Reja: o‘zbekistondagi ta‘lim bosqichlari Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra turlari



Yüklə 5,6 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,6 Kb.
#156097
003 O zbek tili 2-kurs 3-mavzu


O‘zbekistonda ta‘lim tizimi
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
REJA:
1
  • O‘zbekistondagi ta‘lim bosqichlari

2
  • Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.

3
  • Darak va so‘roq gaplar

4
Bolalar bog‘chalari, maktabga tayyorlov guruhlarini qamrab olgan maktabgacha ta’lim.
Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarni qamrab
olgan majburiy umumiy ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach,
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab chiqildi. Ushbu qonunga muvofiq respublikamizda quyidagi ta’lim bosqichlaridan iborat uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi:

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qamrab olgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.


Bakalavriat va magistraturani qamrab olgan oliy ta’lim.

Doktorantura, tadqiqotchilar va malaka


mustaqil
oshirish
tizimini qamrab olgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilindi?
  • Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?
  • Aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz ta’limning qaysi bosqichida tahsil olmoqdalar?
  • Siz maktabni bitirib, qaysi soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lmoqchisiz?

  • Buning uchun qaysi fanlarni chuqur o‘rganyapsiz?

Lug‘at


ishlab chiqmoq - разработать
tadqiqotchi - исследователь
muvofiq - соответствующий, согласно
majburiy — обязательный maktabgacha ta’lim - дошкольное образование maxsus - специальный tahsil olmoq - учиться
uzluksiz ta’lim - непрерывное образование
malaka oshirish - повышение
квалификации

Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq-istak gaplarga bo‘linadi. Darak gaplar xabar mazmunini bildiradi va oxiriga nuqta qo‘yiladi.



Masalan: Bugun maktabimizda til bayrami bo‘ladi.
So‘roq gaplar so‘zlovchiga noma’lum narsa, voqea-hodisa haqida so‘roqni bildiradi. Bunday gaplar so‘roq olmoshlari, mi, -chi, -a(-ya) yuk- lamalari bilan kelib, so‘roq belgisi (?) bilan yoziladi. So‘roq gaplar, odat- da, javob talab qiladi. Masalan: Bugun yomg‘ir yog‘adimi? - Yo‘q, bugun yomg‘ir yog‘maydi.

Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra turlari


darak gaplar
so‘roq gaplar
buyruq-istak
gaplar
Qanoatsiz odam bu xabarni o‘qigach, boylikka ega bo‘lish uchun tosh ostini qazishga tushdi, qanoatli esa beparvo bo‘lib o‘tirardi. U o‘sha atrofni tomosha qilish bilan band bo‘ldi. «Mening qanoat boyligidek boyligim bor, bu mehnatdan qanday naf tegardi? Tangri ehson beraman desa, tosh yorilib ham boylik chiqaveradi», deb xayol surdi-da, erta turib shahar tomon yo‘naldi, shaharga kiradigan bir necha darvoza bo‘lib, u shaharga birinchi bo‘lib kirdi. Hamma u birinchi bo‘lib kirgan darvoza tomon intilardi.
Bu elda shunday bir odat bor ekanki, mamlakat podshosi narigi dunyoga rixlat qilgan bo‘lsa, a’yonlar bu gapni shahar xalqidan yashirin tutishar ekan, kimki shaharga hammadan oldin kirsa, uni podshoh saylab, boshiga toj qo‘ydirishib, barmog‘iga oltin uzuk taqishar ekan. Bu safar ham xuddi shunday hol yuz berib, haligi musofirni shoh etib sayladilar.
Uning tosh ostini qaziyotgan do‘sti esa og‘ir mehnatni bajarib bo‘lgach, toshni yoniga ag‘darib qarasa, toshdagi xatda «Xomtama bu dunyoda alam chekadi», deb yozib qo‘yilgan ekan. Xullas, qanoat qilgani podshoh bo‘ldi, bunisini esa tama ranji xokisor qildi.

E‘tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 5,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə