Ma’ruza. Muskul to’qimasining yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 34,3 Kb.
səhifə1/5
tarix09.10.2023
ölçüsü34,3 Kb.
#126372
  1   2   3   4   5
3 Ma\'ruza


  1. Ma’ruza. Muskul to’qimasining yoshga oid xususiyatlari

Reja:

  1. Muskul tizimi. Muskul xossalari. Muskul xillari.

  2. Muskullarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

  3. Muskul kuchi. Muskul ishi. Gipodinamiya.

  4. Maktab anjomlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.

  5. Bolalar o’qishini tashkil etilishiga qo’yiladigan gigiyenik talablar.



Tayanch tushunchalar: Muskul kuchi, Muskul ishi, Muskul tizimi, Gipodinamiya.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo'lib, katta yoshli odam
tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat
faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari
muskullarning guruh-guruh bo'lib, reflektor harakat qilishi natijasida
sodir bo’ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi
organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar
orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida
markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli
harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi
to'qimalardan tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan,
bo'lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi.
Muskul to'qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko'ra ko'ndalang yo'lli
va silliq muskullarga ajratiladi. Ko'ndalang yo'lli muskullar, asosan skelet
muskullari bo'lib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar
devorida uchraydi.
Muskul muskul tolalari yig'indisidan iborat bo'lib,
bu tolalar biriktiruvchi to'qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul
tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgandir.
Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi -
dumi bo'lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul
boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi
suyakka birikib, qisqarganda bo'g'imda harakat sodir bo'ladi. Muskul
tolalarining yo'nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama
patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi mumkin. Har qaysi
muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda
bilan o'ralgan, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni,
bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on
muskullar baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida
uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi
muskullar boshlanish, birikish joyiga ko'ra, yelka-bilak muskuli,
funksiyasiga ko'ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo,
tuzilishiga ko'ra, ikki boshli yarim payli muskul va boshqalar;
joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va hokazo; shakliga ko'ra
trapetsiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va hokazo.

Yüklə 34,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə