Reja: Tuproqning inson hayotidagi roli



Yüklə 21,54 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü21,54 Kb.
#155818
tabiat va jamiat hayotidagi tuproqlarning ahamyati2


Mavzu: Tabiat va jamiyat hayotida tuproqlarning ahamiyati.
Reja:
1.Tuproqning inson hayotidagi roli
2.Tuproq,uning tabiat va jamiyat hayotidagi ahamyati.
3.Tabiat shu jumladan tuproqlarni muhofaza qilish.

Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo'lib, Yer po'stining eng ustki g'ovak,unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog'liq holda sodir bo'lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan.

Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasida o'zaro aloqasi ham ro'y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko'tarilgan chang-to'zonlar atmosferaga etib, unda havoning tiniqligiga ta'sir etadi.

Tabiatda moddalarning almashinuvida (tuproq-o'simlik-tuproq) tuproq ham ishtirok etadi, uni V.R. Vilyams biologik aylanish deb atagan. Bu jarayonlar tufayli tuproqninng unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Dehqonchilik madaniyatining o'sishi natijasida tuproq bilan ekiladigan o'simliklar orasida ro'y beradigan biologik aylanish tufayli yangi ozuqa moddalar vujudga keladi.

Tuproqlarning kishilik jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o'z-o'zini tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan o'ziga singdiruvchanlik (adsorbent), tozalovchanlik (purifikator) va neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga ega. Tuproq quruqlikdagi har qanday organik moddalar qoldiqlarini minerallashtiruvchi muhmi vosita hamdir.

Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik hususiyatiga ega bo'lgan er yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi.

Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindili) qatlam; V-mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S –tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar erdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi erda 1 metrga qadar chuqurlikda “kanalchalar” qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining er unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSh va ba'zan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. Bunday ishlar respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda.

Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti er bilan bog'liq. Chunki u erni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilingan.

Yer yuzida turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi.

Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va neytrallashtiradi.



Yer yuzasining 2/3 (361 mln. km2) qismini suvliq, 1/3 (149 mln. km2) qismini tashkil etadi. Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladi, 14% ini sug'oriladigan ekin maydonidagi erlar tashkil etadi.
Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati
Tuproq biogen tuzilishga ega bolgan yerning ustki govak qatlami bolib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta'minlashda muhim rol uynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan osimlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanadi ya'ni chiriydi. Hosil bolgan bu chirindilar esa tuproqdagi mineral birikmalar bilan birga osimlik tanasiga otadi va unda ozaro reaktsiyaga kirishib, yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular osimlik, odam va hayvon qoldiqlari bilan yana tuproqqa qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda organik va mineral moddalar «tuproq-osimlik-hayvon-tuproq» tizimidagi yopiq zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, oz navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining saqlanib turishiga asos soladi.
Unumdor tuproq tabiatning bebaho boyligidir. Tuproqshunos olim V.V. Dokuchayev oz vaqtida, rus qora tuprogi toshkomirdan ham, neftdan ham, oltindan ham qimmatliroqdir, deb yozgan edi. Darhaqiqat u tirik tabiatni oziq-ovqat, dori-darmon va substrat bilan ta'minlaydigan yagona manbadir.
Tuproq paydo bolishida ona jins tog jinslari hisoblanadi. Ularga issiqlik, namlik, osimlik va hayvonlar uzoq vaqt mobaynida ta'sir korsatib nuratishdan tuproq hosil boladi. Tuproqning hosil bolishida ayniqsa issiqlik va namlik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu omillar jinsdagi osimlik va mikroorganizmlarning rivojlanishiga, u yerdagi biologik va kimyoviy jarayonlarning jadallashishiga va shu asosda jinsning yemirilishi tezlashishiga yordam beradi.
Osimliklar, bakteriyalar, zamburuglar va hayvonlarning ham tuproqqa ta'siri kuchli. Osimliklar ozlarining ildizi yordamida tuproqdagi mineral moddalarni ozlashtiradi. Bu moddalar keyinchalik organik moddalar holida yana tuproqqa qaytib parchalanadi. Tuproqda moddalarning parchalanishi va havodagi erkin azotning ozlashtirilishi mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Mikroorganizmlarning tuproqda kopligi parchalanish va chirish jarayonlarining tezligini belgilaydi.
Shuningdek tuproqda roy beradigan modda almashinuvi jarayoniga unda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning ham ta'siri bor. Chuvalchang, hasharotlar va ularning lichinkalari tuproqdagi organik moddalar bilan oziqlanib, ularning parchalanishga va tuproqka aralashishiga yordam beradi. Yer ostida in qazib yashovchi kemiruvchi hayvonlar tuproqning chuqur qatlamlarini qazib yuzaga chiqarib tashlashi bilan uning donadorligi va govakligini yaxshilaydi. Tuproqning govakligi, uning suv va havo otkazuvchanligi, issiqlik rejimi va shunga oxshash xususiyatlari undagi biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiruvchi xususiyatlar bolib hisoblanadi.
Tuproq tabiatning murakkab tuzilgan hosilasi bolib, u qattiq, suyuq, gazsimon va tirik tarkibiy qismlardan iborat. Tuproqning qattiq qismi asosan mineral va organik moddalardan hamda qattiq zarrachalardan tarkib topgan bolib, bular tuproq umumiy massasining ma'lum bir qismini tashkil qiladi. Uning qolgan qismini esa zarrachalar orasidagi boshliqlarni egallagan suv, havo va tirik organizmlar tashkil qiladi. Bu tarkibiy qismlarning nisbati tuproq unumdorligini belgilaydi. Tuproqning unumdorligi kop jihatdan undagi makroelementlar ya'ni unda birikma holida uchraydigan mineral moddalar – alyuminiy, temir, kaliy, magniy, kaltsiy, fosfor, oltingurgurt, kremniy, shuningdek mikroelementlar va organik moddalar asosini tashkil qiluvchi gumus miqdoriga bogliq.
Tuproqning suyuq qismi yoki boshqacha aytganda, tuproq eritmasi, uning harakatchan tarkibiy qismi bolib, u tuproqdagi ozuqa moddalarini eritadi va suyuq holda o`simlik ildiziga yetkazib beradi.
Tuproqning gazsimon qismi asosan kislorod va karbonat angidriddan iborat bolgan tuproq havosidir. Bu havoning mavjudligi tuproqda yashovchi aerob mikroorganizmlar hamda boshqa hayvonlarni hayot sharoiti bilan ta'minlovchi omildir.
Tuproqdagi tirik jonivorlarning ahamiyati togrisida yuqorida aytib otildi. Bu jonivorlar orasida ayniqsa mikroorganizmlar kop bolib, ular tuproq zarrachalari orasidagi boshliqlarda joylashgan. Taniqli ozbek olimi M.V. Muxamedjonov ma'lumotiga qaraganda 1 gektar unumdor tuproqdagi mikro-organizmlar soni 3-3,5 mlrd bolib, yarim metr qalinlikdagi 1 gektar tuproqda ularning massasi 8-12 tonnaga yetadi. Yil davomida bu mikroorganizmlar avlodi 18-27 martagacha almashadi. Rus olimi V.A. Kovdaning hisoblariga kora tuproqdagi mikroorganizmlar biomassasining yillik yigindisi osha maydonda osgan osimlik fotomassasiga teng, ba'zi unumdor yerlarda esa hatto undan 1,5-2 baravar ortiq. Qora tuproqlarda va boshqa unumdor yerlar tuprogida mikroorganizmlar biomassasining yillik yigindisi gektariga 20-50 tonnaga yetadi.
Shunday qilib, tuproqning unumdorligini ta'minlashda uning barcha tarkibiy qismlari ishtirok etadi. Shuning uchun ham hakli ravishda aytish mumkin-ki, tuproq ozining bu tarkibiy qismlari bilan birgalikda organik hayotning manbaidir va shu bilan birga uning ozi ham organik hayotning hosilasidir, binobarin ular bir-biri bilan doimo ozaro ta'sirda boladi. Darhaqiqat, osimlik tuproqdagi oziq moddalar va suvni ozlashtirib osadi va rivojlanadi. Hayvonlar osimliklar bilan ozuqlanadi. Natijada iste'mol qilingan oziq moddalar yana tuproqqa qaytadi va unda parchalanib yana osimlik ozlashtiradigan mineral moddalarga aylanadi. Shunday qilib, tuproq «hayot» deb ataluvchi zanjirning muhim halqalaridan biridir. U osimliklar uchun, demak hayvonlar va pirovardida inson uchun ham zaruriy omildir.
Tuproqning inson va hayvonlar uchun yana bir ahamiyati shundaki, tuproq tarkibidagi mikroelementlar tirik organizmlar tarkibida ham uchraydi. Hozirgi vaktda osimlik va hayvonlar organizmida 60 ga yaqin kimyoviy modda borligi aniqlangan. Bu kimyoviy moddalar biomikroelementlar sifatida oziq-ovqat bilan odam organizmiga tuproqdan otadi. Odam qoni tarkibida aniqlangan 24 xil va ona sutidagi 30 xil mikroelementlarning barchasi inson uchun zarur moddalar bolib, tuproqda u yoki bu elementning yetishmasligi ularning oziq - ovqat mahsulotlarida va demak odam organizmida ham yetishmasligiga olib keladi. Buning ta'sirida organizmda modda almashinuvi buzilib, kishi turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Tuproqning tirik mavjudotlar uchun sanitariya-gigiyena va meditsina nuqtai nazaridan ham katta ta'siri bor. U ayni vaqtda kopgina kasalliklarni tugdiradigan mikroorganizmlarning yashash muhiti hamdir. Tuproqda vabo, olat, ich terlamasi, sil, dizenteriya, brutsellyoz kasalliklarini qozgatuvchi mikroblarning yashashi uchun yetarli sharoit mavjud. Shuningdek tuproq ba'zi gelmintlar, hasharotlar, kanalar va ularni tarqatuvchi kemiruvchilar uchun ham oziga xos inkubatordir. Lekin shu bilan birga tuproq kopgina iflosliklarni ozidagi mikroorganizmlar yordamida parchalab zararsizlantiradi. Demak, tuproq ozini ozi tozalash qobiliyatiga ega bo`lib, uning bu xusususiyati biosferada moddalar aylanib yurishiga asos soladi.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.

Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5–4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, masalan, ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.

Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70yillarigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80-yillarlardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard tonna yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million tonna azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqalar chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard tonna), neft mahsulotlari (bir necha million tonna), mineral oʻgʻitlar (yuz million tonnaga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.



Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
Yüklə 21,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə