1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja


Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat



Yüklə 13,79 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,79 Kb.
#156294
1   2   3   4   5
1-Мавзу фалсафа янги

Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.

  • Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan, optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
  • Dunyoni idrok etish – bu atrof- borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
  • Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek, tabiatda Yuz beruvchi voqealar va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.

Tarixiy taraqqiyot turlari jihatidan: 1) afsonaviy (mifologik), 2) diniy, 3) falsafiy qarashlardan va 4) ilmiy dunyoqarashdan iborat. 1) Mifologiya (yunoncha – metos naql, rivoyat logos fikr ta’limot degani) - ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib xayoliy shakllarda tasvirlanishidir.

2)Diniy dunyoqarash. Din so‘zi arabchadan tarjimada “e’tiqod, ishonch, ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. 3) Falsafiy dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar asosida nazariy fikr dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarash ko‘r-ko‘rona e’tiqodlar, xayoliy obrazlar to‘g‘risidagi tasavvurlar va tushunchalarga emas, balki insonning borliqqa munosabati to‘g‘risidagi erkin, tanqidiy va ayni vaqtda umumiy,aqliy mushohadalarga, nazariy umumlashmalariga asoslanadi.


Yüklə 13,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə