Rabbonayeva dildora tolipovna


Yangi tahrirdagi o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar



Yüklə 45,41 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü45,41 Kb.
#183986
1   2   3   4
GcqtFX8zQVaIXULyGPfgcIDjT5XAxWTE3oFScjup

Yangi tahrirdagi o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar. 1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 1-4-sinflarda Ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 540 soatni tashkil etadi.
O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich - o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi.
Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.
Mazkur dasturdan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

  1. sinfning o‘quv yili oxirida bolalar Vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.

  2. sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan Vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.

4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi.
Bu sinflarda o‘qit darslarining kattagina qismi asarni o‘qit va matn ustida ishlashga qaratiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.
O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.

Yüklə 45,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə