1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja



Yüklə 13,79 Kb.
səhifə5/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,79 Kb.
#156294
1   2   3   4   5
1-Мавзу фалсафа янги

Ilmiy dunyoqarash. Bilimlarning o‘sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi.

Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:

  • 1) avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qilad;
  • 2) o‘rganilayotgan obyektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi;
  • 3) kategoriyalar apparatini yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.

Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki:

  • 1) falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, uning g‘oyalariga qo‘shilishi yoki qo‘shilmaslik masalalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fan esa, o‘z mohiyatga ko‘ra jamoa mehnati mahsulidir;
  • 2) falsafada (muayyan fandan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimiga nisbatan yondashuvlar birligi mavjud bo‘ladi;

3) falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, asosan faylasuflarning subyektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinalgan bilimlar olishga harakat qiladi;

  • 3) falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, asosan faylasuflarning subyektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinalgan bilimlar olishga harakat qiladi;
  • 4) falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas;
  • 5) falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 13,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə