator himoyasi ta’sir etadigan bo’lishi kerak. Energosistemaga
yoki korxonaning asosiy taqsimlovchi podstansiyaga 110-220 kV. radial liniyalar
orqali ulangan chuqur pasaytiruvchi transformatorlar sxemasi eng sodda hisoblaadi.
Bunday sxema ifloslangan muhitli sanoat korxonalarda maqsadga muvofiq, chunki
apparatlar qanchalik kam bo’lsa ifloslanish va korroziya manbalarini ta’siri kam
bo’ladi.
Ushbu tajriba ishida qo’yilgan maqsadni bajarish uchun universallik va
qulaylikka ega bo’lgan 2 ta yig’ma shina tizimli sxema ko’rib chiqiladi. Ikkita
yig’ma shina tizimida quyidagilarni bajarish mumkin;
yig’ma shinalarni qurilma ishida tanaffussiz va iste’molchilar ta’minotini
buzmasdan navbat bilan ta’mirlash;
har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirni uzib
ta’mirlash;
4
yigma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash;
har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirini uzib
ta’mirlash;
yig’ma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash;
har qanday zanjirdagi o’chirgichni, uni ishini uzoq muddatga to’xtatmagan
holda ta’mirlash.
Biroq shu bilan birga ikkita yig’ma shinali sxemalar bir qator kamchiliklarga
ham ega. Bulardagi eng asosiy kamchiligi shina ajratkichlarini operativ apparatlar
sifatida, ya’ni zanjirda yuklama toki mavjudligida har xil qayta ulash
operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatishdir. Bunday operatsiyalarda qayta ulash
tartibidagi xatolik ajratgich zanjirini uzishda yoy hosil bo’lishiga va natija yig’ma
shinalarda qisqa tutashuv bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi kamchiligi ishchi
shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan butun qurilmani uzilib qolishi ehtimoli
mavjudligidir. Liniya o’chirgichlarini ta’mirlash uchun bu liniyalarni ma’lum
muddatga uchirish kerak bo’ladi. Bu narsa ham sxemaning kamchiligi bo’lib
hisoblanadi.
Ko’rib chiqilayotgan sxemaning kamchiligiga shina ajratkichlarining soni
ko’pligi, rangli metallar sarfini kattaligi. TP qurilmasi konstruksiyasining
murakkabligi va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |