773
www.
kokanduni.uz
O
‘
SMIRLAR DIQQATINI TA'LIM JARAYONIGA JALB QILISH
Ahmadaliyeva Madinabonu
Qo
‘
qon universiteti 1-bosqich talabasi,
Eshonqulova Guljaxon
Qo
‘
qon universiteti o
‘
qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada diqqat haq
ida tushuncha, ta’lim jarayonida o’quvchining
diqqatini o’qituvchi tomonidan berilayotgan ma’lumotlarga
jalb qilish, mavzuga doir
ma’lumotlarning o`quvchi xotirasida tez va oson saqlanib qolishini ta’minlash usullari, bu
boradagi muammolar va ularning yechimlari tadqiq etiladi. Diqqat
inson aqliy faoliyatining
asosi hisoblanadi. Zero, dars jarayonida o`quvchi aqliy faoliyatining faolligi ta’lim
samarasining asosi hisoblanadi.
Kalit so'zlar:
o’smirlik, diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, pedagogik ja
rayon, dars
jarayoni, xotira.
O`smirlik davri asosan 11-
15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5
-8 sinf
o`quvchilarni. Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega
bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat
bilish jarayonidi
r.
Diqqat asosan ikki turga, ya’ni
ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning
xohishimizdan tashqari hosil bo'ladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Diqqatimiz
qaratilishi lozim bo'lgan
narsani oldin belgilab olib, ongli ravishda qo'yilgan maqsad bilan
ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat deyiladi.
Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o’quvchilar diqqatsizligidan
emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O’smir o’z diqqatini to’la
ravishda o’zi uchun
ahamiyatli bo’lgan va yuqori natajalarga erishishi mumkin bo’lgan faoliyatlarga qarata oladi.
O’smirni diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo’lishi
mumkin. Bolaning rivojlanayotgan
ixtiyoriy diqqat
i o’qituvchi tomonidan doimo qo’llab
-
quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat
darajasiga ko’tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan, shuningdek, o’smirning dars
jarayonida o’z tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham
o’smirdagi diqqatni ixtiyorsizlar ixtiyoriyga aylanishida zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Lekin, o’smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo’ladi, Aynan 12
-13 hamda 15
yoshlarda
charchash chiz
ig’i keskin ko’tariladi. Bunday holatlarda o’smir atrofdagi narsa va
voqealarga to’liq diqqatini qarata olmaydi, diqqatini ko’rinishlariga o’smirlik
erishish va
yo’qotish bo’yicha to’la qarama
-
qarshi bo’lgan davr hisoblanadi.
Kuzatishlar davomida o`quvchil
arning dars davomidagi aqliy faolligini ta’minlash va
diqqatini mavzu materiallariga qay tarzda jalb qilish tadqiq qilindi. Olib borilgan kuzatishlar
va tadqiqotlar natijasida o`quvchilar diqqatini o`qish materiallariga qaratishning quyidagi
usullari aniqlandi:
1. Darsni o`quvchi qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish.
2. Darsni qiziqarli o`yinlar bilan bog`lash.
3. Rang-baranglikka intilish.
4. Rag`batlantirish.
1-usulga to`xtaladigan bo`lsak, o`quvchi o`zi uchun qiziq bo`lm
agan ma’lumotlarga
diqqat qaratmaydi. O`qituvchi mavzuni
qanchalik yuksak mahorat bilan, ustalik bilan
o`quvchilarga tushuntirmasin, agar o`quvchining o`zida qiziqish bo`lmasa,
buning umuman
foydasi yo`q. Bu ayni haqiqat. Shu sababli o`qituvchi o`quvchilar qiziqishlaridan xabardor
bo`lishi lozim. Masalan, sinfda o`g`il bolalarning deyarli hammasi mashina, raketa, samolyotga
qiziqadi. Buni dars bilan bog`lash juda oson. Mashina, raketa yoki samolyotni qatnashtirgan