Raqobat va uning turlari mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,69 Mb.
tarix29.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#124880
raqobat va uning turlari MMT120 ЮЛДАШЕВ ИЛХОМХОЖА


raqobat va uning turlari mikroiqtisodiyot
MMT 120
Юлдашев Илхомхожа
Kirish
2020-yil 28-may kuni Prezidentimiz raisligida iqtisodiyotda raqobat muhitini ta`minlash va iste`molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingan edi.Ushbu yig`ilishda Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev “Raqobat bo`lmasa,sifat bo`lmaydi,narx tushmaydi.Zamon o`zgaryapti,lekin monopol korxonalar o`zgara olmayapti.Qat`iy choralar vaqti-soati keldi.Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimizdir.Agar rahbarlar shunga munosib bo`lsa,ishlaydi,bo`lmasa-ketadi ”- degan edi.
Sh.Mirziyoyev.2020-yil 28-may
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur.
Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu mavzu dolzarb masalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Dolzarbligidan kelib chiqqan xolda kurs ishida uchun bir qator vazifalar belgilab olindi::
    • Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyati

    • Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
      Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.

Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.
O‘z navbatida haridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m harajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Shu o‘rinda raqobatning tovarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Raqobat kurashi ham, yuqorida qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tovarlar esa, o‘zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o‘zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o‘rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o‘ynaydilar.
Ma’lumki, kurash – bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o‘zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida yengib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat orqali namoyon bo‘ladi.
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə