CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 5
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
750
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
ANVAR OBIDJON HIKOYALARINING BOLALAR ADABIYOTIDAGI O'RNI
Muxlisa Nuriddin qizi Chutboyeva
Samarqand davlat universiteti
muxlisachutboyeva1223@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola yozuvchi Anvar Obidjon hikoyalarining bolalar ma’naviyatini,
tafakkurini o’stirishda yordami qanchalik kuchli, ahamiyatli
ekanligini tushinishda
bolajonlar va ularning ota-onalariga ko’maklashadi.
Kalit so’zlar:
bolalar adabiyoti, bolalar yozuvchisi, hikoya, yumor, turkum.
Bolalar adabiyoti deb turli yoshdagi bolalarga mo'ljallangan so'z san'atidagi
hayotiy, tarixiy, uydirma voqeliklarni bolalarcha idrok ettiradigan asarlar majmuasiga
aytiladi.
Bolalar adabiyoti yozuvchilari, mualliflari esa bolalar yozuvchisi yoki bolalar
shoiri deyiladi.
O'zbek bolalar adabiyotining serqirra ijodkorlaridan biri Anvar Obidjondir. U
o'zining bolalar tasavvuriga, tafakkuriga mos asarlari
bilan bolalar adabiyotining
rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan.
Anvar Obidjon hikoyalari bolalarning dunyoqarashlaridan, qiziqishlaridan kelib
chiqib yozilgan. Shu sababli Anvar Obidjon barcha bolalar ko'ngliga yo'l topa oladi.
Anvar Obidjon hikoyalarini o'qigan
ota-onalar, katta yoshli insonlar ham o'zlarini
bolalar olamiga kirib qolgandek his qilishadi.
Anvar Obidjon hikoyalarida bolani tarbiyalaydigan, zukkolikka chorlaydigan
jihatlari nihoyatda ko'p. Ayniqsa, ,, Atrofimizdagi qiziqchilar''
nomli yumoristik
turkumida ba'zi hayvonlar haqida hikoyalar keltirilgan. Hikoyadagi qahramonlar ya'ni
hayvonlar obrazi orqali, yomonlik,
yaxshilik, qahramonlik, ayyorlik, vatansevarlik va
shu kabi ko'plab hislatlar ochib berilgan. Shu bilan birga hikoyalarning so’ngida
bolalarning firing bilish uchun savollar ham keltirilgan. Shu savollar orqali
bolalarning
aqlini charxlash ko'zda tutilgan. Savollarning har biri bolalarning fikrlashlarini
yaxshilash uchun, dunyoqarashlarini kengaytirish uchun nihoyatda mukammal va
mulohaza qilish uchun ajayob savollar o'ta puxtalik bilan qo'yilgan.
,, Atrofimizdagi qiziqchilar''
yumoristik turkumidagi ,, Kuchukning hikoyasi''
nomli hikoyani o'qir ekansiz, opa-uka kuchuklar timsolida bir-biriga
mehrsiz opa-ukalar ko'z oldingizga kelishi tabiiy. Negaki, ushbu hikoyada opa-uka
kuchuklar orqali mehrsiz qarindoshlarning illatlari ochib berilgan. Hayvonlar obrazi
orqali shunday illatlarga ega insonlarga ishora qilingan.
Kichik yoshli bolalarga