1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja



Yüklə 13,79 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,79 Kb.
#156294
  1   2   3   4   5
1-Мавзу фалсафа янги

Reja:

  • 1. Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzilmasi, funksiyalari.
  • 2. Dunyoqarash mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari.
  • 3. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy dunyoqarash.
  • 4. Yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati

Falsafa -Qadimgi Yunoniston va Rimda er.avv. VII-III asrlarda paydo bo‘lgan. Falsafa yunoncha «filio» - sevaman, «sofiya» - donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaraladi. Diogen Laertskiy (eramizning II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi».

Falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va bir butunligicha o‘rganadigan fandir.

Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi.

Barcha falsafiy muammolarni uchta asosiy guruhga taqsimlash va quyidagi savollar bilan ifodalash mumkin:

  • 1. Dunyo nima?
  • 2. Inson nima?
  • 3. Dunyo bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar nimadan iborat?

Yüklə 13,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə