Raps (indov-eruca sativa) O’simligining morfofiziologiyasi, yetishtirish texnologiyasi va tibbiyotdagi ahamiyati tursunova Shahnoza Elmurod qizi



Yüklə 15,81 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü15,81 Kb.
#112466
Raps (Indov) maqola


RAPS (INDOV-ERUCA SATIVA) O’SIMLIGINING MORFOFIZIOLOGIYASI, YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Tursunova Shahnoza Elmurod qizi 1
O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali II-bosqich talabasi1
Mamatkulova Iroda Ergashevna2
O’zMU JF “Biotexnologiya” yo’nashi katta o’qituvchisi2
Annotatsiya: Indov o’simligining dorivorlik xususiyatlarini o’rganib, uni inson salomatligini yanada yaxshilash va ba’zi kasalliklarni davolashda keng foydalanish, uni qishloq xo’jaligida yetishtirishni keng targ’ib qilish.
Kalit so’zlar: eruca sativa, siderat, Bassica napus L.Ssp. oleifera,
Raps karamdoshlilar Brassicaceae oilasiga, Brassica napus L.Ssp. oleifera Metig avlodiga mansub bo’lib , bir yillik o’simlikdir. Urug’i tarkibida 32-50% moy, 23% oqsil bo’ladi. Moyi yarim quriydigan, oziq-ovqatda va texnika ishlatiladi. Rapsdan ko’k o’g’it (siderat) sifatida ishlatiladi. Moy olingandan keyin qoladigan kunjara va shroti yuqori to’yimli ozuqa hisoblanadi, ularning tarkibida 45% gacha oqsil bo’ladi.
Raps (indov) o’simligining bahorgi va kuzgi turlari farqlanadi:
Kuzgi raps mo’tadil iqlim mintaqasida ekiladi, namsevar o’simlikdir, unumdor yerda yaxshi o’sadi. Urug’ hosili 1,5-2,5 t/ga, ko’kat hosili 15-25 t/ga bo’ladi.
Yetishtirish texnologiyasi. O’tmishdosh. Raps uchun o’tmishdosh: toza va band shudgor , bir yillik o’tlar, silosbop ekinlar, don ekinlari. Bir marta ekilgan yerga 3-4 yildan keyin qata ekilishi mumkin. Rapsni qand lavlagi bilan almashlab ekish mumkin emas, chunki nematoda ko’payadi. Raps ozuqaga talabchan 1 tonna urug’ yetishyirish uchun 50-60 kg azot, 25-35 kg fosfor, 40-60 kg kaliy, 40-70 kg kalsiy, 14-22 kg magniy, 40 kg oltingugurt talab etadi. Yerga ishlov berishda yerning yuza qismi tekis bo’lishi talab etiladi, chunki urug’i mayda. Ekish usuli yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab, qator orasi 30, 45, 60 sm bo’ladi. Bir gektarga 1,1-1,5 mln. dona urug’ kuzda ekiladi, eng maqbul tup soni 1m2 da 80-120 ta o’simlik bo’lsa maqsadga muvofiqdir, bahorda esa 60-100 ta, ekish chuqurligi 2-3 sm, kuzgi don ekinlaridan bir hafta oldin ekiladi. Zararkunandalarga qarshi kurash maqsadida ekishdan oldin urug’ dorilanadi (TMTD, 80%, 5-6 kg/t). O’suv davrida hashorotlarga qarshi aktellik 50% (0,5 l/ga), karbofos 50% (0,6-0,8 l/ga), sumitsidin 20% (0,3 l/ga) bilan ishlov beriladi. Ekilgandan keyin mola bostiriladi. O’simlikda 4-5 ta chinbarg rivojlanganda boronalanadi. Keng qatorlab ekilganda birinchi kultivatsiya ikkita chinbarg rivojlanganda o’tkaziladi. Rapsning yetilishi har xil vaqtda kuzatiladi. Hosil bir yoki ikki bosqichli usulda don konbayni yordamida yig’iladi. Yetilganda mevasi och jigarrang, urug’i to’q jigarrang yoki qora rangli bo’ladi. Saqlanadigan urug’ning namligi 8% dan oshmasligi talab qilinadi. Bahorgi raps kuzgi rapsga qaraganda tashqi sharoitga kam talabchan, urug’ tarkibida 35-40% kech quriydigan moy, 21% oqsil va 17-18% uglevod mavjud. Bahorgi raps bir yillik o’tsimon o’simlik. 1000 ta urug’ining vazni 2,6-5,0 g. O’sish davri 95-110 kun davom etadi. Bahorgi raps sovuqqa chidamli, urug’i 1-3oC da unib chiqadi, maysa -3, -5 oC ga, yetilgan o’simligi -8 oC gacha sovuqqa bardosh beradi. Raps namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan emas. Begona o’tlarga qarshi maysalanish davrida borona qilinadi. Keng qatorlab ekilganda qator orasi kultivatsiya qilinadi.
Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə