Reja; Tafakkur operatsiyalari



Yüklə 463,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü463,09 Kb.
#153538
  1   2   3   4   5
Tafakkur operatsiyalari shakllari



Mavzu: Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tulari 
Samarqand 2023 


Mavzu: Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tulari 
 
Reja; 
 
1.Tafakkur operatsiyalari 
 
2.Tafakkur turlari 
 
3.Tafakkur shakllari
 
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
1.Tafakkur operasiyalari
 
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-
atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga 
va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi 
kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining 
xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar 
to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun 
bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning 
ob'ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur 
bo’lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, 
tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan 
biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini 
tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va 
elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda 
ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda 
ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning 
yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. 
O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz 


yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol 
va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va 
tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. 
Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. 
Yuqorida aytib, o’tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini 
tushunish uchun yolg’iz analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki 
tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta'sir qilib turgan 
motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning 
motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va 
hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, 
bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda 
birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va 
hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib ho’shishdan 
iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy 
bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi 
sinf bolasi o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, 
bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, 
undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona 
jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan 
bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni 
narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya 
vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga 
o’xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni 
borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini 
ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash 
bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq 
bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu 
narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani 
tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki 


tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan 
fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib 
hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida 
shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning 
va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning 
hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l 
bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va 
farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch 
kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr 
qila olmagan bo’lar edik.
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: 
amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur 
qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar 
odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom 
mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor qosildorligini 
taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar 
ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga 
solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari 
metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, 
teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash 
jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks 
ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan 
to’planadigan bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan 
kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida 
anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar 
nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng 
ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab 
yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran 
solishtirib ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari 
xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa 
xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar. 
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya 
yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim 


xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va 
hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini 
fikran ajratib tashlaymiz. 
Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning 
o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya 
operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini 
tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib 
olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning og’ligi 
to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. 
Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh 
va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning 
bitta umumiy belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman 
yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan 
taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda 
narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, 
tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab 
taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual 
jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim 
olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, 
o’xshash muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta 
tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada 
umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya 
mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin 
qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek, 
maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish 
to’g’risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. 
S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta'limda nazariy jihatdan 
umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, 
D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo’llashni 
tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars 


jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini 
taqazo qiladi. 
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: 
tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish 
yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda 
predmetlar ob'ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-
konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan 
tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti 
borligini hamisha ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba'zan 
predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri 
umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga 
mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari noto’g’ri 
umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir 
bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash 
jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud 
bo’lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga 
kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va 
hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan 
fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, 
umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar 
birlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta'sirida vujudga kelgan ikkinchi 
signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq 
signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va 
shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish 
vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan 
yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning 
umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib 
o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali 
umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar 
umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali 
umumlashtirish orqali ob'ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari 


bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar 
umumlashtirilib, ob'ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. 
Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi 
hamda yaqqol belgilar bo’yicha umumlashtiriladi. 
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan 
qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish 
operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz ob'ektlarga 
tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning 
barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol 
shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar 
dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks 
ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga 
ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har 
qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib isoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish 
odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt 
belgining yakka ob'ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz 
"oq" deganimizda ko’z oldimizga qor, qog’oz, paxta va shu kabilar 
kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka 
belgilar kamroq bo’lgan umumiylikni ochishda
ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo’ri, uzumni mevalar qatoriga stol-
stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo’shamiz. Umumiy 
fikrlarni bayon qilish va izohlash chog’ida odatda keltiriladigan 
misollarning hammasi konkretlashtirishning o’zidir.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga 
o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab 
narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.
D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin 
misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, 
kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga 
qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik 
tug’dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchilik 
narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo’lishga to’g’ri keladi. 


Ko’pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo’lish klassifikasiyalash 
yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar 
muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab 
turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarning odatda yoshi yoki 
jinsiy belgilari
bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar. 
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim 
narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, 
vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu 
sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga 
solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, 
daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. 
O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning 
namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir 
darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga 
solishning namunasidir.
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 
Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng 
yaxlit holda o’quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning 
ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar 
fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar 
yuzasidan to’plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning 
o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi 
bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda 
egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo 
bilimlarni
tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi 
aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi. 

Yüklə 463,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə