Rabbonayeva dildora tolipovna



Yüklə 45,41 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü45,41 Kb.
#183986
  1   2   3   4
GcqtFX8zQVaIXULyGPfgcIDjT5XAxWTE3oFScjup


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


RABBONAYEVA DILDORA TOLIPOVNA
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI, TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALAR O'QUV MODULI

MAVZU: ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN DTS, O‘QUV DASTURLARI VA BAHOLASH MEZONLARI.

Samarqand-2021
MAVZU: ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN DTS, O‘QUV DASTURLARI VA BAHOLASH MEZONLARI.

REJA:




  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan DTS, o‘quv dasturlari va baholash mezonlari

  2. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar.



Kalit so‘zlar: DTS, o‘quv dasturi, o‘quv rejasi, darslik, kompetensiya, ona tili darslari, , natija, samaradorlik, hamkorlik.
Davlat ta’lim standartining maqsadi:
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

  • Davlat ta’lim standartining vazifalari:

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik - semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.
Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang - barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol - erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun o‘quv dasturi va u asosida yaratiladigan darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi - o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ona tili fanining o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda - o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 45,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə